«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan



Download 497,07 Kb.
bet19/151
Sana03.09.2021
Hajmi497,07 Kb.
#163119
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   151
Bog'liq
�ijtimoiy-madaniy faoliyat� kafedrasi �ijtimoiy madaniy faoliyat

Tasviriy san'at. Zarautsoy, Soymalitosh, Sarmishsoy rasmlarida insonning tabiatga bo‘lgan munosabatlari ifodalagan. Ular asosan hayvonlar tasviri va ov lavhalarini aks ettirgan.

Tasviriy san'atning rivojlanishi mil. av. IV asr — mil. IV asrda namoyon bo‘ldi. Bu davrda nafaqat rangtasvir yoki haykaltaroshlik rivoji, eng muhimi bu tasviriy san'at turlarining me'morchilik bilan uyg‘unlashganligini ko‘ramiz. Ushbu davrdagi haykaltaroshlik loy, gips, tosh kabi materiallarni o‘zlashtirib, inson qiyofalari (shohlar, ma'budlar, jangchilar, sozandalar, masxarabozlar, bolalar)ni gavdalantirgan. Dalvarzintepa devoriy rasmlarida mavzularning xilma-xilligi va ularning mahoratli ishlanganligani guvohi bo‘lishimiz mumkin. Devoriy rasmlar va haykaltaroshlikning bu davrdagi rivojlanishida diniy tushunchalar, turli etnomadaniy oqimlar katta ta'sir qilgan. Masalan, O‘zbekistonning janubiy hududi haykaltaroshligida (Ayritom frizi, Dalvarzintepadagi budda ibodatxonasi, Fayoztepa, Qoratepa) budda dini bilan bog‘liq bo‘lgan Gandhar haykaltaroshligi maktabi bilan aloqalar bor.6

IV—V asr asrlarda tasviriy san'atda inqiroz seziladi. Eftalitlar davrida mahobatli san'at yanada yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan. Bunday tasviriy san'atning nodir namunalaridan biri Bolaliktepa devoriy suratlaridir. Unda qahramonlar, tantanali lavhalar o‘z aksini topgan.

V—VI asrlarda diniy e'tiqod va tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tasviriy san'atda ma'budalarning haykalchalarini yasash keng tarqalgan. Bu haykalchalar O‘zbekistonning turli viloyatlarida yashagan aholining antropologik ko‘rinishi, kiyim-boshlari, qurol-yarog‘lari va boshqalar to‘g‘risida tasavvur beradi.

VI—VIII asrlar tasviriy san'atning taraqqiy etgan davri sifatida ajralib turadi. Bu davr tasviriy ijod mavzulari turli dinlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Tasviriy san'at asarlari — Budrach, Afrosiyob devoriy suratlari katta mahorat bilan ijro etilgan. Islom dinining kirib kelishi sekinasta devoriy rasmlarni chekladi. Lekin tasviriy san'at umuman yo‘q bo‘lib ketmadi. U o‘zining aksini mayda plastikada, bezak san'atining tasvirlarida topdi.

XIV—XV asrlar tasviriy san'at tarixida Uyg‘onish davri deb ataladi. Temuriylar davrida miniatyura san'ati gullab yashnadi. Miniatyurachi rassomlarning ijodida chuqur diniy falsafa, tasavvuf tushunchalari va g‘oyalari o‘z aksini topdi. Bu jarayonda Behzod ijodi va uning maktabi alohida o‘rin tutadi. Unint shogirdlari qatorida Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib kabilarni aytishimiz mumkin. Behzod va uning shogirdlari noyob san'at asarlarini yaratishdi, dunyo madaniyatini boyitishdi. Temuriylar davrida tasviriy san'at faqatgina miniatyura sohasida emas, Amir Temur saroylari bezagida, hukmdorning oila a'zolari va safdoshlari rasmlari, jang lavhalari, bazmlar tasvirlari bo‘lganligi haqida ma'lumot mavjud.

XVI—XVII asrlarda Buxoro, Samarqand, Shohruhiya shaharlarida kitobat san'atida ancha muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bunga Mahmud Muzahhib, Chag‘ri Muxassin, Muhammad Murod Samarqandiy ijodlari namuna bo‘lishi mumkin.

XVIII asrda madaniy hayotning keskin pasayishi kuzatiladi. XIX asrning boshlarida yaratilgan qo‘lyozmalardagi suratlarda avvalgi badiiy nafosat ko‘rinmaydi. Xind, qoshg‘ar, eron miniatyura maktablariga taqdid ortdi.

XX asr boshida O‘zbekistonda ilk dastgohli ranggasvir paydo bo‘ladi. Uni hududga rus rassomlari, Badiiy akademiya talabalari V. Vereshchagin, N. Karazin, M. Zommer, S. Yudin, L. Bure, I. Kazakov va boshqalar olib kirdi. Ularning asarlarida mahalliy mavzular, xarakterli etnik tipajlar, tarixiy obidalarni aks ettirgan manzaralar o‘z ifodasini topdi.

Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng O‘zbek tasviriy san'ati uchun yangi bosqich boshlandi. Milliy rassomlarni tayyorlash jarayonida Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarda tuzilgan badiiy maktablar, katta avlod vakillari L. Bure, N. Rozanov, I. Kazakov, A. Nikolaev, A. Volkov, P. Benkov, 3. Kovalevskaya qatnashdi.

20-yillar O‘zbekiston tasviriy san'atida ijodiy erkinlik, Sharq va G‘arb madaniyati badiiy an'analarining jo‘shqinligi o‘z aksini topdi. Realizm va avangard ijodiy yo‘nalishlari (ekspresionistik, abstrakt va b.) birgalikda rivojlanib keldi.

30-yillarda tasviriy san'atda sotsialistik realizm uslubi hukmron bo‘ldi. Aksariyat o‘zbek rassomlari avangard yo‘nalishidan sotsialistik realizm yo‘nalishiga o‘tdi. Asosiy san'at mavzularini o‘zbek xalqining turmush tarzi, tarixiy g‘oyalar, ishchilar bayramlari va obrazlari tashkil etdi. Dastgohli rangtasvirdan tashqari kitob grafikasi, dastgohli grafika, haykaltaroshlik sohalari ham rivoj topdi. Masalan dastgohli grafikada asosan portret va manzara janrlari rivojlandi. Mahobatli bezak haykaltaroshlik asarlari me'moriy majmualar tarkibiga kirib bordi. Bu davrda teatr rassomligi ham rivojlandi. 50-yillarda o‘zbek tasviriy san'ati sohasida Ch. Axmarov, O‘. Tansiqboev, N. Karaxan, R. Temurov kabilar samarali ijod qilgan. Ular qatoriga R. Ahmedov, M. Saidov, N. Qo‘ziboev, T. Oganesov, 3. Inog‘omov va boshqalar qo‘shilgan. Ular maishiy va portret janrining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Bu davrda grafika san'ati va haykaltaroshlik ham rivojlandi.

60-yillarda tasviriy san'atda ijod erkinligi ma'lum darajada hukm surdi. Buning natijasida rangtasvir rivojlana boshladi, turli badiiy an'analarni o‘zlashtirish, milliylikni izlash, mavzu va g‘oyani chuqur, ta'sirchan qilib ifoda etish asosiy yo‘nalishlarni mazmunini aks ettirdi. Haykaltaroshlikda portret janri rivojlandi. E.Aliev, X. Husniddinxodjaev, V. Lunev, V. Klevansev, A. Ahmedov, M. Musaboev, A. Rahmatullaev kabilar monumental haykaltaroshlikda izlanishlar olib borishdi.

70—80-yillarda O‘zbekiston tasviriy san'ati yanada yuqori pog‘onalarga erishdi. Umuman olganda tasviriy va ifodali vositalarni boyitish, ijodiy izlanishlarga kizikish ortdi. Rassomlar ijodida milliylikka xos bo‘lgan ifoda vositalariga e'tibor, an'anaviy qadriyatlarga intilish kuchayadi. Milliylik bilan bir qatorda avangard yo‘nalishlari (simvolizm, abstrakt san'at, ekspressionizm va boshqalar)ga qiziqish kuchayib bordi. Bu jarayon o‘zbek rassomlari J. Umarbekov, M. To‘xtaev, B. Jalolov, A. Mirzaev, V. Oxunov kabilar ijodida o‘z o‘rnini topdi.

Ijodiy izlanishlar mustaqillik yillarida yanada kuchayib bordi. Bu davr rangtasvir san'ati turli-tuman uslublar ko‘lamining kengligi bilan farqlanadi. Akademik realizm, dekorativizm, milliy romantizm, abstraksionizm, instalyasiya ko‘rinishlari ko‘p jihatdan ijodiy dunyoqarashning kengayishidan dalolat beradi. Tasviriy san'atning turli sohalarini rivojlanishida 1997 yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Mustaqillik davrida tasviriy san'atning turli sohalari va janrlari rivojlanib bordi. Masalan, ushbu davr haykaltaroshligida, asosan, tarixiy siymolar gavdalandi va ularning soni ko‘payishi barobarida uslubiy jihatdan yangilanish ham bir qator asarlarda ko‘zga tashlandi.A. Raxmatullaev, L. Ryabsev, I. Jabborov, R. Mirtojiev, J. Kuttimurodov, K. Norxo‘rozov kabi haykaltaroshlar mahobatli san'at sohasida ijodiy izlanishlar olib borishsa, A. Hotamov, E. Esanov, S. Sharipov kabi rassomlar dastgohli haykaltaroshlikni rivojlantirishga harakat qilishdi.

Mustaqillik yillarida uslubiy jihatdan o‘ziga xos rassomlar guruhi shakllandi. Rassomlar ijodida jiddiy evrilishlar sodir bo‘lmoqda. Yangi plastik izlanishlarda ertagu dostonlar, xalq og‘zaki ijodiyoti, turli xil rasm-rusm va marosimlar bilan bog‘liq belgilar hamda ramzlar ular rangtasvirining yangi bosqichini belgilab berdi. Ushbu davrda serqirra ijodkor rangtasvirchilardan R. Ahmedov, N. Qo‘ziboev, R. Choriev, M. Nabiev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, S. Rahmetov, A. Mirzaev, N. Shin, V. Oxunov, J. Umarbekov, S. Alibekov, A. Isaev, J. Usmonov, N. Shoabduraximovlarni aytishimiz mumkin.

Ushbu yillardagi maqobatli san'at rivojlanishi ijodiy erkinlik, badiiy merosimizni boy an'analariga murojaat qilish bilan bog‘liq. Bu davrda yangi ma'muriy-ijtimoiy inshootlar, ko‘hna binolarni qayta tamirlash hamda yangi shahar ansambllarini barpo etish ishlarining jadallashib ketishi bilan mahobatli rangtasvirchilar ijod vositalarining yangi imkoniyatlarini qidirib topishga bo‘lgan yondashuvlari sezilarli darajada faollashdi. Mahobatli san'at sohasida ijodiy izlanishlar olib borgan rassomlardan A. Aliqulov, O. Habibullin, «Sanoyi-nafisa» guruhi, A. Buxorboev, A. Axmedshin kabi rassomlarni aytishimiz mumkin.7

Mustaqillik yillari ko‘plab tadbirlar, xalqaro ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlov, festivallar o‘tkaziladigan bo‘ldi. 2001, 2003 yillar uyushtirila boshlagan Toshkent xalqaro badiiy ko‘rgazmasi «Biennale» ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ko‘rgazmada o‘zbekistonlik rangtasvir ustalari bilan birga dunyoning ko‘plab mamlakatida rassomchilikning turli yo‘nalishlarida ijod qilayotgan taniqli mo‘yqalam ustalari o‘z asarlari bilan qatnashishdi. Xalqaro anjumanda san'at tanqidchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari, AKSh, Fransiya, Yaponiya, Koreya, Misr, Shveytsariya, Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Estoniya, Gruziya, Kirg‘iziston va boshqa mamlakatlar rassomlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, xorijlik san'atshunoslar, olimlar va tanqidchilar ishtirokida Toshkent xalqaro badiiy ko‘rgazmasi doirasida «Zamonaviy badiiy jarayon — dolzarb muammolar va yo‘nalishlar» mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman tasviriy san'at muammolarini hal qilishga xizmat qildi. Toshkent «Biennale»si XXI asr Sharq va G‘arb san'ati uyg‘unligidagi yangi g‘oyalarning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. «Shu aziz Vatan — barchamizniki» mavzuida respublika festivalida respublikamizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi san'atkorlari o‘zlarining san'at va madaniyat sohasida erishgan yutuqlarini namoyon etishdi. Respublikamiz jamoatchiligiga, ayniqsa, Kashqadaryo, Andijon, Jizzax, Xorazm, Toshkent shahri va qoraqalpog‘istonliklarning ko‘rgazmalari manzur bo‘ldi. Jumladan, Toshkent shahrining ilg‘or xalq amaliy san'ati ustalari, haykaltarosh va rassomlari, shuningdek, ishlab chiqarish mahsulotlarining namunalari taqdim etildi.

Zamonaviy san'at markazi — poytaxtimizning yangi antiqa madaniyat o‘choqlaridan biri sifatida o‘z faoliyatini katta tasviriy va amaliy san'at bayrami bilan boshladi. Bu maskan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligiga bag‘ishlangan «Eng ulug‘, eng aziz» ko‘rgazma bayrami bilan ochildi. Bu tadbirda O‘zbekiston san'atining keksa vakillari ijodiy estafetani XXI asr rassomlariga uzatdilar. Ushbu tadbirda O‘zbekistonning barcha hududlarida yashab ijod etayotgan san'atkorlarimiz o‘z asarlarini tomoshabinlar e'tiboriga havola qildilar.

Mustaqillik yillaridagi ko‘rgazmalarda M. Nabiev, A. Ikromjonov, R.Choriev, R. Ahmedov, N. Qo‘ziboev, N. Shin, B. Boboev, J. Umarbekov, B.Jalolov, V. Burmakin, L. Ibrohimov; haykaltaroshlar A. Hotamov, T.Tojixo‘jaev, D. Ro‘ziboev, M. Borodina; grafik rassomlar M. Kagarov, A.Mamajonov, M. Sodiqovlar; yosh rassomlar D. Oxunboboev, A. Ivanova, A.Nikolaev, M. Aliev, V. Nechaeva, X. Ziyoxonov, X. Inog‘omova, G.Alimatova, A. Nurshina, K. Boboev kabi ko‘plab taniqli san'atkorlar ijodi barchaga manzur bo‘lmoqda. Shuningdek, A. Nur, V. Oxunov, G. Qodirov, G. Boymatov, R. Gagloeva, J. Usmonov, A Isaev, E. Is’hoqovlarning yangi qiziqarli asarlari tomoshabinda katta qiziqish uyg‘otmoqda.


Download 497,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish