Hujayralarning kiritmalari



Download 104,39 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi104,39 Kb.
#387758
Bog'liq
HUJAYRALARNING KIRITMALARI


HUJAYRALARNING KIRITMALARI

Sitologiya - hujayralarning tuzilishi, takomillashishi va funksiyasi haqidagi fan.

Hujayra (lat. cellula, yunon.- cytos) sitoplazma va yadrodan tashkil topgan sistema bo`lib, o`simlik va hayvon organizmining takomillashishi, tuzilishi va yashash jarayonlarining asosi hisoblanadi. Butun hayot davomida modda almashinishida ishtirok etishi, yangi hujayra hosil qilishi va doimo yangilanib turishi hujayralarning o`ziga xos xususiyatidir.

Hayvon va odam organizmida hujayralardan tashqari, simplast va hujayralararo modda bor. Simplast hujayralarning o`zaro qo`shilishidan hosil bo`lib, sitoplazmada bir necha yadrosi bo`lgan strukturadir. Bunga ko`ndalangtarg`il mushak tolasi, yo`ldosh epiteliysining sinsitotrofoblast qavati va boshqalar misol bo`la oladi.

Hujayralararo modda hujayralar orasida joylashgan bo`lib, suyuqlik holida yoki dirildoq yoki zich konsistensiyaga ega bo`lgan asosiy modda va turli tolalardan tashkil topgan.

Odam va hayvon organizmida hujayralar kattaligi, shakli va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bajaradigan funksiyasiga ko`ra hujayralar har xil shaklga ega (3-rasm). Suyuq muhitda hujayralar ko`pincha o`zgaruvchan bo`lib, psevdopodiylar hosil qiladi. Bularga qon va biriktiruvchi to`qimalarning hujayralari kiradi.



3- rasm. Hujayralarning shakli va xillari (sxema).

1 - silindrsimon hujayralar; 2 - kubsimon hujayralar; 3 - yassi hujayralar; 4 -yumaloq hujayralar; 5- duksimon hujayralar; 6- tarmoqli hujayra; 7 -qadahsimon hujayra; 8- prizmatik hujayra; 9-qanotli hujayra; 10 - xivchinli hujayra; 11 - ko`p yadroli hujayra;12- yadrosiz hujayralar (eritrotsitlar) (V.G. Eliseyevdan).

4- rasm. Hujayralarning ultramikroskopik tuzilishi (sxema).

1 - hujayra qobig`i (sitolemma; 2-pinotsitoz pufakchalar; 3-sentrosoma (hujayra markazi); 4 - gialoplazma; 5-endoplazmatik to`r; 6-yadro; 7-perinuklear bo`shliqning endoplazmatik to`r bilan aloqasi; 8-yadro teshiklari; 9-yadrocha; 10- plastinkasimon kompleks (Golji kompleksi), II-sekretor vakuolalar; 12-mitoxondriyalar; 13-lizosomalar; 14-mikrovorsinkalar; 5-kiprikchalar; 16- desmosomalar; 17-interdigitatsiya; 18- biriktiruvchi plastinka; 19-bazal plazmatik membrana burmalari.
Bir-biriga yaqin yotgan hujayralar esa ma’lum formaga ega. Masalan, plast hosil qiluvchi teri epiteliysi hujayralari yassi, qisqaruvchan mushak hujayralari esa uzun duksimon shaklda bo`ladi.

Impuls o`tkazuvchi nerv hujayralar esa uzun-uzun o`simtalarga ega bo`ladi. Erkaklar jinsiy hujayrasi – spermatozoidda harakat qiladigan xivchinlari bor va hokazo.

Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

Odam va ko`pgina sut emizuvchi hayvonlarning hujayralari 5-7 mkm (mikrometr) dan 200 mkm gacha bo`ladi.

Ko`rinishi va kattaligi bilan hujayralar bir-biridan farq qilsada, ular ko`pincha hujayra tuzilishining asosiy belgilarini saqlab qoladi (4-rasm). Odam va hayvon hujayralarining umumiy tuzilishi bir hujayrali avlodlarni eslatsa ham, ammo ko`p hujayralilar murakkab funktsiyalarni bajarishi bilan bog`liq bo`lgan o`z tuzilmalari bilan ajralib turadi. Har bir hujayra sitoplazma qobig`i (sitolemma, hujayra qobig`i), sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Sitoplazma: organellalar, kiritmalar va gialoplazmadan: yadro: yadrocha, xromatin, yadro shirasi va yadro qobig`idan iborat.

Yorug`lik va elektron mikroskop orqali olingan ma’lumotlarga asoslanib, hujayralarning quyidagi qismlari farq qilinadi




HUJAYRANING XIMIYAVIY XARAKTERISTIKASI VA

FIZIK-XIMIYAVIY XOSSALARI


Ximiyaviy analiz orqali hujayra tarkibida atmosfera va yer mobig`ida keng tarqalgan moddalar borligi aniqlangan. Odam tanasining 96% 4 elementdan: uglerod, vodorod, kislorod va azotdan tashkil topgandir. Kaltsiy, fosfor, kaliy va oltingugurt esa odam tanasining 3% ini tashkil qiladi.

Fosfor (yun. phosphoros - yoruglik tashuvchi, phos - yoruglik va phoro - tashiyman, lot. Phosphorus), P - Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 15, atom massasi 30,97376.

Oz miqdorda natriy, xlor, yod, temir, magniy bo`ladi. Mis, marganets, kobalt, rux va boshqa mikroelementlar esa ulardan ham kam bo`ladi.

Hujayraning hayotiy xususiyatlari tarkibidagi oqsilga bog`liq. Modda almashinuvi, hujayra moddalarining yangitdan hosil bo`lib turishi - hujayradagi hayotiy jarayonning asosini tashkil qiladi. Bu: assimilyatsiya yoki oraliq muhitdagi moddalarning sitoplazmaga aylanishi (tabiiy sintez), dissimilyatsiya - sitoplazmadagi moddalarning hujayra ehtiyoji uchun energiya hosil qilib parchalanishi;

Kobalt (Cobaltum), Co - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 27, atom massasi 58,9332. Kobalt metalini ilk bor 1735 yilda shved kimyogari Yu. Brand rudalardan ajratib olgan.

Natriy (arab, natrun, yun. nitron - tabiiy soda; lot. natrium), Na - Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkr-riy metall. Tartib rakami 11, atom massasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor.

Magniy (Magnesium), Mg - Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy - yer metallarga kiradi. Tartib rakami 12, atom massasi 24,305. Tabiiy Magniy 3 ta barqaror izotopdan iborat.

Marganets (nem. Marganerz - marganets rudasi; lot. Manganum), Mn - Mendeleyev davriy sistemasining VII guruh kimyoviy elementi. Tartib rakami 25, atom massasi 54,9380. Tabiatda 1 ta barqaror izotopi 55Mp maʼlum.

Assimilyatsiya (lot. assimililio - birikish, o‘zlashtirish, o‘xshatish) - (biol.da) tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan moddalar almashinuvining bir tomoni, tashqi muhitdan olinadigan moddalardan organizm uchun zarur mu-rakkab moddalar hosil bo‘lishi. A.

o`sish - hujayraning ma’lum qismlarining kattalashuvi va yangitdan paydo bo`lishi natijasida sitoplazma massasining oshishi: differentsirovka - yangi funktsional xususiyatlarning hosil bo`lishi bilan hujayra tuzilishining murakkablashishi, harakatlanish hujayraning muhitda siljishi; irsiyat - biologik belgilarning saqlanishi va nasldan naslga o`tishi kabi murakkab jarayonlardan iborat.

Hujayra quyidagi ximiyaviy komponentlardan tuzilgan.

Oqsil. Oqsil tarkibida uglerod, vodorod, kislorod, azot va oz miqdorda oltingugurt va fosfor bo`ladi. Oqsillar aminokislotalardan tashkil topgan. Aminokislotalarda kislotali (kar-boksil) gruppa - COOH va ishqoriy (amin) gruppa NH2 mavjud. Kislota va ishqoriy gruppalarning bo`lishi aminokislotalarga amfotermik xususiyat beradi. Aminokislotalar polipeptid bog`lar orqali birlashib uzun polipeptid zanjirlarni hosil qiladi. Aminokislotalarning birlashish tartibi har bir hayvon oqsil molekulalarining maxsusligini belgilaydi.

Aminokislotalarning o`zaro polipeptid zanjirlar hosil qilib birlashishi hamda ularning yon zanjirlarining o`zaro reaktsiyaga kirisha olishi oqsil molekulalarining murakkab tuzilishini belgilaydi. Hozirgi vaqtda oqsil molekulasining birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va ko`pincha to`rtlamchi strukturasi farqlanadi. Birlamchi struktura aminokislotalarning oqsil zanjirida ketma-ketligi bilan belgilanadi. Oqsilning ikkilamchi strukturasi alfa-spiral va beta-struktura ko`rinishida bo`lishi mumkin. Birinchisi - globulyar oqsillar uchun, ikkinchisi molekulalari bir-biriga parallel yotuvchi fibrillyar oqsillar uchun xarakterlidir. Oqsilning uchlamchi strukturasi spiral shakldagi polipeptid zanjirning dumaloq bo`lib o`ralishidan hosil bo`ladi. Bu struktura vodorod, gidrofob va ion bog`lar bilan ushlanib turadi. Oqsilning to`rtlamchi strukturasi - uchlamchi strukturalarining yig`indisidan iborat. Bir necha noaktiv uchlamchi strukturalar birlashib bitta funksional aktiv to`rtlamchi struktura hosil qiladi.

Oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan bo`lsa, oddiy oqsillar yoki proteinlar deyiladi. Oddiy oqsillarga hayvon hujayrasi yadrolarida uchraydigan p r o t e i n va gistonlar, hujayra sitoplazmasi va qon plazmasidagi albumin va globulinlar, mushak tolasidagi m i o z i n va boshqalar misol bo`la oladi.

Murakkab oqsil yoki proteidlar oqsil va oqsil bo`lmagan modda – prostetik gruppadan tashkil topgan. Prostetik gruppa turiga qarab quyidagi murakkab oqsillar farq qilinadi.

Glyukoproteidlar - karbonsuv birikmasini ushlovchi murakkab oqsillar. Bularga ovqat hazm qilish yo`lidagi shilliq bezlar sekretida uchraydigan mutsin va boshqalar kiradi.

Lipoproteidlar - yog`simon moddalar, lipoidlar bilan birikkan oqsillar. Bu gruppaga kiruvchi fosfolipidlar hayvon hujayralari membranasining asosini tashkil qiladi.

Nukleoproteidlar - prostetik gruppasi nuklein kislotalardan tashkil topgan. Nukleoproteidlar sitoplazmaning doimiy komponenti hisoblanadi. Sitoplazmaning oqsil sintez qilish funktsiyasi nukleoproteidlarga bog`liq. Ikki turdagi nuklein kislotalar mavjud: ribonuklein (RNK) va dezoksiribonuklein (DNK). RNK asosan yadrochada, hujayra sitoplazmasida, ayniqsa, ribosomalarda, DNK esa asosan yadro ichidagi xromatinda (xromosomalarda) uchraydi. DNK hayvon hujayrasi organellalaridan mitoxondriyada ham topilgan.

Xromoproteidlar - murakkab oqsil bo`lib, prostetik gruppasi bo`yovchi moddalardan tashkil topgan. Misol qilib, tarkibida temir ushlovchi gemin gruppasi bo`lgan nafas pigmenti gemoglobinni, teriga rang beruvchi melanin va boshqalarnn olish mumkin.

Fermentlar - oqsil tabiatiga ega bo`lib, hujayradagi ximiyaviy protsesslarni tezlashtiradi. Fermentlar faqat ma’lum reaksiyalarni katalizatsiya qiladi. Quyidagi ferment gruppalarnni ajratnsh mumkin:

- gidrolazalar - molekulalararo bog`larni suvni biriktirish yo`li bilan parchalaydi. Gidrolazalarga peptidaza, fosfotaza, esteraza va boshqalar kiradi;

- transferazalar - atomlarni yoki atom to`plamlarini va radikallarni bir molekuladan ikkinchisiga o`tkazuvchi katalizatorlar;

- oksidoreduktazalar - oksidlanish va qaytarilish reaktsiyalarini tezlashtiruvchi fermentlar. Bularga degidrogenazalar, flavin fermentlar, elektron o`tkazuvchi zanjirdagi fermentlar va boshqalar kiradi;

- izomerazalar - har xil izomer o`zgarishlarda ishtirok etuvchi fermentlar.



- sintetazalar - ATF va boshqa makroergik bog`larning parchalanishi natijasida hosil bo`lgan energiya yordamida kechadigan sintetik reaktsiyalarni katalizatsiya qiladi.

- liazalar - nogidrolitik yo`l bilan substratdan u yoki bu gruppani ajratuvchi fermentlar.
Download 104,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish