Ibtidoiy sanʼat



Download 60,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.01.2022
Hajmi60,08 Kb.
#420428
  1   2
Bog'liq
Ibtidoiy sanʼat - Vikipediya



Ibtidoiy sanʼat
Ibtidoiy sanʼat - ibtidoiy jamoa tuzumi davri sanʼati. Ilk namunalari hozirgi tipdagi odam paydo
boʻlgan soʻnggi paleolit davri (taxminan mil. av. 30ming yilliklar) ga mansub. I. s. ibtidoiy
jamoa kishisiga dunyoni oʻzgartirishda orttirgan tajribalarini avloddan avlodga uzatuvchi
kuch, dunyo toʻgʻrisidagi tushuncha va bilimlarini aks ettiruvchi vosita boʻlib xizmat qilgan.
Tasvirlash ibtidoiy odam uchun oʻz tushuncha va maʼnaviy madaniyatini, tasavvurini
ifodalashga xizmat qilgan. Shular zaminida asta-sekin inson faoliyatining turli shakl va kUri-
nishlari yuzaga kelgan. Sanʼatning yuzaga kelishi insoniyat taraqqiyotida buyuk bosqich
boʻldi. Ibtidoiy jamoa ichida ijtimoiy aloqalarni yuzaga kelishiga, maʼnaviy olamni, ularning
goʻzallik haqidagi tushunchalarini shakllanishiga xizmat qilgan sanʼat oʻz rivojida animizm
(tabiat hodisalariga insoniy fazilatlarni berish) va totemizm (hayvonlarga sigʻinish, urugʻ
jamoasining kelib chiqishini biror hayvonga taqalishi) kabi afsona va qarashlarga tayangan.
Dastlab sodda shakli, belgi tarzidagi tasvirlardan asta-sekin hayvonlar xususiyati, koʻrini-shi,
harakterini haqkrniy va toʻlaqonli tasvirini yaratishga oʻtishdan va shular asosida kishilar
qayoti, yashash tarzi haqida keng mulohaza yuritadigan murakkab kompozitsiyalar yaratish
jarayoniga yetib borgan, realistik shakllar zaminida esa soddalashtirilgan handasiy shakllar
darajasiga qadar koʻtarilgan belgi va siymolar orqali murakkab his-tuygʻu, fikrlarni ifodalovchi
naqsh mujassamotlari va yozuvlar paydo boʻlishiga olib kelgan. I. s ning ilk namunalarida
ovchilik bilan shugʻullangan inson oʻz muhitini — ov manzaralarini aks ettirib gʻorlarning
devorlariga, qoyatoshlar va b. ga ishlagan tasvirlarida (boʻyab, boʻrtma hosil qilib ishlangan),
loydan tayyorlangan, toshni yoʻnib ishlagan haykallarida ovlanadigan hayvonlar (zubr, ot, ki-
yik, mamont, yovvoyi hayvonlar va b.), odamzotlarni (koʻproq ayollar)ni ifodalagan
(Fransiyaning La-Ferrasi, Lasko gʻorlari, Ispaniyaning Altamira gʻori, Sahroi Kabirning Tassilin-
Ajar degan joyidagi qad. odamlar yashagan qarorgoxlar va b.). Ibtidoiy sanʼatkorlar tasviriy
sanʼatning hamma turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) ga mansub asarlarida hayotni
sinchkovlik bilan kuzatganlari koʻzga tashlanadi. Odam va odamsifat maxluklar, qoʻl izlari,
chizma belgilar va b. tasvirlar kam uchraydi. Gʻordagi tasvirlar qora, qizil, sariq va jigarrang
mineral boʻyoklar bilan ishlangan, barelyef koʻrinishidagi tasvirlar kam, sodda realizmga xos


hay-kaltaroshlik (odam va hayvon shakllari), badiiy (suyak va yogʻoch) oʻymakorlik namunalari
paydo boʻlgan. Tabiat ibtidoiy afsonalarga asoslangan insoniy sifatlarga ega boʻlgan
obrazlarda aks ettirilgan. Meʼmorlik rivojlanib, uylar yertoʻla tarzida dumaloq, toʻrtburchak
shaklida qurilgan, bunday xonalarga uzun yoʻlaklar orqali kirilgan. Baʼzan xom-ashyolar
sifatida yirik hayvonlarning suyaklaridan foydalanilgan. Bunday sanʼat namunalari Ukraina,
Belorussiya, Sibirdan koʻplab topilgan.
Ovchilikdan dehqonchilik va chorvachilikka oʻtilishi sanʼatda yangi anʼanalarni yuzaga
keltirgan. Tasviriy sanʼatda koʻp shaklli mujassamotlar paydo boʻlib, odamlar va hayvonlar
harakatda, kurashda tasvirlana boshlagan. Amaliy bezak sanʼatining kup turlari (kulollik,
toʻqimachilik, metallga ishlov berish va b.) rivojlangan. Murakkab va mavhum tushunchalarni
ifoda etuvchi tasvirlar. yuzaga kelgan, bezak naqsh yanada jadal rivojlangan, roʻzgʻor
buyumlari, xonalar, kiyimlar naqshlar bilan bezatilgan. Misr, Hindiston, Old, Kichik va Oʻrta
Osiyo, Xi-toyda dehqonchilik afsonalari bilan bogʻliq sanʼat (naqshli sirlangan sopol buyumlar)
keng tarqalgan, bezak naqshlar bilan bir qatorda mayda hay-kaltaroshlik rivojlangan.
Meʼmorlik jamoa manzilgoxlari qurilishida na-moyon boʻlgan. Oʻrta Osiyo va ikki dare
oraligʻida kup xonali uylar xom gʻishtli, novdalardan yigʻilgan sinchli, poli loy suvoqli qilib
qurilgan. Neolit davrida yirik toshlardan iborat megalitli qurilmalar paydo boʻlgan.
Baliq ovlash va ovchilik saklangan kabilalar (Shim. Yevropa va Osiyo oraligʻidagi xudud) da
qad. mavzudagi va realistik sanʼat shakllari yonma-yon hukm surgan. Bularga kryatosh
rasmlari, loy, yogʻoch va suyak (shox) dan yasalgan haykallar kiradi. Kup rasmlarda
umumlashtirish, shartli tasvirlarda mujassamot ishlash hollarini kurish mumkin. Soʻnggi jez
davri va temir dav-rining boshlarvda hayvonlarni tasvirlash uslubi shakllangan.
Yunonistonning Sharq va Xitoy bilan madaniy aloqalari yangi mazmun, obraz va tasviriy
vositalarni paydo boʻlishini taʼmin-lagan. I. s. ning keyingi davrlari i. ch. kuchlarining oʻsishi,
mehnat taqsimo-tining rivoji, ibtidoiy jamoa tuzumini sinfiy jamiyatga boʻlinishi bilan bogʻliq.
Bu davrda qalʼalar qurilishi, dinlar taqozosi bilan yangi tasviriy sanʼat asarlari vujudga keldi,
ibodatxona, maqbaralar bezatildi. Badiiy hunarmandlik rivojlandi. I. s. shakllari bilan
uygʻunlashib ketgan boy va rang-barang sanʼat ibtidoiy jamoa tu-zumi birmuncha saklangan
xalqlar (Avstraliya, Jan. Amerika, Afrika va b.) orasida 19—20-asr largacha mavjud boʻlgan.
Oʻzbekiston hududidan mezolit davriga mansub Zarautsoy rasmlari tasvirlari va b. topilgan
(yana q. 
Bironsoy rasmlari

Boshqizilsop rasmlari

Burgansoy rasmlari

Sarmishsoy qoya
rasmlari

Soymalitosh rasmlari

Suratlisoy rasmlari

Qoraoʻngir qoya rasmlari
).
Musiqa ijodiyotining ilk kurinishlari ham ibtidoiy jamoa davrida, asosan, ovchilik va terimchilik
bilan kun kechirgan odamlarning mehnat va marosimlari jarayonida yuzaga keladi. Ommaviy
oʻyinlarning urgʻu-zarbalari, jodu-afsun ohang iboralari, hayvonlar ovoziga taklid sadolari,
signal (darak beruvchi) qichqiriq-baqiriqlardan astasekin aynan musika xusu-siyatlariga ega


boʻlgan ifodaviy vosi-talar qaror topadi. Ular, asosan, odam tanasi (qoʻl-oyoq) harakatlarini
aks ettiruvchi ritmik tuzilmalar, usullar, shuningdek, odam ovozi, nutq intonatsiyasi
taʼsirchanligiga asoslangan ohang iboralari tarzida rivoj topadi. Shu bilan birga tosh, suyak,
yogʻoch, chi-gʻanoq, shox kabi tabiat narsalari ilk musiqa cholgʻulari, "musiqa qurollari"
sifatida qoʻllanila boshlaydi. Bulardan hozirgacha saqlanib qolgan turli shiqildoq, zuvilcha
kabi idiofonlar, puflama (qushtak, burgʻu, sibizgʻa), urma (qayroq, dovul va h. k.) cholgʻularni
koʻrsatish mumkin.
Dehqonchilik va chorvachilikka oʻtish davrida oldin muayyan tartib hamda aniq balandlikka
ega boʻlmagan tovush nisbatlari asosida tovushqator, parda tuzilmalari, oʻlchov va vaznning
ilk shakllari yuzaga keladi. Mazkur jara-yonda oddiy (xususan, mavsum marosim) qoʻshiqlar,
muayyan mavzuli cholgʻu kuylar qaror topadi.
Neʼmat Abdullayev, Olimjon Bekov.
[1]
1. 

Download 60,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish