I bob masalaning adabiy manbalar bo’yicha xolati


Yosh gandbolchilarni tanlab olish



Download 38,47 Kb.
bet3/5
Sana23.06.2022
Hajmi38,47 Kb.
#695941
1   2   3   4   5
Bog'liq
GANDBOL

Yosh gandbolchilarni tanlab olish
Yosh gandbolchilarni tanlash va tayyorlashda umum-ta’lim maktablaridagi gandbol bo’yicha kuni uzaytirilgan va o’quv mashg’ulotlari chuqur o’zlashtiriladigan maxsus sinflar katta rol o’ynaydi. Bunda bolalar gandbolga mehr qo’yadilar va gandbol o’ynash sirlarini o’rganadilar. Har bir sport maktabida gandbol bo’yicha maxsus sinflarning ochilishi o’quv mashg’ulotlari mazmunini yana ham oshiradi. Bunda mashg’ulotlar kuniga 2 mahal o’tkaziladi. Bugungi kunda gandbolning kun sayin rivojlanishi jismonan eng baquvvat va iste’dodli o’yinchilarni tanlab olish talab qiladi. SHuning uchun ham gandbolchilarni tayyorlashdagi eng asosiy masala - umidli yoshlarni tanlab olishdir. Bolalar va o’smirlar sport maktablari hamda sport yo’nalishidagi maktabinternatlar Nizomida ko’rsatib o’tilganidek, iste’dodli va umidli sportchilarni tanlab olish butun o’qish jarayonida olib boriladi. Har yili o’qishga qabul qilish vaqtida o’quvchilarni tanlab olish yoki bir yosh guruhidan ikkinchisida o’tkazish masalasi ularni har tomonlama tekshirib ko’rish yo’li bilan hal etiladi. Keyingi yillarda gandbolga doir ko’pgina ilmiy maqolalar, usuli ko’rsatmalar va qo’llanmalarda yosh gandbolchilarni tanlab olish masalalari keng yoritil-moqda. Xususan, K.A.SHperlingning ilmiy asoslangan fikrlari, ayniqsa, foydalidir. Muallifning fikricha, xozirgi davrda gandbolchi tayyorgarligini boshqaruvchi yagona jarayon deb qaramoq kerak. Bolalalarning yoshlariga hamda ular oldiga qo’yi-ladigan mashg’ulotlarning maqsadi va vazifalariga ko’ra boshqaruvchi jarayonni 3-4 davrga bo’lish mumkin. Birinchi davr (7-9 yosh) dastlabki tayyorgarlik davri deb qaraladi. Bu davrdagi asosiy vazifa bolalarda gandbolga bo’lgan qiziqishni uyg’otish va sport mahorati uchun umumiy zamin yaratishdir. Bu vazifalarni amalga oshirishda 29 maxsus mashg’ulotlardan tashqari o`quv mashg`ulotdan keyingi sektsiya va to’garak ishlari vaqtidan foyda-laniladi. Ikkinchi davr (10-12 yosh) ham biologik ham pedagogik jihatdan tanlab ola boshlashning eng muhim davri hisoblanadi. Uchinchi davr (13-16 yosh) ixtisoslikni chuqur o’zlashtirish davri. To’rtinchi davr (16 yosh va undan katta) sportda takomillashish davridir. Bunda gandbolchi o’smirlar katta yoshlilar jamoalariga tanlab olinadi. Bu davr guruh va jamoalarni tashkil etish hamda mashg’ulotlarni olib borishda o’ziga xos xususiyatlarga ega. M.A.Godik fikricha, yosh gandbolchilar tayyorgarligini kompleks tekshirish dasturi o’ziga xos qator xususiyatlarga ega bo’ladi. Birinchidan, uning mazmuni o’yinchining barcha harakat va ruhiy sifatlarini imkon boricha to’la aks ettirishi kerak. Ikkinchidan, tekshirish natijalari faqatgina yuklamalarni rejalashtirish uchun emas, balki tanlab olish, kelajagi bor iste’dodli yoshlarni aniqlash uchun ham hisobga olinadi. Dastlab sport turi talablariga javob bera oladigan va harakat malakalariga ega bo’lgan nomzodlar aniqlab olinadi. Tanlov sinovlari musobaqa shaklida o’tkaziladi. Tanlov rejasi bolalarning harakatli o’yinlarda ishtirok etishlari uchun bajariladigan nazorat mashq-larini o’z ichiga oladi. Keyinroq o’ziga xos malaka va mahoratga ega bo’lgan bolalar aniqlanadi. Bu davrda ularning gandbol bo’yicha o’quv mashg’ulotlari talablariga qobiliyati borligini aniqlovchi chuqur tekshirishlar o’tkaziladi. Murabbiylar pedagogik kuzatishlar va maxsus nazorat mashqlari tizimidan foydalanib, bolalarning gandbol o’yini uchun kerak bo’lgan ko’nikma va mahoratlari haqida to’liq ma’lumot oladilar. Gandbol mashg’ulotlarida bolaning (qobiliyatiga baho berish) harakatlari uchun va ruhiy xususiyatlarini aniqlaydigan nazorat mashqlari tanlanadi. 30 Sinovlardan olingan natijalar maktabga yangi qabul qilingan o’quvchining kelajakda qanday o’qishi haqida murabbiyga ma’lumot beradi. Tanlab oladigan murabbiy tanlash sinovlarini bir necha bosqichda o’tkazadi. Gandbol bo’limi mashg’ulotlariga sog’ligi juda yaxshi bo’lgan 9-10 yoshli bolalar qabul qilinadi. Avval murabbiy bolalar bilan tanishadi. qobiliyatli bolalarni tanlab olgach, ular bilan nazorat sinovlari asosida gandbol bo’yicha dastlabki mashg’ulotlarni o’tkazadi. Keyinchalik bolalar gandbolning yosh sportchilarga qo’ya-digan talablari asosida tanlanadi. Bolada gandbol o’yiniga layoqat mavjudligini tas-diqlovchi o’ziga xos ko’rsatkichlarga baho berish birinchi navbatda test o’tkazish va kuzatish natijalariga bog’liq bo’ladi. Yosh gandbolchining o’ziga xos qobiliyatini rivojlantirish usul va vositalarini to’g’ri tanlash katta ahamiyatga ega. Gandbol bo’yicha o’quv guruhlari tashkil etish va bolalarning sportdagi natijalarini oldindan aytib berishda testlar o’tkazish usuli va o’yinga tayyorgarlikni tahlil qilish asos qilib olinadi. Bunda pedagogik mahorat va shug’ullanuvchilar sog’ligi to’g’risidagi ma’lu-motlarni ham e’tiborga olish lozim. Bundan tashqari, bolaning ruhiy imkoniyatlariga to’g’ri baho berish ham katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bu yosh sportchining ruhiy sifatlari rivojlanish darajasini aniqlashga, gandbolchining o’yin usullarini yaxshi o’rganib olishga imkon beradi. Birinchi bosqichda gandbol o’yiniga qobiliyatli bolalar tanlanadi va tanlangan sport mutaxassisligi bo’yicha dastlabki mashg’ulotlar tashkil etiladi. Dastlabki tayyorgarlik bosqichida bolaning gandbol o’yiniga yaroqliligi, tanlangan mutaxassislikka bola imkoniyatlarining javob bera olishi va taklif etiladigan ta’sir vositalari hamda dastlabki ko’rsat-kichlarining o’zgarish darajasi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda bolaning tanlangan mutaxassis-likka qobiliyati test ko’rsatkichlari dinamikasining o’sib borishi asosida chuqur tahlil qilinadi. 1,5-2 yil mobaynida to’g’ri tashkil etilgan o’quv-mashg’ulotlari orqali gandbolchining o’yin faoliyati uchun kerak bo’lgan asosiy xususiyatlar bilib olinadi. Bolaning gandbolni tanlashi maqsadga qanchalik muvofiqligi 2 yil ichida 31 bilinadi, shundan so’ng (trener) murabbiy bu xaqda qatiy qarorga kelishi mumkin. Binobarin, bolalarni tanlab olish, guruhlarni tashkil etish 2 yil davom etadi. Buning natijasida shu sport turini tanlagan yoshlarning maktabdagi o’qishlariga va boshqa shaxsiy xususiyatlari rivojlanishiga xalaqit bermagan holda ularning yuqori sport natijalariga erisha olishlarini aniqlab, o’quv guruhlarida qoldirish zarurligini oldindan aytib berish mushqo`l bo’ladi. Gandbol mashg’ulotlari bo’yicha o’quv guruhlarini tashkil etish uchun bolalarni tanlashda ularning bo’yiga ayniqsa katta ahamiyat berish lozim. Gandbol bo’yicha sport maktablariga bolalarni tanlab olishda quyidagi testlar qo’llaniladi. 1. 30 m ga yugurish (sek). 2. To’pni olib 30 m² yurish (sek). 3. Tennis koptogini uzoqqa otish (m). 4. Turgan joyidan uzunlikka sakrash (sm). 5. Turgan joydan uch xatlab sakrash (bolalar uchun, sm). 6. Oltita ustunchani aylanib o’tish (masofa 30 m, sek). 7. Murakkab kompleks mashqlarni bajarishda hamda harakatli o’yinlarda qatnashish. Tanlov sinovlari o’tkazish uchun mo’ljallangan nazorat mashqlarini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ular o’z xajmi va ko’rsatkichlari bo’yicha gandbol o’yini uchun zarur bo’lgan hozirgi zamon talablariga bemalol javob beradi, chunki ular harakat malakalarini hosil qilish asosida bolaning jismoniy qobiliyatlarini aniqlashga xolisona yordam berishi mumkin.
Gandbol mashg’ulotlariga 4-9 sinfgacha har o’quv yilida 10-12 soatdan ajratildi. Harakatlarga o’rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayonining ikki uziga xos tomonidir. Ular umumiy va shu bilan birga, jiddiy farqlarga egadir. Harakatlarni urganish, o’zlashtirish maksadida bajarib xar doim muayyan sifatlar – kuch, tezlik, chidamlik, chakkonlik kursatiladi va bu bilan ana shu sifatlarni rivojlantirishga yerdam kilinadi. Shu bilan bir vaqtda, jismoniy
sifatlarni tarbiyalab borib, harakat kunimalari va malakalarini ustirishga biror bir yusinda ta’sir kursatadi. Ta’lim va tarbiyaning qonuniyatlarini ifodalovchi muhim boshlangich koidalar tarbiya xakidagi faning tamoyillari deb ataladi. Jismoniy tarbiya jarayonida asosan ta’lim va tarbiyaning uslubiy qonuniyatlarini ifoda etuvchi tamoyillar xam mavjuddir. Bularga onglilik va faolliylik, kursatmalilik, bajara olish va individuallashtirish, sistemalilik, rivojlanish- tarakkiy etish tamoyillari kiradi. Bajara bilish va individuallashtirish tamoyili Bajara bilish va individullashtirish tamoyili tarbiyalanuvchilarning xususiyatlarini hamda ularga berilaetgan topshiriqning qanchalik kiyin yeki yengilligi tamoyilini xam xisobga olishni ifoda etadi. Aslini olganda bu ikkala ta’rif xam bir xil ma’noni- ta’lim va tarbiya jarayonini tarbiyalanuvchilarning imkoniyatlarini, yesh, jins, xususiyatlarini, oldindan tayyorgarlik kurganligini, shuningdek, jismoniy va ma’naviy qobiliyatlaridagi individual farqlarini xam xisobga olgan xolda tashkil qilish lozimligini bildiradi. Bajara olish me’erlarini belgilash. Jismoniy mashqlarni bajara olish, bir tomondan, shugullanuvchilarning imkoniyatlariga boglik bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularning uzlari uchun xos bo’lgan (muvofiklashtirishdagi murakkablik, intilishning shiddati, qancha davometishi va xokazo) xususiyatlarga biror mashqni bajarish paytida sodir buladigan ob’ektiv kiyinchiliklarga boglik buladi. Birinchi bilan ikkinchining (imkoniyat bilan kiyinchilikning) bir-biriga tula muvofik kelishi bajara olishning optimal me’erini ifoda etadi. Bajara olishning uslubiy shartlari. Ma’lumki, yangi malaka va ko’nikmalar ilgari xosil kilingan malakalar bazasidir. Ularning biror elementini uz ichiga olgan xolda urganiladi. SHuning uchun xam jismoniy tarbiya jarayonida bajara olishning xal qiluvchi shartlaridan biri jismoniy mashqlarning davomiyligidir Turli harakat shakllari o’rtasidagi uzaro tabiiy alokalardan hamda tuzilish jixatdan ularning umumiyligidan foydalanish orqali bunday davomiylikka erishiladi. Bu fikrni ko’pincha ma’lumdan noma’lumga yeki o’zlashtirilganidan o’zlashtirilmagan materialga utish degan koida bilan ifoda etadilar. 18 Bir topshiriqdan ikkinchisiga, osondan kiyinrogiga utishda xuddi shunday muhim axamiyatga ega bo’lgan shartlardan biri izchilikkdir. Izchilikka o’rganilayotgan harakat shakllarini birdan murakkablashtirib yuboish orqali emas, balki nagruzka bilan dam olishni asta –sekin ratsional tarzda almashtirib borish, xaftalik, oylik, yillik muddat davomida nagruzkalarni boskichli, tulkinsimon o’zgartirish yuli bilan erishiladi. Bajara bilish tamoyilini ko’pincha oddiydan murakkabga, osondan kiyinga degan koidalar bilan ifoda etadilar. Harakatli mashqlarning chogishtirma ta’rifiga oddiy va murakkab degan tushunchalar uning tuzilishiga alokadordir. Jismoniy mashqlarning kiyinligiga baxo berganda, ularning koordinotsion jixatdan murakkabligi va unga sarf etiladigan jismoniy kuchni farq qilish kerak. Bajara olish me’erini ta’min etishda topshiriqni bajarishga bevosita ta’minlashga qaratilgan maxsus vosita va metodlardan foydalanish juda muhim rol uynaydi. Xozirgi vaqtda ko’pgina asosiy harakat malakalarini egallash uchun yunaltiruvchi mashqlar tizimi («uslubiy narvonchalar») ishlab chikilgan. Tayyorgarlik mashqlari zaxirasini yaratish va tartibga solish yuzasidan katta ishlar qilish lozim buladi. O’rgatishning umumiy yunalishi va xususiy yullarini individuallashtirish. Mazkur xolda individuallashtirish deganda, butun o’rgatish jarayonini shunday tashkil etishga va uning xususiy vositalaridan, usullari va mashgulot shakllaridan shundayfoydalanishga aytiladiki, ularda tarbiyalanuvchilarning xar biriga aloxidaaloxida individual tarzda yendoshiladi va ularning qobiliyatlarini ko’proq rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratilgan buladi. Ma’lumki organizmning funktsional imkoniyatlari xamisha biror individual tomoni bilan ajralib turadi. Harakatlarni o’zlashtirishning borishida xam, jismoniy nagruzkaga nisbatan organizm reaktsiyasining xarakterida xam, organizmning moslashuv uzgarishlari dinamikasida xam individual farqlar buladi. Bularning xammasi o’rgatish jarayonini kat’iy ravishda individuallashtirishni takozo etadi. 19 Harakatlarga o’rgatish Jismoniy tarbiya jarayonida o’rgatishning asosiy xususiyati bu- o’rgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashga qaratilgandir. Harakat ko’nikmalari tarkib topish va qo`llanilish jarayonida ko’p vaqt birbiriga ta’sir kursatadi. Ilgari xosil kilingan ko’nikmalar kuchish deb ataluvchi mexanizm bo`yicha yangi ko’nikmani tarkib topishini yeki namoen bo’lishini osonlashtiradi. Kuchish ko’p xollada yangi ko’nikma va malakalarni xosil bo’lishiga yerdam beradi. Xaraktlarga o’rgatish jarayonida «ijobiy kuchirish» dan keng foydalaniladi. Shu «ijobiy kuchirish» asosida o’qitish-o’rgatishning kanday izchillikda bo’lishi belgilanadi va tayerlanish mashqlari tanlanadi. Ko’nikmaning kuchishi harakat aktlari tuzilishida o’xshashlik bo’lganda sodir buladi. YAngi harakat ko’nikma va malakalarini xosil qilishda, majud tayer koordinatsiyadan foydalanish, barcha tizimni kaytadan tuzishga karaganda, asab tizimiga yengil va oson buladi. O’rganilayotgan harakat akti bilan ilgari o’zlashtirilgan biror harakat akti tuzilishlari o’rtasida o’xshashlik qancha ko’p,bo’lsa yangi harakat aktini urganish shuncha yengil va tez buladi.
Turli yoshdagi o`quvchilarini gandbolga o’rgatish uslubiyati. Yosh gandbolchilarni tanlash va tayyorlashda umumta’lim maktablaridagi gandbol bo’yicha kuni uzaytirilgan va o’quv mashg’ulotlari chuqur o’zlashtiriladigan maxsus sinflar katta rol o’ynaydi. Bunda bolalar gandbolga mehr qo’yadilar va gandbol o’ynash sirlarini urganadilar. Bugungi kunda gandbolning kun sayin rivojlanishi jismonan eng baquvvat va iste’dodli o’yinchilarni tanlab olish talab qiladi. SHuning uchun ham gandbolchilarni tayyorlashdagi eng asosiy masala-umidli yoshlarni tanlab olishdir. Keyingi yillarda gandbolga doir ko’pgina ilmiy maqolalar, usuli ko’rsatmalar va qo’llanmalarda yosh gandbolchilarni tanlab olish masalalari keng yoritilmoqda. Xususan, K.A.SHperlingning ilmiy asoslangan fikrlari, ayniqsa, foydalidir. 20 Muallifning fikricha, xozirgi davrda gandbolchi tayyorgarligini boshqaruvchi yagona jarayon deb qaramoq kerak. Bolalalarning yoshlariga hamda ular oldiga qo’yiladigan mashg’ulotlarning maqsadi va vazifalariga ko’ra boshqaruvchi jarayonni 3-4 davrga bo’lish mumkin. Birinchi davr (7-9 yosh) dastlabki tayyorgarlik davri deb qaraladi. Bu davrdagi asosiy vazifa bolalarda gandbolga bo’lgan qiziqishni uyg’otish va sport mahorati uchun umumiy zamin yaratishdir. Bu vazifalarni amalga oshirishda maxsus mashg’ulotlardan tashqari o`quv mashg`ulotdan keyingi sektsiya va to’garak ishlari vaqtidan foydalaniladi. Ikkinchi davr (10-12 yosh) ham biologik ham pedagogik jihatdan tanlab ola boshlashning eng muhim davri hisoblanadi. Uchinchi davr (13-16 yosh) ixtisoslikni chuqur o’zlashtirish davri. To’rtinchi davr (16 yosh va undan katta) sportda takomillashish davridir. Bunda gandbolchi o’smirlar katta yoshlilar jamoalariga tanlab olinadi. Bu davr guruh va jamoalarni tashkil etish hamda mashg’ulotlarni olib borishda o’ziga xos hususiyatlarga ega. M.A.Godik fikricha, yosh gandbolchilar tayyorgarligini kompleks tekshirish dasturi o’ziga xos qator xususiyatlarga ega bo’ladi. Birinchidan, uning mazmuni o’yinchining barcha harakat va ruhiy sifatlarini imkon boricha to’la aks ettirishi kerak. Ikkinchidan, tekshirish natijalari faqatgina yuklamalarni rejalashtirish uchun emas, balki tanlab olish, kelajagi bor iste’dodli yoshlarni aniqlash uchun ham hisobga olinadi. Dastlab sport turi talablariga javob bera oladigan va harakat malakalariga ega bo’lgan nomzodlar aniqlab olinadi. Tanlov sinovlari musobaqa shaklida o’tkaziladi. Keyinroq o’ziga xos malaka va mahoratga ega bo’lgan bolalar aniqlanadi. Bu davrda ularning gandbol bo’yicha uquv mashg’ulotlari talablariga qobiliyati borligini aniqlovchi chuqur tekshirishlar o’tkaziladi. Murabbiylar pedagogik kuzatishlar va maxsus nazorat mashqlari tizimidan foydalanib, bolalarning gandbol 21 o’yini uchun kerak bo’lgan ko’nikma va mahoratlari haqida to’liq ma’lumot oladilar. Gandbol mashg’ulotlarida bolaning (qobiliyatiga baho berish) harakatlari uchun va ruhiy xususiyatlarini aniqlaydigan nazorat mashqlari tanlanadi. Sinovlardan olingan natijalar maktabga yangi qabul qilingan o’quvchining kelajakda qanday o’qishi haqida murabbiyga ma’lumot beradi. Tanlab oladigan murabbiy tanlash sinovlarini bir necha bosqichda o’tkazadi. Gandbol bo’limi mashg’ulotlariga sog’ligi juda yaxshi bo’lgan 9-10 yoshli bolalar qabul qilinadi. umumiy ish qobiliyatini tarbiyalash maksadida bu ketmaketlikni o’zgartirish mumkin. Agar o`quv mashg`ulotning asosiy qismida turli xil dastlabki tayyorgarlikni (tezkorlik tayyorgarligi, zarba berish texnikasini mukammal urganish, taktik kombinatsiyalar va h.k.) talab kiladigan vazifalarni hal etish rejalashtirilgan bo’lsa, o`quv mashg`ulotning har bir bo`limi oldidan uzining tayyorgarlik ishlari o`tkazilishi lozim. Masalan, start tezligini hosil qilish uchun boldir bug’imlari mushaklari va boylamlarini ishga solish; zarba berish uchun yelka mushaklarini mashqlantirish; yiqilishilar bilan bajariladigan harakatlarni mukammal urganish uchun umumiy tartibdagi akrobatika mashqlari o`tkaziladi. O`quv mashg`ulotning yakunlovchi qismi organizm ish faolligining pasayishini ta’minlaydi. Bu yerga kuyidagilar kiradi: sport asbob-anjomlarini yig’ishtirish, yurish, sekin yugurish, alohida mushak guruhlari uchun mashqlar, raqs elementlari, imitatsiyali boshqa harakatlar. O`quv mashg`ulot unga yakun 25 yasash va ba’zan uy vazifasini tushuntirish bilan tugallanadi. Ba’zi o’quvchilar kushimcha vazifalar olishga muhtoj buladilar (ayniksa, turli xil musobakalar va o’yinlarda ishtirok etayotgan paytlarida). Agar o`qituvchi navbatdagi mashg`ulotlar,kuzda tutilayotgan mashqlar, musobaka turidagi mashqlar, bellashuv elementlaridan iborat harakatli o’yinlarning mazmunini yoritib bersa, mashg’ulotlarga bo’lgan kizikish yanada ortadi. Kuch mashqlari: qo`llarni bukibyozish (marta), burchak holatida turish (sek), to`pni otish hamda muvozanatga doir murakkab mashqlarni bajarishga tayyorlanishga katta ahamiyat berish lozim. Uy vazifalarining bajarilishi gandbol mashg`ulotlari samarasini ancha oshiradi, maktab o’quvchilarini har tomonlama jismoniy rivojlantirish vazifalarini hal qilishga yordam beradi. O’quvchining o`quv mashg`ulotga puxta tayyorgarlik kurishi o`quv mashg`ulot vaqtidan tulakonli foydalanish asosini tashkil qiladi. U kuyidagilarni uz ichiga oladi: vazifalarni anik taksimlash, oldingi mashg’ulotlar natijalarini hisobga olish, shug’ullanuvchilarning o’zlashtirishini tahlil qilish, o`quv mashg`ulot rejasini tuzish, zarur sport asbob-anjomlarini tanlash. O`quv mashg`ulotning umumiy va motor zichligi ajratiladi. Umumiy zichlik – bu foydali sarflangan vaqtning butun o`quv mashg`ulot vaqtiga nisbatidir; motor zichlik-bu mashqlarni bajarish vaqtining butun mashg’ulot vaqtiga nisbatidir. O`quv mashg`ulot yuz foizlik umumiy zichlikka ega bo’lishi kerak, motor zichlik aynan shu gurux shug’ullanuvchilarining jismoniy rivojlanishi uchun optimal bo’lishi zarur. Guruhlar (bulinmalar, jamoalar) bo`yicha ishlash materialni tabakalash zarur bo’lgan yoki katta guruhlar bilan ishlab bulmaydigan (masalan, to`pni darvozaga yullash) paytlarda olib boriladi. Individual mashg’ulotlar yaxshi o’zlashtirayotgan o’quvchilar bilan materialni chukur egallash paytida yoki kolok o’quvchilar bilan xatolarni bartaraf etish ustida ishlash vaqtida o`tkaziladi. Oxirgi paytlarda mashg`ulotlarda, o`quv mashg`ulotdan tashkari va trenirovkada shug’ullanuvchilar faoliyatini tashkil qilishning eng samarali shakllaridan biri-bu aylanma trenirovkadir. U mashg’ulotning yukori darajadagi 26 umumiy motor zichligini taminlaydi. Bu mashqlarni olib borishning (ko’proq jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun) uziga xos alohida tashkiliy-uslubiy shakli hisoblanadi. Gandbolda aylanma trenirovkaga yaxshi o’zlashtirilgan mashqlar kiritiladi. Ularning yordamida turli xil mushak guruhlariga tanlab ta’sir kursatiladi, texnik malakalar, jismoniy sifatlar takomillashtiriladi. Aylanma trenirovkada, odatda, 5-10 ta mashqdan iborat kompleks qo’llaniladi. Bu mashqlar kompleksi hamma gavda qismlari hamda mushak guruhlarini ketma-ket ishga jalb qiladi. Avval umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari ma’lum bir mikdorda takrorlashlar bilan bajariladi, masalan, 1-2 ta mashq yelka mushagini rivojlantirish uchun, 2 ta – gavdaning oldi mushaklarini rivojlantirish uchun; 2ta-oyok mushaklari uchun; 2ta-organizmga umumiy tasir kursatish uchun, shuningdek egiluvchanlik, chakkonlik, harakat muvozanatini rivojlantirish. Har bir mashq uchun oldindan joy tayyorlanadi. U “stantsiya” deb ataladi. SHug’ullanuvchilar bir vaqtning uzida 3-6 kishidan iborat guruh bo’lib mashq bajaradilar. Mashqni bajarib bo’lib, umumiy signal bo`yicha guruhlar aylana buylab joylari bilan almashadilar va boshqa stantsiya mashqlarini bajarishga kirishadilar. Mashqlarni me’yorlash (har bir stantsiyada va umuman) kat’iy ravishda nazorat kilinadi. Avval aylanma trenirovkaga kiritilgan mashqlarning o’quvchilar tomonidan oxirigacha takrorlash imkoniyatlari (30 sek. ichida) aniklanadi, sungra har bir stantsiya uchun me’yorlash 30 sek ichida sunggi sur’atgacha bajarilgan takrorlar sonining uchdan bir qismi yoki ko’pi bilan yarmisi hisobidan keltirib chikariladi. 1-2 oydan sung yangi nazorat testini o`tkazish hamda yangi individual kursatkichlarga muvofik holda aylanma trenirovka hajmini o’zgartirish maksadga muvofikdir. Gandbol bo`yicha ixtisoslashayotganlar uchun hisob varakalarini (sportchi kundaligiga o’xshash) yuritish foydalidir. Bu yerda o’quvchilar uzlarining dastlabki natijalari, mashqlardan oldin va keyingi tomir urish kursatkichlari, trenirovka yuklamalari kattaliklari, uz yutuklarining usishini yozib boradilar. 27 Bunday nazorat ularning sa’y-harakatlarini faollashtiradi va boshqa sinf, maktab o’quvchilarining mashg’ulotlariga bo’lgan kizikishlarini oshiradi. Bunday trenirovkaning bitta aylanasi 5-6 min. ni egallaydi. O`quv mashg`ulotda “aylana” 2-3 martagacha (tegishli tarzda mashqlanganlikka ega bo’lganda) takrorlanishi mumkin. Mashqlarni bajarish xususiyatlari (ularning shiddati, davomiyligi, har bir stantsiyadagi va aylanadagi urinishlar soni) ikki xil bo’lishi mumkin: uzok va uzluksiz, stantsiyalar orasida almashishlar yugurib, tez sur’atda bajarilsa, aylanalar orasida dam olish esa ko’p bulmasa, yoki oralikli – har bir stantsiya va aylanadan sung tegishli tiklanish davri keladi. Aylanma trenirovkada gandbol bo`yicha material asta-sekin o’zlashtirib borilgan sari, umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari maxsus mashqlar bilan almashtiriladi, o’quvchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligi, balki o’yinchining maxsus ko’nikma va malakalarini rivojlantirish masalalari hal etiladi. Alohida stantsiyalarda bunday mashqlar kuyidagilar bo’lishi mumkin: 10-25 m masofada turib chegaraga yakin sur’atda to`p oshirishni ko’p marta takrorlash, sherigiga to`p oshirish va ilib olish (yoki devor oldida bajarish), himoyachining kvadrat buylab harakatlanishlari, oldinga chikib olib hujum qilishda to`pni ko’p marta kabul kilib olish, uzok masofaga to`p oshirish, darvozaga kiyin zarbalarni berish (yiqilib, blok ustidan oshirib), turli xildagi aldashlarni (fintlarni) bajarish, yengil tuldirma to`plarni oshirish (0,8kg), 2,3,4,5 kg.li tuldirma to`plarni belgilangan usulda oshirish, tusiklar orasidan ilon izi shaklida to`pni olib yurish va nishonga karata

Download 38,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish