I bob. Tuproq eritmasining tarkibi va uni ajratib olish usullari


Tuproq eritmasini ajratish usullari



Download 88,36 Kb.
bet3/6
Sana17.07.2022
Hajmi88,36 Kb.
#812513
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tuproq eritmasi

2. Tuproq eritmasini ajratish usullari.
Tuproq eritmasi biosfera tirik va notirik dunyo o‘rtasidagi zanjir tariqasida yyerda yashovchi yashil o‘simliklarning yashashi uchun imkoniyat yaratish yo‘li bilan hayotni qo‘llab-quvvatlaydi.
Tuproq eritmasining o‘simlik hayotidagi roli benihoya katta. Tuproq eritmasi doimiy ravishda tuproqning qattiq fazasi va o‘simlik ildizlari bilan aloqadorlikda bo‘lib turadi. Tuproq eritmasining tarkibi o‘simliklarni ozuqa elementlar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi hisoblanishi mumkin.
Sho‘r tuproqlarda tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi meliorativ nuqtayi nazardan juda muhim kattalik hisoblanadi va meliorativ ishlarni qay tarzda, qaysi yo‘nalishda olib borishni diagnostika qilib beradi.
Shu bois tuproq eritmasini o‘rganish tuproq kimyosida, tuproqshunoslikda muhim ilmiy muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Shunisi qiziqarliki, hozirgacha ham tuproq eritmasi tushunchasini to‘la qamrab oladigan va shu sohadagi barcha savollarga javob beradigan aniq bir “teorema” yo‘q.
Vozbutsskaya fikricha tuproqning suyuq fazasi - tuproq eritmasining sinonimi. Tuproqshunoslik lug‘atida “tuproq eritmasi deb o‘zida gazlarni, organik va mineral moddalarni saqlagan tuproq tarkibidagi suvga aytiladi”, degan ma’lumot berilgan. Bu ta’rif yoki tushunchalar «tuproq eritmasi» tushunchasini to‘liq ifodalay olmaydi. Masalan, tuproqdagi suvlar tuproq eritmasiga kiradimi yoki yo‘qmi?
Nima uchun gazlar organik va mineral moddalarga qarshi qo‘yiladi yoki suvda erigan, eritilgan moddalarning manbalari noaniq va hakozo.
Eng qiziq joylaridan biri u ham bo‘lsa gravitatsion suvlar tuproq eritmasi qatoriga kiradimi yo‘qmi, agar kiritilmasa, u holda lizimetrlardan olinadigan suvlarni tuproq eritmasi qatoriga kiritilishi noto‘g‘ri bo‘ladi. Har xil tipdagi tuproqlarning tuproq eritmalari har xil miqdorda suvda va eritmalarda eriydigan anionlar va kationlarga ega bo‘ladi. Kationlarga Ca, Mg, K, Na, H. Anionlar yo'q3-, Shuning uchun4-2, HCO3-, Cl-, CO3-2 va boshqalardan iborat bo‘ladi.
Eritmalarda bulardan tashqari fosfatlar, gumatlar, quyi molekulyar birikmalar, qandlar, aminokislotalar va boshqalar ham bo‘lishi mumkin.
Odatda tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi tuproq tipi va hosil bo‘lish jarayoni, boshqa qator-qator omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Ayni vaqtda tuproqning shakllanishida va o‘simliklarning oziqlanishida tuproq eritmasi muhim rol o‘ynaydi. Tuproqdagi ko‘pchilik tuproq-kimyoviy reaksiyalar va jarayonlar tuproq eritmasida yoki uning ishtirokida sodir bo‘ladi. Tuproq eritmasi o‘simliklar uchun eng muhim ozuqa manbai rolini o‘taydi.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib, tuproq eritmasi tabiiy holda tuproqning suyuq qismi desak nisbatan to‘g‘ri bo‘ladi. Tuproq eritmasi tuproqning suyuq fazasi deb ham qarash mumkin. Tuproq eritmasida erigan holda har xil tuzlar, organik va mineral moddalar, gazlardan tashqari mayda zol holatidagi kolloidlar bo‘ladi.
Tuproq eritmasi Vernadskiy ma’lumotiga ko‘ra tabiiy suvlarning kategoriyalaridan biri bo‘lib, hayot uchun biosferaning asosiy bloki uchun zarur.
K. K. Gedroyts, A. G. Doyarenko, A. A. Shmuk, S. A. Zaxarov, A. A. Rode, N. A. Komarova, P. A. Kryukov, Ye.Men.Shilova, Shlyozing, I.Isherekov, S.N.Rijov, N.I.Zimina va boshqalar tuproq eritmasini ajratib olishda, uning tarkibini, dinamikasini o‘rganishga katta hissa qo‘shganlar.
Tuproq eritmasining muhim manbalaridan biri-bu atmosfera yog‘in-sochinlari hisoblanadi. Sizot suvlarni, sug‘orma suvlar ham tuproq eritmasini vujudga kelishida ma’lum rol o‘ynaydi. Tuproqning suv tartibotiga bog‘liq ravishda sizot suvlari tuproq eritmasini vujudga keltirishdagi roli doimiy, vaqtinchalik yoki davriy bo‘lishi mumkin.
1. Doimiyda sizot suvlari yuzada joylashgan bo‘ladi va bug‘lanish asosida kapillyar naychalar orqali tuproq eritmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib turadi, ya’ni uni suyultiradi, anion va kation tarkibi, miqdorini o‘zgartiradi.
2. Vaqtinchalik bu sizot suvlarining sathini vaqti-vaqti bilan o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lib, bunday suvlar tuproq qatlamiga yaqinlashgan vaqtda, tuproq eritmasiga ta’sir yetadi.
3. Sug‘orish vaqtida sug‘orma suvlar tuproq eritmasini vujudga keltira oladi, uning konsentratsiyasiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni suyultiradi.
Atmosfera suvlari, sizot suvlari, sug‘orma suvlar, shudring tuproq bilan aloqada bo‘lgandan so‘ng o‘zining konsentratsiyasini o‘zgartiradi, tuproqning suyuq, tirik va qattiq fazalari bilan aloqada bo‘lib, ayni bir vaqtda ma’lum miqdorda, tuproq eritmasini vujudga keltira oladi.
Tuproq eritmasini ajratish usullari bir necha guruhdan iborat bo‘lib tadqiqotchini maqsad va vazifalariga bog‘liq ravishda tanlanadi.
1. Bu guruh tuproq eritmasini suvli so‘rim yo‘li bilan, ya’ni 1:5 nisbatda suv va tuproqdan so‘rim tayyorlanadi va uning kimyoviy tarkibi, konsentratsiyasi o‘rganiladi. V.A.Kovda ma’lumotlariga ko‘ra, suvli so‘rim va tuproq eritmasining tarkibi, konsentratsiyasi o‘zaro keskin farq qiladi. Shuning uchun hozirgi kunda suvli so‘rim tuproq tarkibidagi tuzlarning miqdori va sifatini aniqlashda ishlatiladi.

2. Bu guruhga tuproq eritmasi tarkibi jihatdan nisbatan o‘zgarmagan holda ajratuvchi usullar kiradi. Bu usulda “press”, ya’ni siqish asosida, gaz bosimi hamda markazdan qochma kuch (tsentrifuga) yordamida eritmalar siqib chiqariladi.


Hozirgi kunda asosan sentrifuga, press, suyuqlik yordamida siqib chiqarish usullaridan foydalaniladi.
3. Bu guruh lizimetrlardan tuproq eritmasini olishga tayangan bo‘lib, Gemerling, Skrinikova, Shilova, Kaurichevlar asos solgan. Bunda hamma tomoni betonlashtirilgan konteyner, voronka tipidagi lizimetrlar, monolitrlardan va boshqalardan foydalaniladi.

4. Tabiiy holdagi tuproqning o‘z joyida eritmasini o‘rganish usuli bo‘lib, unda Cl-, Shuning uchun4-2, Ka, Mg, F- va boshqalarning miqdori va faolligi aniqlanadi.


Tuproq eritmasini ajratib olish sohasidagi dastlabki tajribalar Shlezing qalamiga mansub bo‘lib, 1886-yillarga to‘g‘ri keladi.
Rus olimi Isherekov 1907-yili spirt yordamida tuproq eritmasini siqib chiqarishga doir ishini nashr qildi. Hozirgi kunda bu usul Kamarova tomonidan mukammalashtirilgan holda fanda va ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llanilmoqda.
Suyuqliklar yordamida tuproq eritmasini siqib chiqarishda eritma tarkibi va konsentratsiyasi deyarli o‘zgarmaydi degan xulosa mavjud. Lekin bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Sababi, oz miqdorda bo‘lsa ham siqib chiqaruvchi suyuqlik tuproq eritmasi bilan aralashadi, ya’ni kichik o‘lchamda bo‘lsa-da, diffuziya sodir bo‘ladi. Siqib chiqarish jarayonida almashinish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Bu almashinish eritma komponentlari bilan qattiq faza orasida sodir bo‘ladi.
Spirt bilan siqib chiqarishda kolonkaning eng ustki qismiga ma’lum hajm spirt quyiladi va bu spirt diffuziya yo‘li bilan bosim kuchi va o‘z og‘irlik kuchi nisbatiga quyi tomon harakat qiladi. Bunda eritmaning harakati jarayonida sorbtsiya, desorbtsiya hodisasi, ion almashinish, cho‘kish va erish hodisasi sodir bo‘ladi.
Bu jarayonlar tuproq eritmasiga ta’sir etmay qolmaydi.smShunga yaqin hodisalar va jarayonlar tuproq eritmasini yuqori bosim, ya’ni 500-1000 kg2 ta’sirida press yordamida ajratib olishda ham sodir bo‘ladi. Yuqori gazlarning eruvchanligiga ta’sir kuchayadi. Demak, bu usul ham mukammal emas. Suvli, kislotali, ishqorli so‘rim immitatsion usullar ham yaxshi natija bermaydi.
Bular haqida suvli so‘rim ta’sirida aytilgan edi. Endi tuzli, ishqorli, kislotali so‘rimlarni olsak, ular qattiq fazani eritishda tuproqqa ta’sir qiladi.
Suspenziyalar, har xil pastalarni ham o‘rganish yo‘lga qo‘yilmoqda, lekin hozircha bu borada ham sezilarli o‘zgarish yo‘q. Ishlab chiqarishda va ilmda nisbatan ko‘proq qo‘llaniladigan usul-bu lizimetrlar usuli hisoblanadi. Yuqorida qayd qilingandek, bu usul ham mukammal emas. Lekin Shilova ma’lumotlariga ko‘ra chimli podzol tuproqlarning lizimetrik suvlari bilan spirt yordamida siqib chiqarilgan eritmalarini konsentratsiyalari tarkibi bir-biriga yaqin.
Tuproq eritmasi konsentratsiyasining (K) hisoblash usuli bilan (Yegorov V.V.1972)ham aniqlash mumkin.


Bunda suvli so‘rim natijasidagi zaharli (toksik) tuzlar miqdori -S, gigroskopik namlik –Wgn, dala nam sig'imi – VDNS kattaliklaridan foydalaniladi.

l atrofida.Usulning xatolik darajasi sho‘rlangan tuproqlar uchun 0,5 g




Download 88,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish