Humoyun va akbar



Download 1,25 Mb.
bet9/36
Sana22.04.2022
Hajmi1,25 Mb.
#572068
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
avlodlar dovoni ziyouz com

«Men uchun bayramlar bayrami bukun,
Humoyun xurramlar xurrami bukun.

Dunyoning barcha davlat-u xazinalaridan ham a’loroq o‘g‘il in’om etgan suyukli yorim Hamida bonu! Avvalgi yillarda shuncha davronlar surib bukungidek suyunganimni bilmaymen. Ilohim Akbarning umri uzoq bo‘lsin, bekilgan yo‘llarimiz bari ochilsin, dildagi orzular istaganimizdan ham ziyoda bo‘lib ro‘yobga chiqsin!»

Hamida bonu bu tilakka qo‘shilib:


— Ilohi omin! — dedi-da, yuziga fotiha tortdi, maktubni esa o‘pib, ko‘zlariga surdi.
Ota-onalarini va boshqa o‘nlab odamlarni shunchalik quvontirib dunyoga kelgan chaqaloqning o‘zi allanarsadan norozidek g‘ashlik qilib ko‘p yig‘lardi. Hamida bonu bolasini bag‘riga olib emizgandan so‘ng Akbar bir soat-yarim soat jim yotar, keyin yana inga-ingani boshlar edi. Ona-bolaga girdikapalak bo‘lib xizmat qiladigan kanizak Aminat, «yo‘rgagida qattiq botadigan narsa bormikan?» deb ochib ko‘rdi. Yo‘rgak juda mayin, bekami ko‘st edi. Aminat Hamida bonuga qarab:
— Bolangiz juda gavdali, sutingiz yetmayaptimikin? — dedi.
Shu gapning ustiga kelib qolgan Mohim bibi:
— Mening sutim ko‘p, — dedi. — Hazrat begim, agar ruxsat bersangiz men o‘g‘lingizni emizib ko‘ray.
Hamida bonu og‘il tuqqandan beri go‘yo birdan martabasi oshgan, endi unga «hazrat begim» deb murojaat qiluvchilar ko‘paygan edi. Bu narsa Hamida bonuning kulgusini keltirar, hozir ham u Mohim bibiga kulib boqdi-da:
— Ruxsat emas, iltimos sizdan, Mohim! — dedi.
Mohim ozodalikni yaxshi ko‘rar edi. O‘z xonasiga chiqib, siynasini sovunlab yuvdi. Hamida begim oq kiyinib yotgani uchun chaqaloq boshqa onadan begonasirashi mumkin edi. Shuning uchun Mohim bibi ham oq shohi ko‘ylagini o‘tlig‘* bilan dazmollab kiydi. Boshidagi ro‘molini ham dazmoldan chiqarib o‘radi, og‘ziga iyagi aralash toza oq lachak tutdi. Bu tayyorgarliklardan keyin go‘dak yana ingalab yig‘lay boshlaganda uni sekin bag‘riga olib siynasini berdi.
Ajabki, chaqaloq begonasiramay Mohimni uzoq emdi va ikki soatcha miq etmay tinch yotdi. Uning ochiqib yig‘lagani, Hamida bonu sahroda ko‘p qiyna­lib ozib qolgani uchunmi yo boshqa sababdanmi, suti bolasiga ozlik qilayotgani endi aniq bilindi.
Shu kundan boshlab Mohim bibi «enaga» degan unvon oldi. Shahzodaga enaga bo‘lish saroyda juda sharafli martaba hisoblanardi. Mohimning bir oylik chaqalog‘i Adham bugundan boshlab Akbarning ko‘kaldoshiga aylandi. Bir onani emgan ko‘kaldoshlar esa tutingan og‘a-ini sifatida goho umr bo‘yi podsho va shahzodalarning yaqin kishilariga aylanadilar. Shu­ning uchun saroyda Hamida begimga sinashta bo‘lgan boshqa emizikli onalardan yana bir nechasi Mohim bibidek enaga bo‘lish istagini bildirdilar. Bulardan biri Shamsiddin Muhammad degan afg‘on yigitining xotini, yaqinda o‘g‘il tuqqan Jajji bibi edi. Bu ayol nomiga yarasha mo‘jazgina, xushbichim, jajji juvon edi, nomini qisqartirib «Jiji» deyishardi.
Mohim bibining o‘z chaqalog‘i Adham ham xo‘ra, ikki bolaga suti yetmaydi, shuning uchun Hamida begim ora-orada o‘z o‘g‘lini Jajji bibining emizishiga ham ruxsat berdi. U bosh enaga qilib Mohim bibini tayinladi. Avvalgi ozodalik udumiga binoan, Mohim enaga Jajji bibiga ham xuddi o‘zidek dazmollangan oq shohi ko‘ylak kiydirib, og‘ziga oq ipak lachak tuttirdi va bolaning oldiga pokiza qilib kiritdi.
Chaqaloq bu onani ham begonasiramay emdi. Uning inga-ingasi yanada kamayib ketdi. O‘g‘lining ishtahasi ham polvonlarcha ekanini sezib dadillangan Hamida begim kunlar o‘tishi bilan yana yangi enagalar toptirdi. Bulardan biri Nuriddinbek ko‘kaldoshning xotini Hakima, yana biri badaxshonlik tojik ayol Poyanda bibi bo‘ldi. Mohim bibi bularning har birini oq shohiga kiyintirib, ozoda qilib go‘dakning oldiga olib kirar, bola g‘ashlik qilmay ularni ham o‘z onasiday emar edi. Buni eshitgan buvisi yumshoq tumorcha ichiga yomon ko‘zdan asraydigan duolarni yozdi­rib, ko‘zmunchoq bilan qo‘shib tikdi-da, Hamidaga olib kirib berdi:
— Bolangga taqib qo‘y, hamma yoqasini ushlab, hayron bo‘lib maqtaydi, ilohim ko‘z tegmasin! — dedi.
Oradan yigirma kun o‘tdi, enagalardan biri tumov­lab yotib qoldi, birining bolasi ichketar bo‘ldi. Mohim bibi bolasi yoki o‘zi sal xastalangan enagani Akbarga yaqin keltirmas edi. Yana enaga kerak bo‘layotganini eshitgan mezbonlar Ruparani degan emizikli bolasi bor yoshgina hind juvonini Hamida bonuning huzuriga yubordilar.
Humoyun ayollar va bolalarga Xo‘ja Muazzamni javobgar eshik og‘a qilib tayinlab ketgan edi. Xo‘ja o‘zi Hamidaning oldiga kirolmasa ham Mohim bibini vositachi qilib bir talay xavotirli gap aytdi:
— Begim oxirini o‘ylasinlar, xudo xohlasa, Akbar ulg‘ayib valiahd bo‘lg‘ay. Keyin ruhoniylar: «Majusiy onani emgan bola musulmon podshosiga valiahd bo‘lolmag‘ay», deb monelik qilishlari mumkin. Hazratimdan beruxsat hindlardan enaga olmanglar! Baloga qolmaylik yana!
Bu gaplarni Mohim bibidan eshitgan Hamida bonu:
— Tog‘amga chiqib ayting, mezbonlarning dargohida yegan non-u tuzlarining hurmatini unutmasinlar,— dedi. Shoh Husayndek musulmon amiri bizni quvg‘in qilganda Rana Virsal joy berdi. Rana din-u millat ayirmadi, biz nechun ayiraylik? Hazratim enagalar ixtiyorini menga berganlar, «Akbar — bani bashar farzandi bo‘lsin», deb tilak bildirganlar. Xo‘ja tag‘oyim bu ishga ko‘p aralashmasinlar, mezbonlar­ning xotiriga malol keladigan biron gap aytmasinlar.
Xo‘ja Muazzam bu javoblarni Mohimdan eshitgach:
— Nachora, jiyanimiz malika bo‘lgach, so‘zlarini rad qilolmagaymiz, — dedi.
O‘sha kuni kechqurun hind juvoni Ruparani enagalarning oq shohi kiyimini kiyib, bir oylik Akbarni bag‘riga olganda Xo‘ja Muazzam tashqi xonada chaqaloqning chirqirab yig‘lashini kutib o‘ltirdi. «Bola ziyrak bo‘lur, agar g‘ayridinni emgisi kelmay yig‘lasa darhol ichkariga odam kiritib, go‘dakni tortib oldirgaymen», degan o‘yda edi. Lekin istarasi issiq Ruparanidan ona sutining hidi kelib turar, bola unga elikib, yig‘lash o‘rniga beixtiyor jilmayib qo‘yar, chaqaloqning tili va tishsiz milki ko‘rinib ketganda enaga* ham undan zavq olib kulardi.
Umarqutga onalar va ko‘kaldoshlar shunday totuv yashayotgan farahli kunlarda yetmish mil naridagi Jun daryosi bo‘yida Humoyun bilan shoh Husayn arg‘un orasidagi qonli adovat kuchayib borar va buning xabari Hamida bonuga kelib turar edi. Shoh Husayn daryo bo‘yidagi munozarali yerlarni qaytarib olish maqsadida shimoldan sakkiz ming kishilik qo‘shin tortib kelgan, Rana Virsal buni eshitib, Jun yaqinida yashaydigan hind qabilalardan yana yetti ming navkar yollagan va hammasini Humoyunning ixtiyoriga bergan edi. Daryoning janub qirg‘og‘ida — bular, narigi qirg‘og‘ida dushmanlar hal qiluvchi jang uchun qulay payt poylab turar edi.
Humoyun bu vaziyatda qo‘shinni tashlab Umar­qut­ga kela olmas, Hamida bonuni sog‘inganini, Akbar deb atagan o‘g‘lini haligacha ko‘rolmay dog‘da yurganini aytib, yurakni ezuvchi xatlar yozar edi.
Bolaning chillasi chiqqach, Hamida Humoyunga javob xati yozdi:
«Siz kelolmasangiz ijozat bering, hazratim, biz o‘zimiz boraylik».
Oradan uch kun o‘tgach, Shamsiddin qo‘rchibegi yuztacha navkar, bir necha yuz ot-u tuyalar, soyabon aravalar bilan keldi-da, Hamida bonuni va Akbarni enaga-yu ko‘kaldoshlari bilan Umarqutdan ko‘chirib olib ketdi.

____________


* R a y z i n — Dehlidan 350 milcha janubdagi Malva viloyatiga qarashli qal’a.
* M a h a r o j a — ulug‘ roja degani.
* Ma’buda Kaliga sharaflar!
* O‘tlig‘ — keyinchalik «utyug» bo‘lib o‘zgargan. Alisher Navoiy asarlarida o‘tlig‘ bilan dazmol urilishi aytilgan.
* Hind ayoli Ruparani va Akbarga enagalik qilgan boshqa onalarning nomlari Abulfazlning «Akbarnoma»sida keltirilgan. Akbar ulg‘ayganda o‘z enagalari va ko‘kaldoshlariga katta hurmat bilan qaragani ko‘pchilik tari­xiy manbalarda qayd etilgan. Turkiycha «enaga», «ko‘ka» so‘zlari shu tarzda hindi, ingliz, fors, urdu tillariga ham kirgan.
* * *

Jun daryosidan suv ichadigan yerlarda xurmozor va mangozorlardan tashqari paxta paykallari ham ko‘zga tashlanar, kech kuzda terimlar tugab, dehqonlar o‘tin uchun g‘o‘zapoya chopishar edi.


Humoyun Hamida bonuga peshvoz chiqib, uni Jun daryosidan yetti mil berida ulkan mahva daraxtlari soya solib turgan bekatda kutib oldi. Yo‘rgakdagi Akbarni qo‘liga olib peshonasidan o‘par ekan, bola­ning tilla suvi yugurtirilgandek qizg‘ish sochi va mayin qosh mo‘ylari, yuz bichimidagi yana qandaydir belgilari unga ko‘pdan tanishdek tuyuldi, birdan rahmatli otasi esiga tushdi-yu, quvonchiga yana boshqa tuyg‘ular aralashib, ko‘ziga yosh keldi.
— Umri uzoq bo‘lsin, onasi ham ko‘p yashasin! — dedi.
Odamlar oldida Hamida bonuni quchib o‘pishdan tortinsa ham, lekin ko‘zlari bilan uni erkalab bir lahza tikilib turdi:
— Hazrat begim, men sizdan toabad minnatdormen!
Dushman qo‘shinlaridan yigirma milcha berida daryo bo‘yida chiroyli bir bog‘ ona-bola uchun orasta qilib qo‘yilgan edi. Daryo suvining bir qismi bog‘ ichidan oqib o‘tar ekan, oynaday tiniq, ko‘lchalar hosil qilgan. Shuning uchun bu yerga «Oynabog‘» deb nom berilgan edi.
Atrofi tiniq ko‘l bilan o‘ralgan va ular ustidan chiroyli ko‘priklar o‘tkazilgan, ko‘kalamzor orolsimon joyga ulkan saroparda tikilgan edi. Humoyun Hamida bonuni saroparda ichiga boshlab kirar ekan, enagalar va chaqaloqlar uchun ajratilgan chetki chodirlarni ko‘rsatdi. Saropardaning boshqa chetidagi uchta cho­dir Hamida bonu va Humoyun uchun jihozlangan edi. Pothurda Hamida bonu kelinchaklik paytida «murod uyi» deb atalgan pushtirang movut chodir hozir ko‘ziga olovday issiq ko‘rindi. Hamidaning ilgarigi chiroyiga hozir mayin va ulug‘vor bir onalik husni ham qo‘shilgan, yuzidagi latofat, ko‘zlaridagi joziba nihoyatda tiniqlashgan. Humoyun Akbarni emizgan yetti onani Saodat uyi deb atalgan chodirga yig‘di-da, Hamida bonuga gavhar ko‘zli uzuk taqdi. Enaga­larning har biri marvarid shodalari, bosh-oyoq sarupolar bilan taqdirlandi.
— O‘g‘limiz yetti onaga farzand bo‘libdir, — dedi Humoyun. — Inshoollo, o‘zi ham yetuk bo‘lgay! Akbarning enagalaridan biri hind, biri tojik, biri afg‘on, biri fors, qolganlari turkiy ulusdan. Men Hamida bonudan minnatdormenki, asli bitta Odam Ato va Momo Havodan tarqagan turli ellarning onalarini bir olijanob maqsad atrofiga to‘plabdir. Buning juda ulkan ramziy ma’nosi bor. Tilagim shuki, o‘g‘limiz Akbar shu onalar bergan oq sutning qarzini ularning ellariga-yu butun bashariyatga uzsin!
Kechki payt Hamida bonu bilan Humoyun murod uyida yolg‘iz qoldilar. Odatdagi o‘pishishlar va erkalatishlardan Humoyun o‘zini baxtiyor sezardi-yu, ammo ko‘nglining bir chetidan «bu baxt juda omonat, hushyor bo‘l, senga qarshi qilich qayragan g‘animlar atrofingni o‘rab kelmoqdalar», degan ogohlantirish eshitilib turganday bo‘lardi.
Gap faqat Jun daryosining narigi qirg‘og‘ida unga tahdid solib turgan shoh Husaynda emas edi. Yuz mil narida shoh Husayndan yirikroq va xatarliroq yov — roja Mal Deva Humoyunni qo‘lga tushirish va Sherxonga topshirish fikrida yurardi. Sherxonning o‘zi esa shimolda Panjobni, sharqda Ajmirni, janubda Malvani ishg‘ol qilib, Humoyunning bu uch tomonga boradigan barcha yo‘llarini bekitgan va uning atrofidagi halqani tobora qisib kelmoqda edi. Ganga bo‘yida bir marta g‘aflatda qolib Beka begimni va qizchasi Aqiqani oldirib qo‘ygan Humoyun endi Akbar bilan Hamidani bunday balolardan omon saqlash haqida tun-u kun o‘y surardi.
Uning odatdagidan o‘ychanroq bo‘lib qolganini sezgan Hamida bonu:
— Biz Akbar bilan ne qilsak sizning mushkulingiz oson bo‘lg‘ay, hazratim? — deb so‘radi.
— Uzoq yo‘lga chidab bersalaring, ikkovlaringni bexatar joylarga olib ketsam... ko‘nglim sal tinchir­midi?
— Uzoq yo‘lingiz qayer — Gujaratmi?
Humoyun og‘ir tin olib bosh chayqadi — hozir u Gujaratdan ham umidini uzgan. Chunki Sherxon Malvani olib, sakson ming qo‘shin bilan Gujarat chegarasiga yaqinlashgach, Humoyunning u yerdagi xayrixohlari tahlikaga tushib qolgan edi. Ular Hu­moyunga yon bosib, keyin Sherxonning g‘azabiga uchrashdan qo‘rqishar edi. Bayramxon Humoyunga chopar yuborib: «Zinhor Gujaratga kelmang, men o‘zim huzuringizga borib jon saqlamasam, bu yerda yana asoratga tushib qoladiganga o‘xshaymen», deb xat yozgan edi. Humoyun uni birga olib kelish uchun Xadang eshik og‘ani va filbon La’l Chandni jo‘natganiga ikki kun bo‘ldi.
— Bayramxon kelsa, Kobulgami yoki Qanda­hor­gami ketishdan boshqa chora yo‘q, — deb Humo­yun Hamida bonuga ma’yus termuldi.
— Nahotki Hindistonni butunlay tark etsak? — armon to‘la tovush bilan so‘radi Hamida bonu. — Kechagina hind ayoli Ruparani Akbarni bag‘riga olib siynasini berganda mening dilimda qancha yorug‘ orzular bor edi. Zora, butun Hindiston shu ona timsolida Akbarni o‘z farzandidek bag‘riga olsa. Zora, o‘g‘limiz ham shu ulug‘ mamlakatga chin farzandlik xizmatini qilsa. Nahotki bu orzular bari puch chiqsa, hazratim?
— Noumid shayton, Hamida bonu! Shoyadki, bu orzularingiz kelajakda ro‘yobga chiqsa. Lekin Akbar o‘sha kelajakka eson-omon yetib borishi uchun uni bexatar joylarga olib ketmog‘imiz kerak.
Hamida bonu Kobuldagi Komron mirzoni va Qandahordagi Hindol mirzoni ko‘z oldiga keltirdi-yu, ularning yoniga borishdan yuragi bezilladi.
— Mening Hinddan hech ketkim yo‘q.
— Mening ketkim bor deysizmi, Hamida? Hindiston et bo‘lsa, biz unda tirnoqdek o‘sdik. Tirnoqni etdan ajratib ko‘ring, og‘rig‘iga chiday olmaysiz! Men ikki yildan beri Hinddan ketolmay sargadon bo‘lib yurganim — tirnoqni etdan ajratib ololmayotganimdan. Bo‘lmasa bultur Bhakkardan Ko­bulga yo Qandahorga ketaylik deganlar ko‘p edi. Hozir ham, agar siz bilan Akbardan xavotir olmasam, shu yerlarda tavakkal qilib, shoh Husaynlar bilan olishib yuraverishim mumkin. Lekin vaziyat yomon, qavat-qavat g‘animlar halqasi atrofimizni o‘rab kelmoqda.
— Men-ku, otliq yurib chiniqqanmen. Yoz issiqlarida ham ketavergaymen. Lekin Akbar hali ikki oylik chaqaloq. Yana o‘sha jazirama sahrodan o‘tadigan bo‘lsak, murg‘ak bola bardosh berolmagay.
Panjob Sherxonning qo‘lida, Humoyun shimoldagi Kobulga yoki Qandahorga ketish uchun yana ulkan Tar sahrosi orqali o‘tishga majbur.
— bo‘lmasa, yoz o‘tguncha uch-to‘rt oy tavakkal qilib shu yerda qolurmiz, — dedi u, — Sherxon yaqin oylarda bu tomonlarga qadam bosolmas. Akbar sal kuchga kirguncha siz shu Oynaboqda bemalol turing.
— Siz-chi?
— Men qo‘shin ichida — qarorgohda bo‘lurmen. Ilgari davlat-u mamlakatimni yog‘iydan himoya qilar edim. Endi mening eng katta davlatim — Akbar bilan siz. Bir o‘g‘il-u yetti onani mamlakatim kabi himoya qilg‘aymen!
Humoyun sahar payti qirq mil naridagi qo‘shin qarorgohiga ketganicha uzoq vaqt qaytib kelolmadi. Faqat ahyon-ahyonda: «Shoh Husayn bilan qattiq jang bo‘libdi», «Ravshanbek yaralanibdi», «Xadang eshik og‘a halok bo‘libdi», «Turdibek roja Virsal bilan urishib arazlashib qolibdi», degan xabarlar kelib turardi. Humoyundan kelgan xatlar ham ahvol tobora murakkablashayotganidan, agar Bayramxon Guja­ratdan kelib, uning yoniga kirmaganda dushman Oynaboqqa ham bostirib kelishi mumkinligidan dalolat berardi. Nihoyat, Akbar to‘qqiz oylik bo‘lganda Humoyun o‘zi oynaboqqa keldi-yu, ko‘ch yig‘ishtirish haqida buyruq berdi.
* * *

Humoyun oilasi va mingtacha odamlari bilan Sind daryosida uch kun suzdi, Qandahorga boradigan karvon yo‘liga yetganda yuklarni kemalardan qirg‘oqqa tushirtirdi va tuyalar bilan xachirlarga orttirdi. Hind­dan uzoqlashib, shimolga qarab borar ekanlar, o‘ng oylik Akbar soyabonli kajavaga mahkamlangan belanchakda nortuyaning bo‘yniga osilgan qo‘ng‘iroqning bir maromda jaranglashiga quloq solib yotib uxlashga o‘rgandi.


Tog‘u cho‘llardan va yashil vohalardan o‘tib, xushhavo joylarda besh-o‘n kun to‘xtab, Qandahor viloya­tiga yaqinlashganlari sari chinorlar, teraklar, sanobar daraxtlari tez-tez uchrardi. Bozor rastalarida xurmo bilan birga uzum, nok, naqsh olmalar ko‘zga tashlanardi. Bu yil sovuq erta tushgan, ko‘p daraxtlar aqrabning boshlaridayoq bargini to‘kkan, bog‘lardagi anjir va anorlarni qor-qirovlardan asrab, uyum-uyum tunroq tagiga ko‘mishgan edi.
Hindiston issiqlarida yengil kiyinib, ochiq-sochiq yurib o‘rgangan odamlar qishi qattiq bo‘ladigan Qandahor yo‘lida erta tushgan sovuqlardan juda qiynalib qolishdi. Humoyun jubba deb ataladigan avralik po‘stinini yelkasiga oldi. Hamida bonu paxtalik kimxob to‘n, jun ro‘mol va mahsi kavush kiydi. Akbarning beshigi ustiga tuya junidan to‘qilgan qalin saqorlot govrapo‘sh yopilgan bo‘lsa ham, bolani emizgan paytlarida shamollab qoldi, burni bitib, pixillab, ko‘p yig‘laydigan odat chiqardi.
Qandahorga yarim kunlik yo‘l qolganda Sari­mas­tung degan qishloqda to‘xtadilar. Ko‘pchilik bek-u navkarlar odatdagiday o‘tov va chodirlar tikishib, qishloq chetiga joylashdilar. Humoyunning o‘zi va bolalik ayollar qishloq kalontarining* ichki-tashqi hovlisiga tushdilar.
Uylar iliq, manqal deb ataladigan sandaliga bozillagan cho‘g‘ soldilar. Erkaklar o‘ltirgan tashqi uy mehmonxonasiga quyuq-suyuq ovqatlar tortildi. Uy egasi — mosh-guruch soqolli ozg‘in afg‘on dasturxonga omin qilingandan so‘ng dari* tilida:
— Hazratim, xoli qiling, sizga aytadigan gapim bor,— dedi.
Xonada Bayramxon bilan Turdibek bor edi, Humoyun ularga javob berdi. Shundan keyin kalontar ovozini pasaytirib:
— Sizdek oliy mehmon mening kulbamga kelib tushganidan faqat sarfaroz bo‘lmog‘im mumkin edi,— dedi. — Ammo hozir sizning boshingiz ustiga to‘planayotgan xavf-xatarni o‘ylab bezovta bo‘lmoqdamen.
— Yana qanday tahlika, janob kalontar?
— Siz Qandahorga iningiz Hindol mirzodan panoh istab bormoqdasiz, shundoqmi?
— Taxminan shundoq.
— Ammo Hindol mirzo bundan bir hafta oldin Qandahor hokimligidan bekor qilinganini bilurmisiz?
— Yo‘g‘-e! Siz buni kimdan eshitdingiz?
— Men kecha Qandahorda edim. O‘g‘lim Mirzo Askariyning dargohida sipohi. Komron mirzoning o‘zi ham Qandahorga kelganidan xabaringiz bordir?
Humoyun buni ammasi Xonzoda begimning uch hafta burun yozib yuborgan xatidan bilgan edi. Yo‘lda ekanida qayta-qayta o‘qigan o‘sha maktubi hozir so‘zma-so‘z xotiridan o‘tdi:
«Humoyunjon, men sizni jonimdan aziz ko‘rib, iltimosingiz bilan Kobuldan Qandahorga bordim. Har uchala iningizni bir joyga yig‘ib, hazrat otangizning vasiyatlarini eslatdim, kitoblarini ochib ko‘rsatdim. Sizni valiahd tayinlaganlarida, «olti hissa Humoyunga bo‘lsa, besh hissa Komronga bo‘lsin, hamisha bu qoidani mar’iy* tutib, mundin tajovuz qilmanglar», deb yozganlarini o‘qib berdim. Siz otangizning bu vasiyatiga doim amal qilganingizni, Agradaligingizda Komronga Kobul-u G‘aznidan tashqari Panjobni ham berganingizni aytdim. O‘sha paytda Mirzo Komron: «Otamiz menga besh hissa buyurganlar, og‘amizning mulki olti hissadan ham ortiq!» deb g‘avg‘o qilgan edi. Mana endi Sizda o‘shal olti hissaning bittasi ham qolmadi, Komron mirzo esa Badaxshon-u, Kobul-u, G‘azniga qanoat qilmay, Qandahorni ham o‘z hukmiga bo‘ysundirmoqchi bo‘ldi. Hindol mirzoga: «Qandahorda xutbani mening nomimga o‘qit!» deb buyurdi. Mening iltijolarim, oltmish olti yoshimda tog‘ yo‘llarida azob tortib G‘azni orqali Qandahorga shu adolatsizlikning oldini olay deb kelganlarim kor qilmadi.
Ne til bilan aytayki, Komron mirzoni siz-u bizga adovat saqlab yurgan eng yomon odamlar o‘z ta’siriga olmishdir. Sizning saroyingizdan poraxo‘rlik qilib quvilgan Bopusxon hozir Komronning sohibixtiyor vaziri. Amir Bahlulga tuhmat qilib uni qatl ettirgan, keyin o‘zi zindonga tushgan Said Xalil Agradan kelib, Komron mirzoning saroyida diniy peshvo bo‘lib olmishdir. Bechora Nizomga xiyonat qilib uning g‘animlari oldida obro‘ orttirgan Afzalbek ham hozir Komronning ishongan amirlaridan biri. Qandahordagi Qorachaxon ham shu kunlarda Hindol mirzodan aynib, Bopusxon-u Said Xalillar tomoniga o‘tib olgan. Bular hammasi Komron mirzoni har qadamda ulug‘lab, «Siz Bobur mirzoning eng sohib iste’dod o‘g‘lisiz, podsholikka faqat siz munosibsiz», degan gaplarga uni astoydil ishontirib qo‘yganlar. Shu boisdan mening kuyib-yonib aytgan barcha gaplarim tosh-ga urilgan tig‘day hayf ketdi. Hindol iningiz: «Podsho og‘amiz tirik turganda xutbani Komron mirzoning nomiga o‘qitish mumkin emas!» deb oyoq tirab turibdir. Zora siz tezroq yetib kelsangiz-u bu talash-tor-tishlarni bartaraf qilsangiz. Ko‘zim tirikligida sizning inilaringiz bilan inoq, ittifoq bo‘lganingizni ko‘rsam dunyodan bearmon ketardim».
Humoyun bu xatni olganiga ikki hafta bo‘ldi. shundan beri uni eng qattiq xavotirga solib yurgan yangilik — Said Xalil va Afzalbekday ashaddiy dushmanlari Komron mirzoning pinjiga kirib, uning ishonchli odamlariga aylanib olganligi edi. Ayniqsa, Said Xalil Humoyundan zindon qasdini olish uchun hech narsadan qaytmasligi aniq. Humoyun bolaligi o‘tgan Kobulga borishga, otasining qabrini ziyorat qilib, uning ruhidan madad so‘rashga qanchalik ishtiyoqmand bo‘lmasin, ammasining xatini o‘qi­gandan so‘ng u yoqlarga qadam bosmaslikka qaror berdi. U Qandahorga ham xavotir bo‘lib, ehtiyot bilan yaqinlashmoqda, lekin har qalay, Hindol mirzo shu yerda bo‘lsa yordam qo‘lini cho‘zar degan umidda edi.
— Hindol mirzo hozir Qandahordami?! — so‘radi u kalontarning so‘zidan iztirobga tushib.
— Yo‘q. U kishi ilgarilari Qandahorning yozgi issiqlaridan shikoyat qilgan ekanlar. Yozda bu yerlarning jaziramasi chindan ham qattiq bo‘lur, Komron mirzo inilariga shuni eslatibdirlar. «Mayli, sizga salqin joy beray, G‘azniga hokim bo‘ling, mirzo Askariy Qandahorga kelsin», debdilar. Hindol mirzo bu gap­ning yolg‘onligidan bexabar, Komron mirzoning taklifiga rozi bo‘libdilar. Qandahordan kuch ortib G‘azniga borsalar, darvozalar berk. Ichkaridan bir odam chiqib, Komron mirzoning yangi farmonini Hindolga ko‘rsatibdilar. Bu farmonga binoan Hindol mirzo G‘azniga emas, Haybar dovonidan naridagi notinch Sayfiy* joylarga — Lamg‘anot bilan Tangi­hoga hokim tayinlanibdir.
— O noinsof-ey! — g‘azab bilan dedi Humoyun. — Komronning o‘zi hali Qandahordamikin?
— Yo‘q, o‘tgan juma namozida Said Xalil kelib xutbani Komron mirzoning nomiga o‘qigandan keyin Kobulga qaytib ketdi.
— Xonzoda begim-chi?
— U kishi ham yig‘lab-yig‘lab Kobulga jo‘nadilar.
— Demak, Qandahor ixtiyori hozir Mirzo Askariyda?
— Ha, — kalontar shivirlab davom etdi. — Menga o‘g‘lim aytdi. Komron mirzo maxfiy farmon berib ketibdirlar. Sizni tuttirib, hibs qilishmoqchi emish. Xundor dushmanlaringiz bor ekan. O‘shalarga qo‘shib hajga jo‘natmoqchi emishlar.
Humoyun shuncha uzoq yo‘l yurib, inilaridan panoh istab kelsa-yu, endi manzilga yetdim deganda dahshatli xatarning ustidan chiqsa! Agar kalontarning gapi rost chiqib, uni hajga jo‘natsalar, himoyasiz qolgan odamni xundor dushmanlari yo‘lda o‘ldirib ketishlari hech gap emas!
— Nahotki inilarim mening qonimga shunchalik tashna bo‘lsa? — o‘rtanib dedi Humoyun. — Balki bu bir vahimali ovozadir?
— O‘g‘lim menga maxfiy buyruq bor, dedi... Hazratim, uyimning to‘ri sizniki. Malikangiz yosh bolali ekanlar. bu sovuqda qayoqqa ham borgaysiz? Agar tavakkal qilib turaveramiz desangiz — bosh ustiga. Lekin o‘g‘lim menga, «zinhor og‘zingizdan chiqarmang», degan edi. Bu sirni men faqat sizga ishonib aytdim.
— Xotirjam bo‘ling. Buni mendan boshqa hech kim bilmagay!
— Xudo hofiz! — deb kalontar yuziga fotiha tor­tib o‘rnidan turdi.
Inilari uni o‘limga mahkum etganini Humoyun hech aqliga sig‘dirolmasdi. Xafalashish, arazlashishlar bo‘lib turadi. Lekin Humoyun ularga biron yomonlik qilgani yo‘q-ku. Askar yig‘ib, Kobulga tajovuz qilib bormasa, yosh bolali xotini bilan tinch bir joy izlab kelayotgan bo‘lsa. Nahotki shunday katta mamlakatning bir go‘shasini o‘z inilari undan ko‘p ko‘rishadi? «Oddiy odam bo‘lsang eding, bir sholchaning ustiga ham sig‘ar eding, — degan o‘y ko‘nglidan o‘tdi. — Hamma balo sening podsholigingda. Qandahorda xutbani Komronning nomiga o‘qitish shunchalik qiyin bo‘lgani — sening tirik yurganing tufaylidir. Said Xalilu Afzalbeklar o‘z maqsadlari yo‘lida hech qanday razolatdan qaytmasligini Agrada Amir Bahlul bilan Nizomning boshiga tushgan falokatlarda ko‘rgan eding-ku».
Fikri shu joyga yetganda Humoyun ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘yishga qaror berdi va ichki hovliga — Hamida bonu bilan Akbarning oldiga yo‘naldi. Bola yo‘lda yana battar shamollagan: yo‘talib, g‘ashlik qilib yig‘lardi. Humoyun kirishi bilan Mohim bibi Akbarni Hamida bonuning qo‘lidan oldi-da, narigi uyga olib chiqib emiza boshladi.
Manqalning issig‘idan yuzlari qizargan Hamida bonu:
—Xudoga shukur-ey, yo‘l azobi tugay deb qoldimi, hazratim? — dedi. — Qandahorga yetsak, barcha mashaqqatlardan forig‘ bo‘lg‘aymizmikin?
Humoyun indamay uni ikki yelkasidan oldi-da, yuzini o‘ziga qaratib, ko‘zlariga ma’yus tikildi.
—Bardam bo‘ling, Hamidam! Kajraftor falak bizni yana yangi to‘fonlarga duchor qilsa yonimda mardona turib berursiz, degan umidim bor.
— Voy, yana biron shum xabar keldimi? — rangi quv o‘chib so‘radi Hamida.
— Qo‘rqmang, balki bu yolg‘on ovozadir. Har ehtimolga qarshi, qimmatbaho narsalaringizni, issiq kiyimlaringizni yig‘ib tayyorlab qo‘ying.
— Akbarning narsalarini ham yig‘ishtiraylikmi? Enagalar...
— Bola qattiq tumovlagan ko‘rinadir. Buni keyin o‘ylashurmiz. Haramda beluj ayol bormidi?
— Hasanali eshik og‘aning xotini beluj. Sora bibi degan.
— O‘shanga sekin ayting. Siz bilan shay bo‘lib tursin.
— Lekin men Akbarni tashlab ketolmagaymen!..
— Buni o‘ylashgaymiz dedim-ku. Vahima ko‘tarilmasin, boshqa hech kimga aytmang.
Humoyun yoqasining tugmasini yechdi-yu, ichki kuylagining yashirincha qo‘yin cho‘ntagidan baxmal tumorchaga o‘xshash uchburchak narsani oldi. Atrofi-ga ko‘z tashlab, uy va ayvonda boshqa hech kim yo‘qligiga amin bo‘lgach, baxmal tumorchani Hamida bonuga uzatdi:
— Xazinalar bo‘shab qolganini bilursiz. Otamdan meros qolgan Ko‘hinur olmosi mana shu tumorda. Har ehtimolga qarshi bu sizda tursin.
Tumorcha kichik bo‘lsa ham vazni og‘irgina edi. Hamida bonu uni qo‘liga olganda Humoyun qo‘shib qo‘ydi:
— Yana bitta yirik olmos bilan Badaxshondan keltirgan besh-oltita nodir la’llarim ham shuning ichida. Hammasining qiymati katta bir davlatning ikki-uch yillik daromadicha bor. Men ham valiahd o‘g‘limga munosib meros qoldiray degan orzu bilan bu la’l-u gavhalarni qancha xatarlardan asrab olib o‘tdim. Endi bularni sizga ishonib topshirmoqdamen. O‘zingizdan boshqa hech kim bilmasin.
Hamida bonu tumorchani ikki qo‘llab ko‘kragiga bosgan holda hayajon bilan gapirdi:
— Mening bezovta dilimga bu ulkan ishonchingiz madad bergay, o‘g‘limizga atalgan omonatingizni ko‘z qorachig‘iday asragaymen. Faqat Akbarning o‘zi men uchun dunyoning barcha javohirlaridan azizroq!
— Men uchun ham shundoq, Hamida! Akbar uchun jonimni ham ayamaymen!

_______________


* K a l o n t a r — eng katta degani, ya’ni qishloq oqsoqoli.
* D a r i — fors tilining Afg‘onistonda ko‘proq tarqalgan bir turi tojikchaga yaqin.
* M a r ’ i y — qonuniy.
* S a y f i y — qilich kuchi bilan soliq to‘laydigan, itoatdan chiqqan joy.
* * *

Yo‘llarda to‘xtab-to‘xtab, Sinddan Qandahorga yetib kelgunlaricha ikki oy o‘tgan, bu orada bir qism odamlar yo‘l azoblariga bardosh berolmay kasallangan, yana bir qismi boshqa hukmdorlar huzuriga ketib qolgan edi. Hozir qarorgohda askar-u sipohilar bola-chaqasi bilan besh yuzga yetar-etmas, ularning hammasiga Bayramxon bosh bo‘lib turar edi.


Humoyun sakkiz burchaklik katta oq o‘tov oldiga kelib otdan tushdi. Eshikdan peshvoz chiqqan devqomat Bayramxon katta oq cho‘girmali boshini egib, uni ta’zim bilan kutib oldi-da, ichkariga boshladi.
Humoyun kalontar aytgan sirni hech kimga bildirmaslikka so‘z bergan bo‘lsa ham, lekin Bay­ramxon hozir uning eng yaqin hamrozi edi. Shuning uchun u bilan yakkama-yakka o‘tirib bor gapni birma-bir aytib berdi:
— Agar inilarim menga qarshi qilich yalan­g‘ochlaydigan bo‘lsa, haj yo‘lida emas, jang maydonida o‘ldira qolsinlar! Men uchun ham qo‘lda shamshir bilan o‘lish afzal emasmi? Barcha sodiq yigitlarimizni jangga tayyorlang.
Bayramxon ulkan cho‘girmasini sarak-sarak qilib bosh chayqadi:
— Hazratim, men o‘n to‘rt yildan beri xizmati­ngizda yurib, eng xatarli janglaringizga ham birga borganmen. Ammo og‘a-inilarning birodarkushlik jangini sizga ham, o‘zimga ham zinhor munosib ko‘rmasmen.
Bayramxon Humoyundan sakkiz yosh katta edi. So‘nggi yillardagi asirlik kulfatlaridan yuzida ajinlar ko‘paygan, yoshi qirqdan oshib, qalin qora soqoliga oq oralab qolgan edi.
— Mayli, buyrug‘ingiz bilan men barcha bek-u navkarlarni shay qilib qo‘yay, ammo jangni emas, biron bexatar joyga ketishni o‘ylamoq darkor.
— Bu qish sovug‘ida qayoqqa borurmiz, janob Bayramxon?
— Shomilistonga* boraylik. Shimol tomoni Seyiston, Hirot. Hozir Hirot ham shoh Tahmaspning qalamravida. Bu shoh bilan yoshlikda ko‘rishgansiz, otasi otangiz bilan ittifoqdosh do‘st edi. Agraga shoh Tahmaspning elchilari borgan-da izzat-ikrom bilan kutib olgan edingiz, katta sovg‘alar berib kuzatgan edingiz. Shohga ham siz-u bizdek jangovar ittifoqdoshlar juda kerak. Chunki shayboniyzodalar shu kunlarda Hirot-u Xurosonni shohdan tortib olish harakatida shimoldan tahdid solmoqda emishlar. Biz Tahmasp­ning yoniga kirsak, shohning dushmanlari tajovuzdan hayiqib qolishlari mumkin.
— Ammo o‘zimizning shuncha viloyatlarimiz turganda safaviylar yurtiga sig‘indi bo‘lib borish...
— Ular begona emas, hazratim. Shoh Tahmasp o‘zimizning ozarbayjonlik. Bundan yigirma to‘rt yil burun Tabrizga borganim yodimda turibdir. Siz o‘shanda o‘ng bir yoshda edingiz, balki eslarsiz? Safaviylar ham o‘zimizning turkiy ulusdan. Bobur hazratlari Shoh Ismoil bilan tarjimonsiz bemalol so‘zlashgan edilar.
— Ammo johil qizilboshlar hazrat otamdan qasd olmoqchi bo‘lganlari yodingizdami? Go‘yo G‘ijduvonda shayboniyzodalar bilan qizilboshlar orasida bo‘lgan jangda mening otam Najmi Soniyga xiyonat qilgan emish, shuning natijasida u o‘ldirilgan emish! Holbuki, Najmi Soniy otamning o‘zini ham yo‘q qilmoqchi bo‘lgan ekan. Qarshida qatliom e’lon qilib, yetti yoshdan yetmish yoshgacha begunoh aholini qirdirgan ekan.
— Shoh Ismoil buni bilar edi, «ayb Najmi Soniyning o‘zida», — deb Tabrizda otangizni himoya qilgani yodingizda bordir.
— Shoh ismoil hozir yo‘q. Shoh Tahmaspga mute bo‘lib borish... xatardan xoli emas, janob Bayramxon.
— Xatar bu yerda ko‘proq. Axir siz shoh Tahmasp bilan bitim tuzgan edingiz, og‘ir paytda ikkovlaringiz bir-birlaringizga ko‘mak berish haqida ahdlashgan edilaringiz.
— Shu ahdlar esida bormikin?
— Unutgan bo‘lsa eslatmog‘imiz mumkin.
Humoyun Bayramxonni shoh Tahmaspga elchi qilib yuborish haqida o‘ylab, bir lahza jim qoldi.
Shu payt tashqarida ot dupuri va allakimning hovliqib:
— Hazratim qanilar? — degan xitobi eshitildi.
Humoyun ovozni tanib:
— Yo‘lchibekmi? — dedi. — Men o‘zim uni kutib yurgan edim. Ayting, tez kirsin.
Yo‘lchibekni Humoyun bundan uch hafta burun ammasi Xonzoda begimning maktubini olgandan so‘ng Qandahorga xufiya qilib jo‘natgan edi. «Agar bizga biron xatar borligini aniq bilsang, darhol xabarini yetkaz», deb tayinlagan edi.
Sovuqdan ot choptirib kelguncha mo‘yloviga qirov inib, oqarib qolgan Yo‘lchibek o‘tov eshigidan kir­di-yu, yerga o‘zini tashlab tiz cho‘kdi:
— Shum xabar keltirdim, Hazratim! Tezroq shaylaning! Iningiz Askariy ikki ming qo‘shin bilan sizni tutmoqchi bo‘lib bostirib kelmoqda!
Humoyun va Bayramxon o‘rinlaridan sakrab tu­rishdi:
— Qayerda ko‘rdingiz?
—Bundan besh toshcha* narida. Men yetib kelgunimcha ancha vaqt o‘tdi. Bir-ikki soat o‘tmay yetib kelsa kerak. Niyati yomon. Shafqatsiz farmon berilganini ishonchli odami aytdi!
Humoyun Bayramxonga yuzlandi:
— Darhol odamlarni yig‘ing! Hasanali eshik og‘a, Turdibek, Mirbobo Do‘st, Yoqub qo‘rchi, yana kimki astoydil sodiq bo‘lsa birga yursin. Istiqbol yomon, yo‘limiz xatarli! Men xaylxonaga boray!
Humoyun namozshom paytida ot choptirib kalontarning uyi tomonga borar ekan, tog‘ tomonidan achchiq izg‘irin esayotganini, guruchday-guruchday qattiq qor donalarini shamol yuziga jazillatib urayotganini sezdi-da, «Akbarni olib chiqsak nobud bo‘l­g‘ay!» degan tahlikali o‘y xayolidan o‘tdi.
Ichki hovliga kirib, mumkin qadar bosiq tovush bilan:
— Begim, ot tayyor, issiqroq kiyinib chiqing, — dedi.
Agrada moskoviyalik savdogar taqdim qilgan suvsar po‘stinni Humoyun hamida bonuga bergan edi. Kanizagi Aminat unga shu po‘stinni kiydirayotganda Hamida bonu yoshli ko‘zlarini Humoyunga tikdi. Yig‘lab iltijo qildi:
— Akbarjonni birga olaylik!
— Begim, meni muncha ezmang. Boya tushuntirdim. Xudo xohlasa, erta-indin qaytib kelurmiz. Sovuq yomon, bola o‘zi kasal. Mohim bibi qarab turgay. — Humoyun bolaning beshigi oldida turgan Mohim bibiga yuzlandi: — Singlim, hamida yo‘g‘ida siz Akbarga onalik qiling. Javhar oftobachi ham besh-o‘nta sodiq odamlarimiz bilan shu yerda qolib, Akbarning xizmatini qilgay. Agar kechasi Askariy kelib, ozor bermoqchi bo‘lsa... hazrat otamizning arvohlarini o‘rtaga solib ayting, Akbarga ham, enagalarga ham yomonlik qilmasin. Bolada ne ayb? Qanday alami bo‘lsa mana, men bormen! — Bu so‘zlar davomida Hamida bonu jun ro‘molini boshiga soldi, lekin o‘zini tutolmay yig‘lab yubordi, chopib borib Akbar belangan beshikni quchoqladi:
— Men bolamni xavf-xatarga qanday tashlab ketgaymen, musulmonlar! Bu qanday ko‘rgulik?
Onaning iztirobi bolaga o‘tdi-yu, Akbar beshikda yotgan ko‘yicha chirqirab yig‘ladi.
Humoyun Hamida bonuga: «Bo‘lmasa bola bilan qoling!» demoqchi ham bo‘ldi. Boya u xotiniga gavhar va la’llarni berganda, «bular mensiz qolsa xor bo‘lmasin, ilikka tushsam tintib qo‘ynimdan topib olishgay», degan fikr ko‘nglidan o‘tgan edi. Eng og‘ir kunlarda taqdirning barcha zarbalariga bardosh berish uchun suyukli xotini yonida bo‘ishi kerak edi. Hamida bonusiz istiqbol unga keraksiz va ma’nosiz tuyulardi. Shuning uchun:
— Bas, yig‘lamang, men qolgaymen! — dedi va qilichining sopini changalladi: — Menga bunday ayriliq dahshatidan ko‘ra qilich bilan jon bermoq afzal! Oxirgi nafasim qolguncha siz bilan Akbarni himoya qilgaymen!
U chopib ayvonga chiqqanida darvozaxonadan Bayramxonning tovushi keldi:
— Hazratim! Odamlar yig‘ildi! Tezroq bo‘ling! Yog‘iy yaqin!
— Yog‘iy yaqin bo‘lsa jang qilg‘aymiz!
— Ikki ming yog‘iyga qanday bas kelurmiz, hazratim? Qirqtagina bek-u navkar to‘pladim, xolos!
Bu so‘zlarni eshitib turgan Mohim enaga tez Hamida bonuning yoniga keldi:
— Voy o‘lay, hazratimning qoniga zomin bo‘l­mang yana, hazrat begim! Akbarjonga men ham onamen! Jiji enaga bor! Poychajon enaga bor!
Ruparani Umarqutda qolgan, enagalardan yana ikkitasi Qandahorga yetib kelolmagan, lekin hozir Mohim tilga olgan uch ona bolaga jonini bergudek mehribon. Akbarning ko‘kaldoshlari Adham, Aziz va Zayniddinlar ham shu yerda qoladi. Bolani bu qish sovug‘ida olib ketib bo‘lmasligi aniq.
Hamida bonu Humoyunga ajdahoday og‘iz ochib kelayotgan xavf-xatarning butun dahshatini endi ko‘z oldiga keltirdi. Beshikdagi Akbarni quchoqlab, yuzini bolaning yuziga bosib xayrlashdi-yu, Humoyunning ketidan hovliga chopib chiqdi. Ko‘z yoshlarini kafti bilan artib Humoyunning yoniga keldi:
— Ayting, menga ham ot keltirsinlar!
Bu orada Hasan eshik og‘aning xotini Oysha bibi ham otlanib, tayyor bo‘lib turgan edi.
Qirqtacha erkak orasida shu ikki ayol g‘o‘ra qorni qayirib urayotgan izg‘iringa qarshi yurib, oqshom g‘ira-shirasida Sarimastungdan chiqdilar-u shimoli sharqdagi qorli tog‘larga qarab yo‘l oldilar. Havo nihoyatda sovuq. Kechasi tog‘ etagidagi o‘rmonzorga yetganlarida tun qorong‘isi juda quyuqlashib ketdi. Aylanma tog‘ so‘qmog‘ini topish qiyin bo‘lib qoldi.
— Odamlar ham juda sovqotdi, — dedi Turdi­bek.— Hazratim, to‘xtab bir gulxan yoqsakmikin?
— Pastdan bizni quvib kelayotgan bo‘lsalarchi? — dedi Humoyun. — gulxan yorug‘i bizni tutib bergay. Tepalikdan oshib, panaroq joy topmog‘imiz kerak.
Tepalik bo‘lib ko‘ringan joy ancha baland dovon ekan. Qor urib turibdi, yurish qiyin, otlar hansiraydi. Ravshan ko‘kaning oti sirg‘anchiq joyda yiqilib, orqa oyog‘i qirrali toshga shunday qattiq urildiki, cho‘­loqlab, yurolmay qoldi. Ravshanbek otdan tushib uni yetaklab bora boshladi.
Tun yarmidan oshganda dovondan naridagi qoya­toshlar panasiga o‘tib, qor uncha tegmay qorayib turgan tog‘ kamarlari oldida to‘xtadilar. Yigitlar birpasda o‘tin olib kelib gulxan yoqdilar. Bu o‘rmonda bolut daraxti ko‘p edi, uning archanikini eslatadigan nina barglari xo‘l bo‘lsa ham gulxanda charsillab yonardi. Atrofga sal yorug‘ tushgandan keyin tog‘ pistasining daraxtlari ham ko‘rindi, yigitlar uning olovi taptlik bo‘ladi deyishib, qurigan shoxlarini sindirib gulxanga tashladilar. Humoyun bilan Bayramxon uchun yetovda to‘rtta salt ot bor edi. Humoyun shulardan birini Ravshanbekka berdi.
— Cho‘loq ot endi yo‘lga yaramagay, uni so‘yinglar, — deb buyurdi.
Odamlar kechki ovqatni yeyishga ulgurmay yo‘lga chiqishgan, hozir ularni ochlik ham qiynamoqda edi. So‘yilgan otning go‘shtini pishirish uchun qozon topolmadilar. Bayramxon bolut novdalarini pichoq bilan tozalab, six o‘rnida ishlatdi-da, ot go‘shtining yaxshi joylaridan pista cho‘g‘ida kabob qildirdi. Navkarlar ot go‘shtini dubulg‘alariga solib gulxanda qovurib yedilar.
Hamida bonu och qolganini ham bilmas, ishtahasi yo‘q, beshikda qolgan bolasi ko‘z oldidan ketmaydi. Sahar palla gulxandagi pista cho‘g‘ining issiq tapti elitib, o‘ltirgan holda ko‘zi ilinibdi. Tushida o‘ng oylik Akbarni cho‘miltirayotgan emish. Bola sog‘, quvnoq, «Xayriyat-ey, yonimda ekan, tuzalib ketibdi!» deb, quvonib ko‘zini ochsa, atrofida qorli o‘rmon, gadir-budur qoyatoshlar, sovuqda diydirab turgan ot va xachirlar. Voqelikka qaytdi-yu, ayrilq dardi yana yangilanib, birdan ko‘zlariga yosh qalqdi.
O‘sha kuni Javhar oftobachi boshliq o‘ttiztacha odam Qandahorda qolgan chodirlar, boshqa zarur buyumlarni olib kelib, ularga qo‘shildilar.
— Sizlar juda vaqtida ketgan ekansizlar! — dedi Javhar. — Ketlaringdan ikki soat o‘tar-o‘tmas mirzo Askariy katta qo‘shin bilan bostirib keldi. To‘rt tomonga izg‘ib sizlarni axtardi. Bizdan so‘ragan edi, «ovga ketganlar», dedik. Keyin Akbar yotgan uyga kirdilar. Xotinlari Saltanat begim ham birga kelgan ekanlar. Mohim enaga ikkovlarining oyog‘iga yiqilib: «Akbarni o‘z farzandingiz o‘rnida ko‘ring!» deb iltijo qildi. Askariy dag‘alroq javob bergan edi, Saltanat begim oraga tushdilar. Akbarni iliklariga olib erkalatdilar, «men buni enagalari bilan o‘z tarbiyatimga ol-gayman», deb Qandahorga olib ketdilar. Buni ko‘rib ko‘nglimiz sal tinchidi-yu, yashiriqcha yo‘lga chiqdik.
Hamida bonu orqaga — Akbarning oldiga qaytishni qanchalik istamasin, endi Humoyun o‘zining inilari bilan yarasholmasligini sezib turardi. U bolasini sog‘inib, yig‘lab-siqtab bo‘lsa ham eri bilan birga shimolga — Xurosonga qarab ketib borardi. Yosh ona har kuni Akbarni emizadigan mahalda siynasiga sut to‘planib, chidab bo‘lmas darajada og‘riy boshlardi. Shunda Hamida Oysha bibi bilan xoli joyga chiqib, sutini qorga sog‘ib tashlardi. Oppoq qorda sut ko‘zga tashlanmasa ham uning issiq tapti sovuq qorda hovur chiqarardi. Jigarbandining nasibasi hayf ketayotganidan yuragi qon bo‘lgan Hamida bonu:
— Bizni shu ko‘yga solganlani ona sutining uvoli ko‘r qilsin! — deb pichirlardi.

___________


* Sh o m i l i s t o n — beluj va afg‘on qabilalari yashaydigan o‘lka.
* Besh t o sh — sakkiz chaqirim.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish