Ijtimoiy-mehnat sohasining eng murakkab muammolaridan biri ishsizlikdir



Download 26,42 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2022
Hajmi26,42 Kb.
#703773
  1   2
Bog'liq
9 mavzu qo`shimcha


Ijtimoiy-mehnat sohasining eng murakkab muammolaridan biri - ishsizlikdir. Ishsizlik - ijtimoiy-iqtisodiy voqea hisoblanib, iqtisodiy faol, mehnat qilishga layoqatli va mehnat qilishni xohlaydigan aholi muayyan qismining tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda ish bilan band bo‘lmasligidir.
Xalqaro mehnat tashkiloti qoidalariga muvofiq, ishsiz - hisobot davrida ishga ega bo`lmagan, ishlashni xohlaydigan, ish qidirgan shaxs hisoblanadi. 0‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, «Ishsizlar - o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha boigan yoshdagi, haq toianadigan
ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega boimagan, ish qidirayotgan
va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boigan yoxud kasbga tayyorlashdan,
qayta tayyorlashdan olishga yoki malakasini oshirishga tayyor boigan mehnatga
layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno). Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan, ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar ishsiz, deb e’tirof etiladi»
2.Iqtisodiy nazariya klassik maktabi vakillari (D. Rikardo, J. S. Mill, A. Marshall
va boshqalar)ning fikricha, mehnat bozoridagi raqobat majburiy ishsizlikni istisno etadi. Bozor tomonidan belgilangan ish haqiga mehnat qilishni xohlagan har bir kishi osongina ish topa oladi. Yangi klassik maktab nazariyachilari (J. Perri, M. Feldstayn, R. Xoll va boshqalar) mehnat bozorida muvozanat, ya’ni ish kuchiga talab va uning taklifi teng boisa, ishsizlik bolmaydi, deb hisoblaydilar. Keynschilar (J. M. Keyns, R. Godon va boshqalar) ishsizlikning asosiy sababi
- «samarali talab»ning yetarli emasligidadir, deb isbotlaydilar. Ushbu «samarali talab»ning tarkibiy qismi, bir tomondan, shaxsiy iste’mol tovarlariga talab boisa, ikkinchi tomondan, investitsiya tovarlari (ishlab chiqarish vositalari)ga talabdir. «Ish bilan bandlikning hajmi, demak ish bilan band emaslik yoki ishsizlik, - deb yozgan edi J. Keyns, - mutlaq ravishda samarali talab bilan bogiiqdir»
1. U «samarali talab»ni davlat xarajatlarini ko‘paytirish, davlatning bozor talabini (eng awalo,
investitsiyaviy tovarlami) ko‘paytirish hisobiga oshirish zarurligini ko‘rsatgan. Monetarchilar (M. Fridman, F. Kegen, D. Mayzelman, K. Brunner, A. Moltser va boshqalar) ish bilan bandlik faqat kutilmagan inflyatsiya bilan bog‘liq, chunki u ishsizlikning tabiiy darajasini o‘zgartiradi, degan tushunchaga asoslanadilar. M. Fridmanning ishsizlikning tabiiy darajasi mavjudligi to‘g ‘risidagi xulosasi muhim metodologik ahamiyatga ega. Bu daraja mehnat bozori sharoitlari bilan qat’iy chegaralab qo‘yilgan va davlat siyosati bilan o‘zgartirilishi mumkin emas. Agar hukumat ish bilan bandlikni uning tabiiy darajasini talabni ko‘paytirishning an’anaviy - byudjet va kredit usullari bilan oshirmoqchi boisa, bu choralar qisqa muddat samara keltirib, faqat narx-navoning ko‘tarilishiga olib keladi
2. Institutsional iqtisodiyot nazariyasida (T. Veblen, J. Gelbreyt, D. Kommons va boshqalar) mehnat bozoriga iqtisodiyotning eng muhim sektori sifatida qaraladi. T. Veblen bozorning tarixiy rivojlanishini tahlil etar ekan, industrial jamiyat taraqqiy etishi bilan raqobat kurashi markazi tovarlar va xizmatlar bahosi uchun kurash sohasidan mehnat bahosi va sharoiti uchun kurashish sohasiga ko‘chishini
aniqladi
3.Mazkur yo‘nalish tarafdorlari davlat mehnat bozoridagi rej ali siyosatni bu yerda amal qiladigan institutlar orqali amalga oshirishi zarur, degan fikrda bo‘lganlar. J. Gelbreyt davlat ish bilan bandlik darajasi yuqori boiishidan manfaatdor, chunki bu holat byudjetning daromad qismini ko‘paytiradi va mamlakat boyligining ortishini ta’minlaydi, deb ko‘rsatgan
4.Institutsional maktab vakillari qarashlarini tahlil etish asosida, ularning mehnat bozorini tartibga solish bo‘yicha nuqtayi nazarlari to‘g‘risida quyidagi xulosaga kelish mumkin. Ya’ni, shaxs erkin hamda kasb malakasini oshirish imkoniyatiga ega boiadigan ijtimoiy tartib o‘rnatish uchun ijtimoiy-iqtisodiy siyosat quyidagi vazifalar hal etilishini ta’minlashi zarur:
- odamlarning qobiliyatiga muvofiq tanlagan kasbiga o‘qish uchun teng imkoniyat yaratish;
- xodimlaming mehnat jarayoniga qo‘shilish, malaka oshirish, xizmat vazifasi bo‘yicha ko‘tarilish uchun teng imkoniyatlar yaratish;
- mehnatni rag‘batlantirish xodim va uning oilasi munosib turmush kechirishini ta’minlaydigan darajada boiishi;
- xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solish. Yuqorida bayon etilganlardan ishsizlik mehnat bozorida ish kuchi taklifining unga talabidan ortiqligi natijasi ekanligi anglashiladi. Lekin mehnat bozori faqatmuayyan bir vaqtda mehnat resurslariga talab va uning taklifi nisbatini aks ettiradi, xolos. Ana shu nisbatni tashkil etadigan mehnat resurslari mehnat bozori tashqarisida (moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, muomala sohalarida) shakllanadi. Bu ishsizlik tarkibida ham o‘z ifodasini topadiBozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat bozorini tartibga solishda ishsizlikning ish haqi bilan bogiiqligi, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Buni «Fillips egri chizig‘i» orqali kuzatish mumkin. Yangi Zelandiyada tavallud topgan, uzoq vaqt davomida Angliyada ilmiy tadqiqotlar olib borgan Olban Uilyam Fillips 1891-yildan 1958-yilgacha bo‘lgan davmi qamrab olgan ma’lumotlar asosida ana shu bog‘liqlikni asoslab bergan.
Nobel mukofotining laureati K. A. Pissarides «Ishsizlikning muvozanat nazariyasi» asarida ishsizlik ish bilan band xodimlar va ishsizlarning manfaatlari bir-biriga zidligi sababli yuzaga kelishi g‘oyasini ilgari suradi. Shuning uchun, agar ish haqi faqat ish bilan band xodimlar mavjud boigan firma darajasida belgilanadigan boisa, ishsizlik muvozanati samarali boimaydi. Chunki ishsizlar va bo‘sh ish joylari mavjud firma savdodan tushadigan foydadan ish bilan band xodimlar mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan kompaniya kabi yetarlicha manfaatdor boia olmaydi. Bunday kompaniya jamiyat manfaati nuqtayi nazaridan ijtimoiy samarali emas. Iqtisodchi olim K. A. Pissarides ish haqi ijtimoiy samarali darajada boigandagina, ishsizlar faolroq ish qidirishlarini, natijada, mehnat bozorida raqobat kuchayishi tufayli ish beruvchilar yuqoriroq bilim va malakaga ega xodimlami yollash imkoniyatiga ega boiishlari va bu, pirovard natijada, kompaniyalar samaradorligining ortishini ta’minlashga olib kelishi to‘g‘risidagi xulosaga keladi.
Ishsizlikning quyidagi turlari farqlanadi (13.5-rasm);
1. Friksiyali ishsizlik («ixtiyoriy ishsizlik» deb ham ataladi) - mehnat taklifi o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bozor iqtisodiyotida mehnatga layoqatli aholiga faoliyat turi va ish joyini tanlash huquqi kafolatlanganligi uchun ularning ayrimlari ish joylarini o‘z ixtiyorlariga ko‘ra o‘zgartiradi, boshqalari ishdan bo‘shatilganliklari sababli yangi ish o‘mini qidiradi, ba’zilar vaqtinchalik, mavsumiy ishlaridan
mahrum boiadi, yoshlar esa ilk bor mehnat bozoriga kirib keladi.
Ishsizlar bu toifalarining ayrimlari ishga joylashishga muvaffaq boiadi, boshqalari ish izlashni davom ettiradi. Ayni paytdayuqorida qayd etilgan sabablarga muvofiq xodimlaming ba’zilarini ishdan bo‘shatish davom etadi. Bu mehnat bozorining mehnatga layoqatli va ishlashga tayyor xodimlar bilan ish o‘milarini mutanosib boiishiga qodir emasligi oqibatidir. Friktsiyali ishsizlik muqarrar va u boiishi kerak, deb hisoblaniladi. Chunki ishsizlikning ushbu turida ishdan bo‘shash xodimlaming ixtiyoriga ko‘ra boiadi
va ular, aksariyat hollarda, ish haqi nisbatan kam boigan ish joylaridan mehnatga ko‘proq haq toianadigan ish joylariga o‘tadi.
2. Tarkibiy ishsizlik. Ishsizlikning bu turi iste’mol talabi o‘zgarishi va bunga muvofiq ravishda texnologiya hamda ish kuchiga umumiy talabning o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Texnologiyaning o‘zgarishi natijasida qisqa muddatda yangi xodimlami tayyorlash va mavjud xodimlami qayta tayyorlash qiyin ekanligi uchun iqtisodiyot turli tarmoqlarida ish kuchiga talab va uning taklifi mutanosibligi yuzaga keladi. Tarkibiy ishsizlik uzoq davom etadi va iqtisodiyot uchun nomaqbul hisoblanadi.
3. Davriy ishsizlik. Ishsizlikning bu turiga ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va iqtisodiyotga investitsiya kiritish hajmining kamayishi sabab bo‘ladi. Tovarlar va xizmatlarga talab kamaygan sharoitlarda ish bilan bandlik darajasi pasayib, ishsizlik ortadi.
4. Mavsumiy ishsizlik. Ishsizlikning bu turi iqtisodiyot tarmoqlaridagi, xususan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi ishning mavsumiyligi bilan bog‘liq.
5. Yashirin ishsizlik. Ishsizlikning bu turi ham ishlab chiqarish o‘sishi sur’atlarining pasayishi bilan bogiiq. Ish beruvchilar malakali ishchilami yo‘qotmaslik maqsadida ularni qisqartirilgan ish kuni, ish haftasiga o‘tkazadi yoki ish haqi tolanmaydigan ta’tilga majburan chiqaradi.
6. Texnologik ishsizlik. Bu fan-texnika taraqqiyoti bilan bogiiq boiib, ishlab chiqarishga yangi texnika vositalarining o‘matilishi, zamonaviy texnologiyalar joriy qilinishi natijasida mavjud xodimlar soni qisqartirilishi natijasida paydo boiadi. Ishsizlik turlarini tasniflashda «majburiy ishsizlik» tushunchasi ham mavjud ekanligini ko'rsatish kerak. Majburiy ishsizlikka ikki - yollanma xodim hamda ish beruvchi nuqtayi nazaridan yondashiladi. Masalan, yollanma xodim ish haqi yuqoriroq yoki nufuzliroq ish joyi topish maqsadida ishdan bo‘shaydi. U buni majburiy ishsizlik, deb baholashga haqli. Chunki u yuqoridagi sabablarga ko‘ra ishdan bo‘shaydi, buning oqibatida yangi ish joy topgunicha, ish haqidan mahrum boiadi.
Ammo mehnat huquqi nuqtayi nazaridan bunday ishsizlik majburiy emas, chunki yollanma xodim o‘z ixtiyori bo‘yicha ishdan bo‘shagan. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti prinsiplariga ko‘ra, bu ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi va tub mohiyati bo‘yicha ishsizlik hisoblanmaydi. Majburiy ishsizlik esa quyidagi xususiyatlarga ega:
- ishlab chiqarishning inqirozga uchrashi oqibatida yollanma xodimlaming
ishdan ommaviy bo‘shatilishi;
- korxonaning rekonstruksiya qilinishi, yangi texnologiyalaming joriy etilishi tufayli yollanma xodimlar bir qismining mehnatiga bundan buyon ehtiyojning yo‘qligi.
Iqtisodiy adabiyotda majburiy ishsizlik bilan bir qatorda «ixtiyoriy ishsizlik» yoki «ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi ham mavjud. Ishsizlikning tabiiy darajasi aniq ko‘rsatkichga ega. Zamonaviy iqtisodiyotda u «inflyatsiya darajasini oshirmaydigan ishsizlik» (ingl. Non-accelerating-Inflation Rate of Unemployment - NAIRU), deb ham nomlanadi.
Ishsizlikning tabiiy normasi esa iqtisodiyotdagi ish kuchiga talab va uning taklifi real ish haqining darajasini barqaror ushlab turishini hamda mehnat unumdorligi o‘sishi nol darajada bo‘lganda, narxlar darajasi o ‘zgarmasligini ta’minlaydigan ish kuchining normasidir. Rivojlangan davlatlar uchun ushbu
ko‘rsatkich 4-5 % ni tashkil etadi. Ishsizlikning ana shu tabiiy normasiga, odatda, ish bilan to‘la bandlik sifatida ham qaraladi. U o‘zgarishi mumkin. Bu ko‘rsatkichga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:
- davlatning ijtimoiy siyosati (ijtimoiy nafaqalarning yuqori darajasi friksiyali (ixtiyoriy) ishsizlik kopayishi tufayli ishsizlik tabiiy darajasini oshiradi: bunday holatda mehnatga layoqatli aholining bir qismi uzoqroq davr ishsiz maqomida bolishni maqbulroq topadi);
- ish kuchi demografik tarkibining o‘zgarishi (ish kuchi tarkibida ayollar, yoshlar miqdorining ortishi. Mehnatga layoqatli aholining ushbu toifalari o‘rtasida friksiyali ishsizlik homiladorlik va farzand ko‘rish hamda ta’lim olish davri hisobiga ortadi).
Amerikalik iqtisodchi E. Felps tomonidan ishsizlikning tabiiy darajasining tadqiq etilishi natijasida muhim xulosalar chiqarildi. U ishsizlikning tabiiy darajasini mehnat bozoridagi qisqa muddatli vaziyatlar va quyidagi tarkibiy omillar belgilashini asoslab berdi:
- ish kuchining mehnat bozoridagi taklifi;
- ish qidirishning xarajatlari;
- mehnat bozoridagi axborotning shaffofligi;
- ishsizlik nafaqalarining darajasi va boshqalar
1.E. Felps uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish ma’nosida ishsizlikning tabiiy darajasi iqtisodiyot rivojlanishining salohiyatini ko‘rsatishini quyidagicha izohlab bergan: yangi ish joylarini yaratish to‘g‘risidagi qaror ishlab chiqarishning samaradorligi va foyda olishni ko‘paytirish asosida qabul qilinadi. Samaradorlik va foyda miqdori qanchalik katta bo‘lsa, ish bilan bandlikning uzoq muddatli tabiiy darajasi
shunchalik yuqori bo‘ladi. Ishlab chiqarish o‘sishining istiqbollari yangi ish joylari yaratayotgan korxonalar ega bo‘lgan aktivlarning bozor qiymatida o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ish bilan bandlik bilan moliya bozori dinamikasi o‘rtasida aloqadorlik mavjud. Bunday aloqadorlik bozor institutlari rivojlangan davlatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va boshqalar)da yaqqol namoyon bo‘ladi, korporativ tizimlar (davlat preferensiyalaridan foydalanadigan moliya-sanoat guruhlari) ustunlik
qiladigan mamlakatlar (G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiya)da esa u qadar sezilmaydi.
E. Felpsning «ishsizlikning tabiiy darajasi» konsepsiyasi qizg‘in baxsmunozaralarga sabab bo‘ldi. Ammo 1970-yillar boshidagi voqelik ushbu nazariyaning asoslanganligini tasdiqladi. AQSh Federal rezerv tizimi rahbariyatining foiz stavkasini saqlab turish siyosati muomaladagi pul miqdorining 1970-1972-yillarda yiliga o‘rtacha 13 % ga ortishiga olib keldi. Ayni paytda mamlakatdagi kutilayotgan inflyatsiya yuqori bo‘lib, real darajaga yaqinlashdi, ishsizlik darajasi esa 1960-yillar boshidagi kabi 5-6 % ga qaytdi. Bundan uzoq muddatda inflyatsiya bilan ishsizlik o‘rtasida o‘zaro bogliqlik mavjud emasligi tasdig‘ini topdi. E. Felpsning «ishsizlikning tabiiy darajasi» nazariyasi G‘arbdagi iqtisodiyot fani
darsliklaridan keng o‘rin oldi, uni monetar siyosatini o ‘tkazayotgan mutaxassislar o‘z amaliyotlarida foydalanishadi, turli mamlakatlaming Markaziy banklari esa o‘z tahliliy modellariga kiritadi.
Ishcizlik darajasi - mehnat bozorining ayni paytdagi ahvoli haqida va unda
muayyan vaqt mobaynida ro‘y bergan o‘zgarishlar to‘g ‘risida tasawur beradigan asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ishsizilik darajasi, tahlil etilayotgan davming boshi (yoki oxiri)dagi ahvolga ko‘ra, tegishli sanada ishsizlik maqomiga ega bo‘lgan kishilar sonining It ana shu sanadagi iqtisodiy faol aholi soniga Fat nisbati sifatida aniqlanadi.

Download 26,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish