I. Bob. Imidazol va Imidazolin preparatlari haqida tushuncha



Download 0,77 Mb.
bet1/8
Sana15.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#554134
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Imidazol.tayyor kurs ishi



Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………….…….3
I. Bob. Imidazol va Imidazolin preparatlari haqida tushuncha……………..……7
1.1. Imidazol………………………………………………………………..…….7
1.2. Kimyoviy xossalari..........................................................................................9
1.3.Birlashtirilmagan imidazol hosilalari...............................................................12
II. Bob Imidazolning fizik va kimyoviy xossalari…………………………...…..15
2.1. Birlashtirilgan imidazol hosilalari……………………………………………15
2.2. Imidazolning tabiiy preparatlari………………………………………..…….23
2.3. Imidazol va imidazolinning sintetik preparatlari…………………………….25
Xulosa…………………………………………………………...…………..…....32
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..….…...33


Kirish
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishning uchinchi bosqichi ham aynan iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtrokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga bag’ishlangan. Bundan ko’rinib turibdiki mamlakat rivoji iqtisodiyot bilan chambarchas bog’liqdir. Hozirgi paytda har qanday davlatning iqtisodiy imkoniyatlari va kuch-qudrati kimyo sanoatining, jumladan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish sanoati va neft kimyosi rivojlanish darajasi bilan baholanadi. Chunki mazkur sohalar neftni, tabiiy gazni, toshko’mirni qayta ishlash, sintetik kauchuk, polimer materiallar, bo’yoq moddalar, dori-darmonlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan moddalar ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktyabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, qator oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta’lim jarayonining o‘quv-metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnik baza tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borililishi yo’lga qo’yilgan.
Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi:

  • har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish;

  • oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalaridagi ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo‘yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish;

  • yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va oliy ta’lim tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;

  • pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o‘tishini yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitish;

  • oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish;

  • oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish;

  • oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash [1].

Yurtimizning kimyo sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirish kelajak avlodning qo’lida, kelajak avlodning ta’lim va tarbiyasi esa biz o’qituvchilarning zimmasidagi eng buyuk vazifadir. “Sanoatda sulfat kislotani ishlab chiqarish va uni muhofaza qilish” mavzusi o’quvchilarga dogmatik ta’lim metodi bilan emas, balki evristik o’qitish metodidan va zamonaviy pedogodik texnologiyalardan foydalangan holda o’qitishni tashkil etish lozim. Shunda o’quvchilar mavzuga doir bilimlarni oson va ixtiyoriy tarzda o’zlashtirib oladilar. Bu esa, kelajakda keng dunyoqarashli kelajak avlodni yetishtirishga turtki bo’ladi.
Gеtеrоtsiklik birikmаlаr аsоsidа оlinаdigаn pеstitsidlаr, pоlimеr vа dоrivоr mоddаlаr, sаnоаt hаmdа qishlоq xo`jаligidа muvаffаqqiyat bilаn qo`llаnilmоqdа. Bu mоddаlаrning оlinishi vа ishlаb chiqаrilishini bilish gеtеrоtsiklik birikmаlаr kimyosini chuqur o`rgаnish hozirgi kunda juda ahamiyatli.
Geterosikl hosil bo’lishida har xil elementlar ishtirok etishi mumkin. Lekin gеtеrotsiklik birikmalardan eng barqarori, kеng tarqalgani, yaxshi o’rganilgani va eng ahamiyatlilari azot, kislorod va oltingugurt tutganlaridir. Gеtеrotsiklik birikmalarning olti va bеsh a'zolilari kеng tarqalgan. Qon gеmoglobini, o’simliklar xlorofilli, nuklеin kislotalar, Ko’pgina vitaminlar, antibiotiklar, alkaloidlar va bir qator do­rilar, bo’yoqlar, insеktitsidlar molеkulalarida gеtеrotsikllar saqlanadi. Gеtеrotsiklik birikmalar ham atsiklik va aromatik birikma­lar kabi galogеnhosilalar, spirtlar, aldеgidlar, kislotalar va xokazo hosilalarni hosil qiladi. Gеtеrotsiklik birikmalar empi­rik nomlari kеng ishlatiladi. Jеnеva nomеnklaturasiga ko’ra nomlashda ham gеtеrotsikllarning empirik nomlari asos qilib olina­di. Imidazol bir qator farmasevtik dorilar tayyorlashda ishlatiladi. Imidazol ishtirok etgan dori vositalari qo’zg’atuvchilarga qarshi, gelmintlarga qarshi, rakka qarshi va shu kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bularga omisol tariqasida azomisin 2-nitro imidazole va 1-(2-gidroksietil) -2-metil-5-nitroimidazol lar antibakterial dori vositasi sifatida ishlatiladi. Metronidazol va boshqa nitroimidazol (misonidazole, metrazol va klotrimazol) muhim antikanseragen dori vositasi hisoblanadi.



  1. Download 0,77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish