Ижтимоий-маданий масалалар / Таълим]


-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish



Download 0,86 Mb.
bet5/19
Sana18.02.2022
Hajmi0,86 Mb.
#454665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
572 17.09.2021 lotin

4-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish
51. Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellyasiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
52. Apellyasiya komissiyasi attestatsiya boshlangandan keyin o‘n kun ichida Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra har bir ta’lim turi bo‘yicha etti kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Apellyasiya komissiyasi tarkibi Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari (komissiya raisi), manfaatdor vazirlik va idoraning sohaga mas’ul tarkibiy bo‘linmasi rahbari (komissiya raisi o‘rinbosari), Ta’lim inspeksiyasi xodimlari (bir nafari — komissiya kotibi), manfaatdor vazirlik va idoraning kasaba uyushmasi vakili hamda xodimlaridan iborat bo‘ladi.
Apellyasiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.
53. Apellyasiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi apellyasiya komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi buyruqda belgilanadi.
Apellyasiya komissiyasining murojaatlarni masofadan turib onlayn tarzda ko‘rib chiqish vaqtlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
54. Apellyasiya komissiyasi tarkibiga ishchi guruhlar tarkibidan a’zo kiritilmaydi.
55. Apellyasiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish uchun jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
56. Apellyasiya komissiyasi yig‘ilishida komissiya a’zolarining yarmidan ko‘pi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
57. Ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
58. Murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellyasiya komissiyasi tomonidan murojaati ko‘rib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.
59. Apellyasiya komissiyasi pedagog kadrning attestatsiya jarayonlariga oid murojaatini ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
pedagog kadrning to‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test va malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar, shuningdek, sinovlarni o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, attestatsiya natijalarini o‘zgartirishsiz qoldirish;
pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi noto‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, attestatsiya natijalarini o‘zgartirish;
o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovlarini o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, test sinovlarining qaytadan topshirilishini tashkil etish.
60. Apellyasiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi pedagog kadrga apellyasiya komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran besh kun muddatda taqdim etiladi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish