I bob. Energiya samaradorligi va energiyaning qayta tiklanadigan manbalari iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish asosi


II BOB. SHAMOL ENERGETIKASIDA QO’SHNI DAVLATLAR TAJRIBASI



Download 77,91 Kb.
bet5/8
Sana31.03.2022
Hajmi77,91 Kb.
#520327
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shamol energetikasida qo\'shni davlatlar tajribasini tahlil qilish

II BOB. SHAMOL ENERGETIKASIDA QO’SHNI DAVLATLAR TAJRIBASI
2.1. Shamol energetikasidan foydalanish bo‘yicha yetakchi davlatlar tajribasi.
Muqobil energetikani va xususan, shamol energetikasini rivojlantirish sabablari energiya resurslari narxlarining ko’tarilishi, energiya manbalarini import qiluvchi mamlakatlarning energetik xavfsizligining dolzarb muammolari va iqlim o’zgarishi muammosiga tobora ko’payib borayotgan odamlarning xavotiri bilan bog’liq.
Jahon tajribasi ko’rsatib turibdiki, hukumat ko’magi tufayli shamol energetikasi rivojlanishga kuchli turtki berdi va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida etakchi o’rinlarni egalladi. Shamol energiyasini ishlab chiqarish xarajatlari boshqa manbalar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi bilan taqqoslanadigan va raqobatdosh bo’lib qoldi, demak, ekologik toza, ammo ancha qimmat energiya manbai toifasidan shamol energiyasi samarali biznesni qurish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan mahsulotga aylanmoqda [1].
Muqobil energiya manbalaridan foydalanish masalasi butun dunyoda kun tartibida turibdi. Uning yechimi sifatida taklif etilayotgan manbalar orasida quyosh batareyalaridan tortib shamol energiyasigacha bor. Quyida shamol energiyasidan muvaffaqiyatli foydalanib energetik salohiyatini oshirgan dunyodagi 10 davlatni e’tiboringizga havola qilamiz.
Reyting mamlakatdagi jami shamol generatori quvvati bo‘yicha tuzilgan. Shu sababli Daniya, Portugaliya, Nikaragua singari davlatlarda umumiy iste’molning 20 foizdan ortiqrog‘ini shamol energiyasi tashkil etsa-da, bu ro‘yxatga qo‘shilmadi.

  1. Xitoy — 114763 MVt

2014 yil yakunlari bo‘yicha mahalliy stansiyalar 67,7 GVt ishlab chiqargan bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, yaqin yillar ichida bu ko‘rsatkich ikki barobardan ortishi mumkin. Osmon osti o‘lkasida sanoatning shiddat bilan rivojlanishii energiyaga talabni tobora oshirmoqda.

  1. AQSh — 65879 MVt

AQShda shamol generatorlari soni ko‘p emas. Hukumatning shamol generatorlariga munosabati noaniq: mahalliy qonunlar ularni qo‘llamaydi, ko‘pincha ularga xalaqit beradi. Shunga qaramasdan AQSh bu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda.

  1. Germaniya — 39165 MVt

Yevropa mamlakatlari orasida shamoldan quvvat olish bo‘yicha yetakchi bu nemislardir. Taqqoslash uchun: bu ko‘rsatkich Yevroittifoqda 100 GVt atrofida bo‘lib, Germaniya uning uchdan birini ishlab chiqaradi. Shamoldan energiya manbasi sifatida foydalanishni mamlakat aholisi ma’qullaydi, hukumat qarorlarida ham bu aks etgan.

  1. Ispaniya — 22987 MVt

Iqtisodiy inqirozga uchragan Ispaniyada shamol energetikasi tez rivojlanmoqda. Davlat boshqa ko‘plab an’anaviy energiya manbalaridan voz kechib, shamolni “jilovlash”ga zo‘r bermoqda.

  1. Hindiston — 22465 MVt

Rivojlanayotgan Hindiston shamol energetikasi stansiyalarini ishga tushirishda faol. Aholi sonining tez o‘sishi yangi energiya manbalariga ehtiyojni oshiradi, mamlakatning o‘zida yonilg‘i yetishmaydi, sotib olish esa qimmatga tushadi. Hindistonda shamol energiyasini rivojlantirish potensiali mavjud.

  1. Buyuk Britaniya — 12440 MVt

Buyuk Britaniyaning 2009 yilgi byudjetida 2011 yildan 2014 yilgacha shamol energetikasini rivojlantirishga 500 mln funt sterling sarflash ko‘zda tutilgan. Reja amalga oshib britaniyaliklar ro‘yxatimizning oltinchi pog‘onasidan joy olishdi.

  1. Fransiya — 9285 MVt

Fransuzlar shamoldan energiya olish bo‘yichagina emas, shamol apparatlari va texnologiyasi bo‘yicha ham yetakchilar safidadir. Fransuzlar nemislar bilan bu sohada keng hamkorlik qilib kelmoqda.

  1. Italiya — 8663 MVt

2011 yilda italyan xalqi xohish-irodasiga ko‘ra atom energetikasidan voz kechishga qaror qilindi. Italiya yonilg‘i importiga qaram, shuning uchun shamol energetikasini rivojlantirishga astoydil bel bog‘ladi. Hozirda, nafaqat, hukumat, balki ishbilarmon doiralar ham shamol energetikasiga qiziqish va moyillik bildirmoqda.

  1. Kanada — 9694 MVt

Kanadada shamol energetikasiga investitsiya kiritganlar uchun imtiyoz mavjud. Asosan, Yangi Shotlandiya va Ontario taraflarda shamol energetikasi rivojlangan.

  1. Braziliya — 5939 MVt

  2. Braziliyada ko‘p sonli shamol elektrostansiyalari barpo etilmoqda. Statistikaga ko‘ra gidroelektr stansiyalaridan ko‘ra ular samarali va ommaboproqdir. Bu mamlakatda shamol energiyasidan mavsumiy tarzda foydalaniladi.

  3. Shamol energetikasi haqida gap ketar ekan Daniyani alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Hozirda bu kichik davlat ishlab chiqargan yalpi energiyaning 39 foizini shamol yetkazib berayotibdi. Daniyaning ayrim hududiy bo‘linmalari to‘laligicha shamol energiyasiga moslashtirilgandir.

  4. Quyida Osiyo mamlakatlarining birida ulkan shamol generatori qurilish jarayonini tomosha qiling

Energiya taqchilligi O‘zbekistonda ham sezilayotgani hech kimga sir emas. Mamlakatimiz serquyosh bo‘lish bilan birga shamolli hamdir. Xususan, respublikamizning shamoli bilan tanilgan Bekobod, Qo‘qon, Termiz va boshqa hududlariga shamol energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlar tizimi o‘rnatish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish vaqti yetdi.


Download 77,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish