I bob. Alisher navoiy lirikasida adolat motivlari



Download 94,61 Kb.
bet6/11
Sana22.07.2022
Hajmi94,61 Kb.
#836340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA ADOLAT MOTIVLARI

Yo‘ldin ozdi har mulozimdinki, g‘aflat aylading,
Budur oyin gar gadolig‘dur ishing, gar shohlig‘.
Urkudar eldekki chiqti kecha yo‘ldin markabi,
Ko‘z yumub ochquncha chunkim qilmadi ogohlig‘.
Olam ahlida mulozimlar erur hayvon kebi,
Qaysi g‘aflat anglag‘och zohir qilur berohlig‘.28
Navoiy talqinicha, “shohlik-ogohlikdir”. U agar shoh bo‘lsang, ogoh bo‘l, g‘aflatda qolganing zamon hamma mulozimlaring to‘g‘ri yo‘ldan adashadi va boshingga gadolik tashvishi tushadi, deya ta’kidlaydi. Shoir g‘aflat uyqusidagi shohni kechasi yo‘lga chiqib ulovda mudrab qolgan sayyohga qiyoslaydi. Ko‘z ochib yumgunchlik oz fursat ham ogoh bo‘lmay g‘aflat uyqusida qolgan shohni tanqid qiladi, barchasiga shohning o‘zini ayblaydi. Qit’ada butun olamdagi mulozimlar hayvon o‘xshatiladi, chunki biroz e’tiborsiz qolgan hayvonlar hamma joyni payhon qilib yuborgani kabi ular ham xalqqa zulm qilib, el boshiga turli azoblarni solib, adolatsizliklar qilishi mumkin. Hukmdor g‘aflatda qolganini anglagach adashganini his qiladi, yo‘lsiz, chorasiz qoladi. Demak, nafaqat shohlar , balki oddiy xalq ham ogoh bo‘lishi lozim, aks holda boshiga ko‘p savdolar tushishi muqarrar.
Navoiyning adolat mavzusidagi qit’alarida hadislar tafsiri ham keltirilgan bo‘lib, ulardan biri “Annosu’ ‘alo dini muluk” deya nomlanadi.
Shahning af’oli etar xaylu sipohig‘a asar,
Chu nabi dediki, «annosu ‘alo dini muluk».
Hukamo ham dedilar shahni tengiz, xayli ariq,
Ul achig‘dur, bu achig‘, ul chuchuk o‘lsa, bu chuchuk.29
Shohning qilmishlari askarlari jamoasiga ta’sir etmay qolmas, ya’ni shohning fe’l-atvori askarlarida ham nomoyon bo‘ladi. Chunki payg‘ambarimiz ……...........................................................................................................................................................El ulug‘lari ham shoh dengiz bo‘lsa, eli ariqdir, dengiz suvi sho‘r bo‘lsa, ariq suvi ham sho‘r, unisi chuchuk bo‘lsa, bunisi ham chuchukdir, deganlar. “Podsho qanday bo‘lsa, uning a’yonlari ham shundaydir”, degan hadisning ma’nosi shunga ishora.30
XIII-XVI asrlarda yashab o‘tgan Majid Havofiy “Ravzati huld” (“Mangu bog‘”) risolasida shunday deb yozgan edi: “Jamiyatda bir odamning yomon xulqi hammaga ta’sir qiladi. Sachragan ozgina loy ming chandon ko‘p hajmdagi suvni bulg‘aydi”.31 Ko‘rinib turibdiki, shoh hammaning e’tiborida, yurt hokimi nima qilsa, qolganlar ham xuddi shu ishni ortig‘i bilan amalga oshiradi. Darhaqiqat, shoh qanday bo‘lsa, xalqi ham shohidek bo‘ladi. S.Saroyi ham “Guliston bit-turkiy” asarida shoh ovda pul berib askarini tuzga jo‘natganini yozadi. Agarda pul bermay jo‘natganida askar zo‘rlik bilan tuz olib kelar, askarlari ham xalqni talashni odat tusiga aylantirar edi.
Shohlarning daryoga qiyoslanishi “Hikmat ahlining shohni daryoga qiyoslashi va uning foyda-yu zarari” nomli yana bir qit’ada o‘z ifodasini topgan:
Hikmat ahli shohni daryog‘a tashbih ettilar
Kim, ham andin ko‘p ziyonlar elga, ham ko‘p sud erur.
Gah topar g‘avvos bir soatda yuz durri samin,
Gah nahang og‘zida yuz hasrat bila nobud erur.32
Shohdan xalqiga ziyon ham, foyda ham tegishi mumkin. Xalq podsho inoyati tufayli oz vaqtda yuz dona dur topishi ham, shoh qahriga yo‘liqib, nahang og‘zida qolib, yuz hasrat bilan nobud bo‘lishi ham mumkin. Hukmdorlar ishiga hech kim aralasha olmagan, ular nohaqlik qilib, adolatsizlik bilan davlat boshqarganligi, qanchadan-qancha begunohlarning qonini to‘kkanligi qadimdan ma’lum. Lekin bugungi kundagi demokratik tamoyillar asosida ish ko‘riladigan davlatimizda xalq manfaati birinchi galda turadi va bu holatlarga yo‘q qo‘yilmaydi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Bugungi hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad- inson maanfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda”33 Darhaqiqat, “Odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, lekin hech qachon adolatsizlikka chiday olmaydi”.34 Shu sababli ham xalqqa zolimlik qiluvchi, shuhratparaslikni, mol-u mulkni o‘ylovchi emas, balki xalqni o‘ylaydigan davlat hukmdori masalasi hamma zamonlarning ham eng muhim masalalaridan biri bo‘lib qoladi.
Shu jumladan, Navoiy ham “G‘aroyib us-sig‘ar” devonining 34- qit’asida mol-u dunyoga o‘ch shohlarga to‘xtalib o‘tadi.

Download 94,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish