I-bob. Xalqaro xizmatlar sohasida mehmonxona xo’jaligining rivojlanish xususiyatlari



Download 144,37 Kb.
bet1/21
Sana17.07.2022
Hajmi144,37 Kb.
#814199
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
kursavoy

Mundarija


Kirish…………………………………………….………………………. 3
I-bob. Xalqaro xizmatlar sohasida mehmonxona xo’jaligining
rivojlanish xususiyatlari…………………………………………………. 7
1.1. Mamlakat iqtisodiyotida mehmonxona xo‟jaligining tutgan o‟rni va
rivojlanish bosqichlari………………………………………………….. 7

1.2. Mehmonxona xo‟jaligida samarali korporativ boshqaruvni tashkil etishning o‟ziga xos xususiyatlari …………………….......................... 16

1.3. Mehmonxona xo‟jaligida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etishning xorij tajribasi………………………………… 22
I-bob bo‟yicha xulosalar..................................................................... 25
II-bob. O‟zbekistonda mehmonxona xo‟jaligi rivojlanish holatining
iqtisodiy tahlili…………………………………………………………… 28
2.1. O‟zbekistonda mehmonxona xo‟jaligi rivojlanishining ijtimoiy- iqtisodiy asoslarini tahlil etish……………………………………………. 28

2.2. O‟zbekistonda mehmonxona xo‟jaligi tizimida sog‟lom raqobat muhitining shakllanishi va xalqaro talablar………………………………. 39
II-bob bo‟yicha xulosalar................................................................... 49


Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirgi vaqtda mehmonxona korporatsiyalari mehmonxona xizmati bozorida mustahkam o'rnashib olgan. Butun dunyodagi katta shaharlarda ulkan mehmonxonalar mavjud. O‟zbekiston ham bunda orqada emas. Hozirgi kunda dunyo mehmonxona tizimi O‟zbekistonning mehmonxona bozorini aktiv holatda egallamoqda. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017yil yakunlari bo‟yicha Vazirlar Mahkamasi yig‟ilishidagi ma‟ruzasida quyidagilarni ta‟kidladi. “Joriy yilda yalpi ichki mahsulotning o„sish sur‟atlari 7,8 foizdan iborat bo„lishini ta‘minlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8,2 foiz, qishloq xo„jaligida 6,1 foizga oshirish, chakana savdo aylanmasini 14 foiz, xizmatlar ko„rsatish hajmini 17,4 foizga ko„paytirish vazifasi qo„yilmoqda”. Inflatsiya darajasini 5,5-6,5 foiz doirasida saqlab qolish, aholining real daromadlarini 9,5 foizga, o„rtacha ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni, soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda, 15 foizga oshirish ko„zda tutilmoqda. Ayni paytda inflyastiya darajasi 5,5 – 6,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
2015-yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishining yarmidan ko‘pi xizmat ko'rsatish sohasi hissasiga to'g'ri kelgani bu tarmoqning iqtisodiyotimizdagi o'rni va ta‘siri naqadar katta ekanini ko„rsatadi. Bugungi kunda xizmat ko„rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2015-yildagi 49 foizdan 54,5 foizga yetdi. Jami band aholining yarmidan ko„pi ushbu sohada mehnat qilmoqda1 - deb ta‟kidlagan nutqlaridan ma‟lumki, xizmat ko‟rsatish sohalaridan biri bo‟lgan turizm sohasini rivojlantirishda sifatli xizmat ko‟rsatishni amalga oshirish ham nazarda tutilgan.
Hozirgi paytda respublikamizda turizmning asosiy tarmoqlaridan biri bo‟lgan mehmonxona industriyalarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona industriyalarining o‟rni alohidadir. Mehmonxona faoliyati bilan shug‟ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, yangi informatsion texnologiyalarni o‟rgatishdan iboratdir.
G„arb davlatlarida mehmonxona xo„jaliklarini boshqarish bo„yicha ko„p yillik tajriba yig„ilgan. Mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini o„rganish shubxasiz, mehmonlarga xizmat ko„rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o„ynaydi. Ammo O„zbekistondagi turizm sanoati o„ziga xos sharoitlarda faoliyat ko„rsatayotganligini etiborga olish kerak.
Hozirgi kunga kelib, O‟zbekistonda bir qancha jahon andozalari talablariga javob beradigan mehmonxonalar qurildi. Mehmonxonalarni yangilash uchun juda katta investitsiyalar yo‟naltirilgan, yangi qurilishlar qurilgan, so‟nggi zamonaviy texnologiyalar kiritilgan, yangi xizmatlar ishlab chiqilgan. Shuni ta‟kidlash lozimki, mehmonxonalarning birlashish tendensiyalari asosan AQSHga to‟g‟ri keladi2. Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasidagi 30 foiz mehmonxonalar birlashgan hisoblanadi. Qolgan mehmonxonalar mustaqil ravishda ish olib borishadi.
Agar mehmonxona tarmoqlarining regionlardagi mehmonxona biznesiga ta‟siri haqida gapiradigan bo‟lsak, uning qonuniyligi, afzalligi hamda bozordagi kamchiliklarini ajratish mumkin. Ko‟pgina mehmonxona tarmoqlari korporatsiyalar tomonidan taqdim qilinganidek, AQSHda ularning shtab kvartiralari bo‟lib bu mamlakatning mehmonxona biznesiga ta‟siri va ishtiroki to‟laligicha:

  • mehmonxona tarmoqlari standart xizmat ko‟rsatish xalqaro bo‟lishini

aytib turadi;

  • bu tarmoqlar juda katta ish tajribasiga ega bo‟lib, ular mahalliy korxonalarga raqobatchi bo‟lishi mumkin;

  • regionlardagi iqtisoqiyotni rivojlantiradi;

  • shu joydagi xodimlarni o‟qitish va tayyorlash xizmatlarini amalga

oshiradi;

  • inqirozga uchragan mehmonxonalarni sotib olib qayta rekonstruksiya qiladi.

Korporatsiyalar mijozlarga alohida xizmat ko‟rsatish va muomala qilishga juda ko‟p mablag‟ sarflaydilar va ular bunda muvaffaqiyat qozondilar. Bu xizmatlardan butun dunyo foydalanmoqda va sifatdan butunlay mamnun.
Samarali korporativ boshqaruvida mehmonxona sohasining, hayotimizga kirib kelayotgan yangi information texnologiyalar va nou-xaular tasir ko‟rsatmoqda. Mehmonxona menejmentida keying yillarda joriy qilingan markazlashgan rezervatsiya tizimlariga bog‟liq ravishda shakllanmoqda. Mehmonxona faoliyati bilan shug‟ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, yangi informatsion texnologiyalarni o‟rgatish,bilet sotish operatsiyalarini amalga oshirish, normativ hujjatlar bilan ishlash madaniyati, ishga haq to‟lashning uslublari, talabalar va magistrantlar bu sohaning zarurligini nafaqat mutaxasislik sohasida, balki insonlarning kundalik hayotida kerak bo‟lgan bilimlarni beradi.
Shu nuqtai-nazardan bugungi kunda tanlangan mavzu dоlzarbligi bilan ajralib turadi.

Download 144,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish