I bob. Artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanishning nazariy asoslari



Download 6,55 Mb.
bet1/13
Sana20.01.2022
Hajmi6,55 Mb.
#393607
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Nozima Barotova Mtt







M U N D A R I J A

Kirish......................................................................

I BOB. ARTIKULYATSION MOTORIKANI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI.

1.1. Nutq nuqsonlarini bartaraf etishda logoritmikaning o‘rni...

1.2. Nutqiy kamchiliklarni bartaraf etishda logoritmik mashqlarni qo‘llash usullari........................................................................

II BOB. ARTIKULYATSION MOTORIKANI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING AMALIY ASOSLARI.

2.1. Artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan amaliy foydalanish yo‘llari.....................................................................................................

2.2. Dars mashg‘ulotlaridan namunalar……………………………………………

XULOSA VA USLUBIY TAVSIYALAR.................................................................

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI................................................

Kirish


MUAMMONING DOLZARBLIGI. Maktabda ta’lim-tarbiya berish orqali bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishi ta’minlanadi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Bunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari ta’lim-tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:

- Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustivor ravishda tayyorlash;

- Maktabda ta’limni samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;

- Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;

- Zamonaviy o‘kuv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;

- Maktab yoshdagi bolalarga xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan ta’lim-tarbiya berish uchun shart-sharoitlar yaratish;

- Ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun turli variantlardagi ta’lim dasturlarini tanlab olish, barcha masalalari bo‘yicha malakali konsul`tatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;

- Maktabda ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.

Nutq kamchiliklarini bartaraf etishda qo‘llaniladigan logoritmik o‘yinlardan bolalar faolligini oshirishga, lug‘atini boyitishga, ona tilimizga qiziqishiga, chaqqonlikka xizmat qiladi. Bu borada izlanishlar olib borilayotgan muammoga oid adabiyotlar tahlil qilindi.

Ayniqsa, Rahimova O., Yo‘ldashev J., Husanboeva Q., Mamatqulov E., Mamatova G., Abdieva D., Bo‘ronova SH., Mamatqulova F., Holiqov E. larning ilmiy – metodik ishlari va matbuotda chop etilgan maqolalaridan foydalanildi.

Interfaol usullar haqida ko‘p fikr-mulohazalar bo‘lmasa-da, ammo nutq kamchiliklarini bartaraf etishda qo‘llaniladigan logoritmik o‘yinlar bo‘yicha tadqiqot ishlari kengroq olib borilmagan.

Shu bois BITIRUV MALAKAVIY ISHIMIZ MAVZUSINI “Artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanish yo‘llari” deb nomladik.

Tadqiqot ishimizning MAQSADI - Artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanishning samarali yo‘llarini aniqlash.

Tadqiqot ishimizning OB’EKTINI – Artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanishning samarali yo‘llari.

Tadqiqot ishimizning PREDMETINI Artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanish jarayoni etib oldik.

Belgilangan maqsaddan kelib chiqib qo‘yidagi VAZIFLARINI belgilab oldik:

1. Muammoning pedagogik–metodik jihatlarini tavsiflash;

2. Tadqiqotga oid adabiyotlarni o‘rganib chiqish va tahlil qilish;

3. Ilg‘or tajriba-sinov ishlarini o‘rganib ishga tadbiq etish;

4. Artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanishning samarali yo‘llarini aniqlash va tajriba-sinov ishlarida tahlil qilish.

Bitiruv malakaviy ishning AMALIY AHAMIYATI shundaki, Artikulyatsion motorikani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlardan foydalanishning samaradorligi ortdi, bolalarning mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishi yanada kuchaydi, musiqali ritmik tarbiyaning yangi yo‘llari ishlab chiqildi.

Tajriba-sinov ishlarini O‘TKAZISH MAYDONI: Xovos tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi.

Bitiruv malakaviy ish tuzilishiga ko‘ra quyidagi TARKIBIY QISMLARNI o‘z ichiga oladi: kirish,

ikki asosiy bob va uning tarkibiy qismlari, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

I BOB. ARTIKULYATSION MOTORIKANI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI.

1.1. Nutq nuqsonlarini bartaraf etishda logoritmikaning o‘rni.

Bolalarning ta’limiy, tarbiyaviy, korrektsion rivojlanishida logoritmik o‘yinlarning ahamiyati.

Aytib o‘tish joizki, mustaqillikka erishilishi bilanoq, hukumatimiz tomonidan o‘sib ulg‘ayayotgan bolajonlarimizning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga, uni amalga oshirishda asosiy omillardan sanaluvchi til o‘qitish masalalariga kuchli e’tibor qaratib kelinmoqda. Bunday diqqat e’tibor ona tilini o‘rganish va o‘qitish o‘zligimizni anglash, uning ertangi kunimiz poydevori bo‘lgan yoshlarimizni munosib tarzda tarbiyalab, voyaga yetkazishning muhim vositasi ekanligini chuqur tushunish bilan asoslanadi. Ma’lumki, til vositasida inson muloqotga kirishadi – fikr almashadi, axborot oladi, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydi. Jamiyatda tilni o‘zlashtirish jarayoni kishilarning o‘zaro nutqiy faoliyati (kommunikatsiyasi) sharoitida amalga oshadi. Nutqi o‘z yoshiga nisbatan qo‘yilgan talablar darajasida rivojlangan bola atrofdagilar bilan tez va yengil muloqotga kirishadi, o‘z istak va fikrini tushunarli qilib ifoda eta oladi, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni egallaydi. Shu jihatdan qaraganda, maktab yosh davrida bola nutqini tizimli rivojlantirish jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan vazifalardan biri sanaladi.

Maktab tarbiya yoshidagi bolaning asosiy faoliyati o‘yindir. U orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. O‘yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san'atshunos olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelgan. O‘yin bolalar uchun haqiqiy hayotdir. A.P.Usova shunday degan edi “Bolalar hayoti va faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish – ularni tarbiyalash demakdir. Bolalarning tarbiyalanishining o‘yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o‘yinda bola yashashni o‘rganmaydi, balki o‘z hayoti bilan yashaydi”.

O‘yin faoliyatidan ko‘p qirrali va keng foydalanish, o‘yin orqali bolaga har tomonlama ta’sir etishdir. O‘yin bolalar yoshiga xos va mos bo‘lishi kerak. YA.A. Kamenskiy., E.A.Polkov o‘z asarlarida bolalar o‘yiniga jiddiy e’tibor berilganligini ko‘ramiz. U “bolalar o‘yinini e’zozlang, haqiqiy mehnatsevarlarni tarbiyalashda u sizning eng yaxshi hamkoringizdir”- degan fikrlarni bildirgan. O‘yinda yosh organizmga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi,hayotiy faollik ortadi, birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Bolalar bog‘chasining pedagogik jarayonida o‘yinning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib, o‘yindan maktab tarbiya yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Zero:

•o‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi;

•o‘yin maktab tarbiya yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir;

•o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;

•o‘yin bolalarga ta’lim va tarbiya bershining metod va usulidir;

•o‘yin bolalarni o‘quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir;

O‘yin faoliyati orqali bolalarda quydagi vazifalar amalga oshiriladi:

1. O‘yin orqali shaxsning ma’lum bir faoliyatiga bo‘lgan qiziqishi ortadi.

2. Kommunikativ muloqat madaniyatini egallashga yordam beradi.

3. Shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi bilim va o‘zligini namoyon etishga imkon yaratadi.

4. Hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengishga tayyorlaydi, mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarni hosil qiladi.

5. O‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarni barham berish imkoniyati yaratiladi.

6. Shaxsning ijobiy hislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.

7. Insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi.

8. O‘yin ishtirokchilarida jamoa, muloqat madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi.

9. O‘yin va o‘yin mashqlari tortinchoq bolalarni ham faollashtirishga yordam beradi.

10. O‘yin bolalarni nutqini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘yin va mashqlarda nutqiy material ongli ravishda o‘zlashtirilib, mexanik yodlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

11. Takrorlash va mustahkamlash jarayonida nutqiy material tizimlashtiriladi, umumlashtiriladi, bolalar har bir buyumning o‘ziga xos sifat va xususiyatlarini bilib oladilar.

O‘yin turlari. Bolalar o‘yini o‘zining mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko‘ra xilma xildir, shuning uchun uni quyidagicha turkumlarga ajratiladi: ijodiy yoki voqeaband va qoidali o‘yinlarga bo‘linadi. Qoidali o‘yinlar o‘z navbatida didaktik va harakatli o‘yinlarga bo‘linadi.

Ijodiy o‘yinlarning mazmunini bolalar o‘zlari o‘ylab topadilar va ularda o‘z taassurotlarini, borliq haqidagi tushunchalarini hamda unga munosabatlarini aks ettiradilar. Qoidali o‘yinlarda esa tayyor o‘yin mazmuni, aniq qoidalari, harakatlarini ketma-ketligi oldindan belgilangan.

Ijodiy o‘yinlar bilan qoidali o‘yinlarni farqi shundaki: ijodiy o‘yinda bolalarni faolligi syujetni rivojlanishiga qaratilgan bo‘lsa, qoidali o‘yinlarda esa aqliy vazifani bajarish qoidalarga amal qilish birinchi o‘rinda bo‘ladi. Bolaning o‘yinga qiziqishini, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmuni jihatidan boy o‘yinlar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o‘yinlarini rivojlantirish uchun esa o‘z navbatida yaxshi tashkil qilingan jamoa zarur bo‘ladi. O‘yin bolalarni jismoniy, axloqiy, mexnat va estetik tomonidan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. O‘yin ta’lim va mashg‘ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib juda katta ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ijodiy o‘yinlarda muhim bilimlarni egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurni, xayolni, diqqatni, mustaqillikni shakllantiradi. Qoidali o‘yin bolaning sensor rivojlanishi, tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqatini va xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini beradi. Har bir qoidali o‘yin ma’lum didaktik maqsadga ega bo‘lib, bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta’limning o‘yin shaklida bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bolaning yosh xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o‘yin bolaning faolligini oshiradi, o‘yinda bola mashg‘ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. O‘yin ta’limning shakllaridan biri bo‘lib, boshqa bir metod bilan qo‘shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi. O‘yin yaxshi yo‘lga quyilgan pedagogik jarayonda bolalarning butun hayotini qamrab oladi va uning qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Bolalar o‘yinining o‘ziga xosligi shundaki, u tevarak -atrofdagi hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o‘zaro munosabatlarini aks ettiradi. O‘yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o‘rmon, metro stantsiyasi, temiryo‘l vagoni bo‘lishi mumkin va x.k. O‘yinning ijodkori, yaratuvchisi-bolalardir. Ular o‘yinda o‘zlariga tanish bo‘lgan hayotiy voqea va hodisalarni ularga bo‘lgan munosabatlarini aks ettiradilar. Bolalar o‘yinining yana bir o‘ziga xos xususiyati - unda harakat, so‘z va obrazlarning o‘zaro bog‘lanib ketishidir. O‘yinda bola o‘zi aks ettirayotgan qahramonlarning his-xayajoni, kechinmalari, harakatlari bilan yashaydi. Bola hech qachon jim o‘ynamaydi, bitta o‘zi o‘ynasa ham u o‘yinchoq bilan gaplashadi, o‘zi tasvirlayotgan qaxramon bilan muloqot o‘rnatadi, onasi, bemor, shifokor, xullas hamma-hammaning o‘rniga o‘zi gapiraveradi. Nutq o‘yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikir almashadi, o‘z his-tuyg‘u, kechinmalarini o‘rtoqlashadi. So‘z bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilishiga, tevarak – atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xilda munosabatda bo‘lishga yordam beradi.

Voqeaband o‘yinlar: Voqeaband o‘yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo‘lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o‘yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.

Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma tomonlariga, ongiga, his-tuyg‘ulariga, irodasiga, xulqiga ta’sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanish lozim. Voqeaband o‘yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi.

Harakatli o‘yinlar: Hozirgi rivojlangan davrda o‘z ishiga ijodiy yondoshadigan shaxs shakllanib kelmoqda. Bu bolalarni har tomonlama barkamol kishilar qilib voyaga yetkazishda, ularga jismoniy, aqliy va estetik tarbiya berish katta ahamiyatga ega. “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” deydi xalqimiz. Ha, jismoniy sog‘lom bola barcha ishlarni yaxshi bajaradi, tetik va xushchaqchaq bo‘ladi. Aholining sog‘lig‘ini mustahkamlashda, shaxsni kamol toptirishda, yoshlarni mehnatga va Vatan himoyasiga tayyorlashda jismoniy tarbiya, sport, ularning kundalik hayotga joriy etishning ahamiyati o‘sib bormoqda. Sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etishda ochiq havoda mashg‘ulotlarni olib borish katta ahamiyatga ega. Ochiq havodagi mashg‘ulotlar bolalarning tabiat va ob-havo hodisalari haqidagi bilimlarini kengaytiradi, bu hodisalar orasidagi bog‘lanish sabablarini o‘rganishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida fikrlashni, nutqini o‘z tushunchalarini bayon etishni rivojlantiradi. Turli harakatlar bolaning hissiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bolaning irodasini mustahkamlashga, mustaqillikni rivojlantirishga yordam beradi. Qoidali haraktli o‘yinlar maktab tarbiya yoshidagi, kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning eng ma’qul bo‘lgan vositalaridan biri hisoblanadi. Harakatli o‘yinlar orqali bola jismonan va aqlan rivojlanadi, irodasi mustahkamlanadi, bola jamoada o‘zini tutishga, ma’lum qoidalarga rioya qilishga o‘rganadi. Harakatli o‘yinlarning yetukligi shundaki, bunda inson uchun xos bo‘lgan harakatlar: yurish, yugurish, sakrash, oshib o‘tish, otish va ilish kabi mashqlarning barchasini qamrab oladi.

Harakatli o‘yinlar bolada faqat tezkorlik, chaqqonlik, kuch, chidamlilikni tarbiyalab qolmasdan balki, uning axloqiy jihatdan tarbiyalanishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Masalan: guruhli o‘yinlar bolada o‘rtoqlik, mehribonlik, shaxsiy qarashlarini o‘zgalar qarashiga moslashtira bilish hislarini tarbiyalaydi. Bolada sofdillik, to‘g‘rilik, o‘zgalar fikrini xurmat qilishga o‘rgatadi. Bu sifatlar esa turli mehnat jarayonida asosiy o‘rin egallaydi. Bola hayotining kun tartibini shunday tashkil etish kerakki, bog‘chada, maktabda, uyda bola harakat faoliyatiga bo‘lgan talabini qondira olsin. Harakatlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish vositalaridan biri o‘yinlar bo‘lib, bolalarga behisob xursandchilik va quvnoqlik baxsh etadi. O‘yinlar biror – bir mazmunli, jamoali, jamoasiz, guruhli, shuningdek o‘z harakati bo‘yicha jismoniy sifatlarni namoyon etishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. O‘yinlarni to‘g‘ri tashkil etish katta ahamiyatga ega.

O‘qituvchi yoki tarbiyachi o‘yinning mazmunini qanday tashkil etishni oldindan o‘ylab qo‘ygan va reja asosida olib borishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazmun qisqa, aniq, hissiyotli bo‘lishi kerak. O‘yinning vaqtini chegaralash ham yoddan chiqmaslik kerak. Bu o‘yinning zarur shartlaridandir. Har bir o‘yin o‘tilgandan keyin o‘yinga yakun yasash va baholash, taxlil qilish muhim shartlardan biri hisoblanadi. O‘yinda faol ishtirok etgan bolalar maqtov eshitib rag‘batlantirishlari, kim o‘yin qoidalariga rioya qilmaganligi, qoidalarni buzganliklari, qaysi bola o‘yinda faol ishtirok etmaganligiga izoh berib boriladi.

Harakatli o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida o‘yin g‘oyasi, milliyligi, ilmiyliyligi va rejasiga e’tibor berib, tarbiyaviy, ta’limiy, sog‘lomlashtirish natijalariga erishishga qaratilishi kerak. O‘yinning muvaffaqiyatli o‘tishi ko‘p jihatdan rollar taqsimotiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun o‘yinda ishtirok etayotgan bolalarning harakteri, individual xususiyatlarini va rivojlanish darajalarini inobatga olish kerak.

Didaktik o‘yinlar bolalar tarbiya vositasi sifatida keng qo‘llaniladi. Didaktik o‘yin ta’lim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib unga yordam beradi. Didaktik o‘yin bolalarning ish va imkoniyatlariga mos keladigan ta’lim berish metodidir. Didaktik o‘yinlar bolalarning tevarak atrof to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o‘z shaxsiy tajribalari va mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini amalda qo‘llay bilishga o‘rgatadi, ulardagi fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy kuchlarini, sensor jarayonini rivojlantiradi, olgan bilimlarini tartibga soladi. Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayonini yengilroq va qiziqarliroq qiladi.

Bolalar yoshlariga mos qiziqarli faoliyat orqali o‘yinda amalga oshiriladigan aqliy tarbiya vazifasini juda oson va yaxshi o‘zlashtiradilar. Didaktik o‘yin kattalar tomonidan bolalarni aqliy rivojlantirish maqsadida yaratiladi. Unda o‘yin elementlari qancha ko‘p bo‘lsa, bolalarga u shuncha ko‘p quvonch bag‘ishlaydi. Didaktik o‘yinlarning muhim tomoni uni o‘tkazishdan ko‘zda tutiladigan g‘oyadir. O‘yin g‘oyasi bolalarda o‘yinga qiziqish uyg‘otadi, ko‘pincha bu g‘oya didaktik o‘yinni boshlashga sababchi bo‘ladi. Didaktik o‘yinda amal qilinadigan qoidalar o‘yin harakatlarinig to‘g‘ri noto‘g‘riligini aniqlovchi va ularga baho beruvchi mezon hisoblanadi.

Bolalarning biror bolaga nisbatan “U o‘yin qoidasini buzib o‘ynayapti” deyishlarining o‘zi ularning o‘yin qoidalariga qandaydir o‘zgartirib bo‘lmaydigan qonundek munosabatda bo‘lishlarini ko‘rsatadi. Bolalarning o‘yin qoidalarini o‘rganib olishlari va ularga rioya qilishlari ularda mustaqillikni o‘yin jarayonida o‘z o‘zini o‘zaro bir birlarini nazorat qila bilishi qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi.


Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish