I bob. Buyuk geografik kashfiyotlar


I BOB Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishi



Download 78,64 Kb.
bet2/9
Sana25.06.2022
Hajmi78,64 Kb.
#702610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi.Jahongirova

I BOB Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishi
1.1 Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanish sabablari va omillari
Buyuk geografik kashfiyotlari boshlanishining sabablari. XV asrning ikkinchi yarmiga kelib butun Yevropada (ayniqsa Portugaliyada) Xitoy va Hindiston dengiz yo’lini kashf qilishga intilish kuchayib ketdi. Sababi, XIV va XV asrlarda Hindiston va Xitoy yerlari yevropaliklar tasavvurida «oltin olinadigan quduq» hisoblanardi. Yevropaliklar tasavvur qilgan Hindiston yerlariga hozirgi Janubiy va Janubiy – Sharqiy Osiyo, Xitoy, keyinchalik butun Osiyo qit’asining eng chekka sharqiy chegaralari kirardi. Bu hududga yevropalik savdogarlar va missionerlar XIII asrdan boshlab suqulib kira boshlaganlar. Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishining asosiy omillaridan biri bu G’arbiy Yevropada XV asrga kelib feodalizmning umumiy taraqqiyoti va unga bog’liq ravishda shaharlar rivojlanishi va boshqa mamlakatlar bilan savdo – sotiqning o’sishi edi. Bu bilan bog’liq ravishda rivojlanayotgan manufakturaga yangi xom-ashyo manbai izlash va bozorlarda o’z mahsulotlarini sotish ehtiyoji tabora avj ola boshladi. XIII asr oxiri XIV asr boshlariga qadar, ya’ni butun Osiyo mug’ullar ta’siri ostida bo’lganda quruqlikdagi savdo yo’llari Osiyo va Yevropani bir – birlari bilan bog’lab turardi. Biroq, XIV asrning ikkinchi yarmida Osiyo hududida ro’y bergan katta o’zgarishlar, ya’ni Qrim, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Falastin portlarining Usmoniy turklar tomonidan bosib olinishi yoki chegaralab qo’yilishi quruqlikdagi Osiyo va Yevropa savdo yo’llarining uzulishiga olib keldi. 1453 yilda Turklarning Konstantinopolni bosib olishi bilan Osiyo tovarlarining narxi Yevropada misli ko’rilmagan darajada ko’tarilib ketdi.Ma’lumki, XV asrga qadar Sharq bilan g’arb o’rtasidagi asosiy savdo yo’li O’rta Yer dengizi edi. Levant savdosi o’rta asrlar oxiriga kelib doimiy savdo aloqalari tusini oldi. Sharqdan keladigan har xil mollar (zargarlik, attorlik va h.k) va nafis gazlamalar G’arbiy Yevropadagi yuqori va o’rta tabaqalarning iste’moliga tabora ko’proq kira bordi.
XV asrga qadar Yevropa va Osiyo o’rtasidagi savdo aloqalarini arablar o’z qo’llariga olgan edilar. Arablar tomonidan Hindiston va janubiy – sharqiy Osiyodagi boshqa orollardan keltirilgan tovarlar asosan Vizantiya va Venesiya savdogarlari tomonidan xarid qilinib, ular o’z navbatida Yevropaga olib kelib sotilardi. Janubiy Italiya, Janubiy Fransiya, Sharqiy Ispaniya shaharlarida savdogarlar Sharq mollari bilan savdo qilish natijasda juda katta boylik to’playdilar.
Bir qancha sabablar, turklar Konstantinopolni bosib olmasdan oldin ham Levant savdosining rivojlanishiga to’sqinlik qilib kelgan, ya’ni, Sharq mollari Yevropa bozoriga sotilganga qadar oldin arablar, vizantiyaliklar, venesiyaliklar va boshqa xalqlar savdogarlari qo’lidan o’tardi. Natijada, qo’lma – qo’l o’tgan bu tovarlar narxi juda ham ko’tarilib ketardi. Bundan tashqari ular yetarli miqdorda keltirilmas edi. Osiyodan olib kelinayotgan tovarlar asosan ziravorlar, nafis san’at buyumlari, ipak matolar va turli xil ekzotik mevalar edi. Sharq tovarlari G’arbiy Yevropadagi yuqori va o’rta toifalarning kundalik hayotidagi iste’mol mollari sifatida tabora ko’proq kirib boradi.Hindistonga olib boradigan, hali turklar bosib olmagan birdan – bir yo’l Misr orqali va Qizil Dengiz orqali boradigan yo’l qolgan edi, xolos. G’arbiy Yevropadagi turli mamlakatlarning savdogarlari va dengizchilari arablar bilan turklarga duch kelmasdan Hindistonga boradigan boshqa yo’l topish ustida tabora ko’proq bosh qotira boshladilar.Yuqorida aytib o’tilgan sabablar dengiz savdo yo’llarining ochilishiga sabab bo’ldi.Buyuk geografik kashfiyotlari boshlanishining omillari. Yangi dengiz yo’llarining ochilishiga jiddiy turtki bergan omillarning eng asosiylaridan qilib texnika va kemasozlikdagi yutuqlarni ko’rsatish o’rinlidir. XV asrga qadar Yevropaliklarda juda olis yurtlarga safar qilish uchun kemalar yo’q edi. Shuningdek ularda aniq xaritalar va dengizda suzish uchun kerakli asboblar yo’q edi. XV asrga kelib Yevropada uzoq yo’llarga safar qilishga qodir bo’lgan yangi turdagi kemalar qurila boshladi. Kemasozlikka oid yangidan – yangi ixtirolar qilindi.
XV – XVI asrlarga kelib dengizchilar uchun kompas va kemaning yo’nalishini belgilovchi – astrolyabiya (usturlab) ixtiro qilindi. Kema boshqarilishida xaritadan foydalanib ish ko’ruvchi kapitanlar, losmanlar tayyorlovchi maktablar yaratildi. (Potugaliyadagi Sogash shahridagi Genrix (Enriko) Dengizchi maktabi bunga misoldir).Kemalarning yangi turi karavellalar paydo bo`lib ,paruslar tizimi yordamida shamol oqimi bo`ylab va shamolga qarshiancha tez soatiga 22 ming km tezlik bilan suzish mumkin bo`ldi.1
Shunday qilib, quruqlikdagi savdoning yevropaliklar uchun befoyda bo’lib qolishi, texnikaning rivojlanishi va kemasozlikdagi yangiliklar Yevropa uchun yangi dengiz savdo yo’llarining ochilishiga umumiy sabab bo’lib hisoblanadi. Yuqoridagi sabablarni barcha Yevropa davlatlari uchun umumiy bo’lgan tashqi sabablar ham deb atash mumkin.
Buyuk geografik kashfiyotlarda Ispaniya ishtiroki masalasiga kelsak quydagilarni ta’kidlash lozim: 1479 yilda Pireney yarim orolidagi ikkita yirik davlat Kastiliya va Aragoniyaning birlashishi yagona Ispaniya davlatiga asos soldi. 1492 yilda ispanlar Granada amirligini bosib olgach, rekonkista harakati tugadi. Endi ispan risarlarining ko’pchiligi (idalgo yoki gidalgolar) ishsiz qolib, absolyut hokimiyat o’rnatishga harakat qilayotgan hukmron tabaqa uchun xavfli bo’lib qoldilar. Buning qanchalik xavfli ekanligini mamlakatda dvoryan – qaroqchilar toifalarining mavjudligidan ham bilib olamiz. Bu xavfdan qutilish uchun qirol hokimiyati ishsiz qolgan dvoryan – qaroqchilarni «oltin va kumush» lar bilan boy mamlakatlar bilan savdo qilishga undaydi. Xuddi shu vaqtlari Xristofor Kolumb Ispaniyaga o’z loyihasi bilan tashrif buyurgan edi.Ispaniyaning dengiz ortiga safar qilishga izchillik bilan intilishiga yana bir sabab, bu yerdagi diniy fanatizmining yuqoriligi edi. Ko’p asrlar davomida xristianlar va musulmonlar o’rtasida bo’lib kelgan jang har doim diniy jamoalar, ruhoniylar va dindor zodogonlar tomonidan kuchaytirib kelingan. 1480 – 1485 yillarda qirollik hokimiyati inkvizisiyani o’z qo’liga qurol qilib olgach, u cherkov yordamida dengiz ortiga qilinadigan safarlarni qonunlashtirib, ispan idalgolarini muqaddas ishlarga da’vat qila boshladi.Ammo Ispanlarning okean ortidagi ekspansiyasida diniy fanatizmning roli va ahamiyati o’ta katta deb o’ylash noto’g’ridir. Xristianlashtirish bilan faqat ruhoniylarning bir qismi va ayrim ikkinchi darajali konkistadorlar (bosqinchilar) shug’ullanar edi.
Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishining asosiy omillaridan biri, so’zsiz, bu XV – XVII asrlarda butun Yevropada tarqalgan oltin vasvasasi edi. Savdoning rivojlanishi bilan umumiy almashinuv sifatida pul muhim rol o’ynaydi va unga ehtiyoj keskin oshadi. Ko’plab kishilar o’z yurtlarini tashlab, oltin topish maqsadida boshqa yurtlarga bosh olib keta boshlagan edilar. Ular hayollarida Osiyo mamlakatlarida oltinlar keraksiz buyumdek ko’chalarda yotardi. Shu sababli «Indiy» ga – Hindistonga intilish oshadi.Xullas, yangidan – yangi dengiz savdo yo’llarining ochilishiga asosiy sabablar quyidagilar edi, birinchi; turklarning Konstantinopolni bosib olishi va buning natijasida Yevropa uchun Osiyo bilan bo’ladigan savdoning foydasiz bo’lib qolishi; ikkinchidan; dengiz sayohatlari va kemasozlikning rivojlanishi, ya’ni tez suzar yengil yelkanli kemalar – karavellalarning ixtiro qilinishi bo’lib, ular dengiz va okeanlarda faqat shamol yurgan tomonga emas, balki kelayotgan tomonga ham yura olardi; uchunchidan; kompas, o’q dorining va jahon xaritasining yaratilinishi; to’rtinchidan; Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi va katta korxonalarning paydo bo’lishi bilan savdo – sotiqning kengayishi; beshinchidan; yevropaliklar tomonidan anchadan buyon Sharq bilan savdoni o’z qo’liga olgan, Sharq tovarlarini 10 – 15 barobariga qimmat qilib, Yevropaga sotayotgan arablarni savdodan siqib chiqarib, Sharq bilan savdoni o’z qo’llariga olish uchun harakat edi.Buyuk geografik shuningdek fanlar rivojida ham muhim ro`l o`ynadi.Bu kashfiyotlar yangi savdo dengiz yo`llari ochildi.o`rta yer dengizi orqali o`tadigan savdo yo`li global svilizatsiya asosini tashkil qildi2

Download 78,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish