I bob. Pedagoglarni malakasini oshirishga rahbarning metodik ishlarning nazariy asoslari


II bob. Pedagogning ilg'or pedagogik tajribasini aniqlash, o'rganish, umumlashtirish



Download 142 Kb.
bet7/9
Sana21.03.2022
Hajmi142 Kb.
#504692
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5249435073576440830

II bob. Pedagogning ilg'or pedagogik tajribasini aniqlash, o'rganish, umumlashtirish
2.1. Pedagoglarni malakasini oshrishga rahbarning tizimli yondashuvida uslubiy ishlarining tuzilishi, shakllari va usullari

Shartnoma asosidagi pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari buyurtmachi talabi va mehnat bozorining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hududiy markazda tashkil etiladi.


Hududiy markaz buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasasi orqali vazirlikka buyurtmanoma bilan murojaat qiladi.
Shartnoma asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun ushbu Nizomning 44-bandida belgilagan hujjatlar talab etiladi.
Shartnoma asosida qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
qayta tayyorlash kurslarida o‘qishi rejalashtirilayotgan tinglovchilar (familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, pedagogik staji) haqida ma’lumot;
qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish jadvali;
qayta tayyorlash kurslari uchun metodik ta’minotning (o‘quv-mavzu reja, dasturlar, majmualar, ishlanmalar va hokazolar) mavjudligi haqida ma’lumot;
qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish uchun yetarli bo‘lgan ilmiy-pedagogik salohiyatning (ma’ruzachi va amaliy darslarni olib boruvchi professor-o‘qituvchilarning familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, asosiy ish joyi) mavjudligi haqida ma’lumot;
qayta tayyorlash kurslarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazasining (auditoriya fondi, kompyuter xonalari, fan xonalari, kutubxona va hokazolar) mavjudligi haqida ma’lumot.
Hududiy markazda qayta tayyorlash kurslari buyurtmachi tomonidan taklif etiladigan yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish hududiy markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq kurslar boshlanishi sanasidan boshlab 3 kun mobaynida rasmiylashtiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlanishi sanasidan boshlab uch kun mobaynida kelmagan tinglovchilar, kelmaslikning sabablaridan qat’i nazar, kurslarga qo‘yilmaydi.
Pedagog xodimlar malaka oshirish kurslariga uzrli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida kelmagan bo‘lsa, ularga o‘qishning tegishli yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kurslarida o‘qishga ruxsat beriladi.
Hududiy markaz qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarning o‘z vaqtida kelmaganligi haqida tegishli buyurtmachiga xabar beradi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayoni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejasi va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi o‘quv rejasi va dasturlar asosida amalga oshiriladi hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Namunaviy o‘quv rejasi va dasturlar fan, texnika, texnologiyalar va ishlab chiqarishni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida har yili takomillashtiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv jarayoniga jalb etilgan tinglovchilari akademik guruhlarga bo‘linadi. Bunda, akademik guruhlar kamida 25 kishini tashkil etadi. Akademik guruhlarni shakllantirishda qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining yo‘nalishi, o‘quv reja va dasturlari, pedagog xodimlarning bazaviy ma’lumoti va egallab turgan lavozimlari, shuningdek, buyurtmachining talablari hisobga olinadi.
Malaka oshirish kurslarida tinglovchilar kontingenti yetarli bo‘lmagan yo‘nalishlarda, istisno tariqasida, hududiy markaz direktori buyrug‘i bilan malaka oshirish masofaviy ta’lim shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Tinglovchilarning o‘zlashtirishini baholash tizimi vazirlik tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Hududiy markazning rahbar va professor-o‘qituvchilari vazirlik tomonidan belgilanadigan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazida muntazam ravishda malaka oshiradilar.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun hududiy markaz professor-o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasasining yetakchi pedagog kadrlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ilmiy kengash a’zolari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar jalb etiladilar.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini o‘tkazish uchun jalb etiladigan professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hududiy markaz xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.
Tyutor bilan aloqa elektron pochta, telefon va boshqa elektron aloqa vositalari yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, tyutor bilan aloqa kontakt-sessiyalar (bevosita yuzma-yuz muloqot) tarzida amalga oshirilishi mumkin (kursning o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda).
Buyurtmaga kiritilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun o‘qishning barcha davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha egallagan lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi, ularning o‘quv yuklamasi esa boshqa a’zolar o‘rtasida taqsimlanadi.
Ishdan ajralgan holda hududiy markazlarga malaka oshirishga boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qishga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari ularni yuborgan tomon hisobidan qoplanadi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tinglovchilari hududiy markazdagi o‘quv laboratoriya, axborot-resurs markazlari, sog‘lomlashtirish va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridan foydalanish huquqiga ega.
Tinglovchi quyidagi hollarda tinglovchilar safidan chetlashtirilishi mumkin:
o‘z xohishiga binoan;
o‘quv intizomini va hududiy markazning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
o‘quv mashg‘ulotlarini uzrli sabablarsiz 18 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
ta’lim dasturlarini o‘zlashtirmaganligi uchun;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
Tinglovchi malaka oshirish kursidan chetlatilganda, unga hududiy markaz tomonidan sabablari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma beriladi, shuningdek, bu haqda uni malaka oshirishga yuborgan buyurtmachiga xabar beriladi.
Malaka oshirish kursidan chetlatilgan yoki yakuniy nazoratdan o‘ta olmagan buyurtma asosida kelgan tinglovchi, keyingi o‘quv yili uchun buyurtmachi tomonidan unga ish haqi saqlanmagan holda, ta’til berilishi asosida buyurtmanomaga kiritiladi.
Malaka oshirish kurslariga qayta yuborilgan pedagog xodim o‘qish yakunlari bo‘yicha yakuniy nazoratdan takroran o‘tmagan yoki asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan qat’i nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Ular o‘z pedagogik faoliyatini ta’lim muassasalarida davom ettirishi uchun hududiy markaz bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakalarini oshirgan bo‘lishlari talab qilinadi.
Qayta tayyorlash kursi ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish yuzasidan yakuniy nazoratdan qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga kamida 1 oydan so‘ng yakuniy kursni tugatish ishini qayta himoya qilish imkoniyati beriladi.
Boshqarish tajribasi shuni ko’rsatadiki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida uni tashkiliy-ma’muriy chora-tadbirlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Bu metod boshqaruv bo’g’inlarini o’zaro bog’liqligini ta’minlab, unda ishtirok etuvchilarning munosabatlarini tartibga solib, ma’muriy ta’sir ko’rsatishning butun mexanizmini harakatga keltiradi. Boshqaruv tizimiga amalga oshirilayotgan harakatlar ikkiga bo’linadi:
a)normativ
b)shaxsiy
Boshqaruvga doir normativ harakatlar umumiy bo’ladi. Unda biron shaxs aniq ishtirok etmaydi. Ular biron sharoitga nisbatan tatbiq etiladigan umumiy hatti- harakat qoidalari bo’lib, uzoq vaqt amal qiladi. Boshqarishning shaxsiy harakatlari ma’lum sub’ektlarga qaratilgan bo’ladi. Tashkiliy metod - tashkiliy ko’rsatmalar va farmoyishlar berish yo’li bilan boshqariladigan ob’ektga ta’sir ko’rsatadi. Tashkiliy ma’muriy ta’sir ko’rsatish esa, bevosita ma’muriy tashkil etishning yo’l vositalarini ifodalaydi. Masalan, muassasada ishlaydigan ishchi xodimlar uchun ichki tartib qoidalarni belgilash, ish mazmuni va mundarijasini tuzish va hokazo.
Ma’muriyat tomonidan ko’rsatma va farmoyish, buyruq berish yo’li bilan boshqariladigan sohaga ta’sir ko’rsatib, muassasa barcha bo’limlar faoliyatini bir maromda ishlashini tezkorlik bilan boshqarishga erishiladi. Bevosita ta’lim muassasasidan tashqarida ya’ni hamkorlik, otaliq, vosiylik kabi o’zaro munosabatlar o’zaro kelishuv shartnoma asosida tartibga solinadi.
Boshqarishnig ijtimoiy-psixologik metodi jamoa a’zolari o’rtasidagi ruhiy insoniy munosabatlarni tartibga solishdir. Bunda jamoada sog’lom ruhiy-axloqiy muhit, kishilarning ruhiy, emotsional holati, insoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’sir ko’rsatishni taqozo qiladi. Bundan har bir xodimga jamoa orqali ta’sir ko’rsatish xodimlar bilan yakkama-yakka ish olib borish orqali jamoa a’zolarini o’zaro munosabatlari tartib solinadi. Ijtimoiy-psixologik metod muassasa rahbarining xodimlar bilan kundalik munosabatlardagi uchrashuv va suhbatlar orqali bir birlarini tushunish, ruhiy-psixologik muammolarni hal qilish orqali ta’sir ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Shu narsani e’tirof etish kerakki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida atrof-muhitdagi turli o’zgarishlar axborot manbalarning haddan ziyod ko’payganligi kishilarga ruhiy taranglikni keltirib chiqarmokda. Kishilarning tezda kayfiyati buzilishi, jahl chiqishi, o’z hissiyotini idora qila olmaslik va hokazolar. Bunday sharoitda rahbar faoliyatida psixologik omillar ular orqali ta’sir ko’rsatish salmog’i oshib boradi. Pedagogik tizimni boshqarishda huquqiy ta’sir ko’rsatish muhim o’rin egallaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jamiyat hamma sohalarini boshqarishda qonun ustuvorligi va shu asosda fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish boshqarish sohasiga ham taaluqlidir. Boshqarish jarayoniga huquqiy ta’sir ko’rsatish bu jarayonga ishtirok etuvchilarning munosabatlarini yuridik ta’sir ko’rsatish orqali tartibga solinadi. Huquqiy mezonlar davlat tomonidan chiqariladigan huquq mezonlariga o’zining yuridik ifodasini topadi. Bular turli qonun hujjatlari, nizomlar ko’rsatmalar, instruktiv-metodik xatlar, ko’rsatma, buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar shaklida ifodalanadi. Huquqiy mezonlar turli sanksiyalar tarzida amal qiladi. Ularning amal qilish shakli moddiy, intizomiy, ma’muriy bo’lishi mumkin. Moddiy javobgarlik ta’lim muassasasi rahbari, uning xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi o’rinbosarlariga yuklangan moddiy narsalarni saqlash, asrash, ulardan oqilona foydalanish mas’uliyatidir. Moddiy javobgarlik jarima, peniyalarda ifodalanishi mumkin.Intizomiy javobgarlik rahbar va jamoa a’zolarining xizmat burchlarini buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Bunda jazo ogohlantirish, tanbeh, hayfsan, uch oy maoshini pasaytirish yoki shu davrda pastroq ishga o’tkazish, rahbar hamda kasaba uyushmalari roziligi bilan beriladi. Jamoadagi mehnatga doir muammolar O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi asosida hal qilinishi kerak. Ma’muriy javobgarlik turli tuman sanksiyalarda noto’g’ri to’langan haqni undirib olish,jarima solish shaklida bo’lishi mumkin. Jinoiy javobgarlik mansab lavozimini suiste’mol qilganligi, jinoyat sodir qilish bilan bog’lik bo’lib, sud tomonidan jinoiy jazo beriladi. Boshqarishda ko’rsatma berish boshqariladigan ob’ektiv, jamoa a’zolariga ko’rsatma, buyruq, farmoyish, topshiriq berish kabi usul va vositalarni o’z ichiga oladi. Bunda rahbar har bir ijrochiga ularning burchlari, huquqlari va mas’uliyatini aniq belgilashi muhimdir.Bular ko’rsatma instruktiv-metodik xat, nizomlar orqali rasmiylashtiriladi. Ta’lim tizimini boshqarshda ma’muriyatning buyruq ko’rsatmalari, pedagogik kengash qarorlarining bajarilishi uchun har bir jamoa a’zosining shaxsiy javobgarligini oshirishni ta’minlashga qaratiladi.

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish