Ii. Bino inshoatlar xavfsizligi chora-tadbirlari. III. Bino va inshootlar konstruksiyasi haqida umumiy ma


IV.HUDUD,BINO,INSHOATLARNI YONG'IN VA MASHINA



Download 359,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana28.05.2022
Hajmi359,62 Kb.
#612600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bino inshoatlar xavfsizligi

 


IV.HUDUD,BINO,INSHOATLARNI YONG'IN VA MASHINA 
MEXNIZMLAR TA'SIRI KAMAYTIRISH CHORA-
TADBIRLARI. 
Hudud, bino, inshoot va xonalarga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi 
talablari 
1.3.1. Hududlarga qo‘yiladigan talablar. 
1.3.1.1. Aholi yashash punktlari va muassasalarning hududlari, bino va 
inshootlarning yong‘inga qarshi oraliq chegarasida, shuningdek 
muassasalarga, yashash uylarga, dala-hovlilarga va boshqa qurilmalarga 
tutash qismlari o‘z vaqtida yonuvchi chiqindilar, axlatlar, taralar, 
xazonlar, quriq o‘tlar va shu kabi boshqa buyumlardan tozalanishi lozim. 
Yonuvchi chiqindilar, axlatlar va shu kabi boshqa buyumlarni maxsus 
ajratilgan maydonlardagi konteynyerlarda yoki qutilarda yig‘ish va 
keyinchalik hududdan olib ketish lozim. 
1.3.1.2. Bino va inshootlarning yong‘inga qarshi oraliqlarida turli 
materiallarni, asbob-uskunalarni, taralarni va transport vositalarini 
saqlash hamda bino va inshootlarni qurish (o‘rnatish) taqiqlanadi. 
1.3.1.3. Binolarga, inshootlarga, ochiq omborlarga, suv ta’minoti 
manbalariga, statsionar o‘t o‘chirish narvonlariga va yong‘inni 
o‘chirishning birlamchi vositalariga olib boruvchi yo‘llar, yo‘laklar va 
o‘tish joylari doimo ochiq, bo‘sh va soz holatda bo‘lishi hamda qishda 
qordan va muzlardan tozalanishi kerak. 
Yo‘llar va tor ko‘chalarni ta’mirlash uchun yopilishi yoki yong‘in 
o‘chirish avtomobillarini erkin harakatlanishiga to‘siq bo‘ladigan boshqa 
sabablar haqida yong‘indan saqlash xizmatining shahar-tuman 
bo‘linmalariga darhol xabar berilishi hamda ushbu joylarga to‘sib 


qo‘yilgan yo‘l qismini eng yaqin aylanib o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi 
belgilar o‘rnatilishi lozim. 
1.3.1.4. Vaqtinchalik qurilmalar, do‘konlar, kiosklar va shu kabilar, 
boshqa bino va inshootlardan kamida 15 m masofada (agarda boshqa 
normalar bilan kattaroq yong‘inga qarshi oraliq masofa talab etilmasa) 
yoki yong‘inga qarshi devorlar oldiga joylashtirish lozim. 
1.3.1.5. Maxsus ajratilgan joylardan tashqari muassasalar hududida 
chekish taqiqlanadi. 
1.3.1.6. Loyihalash normalari bilan belgilangan yong‘inga qarshi oraliq 
chegarasida, bino va inshootlardan 50 m dan kam bo‘lgan masofada 
chiqindilarni yoqishga va gulxanlar uyushtirishga ruxsat etilmaydi. 
Chiqindi va bo‘sh idishlarni yoqish, muassasa xodimlarining nazorati 
ostida va shamolsiz ob-havoda maxsus ajratilgan joylarda amalga 
oshirilishi lozim. 
1.3.1.7. Yong‘inga qarshi suv manbalarini, tashqi yongin narvonlarini, 
bino va inshootlarga kirish joylarini tezda topish uchun, muassasalar 
hududi yetarli darajada tashqi yoritish chiroqlari bilan ta’minlangan 
bo‘lishi lozim. 
1.3.1.8. Turar joylar, dala hovlilari, jamoat va ma’muriy binolarining 
hududidagi ochiq maydonlarda ichida yengil alangalanuvchi va yonuvchi 
suyuqliklar bo‘lgan idishlarni hamda siqilgan va suyultirilgan gaz bilan 
to‘ldirilgan ballonlarni qoldirish man etiladi. 
1.3.1.9. O‘rmon massivlarida joylashgan yozgi sog‘lomlashtirish bolalar 
oromgohlari va yozgi dala hovlilarining hududi, perimetri bo‘ylab 
kengligi 3 m dan kam bo‘lmagan ma’danlashtirilgan himoya yo‘li 
bo‘lishi kerak. 


1.3.1.10. Qishloq aholi punktlari, bog‘dorchilik uyushmalari va dala 
hovlilaridagi xo‘jaliklar soni 300 tagacha bo‘lsa — yong‘inni o‘chirish 
uchun qo‘lda ko‘tarib yuriladigan 1 ta motopompa, 300 tadan 1000 
tagacha bo‘lsa — tirkamali motopompa, 1000 ta xo‘jalikdan ortiq bo‘lsa 
— yong‘in o‘chirish avtomobili bilan ta’minlanishi zarur. 
Qishloq joylardagi eng yaqin yong‘in o‘chirish deposigacha 3000 m dan 
ortiq masofada joylashgan dam olish uylari va boshqa sog‘lomlashtirish 
muassasalari yong‘in o‘chirish motopompasi yoki yong‘in o‘chirishga 
moslashtirilgan (qayta jihozlangan) texnika va anjomlar bilan 
ta’minlanishi kerak. 
1.3.1.11. Aholi punktlari va muassasalar hududlarida yonuvchi 
chiqindilarni to‘plash joylarini tashkil etish mumkin emas. 
1.3.2. Bino, inshoot va xonalarga qo‘yiladigan talablar. 
1.3.2.1. Muassasalar, mazkur qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq avtomatik 
yong‘in o‘chirish qurilmalari va yong‘in signalizatsiyasi Bilan 
jihozlangan bo‘lishi lozim. 
1.3.2.2. Bino, inshoot va xonalardagi yong‘inga qarshi tizimlar va 
qurilmalar (tutunga qarshi himoya, avtomatik yong‘in vositalari, 
yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimlari, yong‘inga qarshi eshik, parda va 
klapanlar, tutun chiqarish lyuklari, yong‘inga qarshi devor va shiftlardagi 
boshqa himoya moslamalari va shu kabilar) doimo soz va ishchi holatda 
bo‘lishi kerak. 
Eshiklarning o‘zi yopiladigan moslamalari doimo soz holatda bo‘lishi 
zarur, tutunga qarshi va yong‘inga chidamli eshiklarning oson ochilishiga 
yoki yopilishiga to‘sqinlik qiluvchi biron-bir moslama o‘rnatish mumkin 
emas. 


1.3.2.3. Qurilish konstruksiyalari, yonuvchi, pardozlash va issiqlikni 
tutuvchi materiallarning, uskunalarning metalldan ishlangan ustun 
(tirgak)larning olovdan himoyalash qoplamlari (olovdan himoyalash 
xususiyatlarini yo‘qotish va pasaytirishni hisobga olgan holda suvoqlar, 
maxsus bo‘yoqlar, lok va shu kabilar,) buzilish holatlari darhol bartaraf 
etilishi kerak. 
Yog‘och konstruksiyalari, dekoratsiya va matolar me’yor talablari asosida 
ishlov berilgan (shimdirilgan) bo‘lib, olovdan himoyalash tarkibining 
ta’sir muddati tugagan yoki himoyalash xususiyatini yo‘qotgan bo‘lsa, 
ularga takroran ishlov berilishi (shimdirilishi) lozim. 
Olovdan himoyalash tarkibi bilan ishlov berilgan (shimdirilgan) 
konstruksiya va materiallarning holati yiliga kamida 2 marotaba 
tekshirilishi lozim. 
1.3.2.4. Har xil muhandislik va texnologik kommunikatsiyalar, yong‘inga 
qarshi devor, orayopmalar va to‘suvchi konstruksiyalar bilan kesishgan 
joyda hosil bo‘lgan teshik va tuynuklar qurilishda ishlatiladigan 
qorishmalar yoki yonmaydigan materiallar bilan suvab (berkitib) 
tashlanishi kerak, bunda tutun va gazni o‘tkazmasligi hamda talab 
darajada yong‘inga bardoshlilik chegarasi ta’minlanishi kerak. 
1.3.2.5. Xonalarni qayta loyihalashtirishda, ularning funksional vazifasi 
o‘zgartirilganda yoki yangi texnologik uskunalar o‘rnatilayotganda 
amaldagi qurilish va texnologik loyihalash normalarining yong‘in 
xavfsizligi talablariga amal qilish kerak. 

Download 359,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish