Iibob. O`zbekistonda turizmni rivojlanish holati


II-BOB. O`ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANISH HOLATI



Download 1,78 Mb.
bet6/21
Sana02.04.2022
Hajmi1,78 Mb.
#524695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
`zbekiston iqtisodiyotida turizmning o’rni

II-BOB. O`ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANISH HOLATI
2.1. O`zbekistonda turizm industriyasini rivojlanishining xususiyatlari
Keyingi yillarda respublikamizda turizm infratuzilmasini zamon talabiga moslashtirish maqsadida ko’pgina ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 – yil 2 – iyundagi “ Buyuk ipak yo`li”ni qayta tiklashda O`zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora – tadbirlar to`g’risidagi farmoni bu ishni Yuksak darajaga ko`tarish muammolarini hal qilishda o`z o`rniga ega bo`ladi. Farmon g’oyat muhim xalqaro turizm yo`nalishi – “Buyuk ipak yo`lini qayta tiklash, bunga xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish, shuningdek, zamonaviy turim siyosatini vujudga keltirishga asosiy maqsadni qaratdi. Buning uchun esa quyidagi o`ta muhim va dolzarb masalalar o`z yechimini topishi lozim. Masalan,”Buyuk ipak yo`li”dagi shaharlar – Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda xalqaro turizm bo`yicha maxsus ochiq iqtisodiy mintaqalar tashkil etish, mazkur shaharlarning aeroportlari va temiryo`l vokzallarda turistlar uchun bojxona rasm- rusumlarining xalqaro me’yorlarga mos soddlashtirilgan tartibi, shuningdek, transit turistlar uchun maxsus bojxona joylari joriy qilish ko`zda tutildi. Ushbu shaharlarda yangi tashkil etiladigan turistik tashkilotlar va korxonalar barpo etilgan paytdan boshlab, dastlabki foydani olgunga qadar o`tadigan davrda, lekin ro`yxatga olingan sanadan keyin uzog’I bilan uch yil mobaynida barcha turdagi soliqlardan ozod qilish imkoniyati tug’ildi. Shu maqsadda mazkur tashkilotlar va korxonalar foyda (daromad) olgan birinchi yil foyda (daromad) solig’ining 50% ini, ikkinchiyili 75 % ini, uchinchi yildan boshlab 100% ini to`lashlari belgilab qo`yildi.
Shuningdek, turizm sohasida qo`shma korxonalar barpo etuvchi xorijiy sarmoyadorlar, ilgari berilgan imtiyozlarga qo`shimcha ravishda, olib ketadigan foydadan 5 yil muddatga soliq to`lashdan ozod qilinishi bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ayniqsa, tijorat banklariga tadbirkorlar xususiy mehmonxonalarni va mehmonxona infratuzilmasini inshootlarini barpo etishlari chog’ida ularga kamida besh yil muddatichida to`lash sharti bilan kreditlar berilishi hamda “Ozbekturizm”MK Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda investitsiya banki – “O`zsayohatinvestbank” ni tashkil etuvchilarni belgilab qo`yilishi soha rivoji uchun olib borilayotgan davlat siyosatining nechog’li to`g’ri ekanligini yana bir bor isbot qildi.
Farmonning muhim jihatlaridan biri shuki, unda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida turizm bo’yicha Idoralararo kengash tuzilib, ushbu kengash faoliyatining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilab beriladi:

  1. turizm sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

  2. jahon andozalari darajasida kichik va o`rta mehmonxonalar, motellar va kempinglar tarmog’i shakllantirilishini muvofiqlashtirish;

  3. sayr – tomoshalar zamonaviy industriyasini, madaniy va sport - sog’lomlashtirish markazlarini barpo etishga ko`maklashish;

  4. noyob turizm imkoniyatlari va tarixiy – madaniy meros keng ko`lamda targ’ib qilinishi va saqlanishini tashkil etish;

  5. turizm tizimida muvofiqlashtirilgan ilmiy – texnikaviy va investitsiya siyosatini o`tkazish;

  6. turizm sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni ta’inlash.

Shuningdek, xalqaro turizmni rivojlantirish bilan bog’liq barcha masalalarini o`z vaqtida hal etish uchun javobgarlik “Ozbekturizm” MK, “O`zbekiston havo yo`llari”, “O`zbekiston temiryo`llari” kompaniyalarining, Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklarining, chegara va bojxona xizmatlarining rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
Mazkur farmonni amalga oshirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi 1995 – yil 3 – iyunda “Ozbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo etish chora – tadbirlari to`g’risida” gi qaror e’lon qilindi. Qaror president farmonini to`ldirib yana quyidagi muhim masalalar amalga oshirilishi ta’kidlab o`tiladi: tegishli tashkilotlar bilan birgalikda turistlarni avia va temiryo`l transporti orqali tashishda imtiyozlar berish tartibini ishlab chiqish, maxsus bojxona hududlarini tashkil etish, ularni zamonaviy nazorat texnikasi bilan jihozlash vazifasi yuklatiladi. Qarorda turizm tizimidagi xususiylashtirilayotgan obyektlardan tushgan mablag’lar “O`zbekturizm” MK bo’linmalarini qayta qurish va texnika bilan jihozlash maqsadida “O`zsayohatinvestbank”ga o`tkazish belgilab berildi.
Valyuta operatsiyalarida imtiyozlar, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch-Xiva yo`nalishlarida yo`llarni obodonlashtirish, servis xizmatlarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish, shahardan tashqarida joylashgan turistik obyektlar uchun kommunikatsiya tarmoqlari to`lovi bo`yicha imtiyozlar berish, turistik inshootlar qurilishi bo`yicha tenderlar o`tkazish, turistlar bo`ladigan joylarda amaliy va tasviriy san’at xalq ijodkorligi buyumlari, reklama mahsulotlarini tayyorlash – sotishda shaxobchalar tashkil etish xorijda turistik vakolatxonalar ochish – bular ham mazkur qarorda belgilab qo`yilgan vazifalar edi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 1999–yil 15 – apreldagi “2005 – yilgacha bo`lgan davrda O`zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to`g’risida”gi farmoni ham bu yo`nalishga alohida e’tiborni qaratdi. Farmonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, turizm tashkilotlari xorijdan keltiriladigan texnologiya va mehmonxona uskunalari, turizm maqsadlariga mo`ljallangan transport vositalari uchun bojxona “ poshlina” lari to`lashdan uch yil muddatga ozod qilinishi ko`rsatib o`tildi. Quyidagi jadvalda dasturni ko’rib chiqishingiz mumkin (2.1-jadval)

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish