Ibrohimova Gulasalbonu



Download 28,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi28,5 Kb.
#238957
Bog'liq
Qiyos adab. kompoz. Ibrohimova Gulasalbonu


Ibrohimova Gulasalbonu

Adabiyotda kompozitsiya — asarni badiiy shakllantirishga xizmat qiladigan turli qismlarning holati, oʻzaro bogʻliqligi, voqea, harakter-obrazlar, lirik chekinishlar, tafsilotlar bayoni va shu kabi maʼlum maqsadga boʻysundiriladi. Asar kompozitsiyasining yaxlitligi uning asosiy shartidir. Ortiqcha personaj, epizod va detallar asar qimmatini pasaytiradi. Shuning uchun ham badiiy asarda hech qanday yetishmovchilik ham, ortiqchalik ham boʻlmasligi kerak. kompozitsiyaning oʻziga xosligi syujet unsurlarining qanday tartib bilan joylashtirilishiga, syujetdan tashqari unsurlar (lirik, falsafiy-publitsistik chekinishlar, qoʻshimcha epizodlar) ning bor-yoʻqligiga, peyzaj, portret, psixologik tasvir, muallif tavsifi kabi vositalarning meʼyori va tartibiga bogʻliq. kompozitsiya yaratish usuli va uslublari turli-tuman. Qadimdan kompozitsiyani asar gʻoyasi bilan uzviy bogʻliq holda tushunib kelingan. kompozitsiya asarning shunchaki tuzilishi emas, balki shu tuzilishning maqsadi, uning nima asosida tuzilganligidir. kompozitsiya asar gʻoyasiga bogʻliq. Tanlangan obraz yoki voqea asarga kiritish uchun muvofiqmi yoki yoʻqmi — buni faqat yozuvchi aytmoqchi boʻlgan gapga nisbatan aniqlash mumkin. Bu ham kompozitsiyaning muhim bir tomoni. kompozitsiya shu jihati bilan asarda mazmunning qay darajada mazmundorligini koʻrsatuvchi muhim omillardan. Kompozitsiya estetik didning teranligini talab qiladi. Chunki u, albatta, badiiy kompozitsiyada ham o’zligini topadi. “Masalan ,ikki sevishgan yigit va qiz maysazorda uchrashib, g’aroyib his-tuyg’ularini bir-birlariga izhor etayotganda ma’shuqaning oyoqlari daf’atan toshbaqaga tegib ketishi mumkin. Ammo o’sha g’aroyib his-tuyg’ularni tasvirlaydigan she’rga toshbaqaning kirishga haqqi yo’q,”-deydi A.Oripov. Ba’zida bu mulohazalarning teskari isbotini ko’rganingda [Jonrid Abdullaxanovning “Yo’l” (O’zadabiynashr,T.,1964,100-101 betlar) romanida Gulchiroyga Qudratning muhabbati tasvirlanarkan, o’rinsiz tarzda loy-pishtak o’ynayotgan bolalar, qoqolab qochgan ikki-uch tovuq, hangrab yuborgan eshak... ham qatnashadi], kompozitsiya yaratish - did san’ati ham ekanligini ta’kidlashga, yozuvchi-san’atkorning har bir tasviri, so’zi o’lchangan, go’zallikka o’rangan, qalblarga bexato kiradigan ezgulik nuri bo’lishi shartligini eslatishga majburiyat sezasan. Demak, “hikoyaga taalluqli bo’lmagan hamma narsani shafqatsizlik bilan chizib tashlash lozim. Agar siz birinchi bobda devorda miltiq osilib turibdi desangiz, ikkinchi yoki uchinchi bobda o’sha miltig’ingiz, albatta, otilishi kerak” (A.P.Chexov). Ana shu saboq-kompozitsiyaning bosh qonunidir, unga bo’ysingan yozuvchi o’z g’oyaviy-estetik niyatiga xizmat qilmaydigan bironta tasvirni, bironta tafsilotni, bironta detalni, bironta so’zni, hattoki, bironta tinish belgisini kiritmaydi. Ma’lumki, kompozitsiya syujetdan kengroq hodisa sanaladi, chunki u syujetni ham, syujetdan tashqarida qoluvchi vositalarni ham o’zida jamg’aradi. Syujetdan tashqarida qolgan badiiy unsurlar - kompozision vositalar deb yuritiladi va ularning barchasi asarning birbutun va mukammal bo’lishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kompozitsiyani adabiy asarga tugallik va yaxlitlik baxshida etuvchi, yakunlovchi adabiy-badiiy shakl deb yuritadilar. Kompozision vositalardan ba’zilarini hukmingizga havola qilamiz.

Yulduzli tunlar” tarixiy-biografik romandir. Chunki unga asos qilib olingan syujet roman janriga xos ma’lum bir davrdagi shart-sharoit, xalq, mamlakat hayoti, tarixiy shaxs obrazlari orqali yoritiladi va Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo’li asar markazida turadi.

Ma’lumki, inson hayotida sharoitning o’ziga xos o’rni bor. Shuning uchun u tarixiy asarda – inson xarakteri, shaxsi qahramon yashayotgan va harakat qilayotgan sharoit bilan bog’liq ekanini ko’ramiz. Inson muhit ta’siri ostida o’z xarakteri, imkoniyatlari doirasida o’zgaradi. Mustahkam irodali, kuchli xarakterli shaxs o’tkinchi muhit ta’siriga to’liq ma’noda bo’ysunmaydi. Muhitga qarshilik ko’rsatish tuyg’usi ularda kuchli rivojlangan bo’ladi. Ba’zi xarakterlar esa tezda o’tkinchi muhit ta’siriga tushib, unga bo’ysunadilar. “Muhit tushunchasi o’z ichiga oilani, jamiyatni, davr va tarixni, tabiatni qamrab oladi. Insonni qurshab turuvchi barcha narsa – turmush va uning jihozlari, jonli va jonsiz tabiat, jamiyat va davlat, shaxs va jamiyat, tarix, ya’ni turli davrlar va xalqlarning madaniyatlari muhit tushunchasiga kiradi. Muhit – murakkab va ko’p ma’noli tushuncha”1. Shu sabab, M. Gorkiy “Muhit – bu o’zimiz. Muhit – bu bir-biriga ta’sir o’tkazuvchi psixik birliklarning muayyan miqdoridir”2, - deb ta’kidlagan edi. Xullas, muhit tushunchasi badiiy asarda insonga borib taqaladi. Zotan, tabiat va jamiyat inson vositasida tahlil va talqin etiladi. Yozuvchi tarixiy asarga qo’l urushidan oldin qahramon yashagan davrning sharoitini, muhitning o’ziga xos qirralarini, xarakter shakllanishiga ta’sirini, odamlarning o’zaro munosabati, ruhiyatidan falsafasigacha barcha voqea – hodisalarni mukammal o’rganishi shart. Matyoqub Qo’shjonov “Yulduzli tunlar” haqidagi maqolasida “Pirimqul Qodirov Bobur obrazini tiklab, uni davr tafakkuri nuqtai nazaridan izohlaganini”3 aytib, asar kompozitsiyasi, syujeti, ayniqsa, o’quvchini o’ziga jalb etadigan konflikti yanada kuchaytirilsa, voqealar ixcham bayon qilinsa yaxshiroq bo’lishini yozadi. Umarali Normatov esa “Tarixga ulug’ hurmat” maqolasida “garchi yozuvchi keng qamrovli, izchil, batafsil xronologik tasvir yo’lini tutsa-da, asarda o’quvchini toliqtiradigan cho’ziqlik yo’qligiga…” 4 e’tiborni qaratadi. Ushbu mulohazalarga qo’shimcha qilib quyidagilarni aytish mumkin: birinchidan, bizning tekshirishlarimiz shuni ko’rsatadiki, tarixiy faktlar hech vaqt yozuvchini o’ziga tobe qilib qo’ymagan, balki unga shu faktdan turtki olishga, uning mohiyatini ochishga, davr ruhini badiiy inkishof etishga olib kelgan. Bobur – ham shoh, ham shoir. Uning ichki dunyosi juda rang-barang va ayni vaqtda murakkab. Bu murakkablik bir shaxs timsolida mohir sarkarda hamda jahongirlik, fotihlik bilan chiqisha olmaydigan gumanist ruhiyati mujassamligida namoyon bo’ladi. “Yulduzli tunlar”dagi tarixiy sharoitning badiiy talqini haqida adabiyotshunoslar bir-biriga zid fikrlar bildirishgan va uni Boburning sarkardalik mahorati tasvirlangan epizodlar misolida tadqiq qilishgan. Holbuki, mantiqan qaraganda ham tarixiy sharoit faqatgina jangu jadallardan iborat emas. Tarixiy sharoit qahramon yashagan zamon va makonga xos bo’lgan barcha unsurlarni o’z ichiga oladi. Ularning barchasini bir asarda ko’rsatishning imkoni yo’q. Shuning uchun ham Pirimqul Qodirov Bobur hayot tarzi va tarixiga taalluqli belgilarnigina badiiyat mezonlari asosida talqin qilgan. Xulosa qilib aytganda, tarixiy sharoit, muhit insonni tarbiyalaydi, uning hayotiga o’z ta’sirini o’tkazadi. “Yulduzli tunlar”da tarixiy manbalarga asoslanib, faqatgina oddiy insonlar emas, Boburdek shohlar ham ba’zan tarixiy voqelik oldida ojiz ekanligi real tasvirlangan. “Yulduzli tunlar” asarining zamoni XV asr oxiri XVI asrning birinchi yarmi yoki Boburning qirq yillik hayot yo’li, faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, asarning syujet-kompozitsion qurilishi asosida Bobur yashagan davr turadi. Asardagi barcha obrazlar, ularning harakatlari bir maqsadga qaratilgan bo’lib, temuriy shahzodaning niyatlari, orzu-umidlari, g’alaba va mag’lubiyatlari u yashagan zamon taloto’plarini real yoritishga xizmat qilgan.

Davlatshoh Samarqandiyga shuhrat keltirgan yirik asari «Tazkirat ush-shuaro»dir («Shoirlar tazkirasi», 1486 yilda yozib tugallangan). Tazkiralar Alisher Navoiyga bag‘ishlangan bo‘lib, juda ko‘p ilmiy-tarixiy manbalar asosida yaratilgan. Asar muqaddima, yetti bob (tabaqa) va xotimadan tashkil topgan. Muqaddimada asarning yozilish sabablari hamda Labid (7-asr), Mutanabiy (915—965), Abu A’lo al-Maariy (973—1058) kabi 10 nafar mumtoz arab shoiri haqida yozilgan, asosiy boblarda esa 10—15-asrlarda Movarounnahr, Xuroson va qo‘shni mamlakatlarda yashab ijod etgan 150 dan ortiq shoir va olimlar faoliyati tadqiq etilib, ularning tarjimai holi haqida ma’lumot va asarlaridan namunalar keltirilgan. Tazkiraning xotima qismida Davlatshoh Samarqandiy bilan zamondosh bo‘lgan Jomiy, Navoiy, Xoja Afzaliddin Muhammad, Amir Ahmad Suhayliy, Xoja Shahobiddin Abdulla Marvarid hamda Xoja Osafiylar haqida ma’lumot berilgan. Tazkira 10—15-asrlardagi adabiy jarayon, uning namoyandalari hayoti, ijodini hamda madaniy, ilmiy va tarixiy sharoitni o‘rganishda muhim manba. «Tazkirat ush-shuaro» Hindiston (1887, 1924), Angliya (1901), Tehron (1958, 1960) da to‘liq nashr etilgan. Ayrim qismlari rus, ingliz, frantsuz, nemis, turk, o‘zbek tillariga tarjima qilinib, chop etilgan.
Download 28,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish