Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar



Download 14,71 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi14,71 Kb.
#892378
Bog'liq
Adhamov Kamoliddin KEYS MASALA


Adhamov Kamoliddin
“ IJTIMOIY NE`MATLAR VA UMUMIY RESURSLAR ”
mavzusi bo’yicha
Keys Masala .
HAYOT QIYMATI QANCHA?
Tasavvur qiling, siz xalq deputatlari mahalliy kengashga a’zo sifatida saylandingiz. Shahar injeneri yoningizga shunday bir taklif bilan keldi: shahar 10 000 soʻm sarflab, hozirda faqat STOP belgisi qoʻyilgan markaziy koʻchadagi chorrahada svetofor oʻrnatishi va uni keyinchalik boshqarishi mumkin. Svetoforning ustun jihati - harakat havfsizligi oshiriladi. Injenerni ilgarigi shunga oʻxshash chorrahalardagi loyihalar tahlili asosidagi bahosiga koʻra svetofor faoliya muddati davomida oʻlim bilan tugaydigan yoʻl-harakati hodisalari darajasini 1,6 foizdan 1.1 foizgacha tushiradi. Siz bunga mablagʻ sarflaysizmi?
JAVOB
Ushbu savolga javob topish uchun siz xarajatlar va daromadlar tahliliga murojaat etishingizga toʻri keladi. Biroq siz darhol oʻziga xos qarshilikka duch kelasiz: agar siz foydalilik darajasini hisoblamoqchi boʻlsangiz, xarajatlar va daromadlar bir xil kattaliklarda (oʻlchovlarda) hsoblanishi lozim. Qiymat pul birligida (soʻmda) oʻlchanadi, biroq svetofor keladigan foyda inson hayotini saqlab qolish pul birligida oʻlchanmaydi. Qabul qilinishi lozim boʻlgan qarorni aniqlash uchun siz soʻmni inson hayotidagi oʻlchamini aniqlashingiz zarur boʻladi.
Dastavval siz inson hayoti bebaho deb oʻylashni hohlashingiz mumkin, qolaversa siz oʻzingizni yoki biror bir sevimli kishingizni hayoti uchun oʻz hohishingiz bilan sarflashingiz mumkin boʻlgan pulning qiymati yoʻq. Bu shundan dalolat beradiki, inson hayoti pulda (soʻmda) qiymatga ega emas.
Biroq bu javob xarajatlar va daromadlar tahlili uchun oʻta mavhumdir. Agar biz rostdan ham inson hayoti uchun cheksiz qiymatliklarni sarflamoqchi boʻlsak, u holda har bir koʻcha burchagida

svetor oʻrnatib chiqishimiz va barcha yangi yirik yuk avtomashinalariga eng soʻnggi havfsizlik funksiyalarini joylashtirishimiz lozim boʻladi.


Ustiga ustak, svetoforlar har bir burchakda emas va kishilar koʻp holatlarda havfsizlik yostiqchasi yoki tormoz tizimini bloklanishiga qarshi mexanizmga ega boʻlmagan, qimmat boʻlmagan avtomobillarga haq toʻlashni afzal koʻrishadi. Ommaviy mahsulotlar yoki xususiy mahsulotlar toʻgʻrisidagi har ikki qarorda ham koʻproq iqtisod qilish maqsadida hayotimiz bilan tavakkal qilishga tayyor boʻlamiz.
Inson hayoti soʻmdagi ekvivalentga ega emas degan qarorni qabul qilgandan soʻng qanday qilib bu qiymatni aniqlab olishimiz mumkin?
Oʻlim toʻgʻrisida da’vo qilgan taraf xarajatlarini qoplab berish maqsadida “agar vafot etgan shaxs tirik boʻlganda qancha mablagʻ ishlab topishi mumkinligini aniqlash” usuli sudlar tomonidan qoʻllanilib kelinadi. Iqtisodchilar bu usulni koʻp holatlarda tanqid qilishadi, sababi bu usul hayotni yoʻqotishning boshqa qiymatliklarini e’tiborga olmaydi. Shunday qilib, bu usul gʻalati koʻrsastkichni oʻzida aks ettiradi, goʻyoki nogiron yoki pensionerning hayoti hech qanday qiymatga ega emasdek.
Inson hayotini baholashning eng yaxshi usuli bu – inson oʻz hayotini yoʻqotish uchun mavjud boʻlgan tavakkalchilik va bunga toʻlanishi lozim boʻlgan haq miqdorini bilishdir. Oʻlish tavakkalchiligi, masalan, ish joyiga qarab baholanadi. Osmonoʻpar binolardagi quruvchilar oʻz ish joylarida ofis ishchilariga qaraganda koʻproq tavakkalchilikka duch keladilar. Iqtisodchilar koʻproq va kamroq tavakkalchililik darajasiga, ta’lim sifatiga, tajribaga va boshqa ish haqini belgilab beruvchi faktorlarga qarab kishilar oʻz hayotlarini qanchaga baholashlari mumkinligi haqida ba’zi bir tushunchalarga ega boʻlishlari mumkin. Ushbu usulni qoʻllab oʻtkazilgan tadqiqotlarga
koʻra inson hayoti qiymati 10 million soʻmga baholanishi toʻgʻrisida xulosaga kelingan.
Endi biz, yuqorida keltirib oʻtilgan misolimizga qaytib shahar injenerining taklifiga munosabat bildirishimiz mumkin. Svetofor inson haytini saqlab qolish tavakkalchiligi darajasini 0,5 foizgagina yaxshilaydi. Shunday qilib, svetovor oʻrnatilishidan kutilishi mumkin boʻlgan foyda 50 000 soʻm (yoki 0,005*10 million soʻm) ni tashkil etadi. Bu koʻrsatkich loyiha xarajjati boʻlgan 10 000 soʻmdan bir muncha koʻp, demak siz loyihani tasdiqlashingiz mumkin.
Download 14,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish