Hujjatlar qimmatdorligi ekspertizasini o’tkazish usullari



Download 17,59 Kb.
bet1/2
Sana05.07.2022
Hajmi17,59 Kb.
#741855
  1   2
Bog'liq
9-м


HUJJATLAR QIMMATDORLIGI EKSPERTIZASINI O’TKAZISH USULLARI

Hujjatlarni ekspertiza qilishdan maqsad ularning muddatini aniqlash va davlat arxivida saqlash uchun tanlab olishdir. Davlat arxivlarida saqlash uchun ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo’lgan va kelajakda tarixchilar tomonidan tarixiy asarlar yozish uchun foydalaniladigan hujjatlar tanlab olinadi. Xo’jalik idoralarining amaliy, kundalik ishi uchun vaqtincha, masalan, 1-15 yil kerak bo’ladigan hujjatlar muddati bitganidan keyin yo’q qilinadi.


Hujjatlar ekspertizasi o’tkazilishining, ya’ni hujjatlarni ilm va fan uchun kerak yoki kerak emas hujjatlarga ajratishning qoidalari bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. Ekspertiza o’tkazishda hujjatlar mazmunining ahamiyati hisobga olinadi.

  2. Arxiv fondini tashkil qilgan idoraning ahamiyati ham ekspertiza o’tkazishda muhimdir. Masalan, Madaniyat ishlari vazirligi yoki pochta bo’limi va ularning faoliyati natijasida vujudga keladigan hujjatlar ahamiyati, o’z-o’zidan ma’lumki, bir xil emas.

  3. Hujjatlarning paydo bo’lgan vaqti, joyi va voqeaning ahamiyati. Masalan, Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari tarixiga oid xo’jalik hujjatlari ham ularning vujudga kelgan vaqti, o’rta asrga oidligi hisobga olinib, arxivda saqlash uchun qoldiriladi. Keyingi davrda vujudga kelgan xuddi shunday hujjatlar ikkinchi darajali sifatida yo’q qilinadi.

  4. Hujjatning qaysi .muallifga tegishli ekanligi. Buyuk shaxslarga tegishli hujjatlar, masalan, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy yoki sho’rolar davri yozuvchilaridan A.Qodiriy, Fitrat va boshqalarga tegishli har qanday hujjat xattoki ikkinchi darajalilari ham, arxivda saqlash uchun ajratiladi.

Ma’lumotning takrorlanishi. Qaror, buyruq, hisobot, yo’riqnoma va boshqa hujjatlar bir necha idoralarda takrorlanadi. Bunday holda shu hujjatni tayyorlagan idora hujjati qoldirilib, boshqa idoralardagi xuddi shunday hujjatlar takrorlanganligi uchun yo’q qilinishi mumkin. Qaror, buyruq va boshqa hujjat bir arxiv fondida asl nusxa va bir necha ko’chirma holida takrorlansa, asl nusxa tanlab olinadi, qolganlari yo’q qilinadi.

  1. Arxiv fondi hujjatlarining qanday darajada saqlanganligi. Fondda hamma kerakli hujjatlar to’la saqlanmagan bo’lsa, yo’q qilinishi kerak bo’lgan ikkinchi darajali, hujjatlar ham arxivda saqlash uchun qoldiriladi. Masalan, idoralarning yillik rejasi, hisoboti yo’q bo’lsa, choraklik yoki oylik reja, hisobotlari ularning o’rniga qoldiriladi.

  2. Hujjatlarning ahvoli ham hisobga olinadi. Yomon saqlash yoki tabiiy ofat natijasida hujjatlarning o’qib bo’lmaydigan darajaga kelib qolganligi, qog’ozning chirib, yozuvlarning o’chib ketganligi va boshqa hollarda ikkinchi darajali hujjatlarning yo’q qilmay, saqlab qolish talab qilinadi.

  3. Hujjatlarning yozilgan materiali, tili va badiiy xususiyatlari. Hujjatning mazmuni ikkinchi darajali saqlashga arzimas bo’lsa ham, lekin qimmatli rasmlar chizilgan bo’lsa, yoki qog’ozga emas, teriga va boshqa asosga yozilgan bo’lsa arxivda saqlash uchun qoldirilishi kerak bo’ladi.




Download 17,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish