Ikkinchidan, mustaqil o'zbek davlati mamlakatning mustaqil-ligi shaxsning mustaqilligidan
boshlanishini, shaxsning egaman-ligi fikr erkinligini talab etishini ko'zda tutgan holda badiiy
adabiyotni sho'ro zamonida bo'lgani kabi o'z monopoliyasiga aylantirmadi. Shu bois ijod
erkinligiga obyektiv sharoit yaratildi. Adabiyot davlatning ishidan ijodkorning ko'ngil ishiga
aylandi.
Bugun badiiy ijod bilan shug'ullanayotgan kishilar shaxs sifatida ham, ijodkor sifatida ham
tamomila o'ziga xos, xilma-xil kishilardir. Istiqloldan keyingi davrda haqiqiy adabiyot o'z
ko'ngliga qarshi bormaydigan, vijdoni buyurganini yozadigan kishilar tomonidan yaratilmoqda.
Bu ijodkorlar hamisha ko'ngli buyurganiday yozishga intiladilar. Ularning ko'ngli xalqining
yuragiga hamohang bo'lgani bois mustaqillik davri o'zbek yozuvchilarining ijodini xalq
dardining ifodasi deyish mumkin. Shuning uchun ham istiqlol davri adabiyoti millat manfaatini
aks ettiruvchi adabiyotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |