Ижтимоий-этник муносабатлар



Download 110 Kb.
bet2/5
Sana03.07.2022
Hajmi110 Kb.
#737918
1   2   3   4   5
Bog'liq
Etnik birliklar

Asosiy qism
Etnogenez va uni o`rganish masalalari
Hozirgi kunga kelib, Respublikamizda milliy-ma'naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, milliy mafkura g`oyalarini fuqorolarimiz ongiga yanada chuqurroq singdirish va yanada teran anglatish kuchayib, O`zbekiston xalqlarining o`z o`tmish va kelib chiqishiga qiziqishi ortib bormoqda. Xususan, o`zbek xalqining etnik tarixi, uning xalq sifatida shakillanishi masalalari dolzarb ekanligi yurtboshimiz I.A.Karimovning "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" asarida (1998) har tomonlama asoslab berildi. Bu yo`nalishda tarixchilarimiz oldiga yechimi hayotiy zarur bо`lgan vazifalar qo`yildi. Jumladan, yurtboshimizta'kidlaganidek, "Movaraunnahr sarhadlariga uzoq tariximiz davomida ne-ne bosqinchilar kirib kelmagan, ko`p yillar, balki, asrlar davomida yutrimizda ne-ne o`zga sulolalar hukmronlik qilmagan deysiz... Erondan Ahmoniylar, Yunomstondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mug`ulistondan Chingizxon keldi, rus istiiochilari keldi. Lekin xalq qoldiku?..., ana shunday har tomonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir mubolag`asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo`q bo`lib ketishi kerak bо`lgan sharoitda baribir, qator yo`qotishlar bilan bo`lsa ham, millatimiz o`zligini saqlab qololdimi, yo yo`qmi? Olimlarimiz ana shu savolga javob bersinlar".
Etnogenez yoki birorta xalqning kelib chiqish tarixi masalalari tarix fanining yutuqlari bilan chambarchas bog`liqligi ko`pchilik tadqiqotchilar tomonidan e'tirof etilgani ma'lum. Ammo, tarix fanining boshqa yo`nalishlariga (arxeologiya, etnografiya, antropoliya va bosh.) nisbatan o`zbek xalqi etnogenezi hamon jiddiy tadqiqotlar talab etadi. Etnogenez etnik tarix masalalari tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, bu
Ushbu mavzuni tayyoriashda K.SH.Shoniyozovning yangi chop etilgan ma'lumotlaridan foydalanildi. Yo`nalishdagi ayrim kuzatishlarni yunon, xitoy, rim, arab, eroniy va turkiy tillarda yozilgan qadimgi hamda o`rta asr mualliflari va sayyohlari asarlarida uchratish mumkin. Ular o`z asarlarida xalqtarning tashqi qiyofasidagi umumiylik, ba'zi urf-odatiarning yaqinligi va tiliarning o`xshashligini ta'kidlaganlar. Ammo ular bu jarayonlarning asl sabablarini ochib bera olmaganlar. XIX-XX asr boshlarida olib borilganj tadqiqotlar nisbatan samarali bo`lishiga qaramay, bu tadqiqotlar harni xalqlarning etnik kelib chiqishi, madaniyati va tillaridagi o`xshashligi sabablari va mohiyatini to`la ochib bera olmadi.
So`nggi 20-25 yil ichida Respublikamiz hududlarida olib boriigan arxeologik, antropologik va etnograflk tadqiqotlar natijalarini umumlashtirgan antropolog olim T.Q. Xo`jayov har bir xalqning etnogenezini o`rganishda quyidagi tamoyillarga asosiy e'tibor berishni taklif etadi:

  1. biror xalqning kelib chiqishi tarixi ko`p qirralik jarayon bo`lib, o`z ichiga-shu xalqning madaniyati va ijtimoiy tuzilniasi, uning biologik xususiyatlari, o`zining jamiyatda tutgan o`rnini tushunish, tili va o`zligin tanishni qamrab oladi;

  2. etnogenez masalasiga bir tomonlama qarab, uni soddalashtiris bilan chegaralanib qolmasdan, shu xalqning kelib chiqish tarixida ma'lun ahamiyat kasb etgan barcha tarkibiy qismlar ham e'tiborga olinishi shart;

  3. etnogenez murakkab va uzoq davom etgan jarayon. Binobarin, bir jarayonni bosqichma-bosqich tiklash maqsadga muvofiqdir.
    Shuningdek, A.A. Asqarov o`zbek xalqi etnogeneziga bag`ishlangan so`nggi yillardagi (2002-y.) ishlaridan birida har bir xalq etnogenezi vl etnik tarixini o`rganishda quyidagi nazariy va ilmiy metodologik tamoyillarga amal qilish talab etilishini ta`kidlaydi:

- birinchidan, etnogenez va etnik tarixni o`rganishda tadqiqotchi birinchi navbatda o`rgananyotgan xalq etnogenezisi qachondan boshlanganligini aniqlab olmog`i kerak. Chunki etnos faqaa kishilik jamiyati taraqqiyotining ma`lum bir bosqichida paydol bo`ladi. Etnogenezning boshlang`ich nuqtasi esa etnosningl qadim zamonlarda yashagan «ajdodlariga» borib taqaladi. Bur jarayon mil avv. II ming yillik oxirlarida yuz berdi.
- Ikkinchidan, etnos bu biologik hosila emas, balki ijtimoiy hodisadir. U kishilik taraqqiyoti ma'lum bir bosqichining hodisasidir. Etnos o`zining shakllanish jarayonida bir xili sabablarga ko`ra uning tarkibiga yangidan-yangi etnik qatlamll qo`shilib boradi. Yer yuzining barcha xalqlari kelib chiqishi va ko'p etnik qatlamlidir. Darhaqiqat, o`zbek xalqi etnogenezining ilk bosqichlaridan, to xalq sifatida shakllanib bo`lguniga qadar uning asosiv tarkibini tashkil etgan mahalliy (avtoxton) so`g`du-xorazmiy va qadimgi turkiyzabon qatlamlardan tashqari o`ziga turli davrda har xil miqdorida mahalliy va tevarak atroflardan kelib qo`shilgan etnik guruhlarni singdirib yubordi
- Uchinchidan har bir xalqning etnik tarixini o`rganish etnik hirlikning shakllanish jarayonini ilk bosqichdan boshlashini, taqozo etadi. Chunki etnik birlikning paydo bo`lish, rivojlanishi va uning etnosga aylanishi juda qadim-qadimgi zamonlardan boshlanib hozirgi kungacha davom etayotgan butun bir tarixiy jarayondir
- To`rtinchidan. har bir xalqning etnik tarixi bilan shug`ullanganda nafaqat etnik birlikning boshlang`ich jarayonini, balk, uning keyingi davrlarini, unga xos muhim etnik belgi va alomatlarni, aniqlab o`rganib borish talab etiladi.
- Beshinchidan, etnogenetik jarayonni o`rganishda masalaga har tomonlama yondoshish, ya'ni etnogenezga aloqador fan yutuqlaridan foydalanish muammo yechimiga obyektiv ilmiylik bag`ishlaydi. Etnogenez muammolarni hal etishda foydalanilayotgan birlamchi manbalarning nusbat, xususiyatini bilish muhimdir. Bu manbalar antropologiya, arxeologiya, etnografiya, yozma yodgorliklar, tilshunoshk, epigrafika va boshqalardir.
Yuqoridagi tamoyillarga to`la rioya qilingan holdagina, ayrim xalq etnogeneziga oid muanunolami ilmiy nuqtai nazardan mukamal va har tomonlama ochib berish imkoniyati paydo bo`lad.. Ammo O`rta Osiyoda xususan O`zbekiston hududlarida qadimgi davrlardan sodir kelayotgan etnik jarayonlarni har tomonlama yoritishdan avval ayn, fanlar sohasida qo`lga kiritilgan yutuqlarni oxiriga yetkazish bilan undan boshqa soha mutaxassislari ham foydalanishi mumkm bo`lgan chiqarish maqsadga muvofiqdir. So`nggi yillardagi arxeologik izlar qadimgi aholining moddiy va ma'naviy madaniyati, uning turmush tarzi, yu-ro`zg`or ashyolari, an'anaviy xo`jaligi va boshqalar haqida muhim ma'lumotlar olish imkonini berdi. Bu jarayon esa yangi antrppologik ma'lumotlar to`plash va ularni tahlil etishga asos bo`ldi.
Etnogenez jarayoni turli xalqlarning ajdodlari tarixidan boshlanadi. O`zbek xalqi ajdodlarining tarixi juda katta tarixiy davrni o`z ichiga oladi. Uzoq tarixiy taraqqiyot yo`lida ajdodlarimiz murakkab etnogenez jarayonlarini boshdan kechirganlar. Bu jarayonlar antropologik qiyofalar qabilalar, xalqlar va elatlarning aralashib ketishi, madaniy an'analarning qo`shilib yangi asosda rivojlanishi bilan uzviy bog`liq bо`lgan.
Tarixiy adabiyotlardan bizga ma'lumki, fanning ko`pgina tarmoqlariga, jumladan, xalqlar haqidagi fanga bundan 2-2,5 ming yil ilgari qadimgi Yunonistonda asos solingan. Shuning uchun ham zamonaviy fanda yunon tilidan olingan so`zlar ko`p uchraydi. Bunday so`zlarni xalqlar haqidagi fanlarda ham uchratish mumkin. Qadimgi yunonlarda "xalq" tushunchasini ifodalovchi bir necha so`zlar bo`lgan. Shulardan biri "demos" bo`lib, bu so`z orqali aholining asosiy qismi tushunilgan (mas. "demokratiya"-"xalq hokimiyati", "demografiya"- "xalqlarni ta'riflash" va boshq.). Shunday so`zlardan yana biri "etnos" bo`lib, aynan tarjimasi "xalq" demakdir. Etnografik tadqiqotlar natijalariga ko`ra, har qanday etnos o`z shakllanishining dastlabki pallasida bir-biri bilan iqtisodiy jihatdan o`zaro bog`liq odamlar jamoasidan iborat bo`ladi.
Ayrim etnoslarni bir-biridan farqlovchi muhim belgilaridan biri bu madaniy xususiyatlardir. Bu xususiyatlarni har bir xalq o`z tarixiy-madaniy rivojlanish jarayonida o`zlashtiradi va avloddan avlodga qoldiradi. Fanda bu jarayon "etnik an'analar" deyiladi. Bunday an'analari har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy geografik shart-sharoitlari bilan bog`liq bо`lgan u yoki bu tarixiy davrlarda shakllanadi. Etnosni qisqacha qilib, uyushgan til-madaniy jamoasi deyish mumkin. Ilmiy adabiyotlarda "etnik jamoa" degan so`z ham ko`p ishlatiladi. Faqatgina alohida xalqlarni emas, balki ularning kelib chiqishida qarindoshchiligi bо`lgan guruhlarni ham etnik jamoa deb atash mumkin.
Tadqiqotchilarning fikricha, qarindosh-urug`chilik etnik jamoalari asta-sekinlik bilan urug` jamoalariga aylanib boradi. Urug`-birga yashab, hamkorlikda mehnat qilgan qarindoshlar uyushmasi bo`lib, ma'lum xalqlarning etnik shakllanishidagi dastlabki bosqichlardan biri sifatida muhim ahamiyatga ega bo`ldi.


Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish