I-bob. Loyihani boshqarish asoslari va konsepsiyasi



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana03.01.2022
Hajmi1,47 Mb.
#313892
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Mustaqil



 

I-BOB. LOYIHANI BOSHQARISH ASOSLARI VA KONSEPSIYASI 



 

1.1. Investitsiya loyihasining tushunchasi, maqsadi va strukturasi 

 

O’zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  investitsiya  siyosati  mustaqillikning 

dastlabki  yillaridanoq  yoqilg’i  energetika  va  don  mustaqilligini  ta’minlash, 

iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va 

import  o’rnini  bosuvchi  mahsulot  ishlab  chiqarishni  ko’paytirish  uchun  ustuvor 

sohalarni qo’llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar 

siyosatini olib borish kabilarga qaratildi.  Investitsiya siyosatni olib borishda quyidagi 

tamoyillarga asoslanildi: 

 

belgilangan  davlat  ustuvorliklari  asosida  eng  muhim  tarmoqlar  va  faoliyat 



sohalarini tanlab qo’llab-quvvatlash; 

 



ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog’liqni saqlash ta’lim, madaniyat va h.k.) 

aholi  turmush  darajasini  yaxshilish,  umrini  uzaytirish,  ijtimoiy  jihatdan  keskin 

tabaqalanishning oldini olish, iste’mol talabining faollashuvini ta’minlash maqsadida 

etarli darajada qo’llab-quvvatlash; 

 

chet el investitsiyalarini o’zaro manfaatdorlik asosida ustuvor sohalarga jalb 



qilish; 

 



potentsial  investitsiya  resurslarini  savdo  sohasi  va  pul  bozoridan  sanoat 

sohasiga qayta taqsimlash; 

 

ilmiy-tadqiqot,  tajriba-konstruktorlik  ishlarini  qo’llab-quvvatlash,  xorijdan 



yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni saqlab turishga 

quvvati etadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash 

hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potentsialni oshirish; 

 



qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  va  mineral  xom  ashyo  resurslarini  chuqur 

qayta  ishlash  va  ularni  tashqi  bozorda  raqobatbardosh  bo’ladigan  darajaga  olib 

chiqishga yo’naltirilgan investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlash; 

 



aholining  oziq-ovqat  va  iste’mol  tovarlariga  bo’lgan  ehtiyojlarini 

qondirishga  mo’ljallangan  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  jadal  rivojlantirishni 




10 

 

investitsiyalar bilan ta’minlash; 



 

investitsiya  jarayonlari  ishtirokchilarining  o’zaro  aloqalarini  tartibga  solib 



turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.  

Shu  maqsadda  davlat  tomonidan  mazkur  yo’nalishlarda  amalga  oshiriladigan 

investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratish zaruriyati ortadi. 

 “Loyiha”  so’zi  bugungi  kunga  kelib  iqtisodiy  nazariya  va  amaliyotda  keng 

tarqalib ulgurdi. Uning mazmunini talqin qilishda ham turlicha qarashlar mavjudligi 

mazkur  atamaning  tub  mohiyatini  o’rganish  va  ochib  berishga  bo’lgan  qiziqishni 

oshiradi. 

Jahon  bankining  Iqtisodiy  rivojlanish  instituti  mutaxassislari  tomonidan 

aniqlanishicha  loyiha:  birinchidan,  maqsadli  faoliyat;  ikkinchidan,  foyda  uning 

xarajatlaridan har doim ortiq bo’ladi; uchinchidan, u cheklangan vaqt va resurslarda 

qat’iy cheklanganlikka ega bo’ladi.  

Iqtisodiy rivojlanish kompleks jarayon sifatida o’zini namoyon etadi va bunda 

mazkur  sohada  yuksalish  bir  qancha  ko’rsatkichlar:  yalpi  ichki  mahsulot,  daromad, 

foyda,  iste’mol  darajasi,  sog’liqni  saqlash,  umrning  uzunligi,  savodlilik,  sifatning 

oshishi va shu kabilar orqali aks ettirilishi  mumkin. Shu sababli ham loyiha  g’oyasi 

barcha  holatlar  uchun  bir  xil  mazmun  kasb  etmasligi  mumkin  va  loyihani  ishlab 

chiqish va uni baholashnig ham yagona namunaviy shakli bo’lishi mumkin emas. O’z 

navbatida, loyihalar ularning  alohida  elementlari va ko’rsatkichlarini  ifodalovchi bir 

qator  maqsadli  tadbirlar,  loyihani  amalga  oshirish  va  ko’zlangan  natijaga  erishishga 

qaratilgan boshqaruv tizimi va boshqalardan tashkil topadi. 

Bunga  ko’ra,  uning  mazmuniga  berilgan  turlicha  ta’riflarni  ham  kuzatish 

mumkin: 


Loyiha  –  muayyan  boshlang’ich  ma’lumotlar  va  talab  etiladigan  natijalar 

(maqsad)  bilan  bog’liq  bo’lgan,  uni  yechish  usulini  o’zida  mujassam  etgan  ayrim 

vazifa (“Loyihalarni boshqarish to’g’risida bilimlar Kodeksi”, Loyihalarni boshqarish 

instituti, AQSh); 

Loyiha  (angl.  Project)  –  nima  uylab  topilgan  yoki  rejalashtiriladigan  nimadir, 

masalan, katta korxona (tolkoviy slovar  Webster). 




11 

 

Tizimli  yondashish  nuqtai  nazaridan,  loyiha  bir  qator  cheklanishlar  va 



mexanizmlar  ishtirokida  boshlang’ich  holatdan  yakuniy  natijaga  o’tish  jarayoni 

sifatida qaratilish mumkin va uni quyidagi 1.1-rasm orqali ifodalash mumkin: 




Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish