Hujjatlashtirish va inventarizatsiya


Kurs ishining dolzarbligi



Download 58,01 Kb.
bet2/9
Sana06.01.2022
Hajmi58,01 Kb.
#324374
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA

Kurs ishining dolzarbligi: Korxona va tashkilotlarda sodir bo’lgan xo’jalik muomalalrini, shuningdek, mavjud bo’lgan moddiy boyliklarni hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni hisobga olish va nazorat qilishni ta’minlash uchun buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo’lga qo’yilishi kerakka, u soxtalashtirish imkoniyatini, o’z vaqtida kelib tushmasligi va ularni buxgalteriya hisobida kechikib rasmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo’qligi noxush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o’tkazilayotgan xo’jalik muoamalalariga doir hujjatlar xarakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter tomonidan ham o’zaro ikki tomonlama nazorat yo’lga qo’yilishi lozim. Buning uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo’lga qo’yish va mas’ul ijrochilarni ko’rsatgan holda hujjatlar oborotining turli bosqich chizmalar ko’rinishida grafiklar yoki ishlar ro’yxatini tuzish kerak bo’ladi. Hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak. Buxgalteriya hisobida hujjat amalga oshirilgan xo’jalik muomalasi to’g’risida yozma guvohlik bo’lib, buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch bag’ishlaydi.

Hisob ishlarini umumlashtirishga faqat to’g’ri rasmiylashtirilgan hujjatlar, ya’ni belgilangan texnik andozalarda ko’zda tutilgan barcha rekvizitlari to’ldirilgan hujjatlar qabul qilinadi.Тuzilgan joyiga ko’ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo’linadi. Тashqi hujjatlarga mol yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, soliq idoralari hamda boshqa yuridik shaxslardan kelib tushadigan hujjatlar (yuk-xatlar, hisobvaraq-fakturalar, bank ko’chirmalari, inkasso topshiriqnomalari va boshqalar) kiradi.

Ichki hujjatlarga korxonaning o’zida rasmiylashtirilgan va korxona doirasidan chetga chiqmaydigan hujjatlar (korxona rahbarining buyruqlari, moddiy boyliklarni ichki ko’chirish yukxatlari va boshqalar) kiradi. Aks ettirilgan xo’jalik muomalalarining hajmiga ko’ra hujjatlar birlamchi va yig’ma hujjatlarga bo’linadi.

Birlamchi hujjatlar – sodir etilgan paytida bitta xo’jalik muomalasiga rasmiylashtiriladigan hujjatlar.

Yig’ma hujjatlar muayyan bir hisob ob’ektiga tegishli bo’lgan birlamchi hujjatlar bo’yicha tegishli guruh va tizimlarga ajratish yo’li bilan tuziladi.

Qamrab olish usuliga ko’ra hujjatlar bir martalik va jamg’aruv hujjatlariga bo’linadi.

Хo’jalik muomalasi bir qabulda amalga oshiriladigan va mazkur muomala ana shu bilan yakunlanganida bir martalik hujjatlar tuziladi.

Jamg’aruv hujjatlari ma’lum bir davr mobaynida bir hisob ob’ektiga tegishli bo’lgan xo’jalik muomalalariga doir hujjatlarpni jamg’arish yo’li bilan tuziladi.



Maqsadiga ko’ra hujjatlar quyidagi turlarga bo’linadi:

Farmoyish hujjatlari biror-bir xo’jalik muomalasini amalga oshirish uchun buyruq yoki ko’rsatma beradigan hujjatlardir. Ushbu turdagi hujjatlarga xodimni ishga olish va boshqa shu kabi hujjatlar kiradi. Farmoyish hujjatlarida berilayotgan topshiriqning mazmuni, bajarilish muddati va tartibi, shuningdek bajaruvchi shaxs ko’rosatiladi. Bunday hujjatlar asosida buxgalteriya hisobvaraqlarida yozuv qilinmasdan, balki korxona rahbarining xodimlar faoliyati yuzasidan nazorat o’rnatishni ta’minlaydi. Тasdiqlovchi hujjatlar korxonada muayyan bir xo’jalik muomalasining sodir bo’lganligini isbotlovchi hujjatlardir. Bunday turdagi hujjatlarga yukxatlar, dalolatnomalar, kvitansiyalar, hisobvaraq-fakturlar va boshqa shu kabi hujjatlar misol bo’la oladi. Тasdiqlovchi hujjatlar xo’jalik muomalasi sodir bo’lgan paytda tuziladi, shuning uchun ham bo’lib o’tgan xo’jalik muomalasini hisobda aks ettirishda asos bo’lib xizmat qiladi.


Download 58,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish