Hur vatanning, dilga yaqin oshnolari assalom



Download 18,26 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi18,26 Kb.
#575666
Bog'liq
zoologia senariy


TOSHKENT SHAHAR CHILONZOR TUMANI 101-MAKTABNING BIOLOGIYA FANI O’QITUVCHISI SURAYYO MUHAMMADJONOVNANING ‘’ TABIIY FANLAR OYLIGI ‘’ OCHILISH KECHASIGA TAYYORLAGAN 45-DAQIQALIK TADBIR SSENARIYSI [Faollar zali did bilan chiroyli bezatilgan,sharlar va devoriy gazetalar osilgan. Sahna pardasida Tabiiy fanlar oyligi deb yozib qo’yilgan bo’ladi]
‘’ Tabiiy fanlar oyligi ‘’ ochilish kechasi 3-chorakning ilk o’qish kuni ya’ni 11-yanvarda tashkil qilinadi. 1.Davlatimiz madhiyasi yangraydi. 2.Boshlovchi sahnaga chiqadi.
HUR VATANNING , DILGA YAQIN OSHNOLARI ASSALOM
ILM-U URFON, MA’ RIFATGA TASHNA QALBLAR ASSALOM
HAR DAVRADA HAR YURAKKA , JILO BERGAY BU KALOM
SO’Z BOSHIDA, BARCHANGIZGA HURMAT ILA ASSALOM.
BOSHLOVCHI;
3.Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, qadrli ustozlar, aziz davramiz qatnashchilari va direktorimiz Nargiza Anarbayevna. Sizlarni tabiiy fanlar , ya’ni biologiya, fizika, kimyo fanlari oyligining ochilish marosimida ko’rib turganimizdan benihoya xursandmiz. ‘’ZOOLOGIYA – HAYVONOT DUNYOSI’’ nomli tadbirimizga xush kelibsizlar. O’ylaymizki barcha o’quvchilar bugungi tadbirda faol ishtirok etadilar. Bugungi tadbirni ochib berish uchun maktabimiz direktori Nargiza Anarbayevnani so’zga taklif qilamiz. 4. Endi esa maktabimiz fidoyi va jonkuyar biologiya fani o’qituvchisi Surayyo Muhammadjonovnani so’zga taklif qilamiz. 5. Boshlovchi ;
Bugun biz sizlar uchun TABIIY fanlardan biri bo’lmish , ZOOLOGIYA fani haqida ko’plab ma’lumotlar , ijodiy ishlar, turli taqdimotlar tayyorlab kelganmiz. Ijozatingiz ila sahnaga 7-‘’j’’ sinf o’quvchilarining ZOOLOGIYA fani haqida to’plagan ma’lumotlariga bersak.Marhamat . 6. Sahnaga 9 nafar o’ quvchi chiqib kelishadi.Boshlarida ZOOLOGIYA deb yozilgan qog’oz ko’tarib chiqishadi va o’z ma’lumotlarini aytishadi .1-o’quvchi Tillaboldiyeva Zeboniso ‘’Z’’ HARFI bo’ladi [ ZOOLOGIYA – ‘’ ZOON’’- hayvon , ‘’ LOGOS’’-fan , hayvonlarni o’rganuvchi fan ] .2-o’quvchi Abdurasulova Omina ‘’O ‘’ HARFI bo’ladi [ Zoologiyaning vazifasiga hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi , ko’payishi va rivojlanishini o’rganadigan fan ]. 3-o’quvchi Ismatillayev Doniyor ham ‘’O’’ HARFI bo’ladi [ Zoologiya fanining rivojlanishiga O’zbekistonlik olimlar ham katta hissa qo’shishgan].4-o’quvchi Bazarbayeva Gulnoza ‘’ L’’ HARFI bo’ladi [16-17-asrlarda yashagan Golland olimi ATTON LEVENGUK mikroskopda ko’rinadigan hayvonlarni kashf etgan] . 5- o’quvchi Axmedova Iroda ‘’O’’ harfi bo’ladi [ SHved olimi KARL LINNEY 18-asrda hayvonlarni tur, urug’ turkum va sinflarga ajratib o’rganishni taklif etgan ]. 6- o’quvchi Xodixonov Muhammadali ‘’ G ‘’ HARFUI bo’ladi [ Ingliz olimi CH.DARVIN 19-asr o’rtalarida hayvonlarni o’rganish orqali o’zining olamshumul evolyutsion ta’limotini yaratdi]. 7-o’quvchi Mamadaminova Mohirabonu ‘’I’’ HARFI bo’ladi [ Zoologiyaga oid eng qadimigi asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi ARASTU yozgan]. 8-o’quvchi Sadinova Gavharoy ‘’ Y ‘’ HARFI bo’ladi [ Zoologiya eng qadimgi fandir bu fan bizga ko’p narsalarni o’rgatadi]. 9-o’quvchi Berdiyeva Ziynat ‘’ A ‘’ HARFI bo’ladi [Zoologiya tibbiyot , chorvachilik va xalq xo’jaligining boshqa sohalari bilan bog’liq ] . 6.Ma’lumotlar tugaganidan so’ng boshlovchi sahnaga chiqib keladi .BOSHLOVCHI ham Zoologiya fani haqida ko’plab qiziqarli ma’lumotlarini aytadi. [ O’lkamiz tabiati nihoyatda jozibali, uning hayvonot dunyosi esa juda xilma xil. Hayvonlarni inson qadami yetgan hamma joyda ; gullab turgan vodiylardan tortib baland tog’li cho’qqilarda , osmono’par binolar qad ko’tarib hayot qaynab turgan shaharlar-u , go’yo hayotsiz ko’ringan jazirama qumli cho’llarda ham uchratish mumkin. Mamlakatimiz daryo va ko’llarida baliqlarning 70 ga yaqin turi, bir hujayralilardan tortib hasharotlargacha bo’lgan xilma xil guruhlardan iborat umurtqasiz hayvonlarning minglab turi uchraydi. Bepoyon cho’llar, vodiylar , ulkan tog’ tizmalari va vohalarda sudralib yuruvchilarning 60 ga yaqin , sutemizuvchilarning 100 ga yaqin va qushlarninh 400 dan ortiq turi, 11000 turdan ortiq hasharotlar yuzlab o’rgimchaksimonlar va boshqa hayvonlar tarqalgan . Mamlakatimizda hayvonlarni muhofaza qilish yo’qolib borayotgan turlarni saqlab qolish va ko’paytirishga katta e’tibor berilmoqda. Bu muhim ish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham o’z ifodasini topgan . Biroq faqat davlatning o’zi hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun yetarli emas. Bu ishga umumxalq e’tiborini qaratishi kerak . Buning uchun har bir o’quvchi o’z vatani tabiiy boyliklaridan biri bo’lgan Hayvonot dunyosini asrab – avaylash va muhofaza qilish chora – tadbirlarini yaxshi bilishi va ularga qat’iy amal qilishi lozim.] 7.Boshlovchi nutqi tugaganidan so’ng yana e’lon beradi . Endi esa navbat 7-‘’j’’ sinf o’quvchisining zoologia fani haqidagi she’riga. Xusanova SHaxrizoda she’r aytadi. 8. Navbatni 7-‘’j’’ sinf o’quvchilari ijrosidagi ‘’ Hayvonlar mamlakatida ‘’ deb nomlanuvchi kichik sahna ko’rinishiga bersak . Ushbu sahna ko’rinishida o’quvchilar hayvonlar kiyimlarini kiyib [ hayvonlar qiyofasida] sahnaga chiqishadi va obrazidagi hayvonlari haqida eng kerakli , qiziqarli ma’ lumotlarni aytishadi.Sahna ko’rinishida kapalak, baliq, mollyuska, o’rgimchak, yashil bronza qo’ng’izi , daryo qisqichbaqasi, toshbaqa singari hayvonlar o’zlarini tanishtirib , noyob xislatlari bilan boshqa hayvonlarga maqtanadilar, so’ngida esa barchalari ham kerakli hayvon ekanliklarini anglab yetadilar. 1-bo’lib sahnaga KAPALAKXONIM [ Zeboniso ] chiqib keladi ,[KAPALAKLAR-juda chiroyli xilma-xil bo’lib , ularning yer yuzida 150.000 ga yaqin , O’rta Osiyoda bir necha mingga yaqin turli tarqalgan . Kapalakning qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan . SHuning uchun ular TANGACHAQANOTLILAR deb ataladi. Qanotlarining rangi ana shu tangachalarga bog’liq. Kapalaklaklar boshining ostida spiralga o’xshab o’ralgan xartumi bor . Kapalaklar gul nektari bilan oziqlanadi.Buning uchun ular xartumini to’g’rilab,gul ichiga suqadi va nektarini so’rib oladi. Ayniqsa, mening karam kapalagi deb nomlanuvchi turimni ham yaxshi taniysiz.] 2-bo’lib BALIQXON [Gulnoza] o’zini tanishtiradi ,[BALIQLAR- bilan O’rta Osiyoning tog’ daryolaridan boshqa barcha suv havzalarida hayot kechiradi. Uni ko’l , hovuz va sholipoyalarningb iliq suvida , tinch oqadigan daryolar o’zanida uchratish mumkin. Zog’ora baliqning kattaligi 1 metrgacha , og’irligi 8-16kg gacha boradi. Baliqlarning sazan , zog’ora, laqqa kabi turlarim mashhur hamda mazali]. 3- bo’lib QORINOYOQLI MOLLYUSKAOY[Zamzamoy] o’zlari haqida eng qiziqarli faktlar aytadilar. [MOLLYUSKALAR - hovuz va ko’llarda , tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi. Tanasi spiral o’ralgan chig’anoq ichida joylashgan .Mollyuska tanasini mantiya teri o’rab turadi.Mantiyadan chig’anoq hosil bo’ladi. Paypaslagichlari sezgi organlari hisoblanadi.Har qaysi paypaslagichlar asosida bittadan ko’zi joylashgan.Mollyuskalarning ; qorinoyoqli, boshoyoqli hamda ikki pallali deb ataluvchi turlari mavjud. 4-bo’lib O’RGIMCHAKXON [Nilufar] ham o’zi haqida juda muhim ma’lumotlarni baham ko’radi.[O’rgimchaklarning ko’pchilik turlari yirtqich bo’lib , pashsha,chivin kabi hasharotlarni qirib foyda keltiradi.Ularning qoraqurt va Biy zaharli hisoblanadi. O’rgimchak tuproqdagi chuqurchalar ustiga ,toshlar ostiga tutqich to’r to’qiydi. U to’riga tushgan chigirtka , qo’ng’iz, qandala va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi.Uning zahri odamlarga ta’sir etmasa-da ehtiyot bo’lish lozim]. 5-bo’lib YASHIL BRONZA QO’NG’IZI [Marjona] barcha hasharotlardan o’zini ustunroq ko’rdi va o’zini tinmay maqtay ketdi,[ Bahor va yoz oylarida dalalarda gullarning ustida yirik , uzunligi 1-2 sm yashil qo’ng’izlarni ko’rish mumkin. Qo’ng’iz tanasining ustki tomoni esa qizg’ish tusda bo’ladi. Bronza qo’ng’izi Yevropa va Osiyo qit’asining deyarli hamma joyida uchraydi.Qo’ng’izni qo’lga olganda uning xitin qobig’i qalin va qattiq ekanligini sezish mumkin]. 6-bo’lib DARYO QISQICHBAQASI [Iroda] ga ham nihoyat navbat yetib keldi.[Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvli ko’l, daryo va soylarda hayot kechiradi.Uning tuzilishi va rangi suv muhitida yashashga moslashgan .Tanasining ustki tomoni ko’kimtir-qo’ng’ir , ostki tomoni esa oqish rangda shuning uchun suv ostidagi qisqichbaqani payqash qiyin .Qisqichbaqa kun bo’yi toshlarning ostida bekinib yotadi. U mollyuskalar , hasharotlar lichinkasi va murdalari bilan oziqlanadi]. 7-bo’lib TOSHBAQAOY [Aziza] unga past nazar bilan qaraganlarga o’zini rosa ko’rsatib qo’ydi, [ Toshbaqalar tanasi orqa va qorin tomondan suyak hamda muguzdan iborat mustahkam kosa – qalqon bilan qoplangan .Kosa qovurg’alar , um urtqalar va o’mrov suyaklari bilan tutashgan. Biron xavf tug’ilganida toshbaqa boshi , oyoqlari va dumini kosasi ichiga tortib oladi. Toshbaqaning bo’yni uzun, boshi juda harakatchan bo’ladi. Tili yo’g’on va go’shtdor, tishlari rivojlanmagan , jag’lari shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan. Ko’zi va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan ]. 9. Sahna ko’rinish tugagandan so’ng boshlovchi chiqib keladi va ‘’ Hujayra ‘’ haqida she’r aytadi . Olam ichida olam , mikro olam bor emish Hujayrani to’ldirgan sitoplazma oqarmish Sitoplazmadir tiniq, rangsiz hamda shilimshiq Unda oziq va havo aylanadi tinimsiz . Olam ichida olam mikro olam bor emish Hujayrani to’ridan yadro olgan joy emish Bakteriya va suv o’tlar , unga doim zor emish Ko’payishga u doim tayyorlanib shay emish . Yadro tuzilishin oddiy O’qib bilsang sen qat’iy O’rgangin qilib zaxmat Deysan ROBERT BROUNGA rahmat . Olam ichida olam , mikro olam bor emish Hujayrada ribosoma bo’lmaganda xor emish Ribosomaning o’zi ishlab chiqarar oqsil Ribosoma susaysa, bo’ladi taqchil. Ribosoma aslida organizm tanlamas Bakteriyami u hayvon , hech birini anglamas O’zi membranasizdir Palada ham shunday der. Mitoxondirya ham bor, qolib ketmaydi also ATF da energiyani to’plar ekan u tanho Toparsan muskulning o’zidan Ko’payadi o’z- o’zidan. 10.She’rdan so’ng boshlovchi so’zni UMIDA Komiljonovnaga beradi. 11. BOSHLOVCHI; bugungi ochilish marosimi ham o’z nihoyasiga yetib bormoqda , tadbirdan xulosamiz tabiatda hayvonlarni asrash, ularni yashash muhitiga ijobiy ta’sir ko’rsatish haqida bo’ldi deydi. E’tiboringiz uchun rahmat . …
Download 18,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish