Hujayra strukturasi va funksiyasi



Download 19,42 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi19,42 Kb.
#323394
Bog'liq
hujayra


HUJAYRA STRUKTURASI VA FUNKSIYASI

Hujayra - barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayralidir, yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa koʻp hujayralidirlar (masalan, oʻrtacha odam 100 trillion yoki 1014 hujayradan iboratdir; oʻrtacha hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi esa 1 nanogramdir). Eng katta hujayra tuyaqush tuxumi boʻlib, uzunligi 15 sm, massasi 1.4 kg gacha boʻladi. Hujayrani ilk marta Robert Guk 1665-yilda kashf qilgan.

Hujayra (lot. sellula, sulis — katakcha) — barcha tirik organizmlarning tuzilishi va funksional birligi, elementar tirik sistema. Alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.

Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. H.ning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribo-somalar, mitoxondriyalar, endoplaz-matik toʻr, Golji kompleksi, lizo-somalgr. Ayrim manbalarda H. membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik H.da boʻladigan membrana strukturalari — mikronay-chalar, mikrofibrillalar H. shaklining; H. kiritmalari H. tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.

H. ichida va organizmning ichki suyuq muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham H.da sin-tezlanadi. H.ning har qaysi organo-idi faqat unga xos vazifani bajaradi. Mas, eukariotlarda H.ning nafas olishi faqat mitoxondriyalar mem-branalarida, oqsil sintezi — ribo-somalarda kechadi. Fermentlarning konsentratsiyalanishi va ularning H.strukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (kon-veyer prinsipi)ni taʼminlaydi. H.ga xos mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi komponentdan bir vaqtning oʻzida har xil moddalarni juda oz miqdor (mikrohajm)da sintezlash imkonini beradi. Ixchamlik prinsi-pi ayniqsa DN K strukturasi uchun xos. Mas, odam tuxumhujayrasining 61012g keladigan DNK si organizm uchun xos boʻlgan barcha oqsillarni kodlaydi. H. ichida ionlarning muay-yan konsentratsiyasi saqlanadi. H. muhitdan yirik molekulalar, jumladan, oqsillar, hatto viruslarni pinotsitoz, ayrim mayda hujayralar va ular fragmentlarini fagotsitoz orqali yutish xususiyatiga ega.

Oʻsimlik H.si hujayra membra-nasi sirtidan qattiq qobiqb-n qoplangan (qobiq jinsiy H.da boʻlmay-di). H. qobigʻida teshikchalar bor. Bu teshikchalardan oʻtadigan sitoplazma oʻsimtalari orqali qoʻshni H. oʻzaro bogʻlangan. Oʻsishdan toʻxtagan H. qobigʻiga lignin, kremnezem yoki b. moddalar shimilishi natijasida ancha pishiq va qattiq boʻlib qoladi. Oʻsimlik yogʻochining pishiqligi ana shu moddalarga bogʻliq. Ayrim oʻsimliklar toʻqimasi H.lari ayniqsa juda pishiqH. devoriga ega boʻlib, H. halok boʻlgandan soʻng ham oʻzining tayanch skeletlik funksiyasini saqlab qoladi. Ixtisoslashgan oʻsimlik H.sining bir necha yoki bitta markaziy vakuolasi bor; ularda har xil tuzlar eritmasi, ugle-vodlar, organik kislotalar, alka-loidlar, aminokislotalar, oqsillar, hatto zaxira suv boʻladi. Oʻsimlik H.lari sitoplazmasida maxsus organoidlar — plastidalar bor; Golji kompleksi esa sitoplazmada tarqalgan diktiosomalardan iborat.

Barcha eukariotlar H.si bir xildagi organoidlar va metabolizmni boshqarish mexanizmlariga ega. Ular pro-kariotlar singari metabolizmni boshqarish, energiyani jamgʻarish va saqlash, oqsil sintezida genetik koddan foydalanish xususiyatiga ega. Barcha H. membranasining funksiyasi ham oʻxshash. H. tuzilishi va funksiyasining oʻxshashligi ular kelib chiqi-shidagi umumiylikdan dalolat beradi. Biroq organizmdagi H. oʻlchami va shakli, u yoki bu organoidlari soni, fermentlar majmui bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farq organizmdagi H.ning oʻzaro kooperatsiyasi va ularning funksional ixtisoslashuvi bilan bogʻ-liq. Bir hujayralilar H.sining tuzilishi va funksiyasi oʻrtasidagi tafovutni koʻp jihatdan ularning yashash muhitiga moslanishi bilan tushuntiriladi. Genetik apparat tuzilishidagi oʻxshashlik prokariot va eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni tushuntirish uchun dalil boʻladi. Ammo bir hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar boʻlishi ham mumkin. Simbiogenez nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar xoʻjayin H. mitoxon-driyalariga, boshqalari — xloroplastlarga aylangan va organoid tarzida oʻz-oʻzidan koʻpaya boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan esa prokariot H.ning strukturalari asta-sekin rivojlanib, eukariotga aylangan.

Bir organizmning barcha H.lari ge-nomi potensial axborot hajmi jihatdan urugʻlangan tuxumhujayra genomidan farq qilmaydi. Ixtisoslashgan H. yadrosini yadrosi olib tashlangan H.ga koʻchirib oʻtkazilganda normal organizm rivojlanishi buni isbotlaydi. Koʻp hujayrali organizmda H. xossalari oʻrtasidagi farq genlar faolligining bir xil boʻlmasligi tufayli kelib chiqadi. H.ning har xil ixtisoslashuvi natijasida bir xil H.lar (nerv) qoʻzgʻaluvchanlik; boshqalari (muskul) miofibrillalar hosil qiluvchi oqsillarga ega boʻlishi tufayli qisqarish, uchinchi xillari (bezli H.) hazm qilish fermentlari va gormonlarni sintezlash xususiyatiga ega boʻladi. Koʻpchilik H. koʻp funksiyali, mas, jigar H.si qon plazmasi va oʻt suyuqligi oqsillarini sin-tezlaydi; glikogen toʻplaydi va uni glyukozaga aylantiradi; yot moddalar (jumladan, dorilar)ni parchalaydi. Barcha H.da umumiy funksiyaga ega boʻlgan genlar faol boʻladi. Shunday qilib, har xil H.lar oʻrtasidagi oʻxshashlik belgilari ularni bir-bi-ridan farq qiluvchi belgilarga nis-batan koʻproq boʻlib, kelib chiqishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash H. toʻqimalarni hosil qiladi (qarang Toʻqima).

Metabolitlar va ionlar — H.dagi jarayonlarni boshqaruvchi omillar. Ular genlarga taʼsir etish orqali fermentlar sintezini yoki bevosita fermentlarning oʻziga taʼsir koʻrsa-tib, ular faolligini oʻzgartirishi mumkin. Bunday oʻz-oʻzini boshqarish mexanizmlari tufayli H.da hayot uchun muhim boʻlgan koʻp jarayonlar optimal (eng qulay) holda saqlanib turadi.

H.larning oʻzaro taʼsiri, nerv va gormonlarning H. faolligini oʻzgarishiga olib keladigan xususiyatlari tashqaridan boshqaradigan omillarga kiradi. Bunday omillar H.ning oʻziga xos xususiyatlarini saqlab turish uchun zarur. H. kulturasiga xos sunʼiy sharoitda H.ning oʻziga hos koʻpgina xususiyatlari yoʻqoladi.

Eukariot H. mitoz orqali oʻz-oʻzidan koʻpayadi. Odam organizmidagi H. soni 1014. Ayrim toʻqimalarda H. soni hayot davomida doimiy boʻlib qoladi; faqat kam ixtisoslashgan H. boʻlinadi. Mas, odam organizmida sutka davomida 70 mlrd. ga yaqin ichak epi-teliysi H.si, 2 mlrd. eritrotsit nobud boʻlib turadi. Bir qancha toʻqi-malarda H. toʻliq ixtisoslashgan holda H. sikliga kiradi. Bunday hollarda mitoz H. boʻlinmasdan xro-mosomalarning 2 hissa ortishi bilan tugaydi (qarang Poliploidiya) yoki mitoz boshlanmasdan xromatidlar soni 2 hissa oshadi. Ayrim ixtisoslashgan H. yadrosi umuman H. sikliga kirishmaydi (mas, neyronlar, skelet mus-kullari tolasi). Bunday hollarda H. hayoti organizm umrining uzoqligiga teng boʻladi. Odam H.si oʻrtacha 1 — 2 kun (ichak epiteliysi) yashaydi. Barcha H.larda moddalar va struktura elementlari faol yangilanib turadi. Toʻqimalarni hosil qiluvchi beqiyos koʻp sonli H.lardagi metabo-litik va boshqaruv jarayonlarining oʻzaro bogʻlanganligi, ular tarkibining doimo yangilanib turishi koʻp hujayrali organizm organlarining nuqsonsiz ishlab turishini taʼminlaydi. H.ni sitologiya fani oʻrganadi. Yana q. Hujayra nazariyasi, Hujayra sikli.

Hujayra nazariyasi - barcha organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishidagi umumiylikni koʻrsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri boʻlib, unga binoan hujayra bakteriyalar, zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlarning eng kichik tuzilish birligi. Hujayra nazatiyasiga tiriklik olamining birligi va uning tarixiy rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi Ch.Darvinning evolyutsion taʼlimoti va energiyaning oʻzgarishi qonuni bilan bir qatorda 19-asrda tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk kashfiyotdan biridir.

Hujayralarning kashf etilishi va hujayra nazariyasining yaratilishi tarixan bir davrga toʻgʻri kelmaydi. Oʻsimlik hujayrasi tuzilishini dastlab tirik oʻsimlik poyasi va poʻkaklardan tayyorlangan kesmada ingliz olimi Robert Guk oʻzi yasagan mikro-skop orqali kuzatgan va tadqiqot xulosalarini "Mikrografiya" nomli asa-rida bayon etgan (1665). Ingliz bota-nigi N.Gryu hujayra qobigʻi xuddi mato (gazlama)ga oʻxshash tolalardan tashkil topganligini taxmin qilgan.

18-asr falsafiy gʻoyalar taʼsirida fanda tirik tabiatning birligi haqidagi fikrlar paydo boʻla boshladi. K.Volf oʻsimlik va hayvonlarning tuzilishidagi qandaydir umumiylikni aniklashga harakat qildi. Uning "hujayra", "donachalar" va "pu-fakchalar" kabi tushunchalari, shuningdek, nemis olimi L.Okenning organizmlar "pufakchalar" yoki "infuzoriyalar" dan tashkil topgan, degan fikrlari fanda hujayra nazariyasi toʻgʻrisidagi dastlabki tushunchalar boʻlgan.

19-asr boshlarida oʻsimliklarni mikroskop yordamida oʻrganish borasida erishilgan yutuqlar tufayli hujayra — oʻsimlik moddalari umumiy massasining boʻshliq qismi emas, balki oʻz qobigʻiga ega boʻlgan va bir-biridan ajralib turadigan strukturaviy tuzilma ekanligi aniqlandi. 19-asrning 30-yillari oxirida oʻsimliklarning deyarli barcha organlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi aniklandi va nemis olimi F.Meyenning "Botani-ka" (1830) kitobida hujayra oʻsimlik toʻqimalarining umumiy tuzilish birligi sifatida eʼtirof etildi. Lekin shundan keyin ham hujayra bu bir boʻshliq, asosiy qismini qobiq tashkil qiladi; uning ichidagi narsalar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi toʻgʻrisidagi tushuncha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Oʻsimlik hujayrasi yadrosi ingliz olimi R.Braun tomonidan kashf etilgan (1831), ammo nemis olimi M.Shleyden yadroni hujayrani hosil qiluvchi, yaʼni sitoblast deb hisoblagan. Shleyden taʼbiricha donador substansiyadan yadrocha hosil boʻlib, uning atrofida esa hujayra vujudga keladi; keyinchalik hujayraning hosil boʻlishi jarayonida yadro yoʻq boʻlib ketadi. 19-asrning 2-choragi boshlarida chex olimi Ya.Pur-kine maktabining tadqiqotlari hayvon organizmi toʻqimalarining mikroskopik tuzilishi boʻyicha juda koʻp maʼlumotlar berdi. Lekin Ya.Purkine oʻzining "donachalar nazariyasi"da "donachalar" (u hujayrani shunday deb atagan edi), yadro va boshqa qismlardan tashkil topganligini yozadi. Hujayra nazariyasini rasmiylashtirishda T.Shvann (1839) xizmatlari juda katta. U oʻzi olgan maʼlumotlar, Shleyden va Ya. Purkine maktabi va boshqa olimlarning tadqiqotlariga asoslanib, hujayra nazariyasini yaratdi; oʻsimlik va hayvon toʻqimalari tuzilishini taqqoslab ular uchun umumiy hisoblangan hujayraviy tuzilish tamoyillarini koʻrsatib berdi. Ammo Shvann ham xuddi Shleyden singari hujayraning asosiy qismi uning poʻsti va hujayra strukturasiz shiradan hosil boʻladi, deb hisoblagan. Hujayra nazariyasining bundan keyingi rivojlanishi protoplazma va hujayra boʻlinishining kashf etilishi bilan bogʻliq. Nemis olimi R.Virxov (1958) "Hujayra patologiyasi" asarida hujayra nazariyasini patologik hodisalarga tatbiq etib, yadro hujayrada yetakchi ahamiyatga ega ekanligiga eʼtibor qaratdi va hujayraning boʻlinish yoʻli bilan koʻpayish tamoyilini (har bir hujayra hujayradan hosil boʻladi) asoslab berdi. 19-asrning 70—80 yillarida barcha hujayraviy tuzilishga ega boʻlgan organizmlar uchun universal hisoblangan hujayraning boʻlinish usuli. yaʼni mitoz, asr oxirida esa hujayra organoidlari kashf etiladi; hujayra protoplazmaning oddiy yigʻindisi emasligi tan olinadi.

Hujayraviy tuzilish haqidagi tushunchalar rivojlanishining dastlabki davrlaridanoq hujayra bilan organizmning bir butunligi haqidagi muammo paydo boʻlgan. Bu muammoning yechimi 2 yoʻnalishda rivojlandi. mexanistik tushunchalarga koʻra individning hayot faoliyati oʻz vazifasini bajaruvchi hujayralar yigʻindisidan iborat. Vitalistik konsepsiya nuqtai nazaridan esa organizmning maqsadga muvofiq yashashi sifat jihatidan oʻzgacha ("yaxlitlik qismlarning yigʻindisiga teng emas") va "hayotiy kuch" ga bogʻliq deb tushuntirilgan.

Hujayraning mitotik boʻlinishini, hujayra organoidlarining kashf etilishi, keyinchalik esa biokimyo va molekulyar biol.ning rivojlanishi tufayli hujayraning strukturasi va funksiyasi tirik tabiat iyerarxiyasida hujayraviy pogʻonaning mavjudligi haqidagi tushunchalarning shakllanishiga olib keldi. Zamonaviy Hujayra nazariyasi koʻp hujayrali organizmlarni muayyan vazifani bajaradigan va bir-biriga taʼsir koʻrsatib turadigan hujayralardan tashkil topgan murakkab, integ-ratsiyalashgan sistema sifatida eʼti-rof etadi.

Organizm qancha murakkab tuzilgan boʻlsa, uning bir butunligi shuncha aniq namoyon boʻladi. Hujayraning asosiy strukturaviy elementlari shakllangan yadroga ega boʻlgan eukariot organizmlar hamda yadrosiz prokariotlar uchun ham tegishli. Mustaqil hayot kechirishga moslashmagan hujayra parazitlari hisoblangan viruslarning mavjudligi tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi universal ekanligini koʻrsatadi. Tirik organizmlar hujayraviy tuzilishining mushtarakligi hujayralarning kimyoviy tarkibi va metabolitik jarayonlarning oʻxshashligi bilan ham tasdiqlanadi. Nuklein kislotalar va oqsillar kabi muhim hayotiy komponentlar, ularning hosil boʻlishi va almashinib turishi barcha tirik organizmlar hujayralari uchun universal xarakterga ega.

Keyingi 150 yildan ortiqroq davr mobaynida hujayrani oʻrganish yanada chuqurlashib bordi. Hujayradagi barcha asosiy organoidlarning maʼlum vazifani bajarishga moslashganligi aniqlandi; elektron mikroskop yordamida hujayraning yanada nozikroq boʻlgan ultrastrukturalari oʻrganildi; ularning molekulyar tuzilishi ochib berildi.

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI



Tabiiy fanlar kafedrasi biologiya fakulteti talabasi Mirzaqulova Oygulning biologiya fanidan



Download 19,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish