Ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oʻzgarishlar jarayonida mamlakatda ekoturizmning rivojlanishi muhim rol oʻynaydi


Ekoturizmni rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad quyidagilardan iborat



Download 182,01 Kb.
bet3/4
Sana01.01.2022
Hajmi182,01 Kb.
#304007
1   2   3   4
Bog'liq
EKOTURIZM

Ekoturizmni rivojlantirishdan ko‘zlangan maqsad quyidagilardan iborat: 

  • jahon turistik xizmat bozorida O‘zbekistonning ekoturistik salohiyati, tabiiy potensiali va resurslarini namoyish qilish; 

  • hududlarning, ayniqsa tabiatning, geotizimlarning ekoturistik resurslari va imkoniyatlarinidan yanada samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borishni rag‘batlantirish;

  • turizmni rivojlantirishda ekoturizmning ahamiyati va ulushini oshirish; 

  • O‘zbekistonda joriy etilgan turistik faoliyatda ekoturistik xizmatlar sifatini tubdan takomillashtirish va ekoturistik xizmatlar hajmini jadal oshirish; 

  • istiqbolda ekoturizmni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy, innovatsion va metodik ishlanmalarni yaratish; 

O‘zbekistonning turizm sohasidagi ijobiy qiyofasini shakllantirishda ekoturizm rolini oshirish va h.k.

O‘zbekiston ekoturistik resurs va imkoniyatlarga juda boy. Turoperatorlik firmalari tomonidan “Toshkent-Chorvoq-Toshkent”, “Toshkent-Bildirsoy-Chimyon-Toshkent”, “Toshkent-Zomin-Toshkent”, “Toshkent-Aydarko‘l-Toshkent” kabi marshrutlarda o‘tkazilgan ekoturlar, cho‘l hududlardagi tuyadagi sayr, nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo turistlarining katta e'tibor va e'tiroflariga sazovor bo‘lmoqda. 

Tahlillarga ko‘ra, ekoturizm xizmatlarini ko‘rsatayotgan turoperatorlik firmalari asosan, Chimyon-Chorvoq rekreatsiya zonasi doirasida faoliyat ko‘rsatmoqda xolos. Biroq, O‘zbekistonning Hisor, Bobotog‘, Ko‘hitangtog‘ (Surxondaryo), Chaqchar (Qashqadaryo), Nurota (Navoiy-Jizzax), Zarafshon (Samarqand), Turkiston (Jizzax), Oloy (Farg‘ona), Qurama, Chotqol (Namangan) tog‘lari, Qizilqum cho‘lidagi qoldiq tog‘lar, Qizilqum cho‘li, Orol dengizining qurigan tubi va qodiq sho‘r ko‘llar, Ustyurt platosi, Borsa kelmas sho‘rxogi, Mingbuloq botig‘i,   Aydarko‘l, Dengizko‘l, Amudaryo va Sirdaryo sohilidagi to‘qaylar, Muruntov kareri va tabiatning noyob yodgorliklari bo‘ylab majmuali va mavzuli ekoturlar tashkil etish to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmagan.

O‘zbekistonda o‘ziga xos joziba va takrorlanmas manzaralarga boy bo‘lgan speleoturizm (g‘or turizmi) katta imkoniyatlarga ega. Ayni paytda O‘zbekistonda 500dan ortiq g‘orlar bo‘lib, ma'lumotlarga ko‘ra, yetarli turistik infratuzilmaga ega bo‘lmaganligi sababli ularning birortasiga ham ekoturlar tashkil etilmayapti. 

O‘zbekiston cho‘llari va tekislik hudlarida barxan, dyuna, to‘qay, sho‘rxok, taqir, quduqlarni, shuningdek mahalliy cho‘ponlar yashash tarzini namoyon qiluvchi o‘tovlarni tomosha qilishga qaratilgan tuya sayrini tashkil etish katta imkoniyatlarga ega.

Katta Chimyon, Zomin, Chotqol, Ko‘ksuv, Piskom, Turkiston, Hisor, Zarafshon, Oloy,  Qurama, Nurota tog‘larida piyoda, trekking turlarini hamda alpinizmni tashkil etishga tabiiy geografik shart-sharoit mavjud. Shuningdek, tog‘lardan oqib tushuvchi ko‘plab serostona va sharqiroq daryo va soylar (Ugam, Chotqol, Piskom, Ko‘ksuv, To‘polondaryo, Shoximardon, Sangzor, Zarafshon va h.k.)larda  rafting turizmini rivojlantirish imkoniyatlari katta. 

Ilmiy tadqiqot muassasalari va mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda ekoturizmning rivojlanish yo‘nalishlari va istiqbollari tabiat qonuniyatlari va geotizimlar barqarorligi bilan bog‘liq holda shakllanmoqda. 

So‘ngi yillarda O‘zbekistonda ekoturizmning ilmiy va metodologik asoslarini ochib berishga qaratilgan bir qator ilmiy izlanishlar olib borildi, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi, ilmiy va o‘quv adabiyotlar nashr qilindi. An'anaviy ustoz-shogird tizimida ekoturizm va o‘lkashunoslikning nazariy jihatlari o‘rganildi. 

Ammo, bu boradagi tahlillar ekoturizm yo‘nalishida tabiatni, geotizimlarni yaxshi biladigan, tabiatda va tabiatning ekstremal sharoitlarida guruhni boshqara oladigan, zurur bo‘lganda birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lgan bakalavr kadrlar tayyorlash dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Sababi, tarixiy turizm, diniy turizm, tibbiyot turizmi, madaniy turizm kabi turizm turlari asosan shahar joylarda, turistik infrastruktura va servis obektlari yetarli joylarda o‘tkazilsa, ekoturlar asosan tabiat qo‘ynida va geotizimlarda olib boriladi, aksariyat ekoturlar ekstremalligi bilan xarakterlanadi. 

Ma’lumki, iqtisodiy rivojlanishning dunyodagi barcha davlatlar uchun umumiy qonuniyatlari mavjud bo’lish bilan birga, u yoki bu mamlakatning jo’g’rofiy joylashuvi, tabiiy sharoiti, iqlimi, aholisi, tabiiy resurslari vo boshqa ko’plab omillar ta’sirida iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari turlicha bo’ladi.

Jahon Turistik Tashkilotining turizmni barqaror rivojlantirish konsepsiyasiga ko’ra: “Turizmning barqaror rivojlanishi kelajak uchun imkoniyatlarni saqlab turish va yaxshilab borish davri mobaynida hozirgi paytda turistlar va ularni qabul qiluvchi hududlar ehtiyojlariga javob beradi. Bu barcha resurslarni boshqarishning shunday yo’nalishiki, uning natijasida iqtisodiy, ijtimoiy va estetik ehtiyojlar madaniy qadriyatlarning, ekologik jarayonlarning, biologik xilma-xillikning hayot faoliyatini qo’llab-quvvatlash tizimini saqlab qolinishi bilan birga qondirilib boradi”. 

Demak, turizmning barqaror rivojlanishi tabiat, madaniyat va inson omilini birlashtirib atrof-muhit muvozanatini saqlaydi. Barqaror turizm tamoyilini anglash va rivojlantirishga mahalliy aholining tabiiy resurslarni tejashi va muhofaza qilishi xizmat qiladi. Bu esa ekologik turizmni turizm sohasida muhim o’rin egallashidan dalolatdir. Ekologik turizm tushunchasini ko’rib chiqsak, ekologiya − tirik organizmlar va ular jamoasinig o’zaro hamda atrof muhit bilan munosabatini o’rganadi. Turizm esa jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidan farqli joyga dam olish, sog’liqni tiklash, o’rganish va boshqa maqsadda, haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmaslik sharti bilan 1 sutkadan 1 yilgacha bo’lgan muddatda sayohat qilishidir.

Ekoturizm tabiiy muhitga, tabiatga ziyon yetkazmagan holda sayohat qilib uning betakror joylaridan zavq olish uchun atrof-muhitga “yumshoq” ta’sir etish, mahalliy xalqning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini faollashtirishdir.

Ekoturizmni maqsadiga ko’ra bir necha tarmoqqa bo’lish mumkin:



  • · noyob hayvonot va o’simlik dunyosi bilan tanishish;

  • · foto tasvirlar va hujjatli filmlar olish;

  • · agro-turizm;

  • · ilmiy ekskursiyalar;

  • · nisbatan ziyon yetkazilmagan yovvoyi tabiatga sayohat.

Sayyoramizda inson faoliyati natijasida zarar yetkazilmagan yovvoyi tabiat maskanlari kam qolganligi sababli bunday hududlarga sayohat qilish cheklangan va ularning narxi ham yuqori. O’ zbekistonda esa ekoturizmning bu yo’nalishi hali yaxshi rivojlanmagan. O’zbekiston hududining ma’lum qismi cho’l zonasiga to’g’ri keladi. U yerlarda “qora uy”lar va boshqa shroitlar yaratib, turlar tashkil etish mumkin. Ekologik inqirozga yuz tutgan Orol dengiziga ham maxsus ekoturlarni tashkil etish mumkin.

Respublikamiz faunasi 97 turdagi o’txo’r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar, 83 ta baliq turlariga ega. O’zbekiston flora dunyosida 4100 dan ortiq o’simlik turlari mavjud. Ularning 9 %i endemik, ya’ni aynan shu hududda o’sadigan o’simliklardir. Demak, O’zbekistonda noyob hayvonot va o’simlik dunyosi bilan tanishtiradigan maxsus turlar ishlab chiqish imkoniyati mavjud.

Agro-turizmga to’xtaladigan bo’lsak, qishloq joylarida o’ziga xosliklar: tandirda non yopish jarayoni, “xo’roz jangi”, qovun sayli, hosil bayrami, sumalak sayli va hokazo urf-odatlarni o’z ichiga olgan ekoturlar sayyohlar tomonidan katta talabga ega bo’lishi mumkin.

Ilmiy-ekologik ekskursiyalar, ya’ni bilishga qaratilgan ekoturlar tarixiy yodgorliklar hamda dunyoda kam uchraydigan arxeologik topilmalar, paleontologik qoldiqlarni o’rganish uchun qilinadigan sayohatlardir. Buxoro viloyati Shofirkon tumanida joylashgan ham tabiiy, ham tarixiy yodgorlik hisoblangan Vardonze potensial ekoturistik obyekt sanaladi. Ushbu obyektda zarur infratuzilma tahkil etilsa, turist nazaridan chetda qolmaydi.

Sog’liqni tiklashga qaratilgan ekoturlar ham mavjud bo’lib, Jizzax viloyatidagi Zomin salomatlik markazi shifobaxsh ob-havosi bilan, Buxoro tumanidagi issiq suv salomatlik markazi yer ostidan 60˚C dagi suv chashmasi bilan xalqqa ximat qilmoqda. Buxoro viloyati Olot tumanida mavjud tuz bilan davolash maskanini ham potensial ekoturistik obyektga aylantirish mumkin.

Tabiiy quyosh energiyasidan foydalangan holda ekologik sof mahsulotlarni yetishtirish, tabiiy, vitaminlarga boy juvoz yog’i tayyorlanish jarayoni, undan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari taklifi shakllantirilsa, potensial talabga ega bo’ladi.



Umuman olganda, O’zbekiston ekoturizmni rivojlantirish uchun barcha resurslarga boy va bu jihatdan dunyoda 15-o’rinda turadi. Respublikamizda tashkil etiladigan ekoturlar quyidagi tamoyillarga amal qilishi darkor:

  • · tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalarining ustuvorligi va uni ekotur yo’nalishlarida aks ettirish;

  • · ekoturizm zamirida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlik yotishi;

  • · ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan bog’liq rivojlantirilishi;

  • · davlat va mahalliy boshqaruv organlari, aholining ekoturizdan manfaatdorligi;

  • · Vatanni asrab, rivojlantirishda milliy iftixorni shakllantirish zaruriyati.


  • Download 182,01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish