Ii bob. “Temur tuzuklari” asarining asl mohiyatini anglash sari


II bob. “Temur tuzuklari” asarining asl mohiyatini anglash sari



Download 24,73 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2022
Hajmi24,73 Kb.
#675370
1   2   3   4
Bog'liq
II bob

II bob. “Temur tuzuklari” asarining asl mohiyatini anglash sari
2.2. “Temur tuzuklari” asarining ikkinchi qismi
Asarning ikkinchi qismida Temurning saltanatni boshqarishda qanday tuzuklarga amal qilganligi haqida yozilgan ekan. Temur o’z avlodlariga saltanatni shu tuzuklar asosida boshqarish ma’qul ekanligini uqtirmoqchi bo’lgan. Ammo uning nevaralari-yu avlodlari bunga amal qilganlarmi yoki yo’qmi, amal qilyaptilarmi yo yo’qmi, kim bilsin. Agarda kitobning bu qismida yozilgan tuzuklarga hukmdorlar amal qilganida xalqini va mamlakatini farog’at yo’liga olib chiqa olgan bo’lardi. Bilsangiz, ishimning boshida yozgandim, bu asarni juda ko’plab davlatlar tarjima qilganligini. Vaholanki, bugungi kunda rivojlanib ketgan davlatlarning hukmdorlari aynan shu tuzuklardan ham unumli foydalangandir. Bunga hechkim aniq kafil bo’lolmasa-da, bu ehtimoldan yiroq narsa emas.
Quyida tuzuklar orasida o’zim mohiyatini yaxshiroq tushunganlarim hamda nisbatan menga yoqqanlarini keltirib o’tmoqchiman. Ehtimol, ayrim kamchiliklari bo’lishi mumkin. Buni tajribasizlikdan deb qabul qilishlaringni iltimos qilardim.


Sipoh saqlab turish tuzugi. Amir etdimki, qachonki jang ko’rgan, suyagi qotgan asl o’n sipoh yig’ilsa, ichlaridan eng jasuri, eng botirlarini qolgan to’qqizta sipoh o’zlariga sardor etib saylasinlar va uni o’nboshi deb atasinlar.
O’n nafar o’nboshi jam bo’lsa, ichlaridan eng tajribalisi, bahodirlikda nom chiqarganini o’zlariga bosh etib saylagaylar va uni yuz boshi deb atasinlar.
O’nta yuzboshi to’plansa, ichlaridan eng aqlli, bahodir kishini, bir so’z bilan aytganda, kim o’ta munosib bo’lsa, o’shani ming boshi deb atasinlar va unga amiri hazora deb murojaat etsinlar. Bu yerda yana bir narsani e’tiborga olsak, mingboshilar amirzodalardan bo’lishi kerakligi yozilgan.
Agar qo’shin tarkibidan kimdir o’lsa yoki qochib ketsa, izsiz yo’qolsa, uning o’rniga yangisini qo’yish o’nboshilar ixtiyorida qoldirilsin deyiladi. Shu tartibda yuzboshilar o’nboshilarni, mingboshilar yuzboshilarni tayin qilsin deyiladi. Shu yerda bir ziddiy so’zlar e’tiborga tushadi. Ya’ni tuzukning boshida o’nboshini shu qism tarkibidagilar saylashi, yuzboshini esa o’nboshilar saylashi, mingboshini yuzboshilar saylashi haqida aytilgan edi, ammo tuzuk oxirida buning teskarisi aytildi. Bundan turli mulohazalar keltirib chiqarish mumkin. Balki, biz noto’gri talqin qilayotgandirmiz (lekin shuning uchun ham qandaydir qonun yoki kitob yozayotganda uni noto’g’ri talqin etilishiga yo’l qo’yadigan darchalar qoldirmaslik kerak. Buni afsus bilan qayd etish mumkinki, hozirgi aksariyat ilmiy kitoblarimizda ham, ba’zi qonunchiliklarimizda ham shunday nozik nuqtalar qoldirilgan. Bu esa o’z navbatida ulardan mansabdor shaxslar o’z manfaati yo’lida qonunni suiste’mol qilishlariga qonunan yo’l qo’yib berilishiga olib kelyapti. Har holda bu bizning ishimiz emas, mavzuda davom etamiz), ehtimol, bu yerda faqatgina kimdir o’lib qolsa yoki qochib ketsa, shoshilinch paytlarda shunday qilinishi nazarda tutilgandir.
Yana bir narsaga oydinlik kiritilmagan. Tasavvur qilamiz: o’nta askar o’ziga o’nboshi sayladi. O’nboshi o’zi bilan birga o’n kishiga rahbarlik qiladi degan xulosa kelib chiqdi. Endi o’nta o’nboshi yuzboshini sayladi, ya’ni o’zlarining ichlaridan qaysidir qism o’nboshisi yuzboshi bo’ldi. Bu degani, bitta qism o’nboshisiz qoldi yoki bitta yuzboshi bir paytning o’zida ham qism yuzboshisi, ham ma’lum bir o’ntalikning o’nboshisi bo’lib qoldi. Shu haqida biror aniqroq ma’lumotlar keltirilmagan. Biz esa o’rganib qolganimizdek, doim o’nboshilar yuzboshilar, mingboshilar degan mansablar bo’lgan va shu tartibda saylangan deb yuzaki o’qib ketaveramiz.
Tuzuk oxirida aytilgan: va yana buyurdimki urush paytlarida har bitta lavozim egasi o’zida yuqoridagi lavozim egalari buyruq va ko’rsatmalariga bo’ysunsinlar. Agarda bo’yin egmasalar, jazoga tortilsinlar.


Vazirni tanlash tuzugi. Temur vazir bo’ladigan odam uchun to’rtta xislatning xos bo’lishi lozimligini yozadi. Birinchisi asllilik va toza nasllilik; ikkinchisi aql- u farosatlilik; uchinchisi raiyat holidan habardorligi, ya’ni xalq turmush tarzini qanday ekanligini aniq bilish va hushmuomalalik (aslini olganda barcha lavozim egalari hushmuomala bo’lishlari lozim. Hozirgi kunda aytmaysizmi, bir mansab egasi bo’lganidan keyin ba’zilar o’zgarib qoladi. O’zi xalq ichidan chiqqanligini unutadi-qo’yadi. Huzuriga bir narsani tushunmay murojaat etib borsangiz bormi, dag’dag’a bilan quvib soladi. Shundaylarga “Temur tuzuklari” va shunga o’xshash asarlarni o’qib chiqishni maslahat bergan bo’lardim); to’rtinchisi sabr-toqat va tinchliksevarlik.

Do’st-u dushmanga muomala qilish tuzugi. Ushbu tuzuk menga juda yoqdi. Buning davlatni boshqarishda ham, hayotda ham juda katta ahamiyati bor ekan. Temur aytadiki, taxtga o’tirgach do’st-u dushman bilan bir tekis muomalada bo’ldim. Menga hiyonat qilgan yoki makr-u hiylalar ishlatib, jang maydonida qilichini menga qarshi yalang’ochlagan kishilarni huzirimga kelib uzr-ma’zurlarini aytganlaridan so’ng ularni kechirdim va hushmuomalalik ko’rgizdim. O’zim xafa qilib qo’ygan kishilarim bo’lsa, ularga mol-mulklar va shu kabi moddiy narsalar berib ularni ko’nglini oldim, hushnud etdim. Hiyonatchilarni shunday siladimki, ular qilgan ishlaridan pushaymon bo’lib qolishdi.
Rostdan ham bunday munosabat harqanday kishini o’ziga hayrxoh qilib olishi hech gap emas. Temur esa bunday xislatidan ustomonlik bilan foydalanganligi yuqoridagi satrlardan ma’lum.


Xulosa
Ushbu asarni o’qib chiqib, faqat davlat boshqaruvida emas, balki hayotning turli jabhalarida kattagina tajriba orttirish mumkin deb ayta olaman. Aslida inson tajribani hayotda qoqilib-qoqilib o’rganadi. Bunday qoqilishlar ba’zida bizga qimmatga tushishi mumkin. Shuning uchun bu qoqilishlarni boshidan o’tkazgan katta kishilarning (tajribali insonlarni, albatta. Ba’zi katta kishilar ham tajribasiz bo’lishi mumkin) o’gitlari, nasihatlariga amal qilishimiz foydadan holi bo’lmaydi.
Asardan birgina oliy xulosani keltirib o’tsak, ayni muddao bo’ladi. Bu esa davlat boshqaruvida turgan kishi ( hukmdor ) yoki istalgam mansabdor shaxs o’z faoliyatida adolatni shior qilib, unga qat’iy amal qilsagina katta yutuqlarga erishadi, xalq oldida yuzi yorug’ bo’ladi. Tarixdan ham bilamizki, kazzob, xalq bor-budini kemiruvchi va adolatsiz amaldorlarni undan keyingi kelajak avlod faqat la’nat bilan eslaydi. Insonning bu hayotda qanday nom qoldirishi esa uning amallari va qilajak oliyjanob ishlariga bog’liqdir.
Xulosamga qo’shimcha qilib quyidagi maqolani ham ilova etmoqchiman:



Download 24,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish