Ijtimoiy pedagogika” fanidan Mavzu: “Ma`rifatparvar pedagoglardan Munavvarqori Abdurashidxonov va Abdurauf Fitratning ijtimoiy-pedagogik qarashlari”


Munavvarqori Abdurashidxonov yaratgan darsliklarda barkamol inson ma’naviy tarbiyasi muammosnning yechimi



Download 83,17 Kb.
bet3/7
Sana03.07.2022
Hajmi83,17 Kb.
#737386
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ijtimoiy ped

1.2 Munavvarqori Abdurashidxonov yaratgan darsliklarda barkamol inson ma’naviy tarbiyasi muammosnning yechimi.
XX asr boshlarida yaratila boshlagan darsliklar yangi usul maktablarining saviyasini ko’rsatishda muhim ahamiyat kasb etdi. Yuqorida sanalgan darsliklar qatorida Munavvar Abdurashidxonovning «Adibi avval» («Birinchi muallim») kitobi ham alohida o’rin tutadi. Ushbu darslik to’g’risida bu kunga qadar munosabat bildirilmagan. Munavvarqori Abdurashidxonov tomonidan yozilgan ushbu alifbo darsligi inqilobga qadar bir necha marta nashr qilingan. Dastlab bu darslik 1907-yilda, Orifjonov bosmaxonasida chop etilgan. Munavvarqori Abdurashidxonovning «Adibi avval» alifbo darsligi asrimiz boshlarida yaratilgan alifbolar ichida mukammalligi bilan ajralib turadi. Bu mukammallik, birinchi navbatda, uning uslubiyatida ko’rinadi. Asar muallifi har bir daryo uchun o’qituvchilarga uslubiy ko’rsatmalar tavsiya qiladi. Ikkinchidan, darslikda rasmlar berilgan, ta’limning ko`rgazmali usuli ilk bor maktabga joriy qilingan. Bu darslik «Usuli savtiyai tadrijiya» (bosqichli tovush usuli)ga asoslangan bo’lib, unda didaktikaning ko‘rgazmalilik, onglilik, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini xisobga olish, yengildan murakkabga qarab borish, bilim ko`nikmalarini puxta o’zlashtirish kabi asosiy masalalarga to‘liq amal qilingan.
Muallif harflarning boshlanish tartibini har doim bir xil shaklda qo’llanadigan alif, re, ze, dol, vov harflarida ber­gan, Ushbu daryolikda «harflarning ismlari» sarlavxa ostida harflarning tartiblari bilan berilgan. Ular quyidagicha ko’rsatilgan.
Harflarning ismlari: Hamza, alif, bo, po, (forsiy) to, so, jim, chim (fors) xo, xo, dol, zol, ro, zo. jo, (fors) sin, chin, sod, zod, to, gayn, ayn, fo, kof, kof, gaf (forsiy) lom, mim, kun, vov, xo, lom, alif, yo.
Muallif ''Adibi avval»ning alifbe qismida har bir yangi harfning avvalo so’z boshida, keyin so’z o’rtasida va nixoyat, so’z oxirida kelishiga mos bo’lgan so’zlar topib, misollar yoz- gan. Masalan: T harfini tanitish va o`rgatish uchun ota, bot, tot, tob, va xokazo so’zlarni keltiradi. Bu yerda tot, so’zla- rida t harfining so’z boshida qo`llanishi ifoda etilsa, ota so’zida t harfining o’rtada qo’llanishiga misollar keltiriladi. Yana bunga n, sh, q va boshqa istalgan harflarni misol qilib olish mumkin. N harfini urgatish va uni tanitish uchun nota, non, ona, tona, bon, ton, nop va xokazo so’zlarni keltiradi. SH harfini tanitish uchun shodon, yashar, tosh, bosh, osh kabi so’zlarni keltirib o’tadi. Muallif K harfini tanitish maqsadida so’z boshida kelishiga misol qilib qozon, qor: so’z o’rtasida keladigan soqol, boqar; so’z oxirida keluvchi oq, choq va xokazo so’zlarni tanlaydi.
Quyida kitobda keltirilgan harflarga misollardan ba’zi- larini aynan keltiramiz. Kitobning 3-betida keltirilgan quyidagi harflarga misollar berilgan: ro, re, or, bor, dor, yor, nor, tor, kar, ora, bora, yora, doro, tara, pora, yo- rar, borar, torar, otar, totar, yotar, yonar, zo, ze, oz, boz, yoz, noz, zod, zon, zoy, ozar, bozor, yozar, oraz, ozod, yozay, tarab, yorat, so, sin, os, noy, pos, boy, soz, son, sot, osay, yosar, sotar, nosoz, oson, sanab, yasab, bosay, sotayt sanay,
Muallif harflarni yuqoridagi tarzda tanishtira borib, keyin bosh harflar yozilishini ham alohida ko’rsatadi. Shu tarzda «ng» yozilishini tushuntiradi va unga misollar keltiriladi. Masalan: zang, jang, gang, lang va xokazo so’zlar keltira­di. « Oxirgi harflar» sarlavxasi ostida berilgan misollarda harflarning oxirida yozilishiga misollar keltiriladi. Muallif fikricha, «Harflar kalima oxirida kelsalar, «oxirgi harf « atalub, bu ravishda yozilur». Bunga quyidagicha misollar yozilgan:
Ta’b, biz, til, Sobirjon. Tolib, Obid, Nosir, Sakich, olim, Sokit, ochiq, ran ham keltirilgan: Bolalar, yozuvlaringizni turri yozingiz, kurkam bulur.
Darslikdagi O’rta harflar sarlavxasi ostida ham yuqoridagi kabi misollar keltiriladi. Sarlavxadan keyin shunday yozil­gan «Kalima o’rtasida yoziladurgon harflar O’rta harflar atalub shu ravishda yozilurlar». Bunga quyidagicha misollar kelti­riladi»: kitob, chinora, tez, bet, kech, kel, ketdingiz, tegdingiz, ko’rganimni birin-birin aytdim, endi uxla, bolam deb chiqib ketdilar, so`ngra uxladim». Ko’rinayaptiki, muallif o’rtada katnashadigan harflarga misollar keltirish borasida avval kichiq so’zlardan, keyin kuprok harflar katnashgan shu so’zlardan foydalanib, kunikma xosil qiladi.
Muallif arab alifbosiga xos bo’lgan belgi-alomatlarni ham birma-bir tushuntiradi va unga misollar keltiradi. Ular bir belgini tushuntirishda eng avvalo belgining qoidasi, keyin un­ga so’z orqali misollar keltiriladi. Ba’zi belgilarni tushun­tirishda kichik-kichik hikoya yoki matn beriladi, Jumladan,»fatxa» va «sukunlik»kalimalari sarlavxasi ostida arab alifbosiga xos bo’lgan sukun alomati tushuntiriladi: «Sukun alomati»sukunlik harflar o’zlaridan avvalgi harflarga qushilib, harakatsiz o’qilurlar». Muallif bunga quyidagi misollarni keltiradi: xak, kam, kalam, malak, agar, A’zam, Akbar, Zaynab, Mashrab va xokazo.
SHu bugin belgisini ifodalash uchun «Xasan», «Maktab.» sarlavxali kichik matn beriladi. Masalan: Maktab nomli matn quyidagicha:
Maktab kub yaxshi joydur, bolalarning har-xil ilmu-adab o’rganado’rgan joylari maktabdur, shuning uchun maktabda o’qigan bolalarning hammalari odoblik bulurlar. Ota-onalarning so’zlaridan aslo chiqmaslar, Kuchalarda ko’ringan kishilarga sa­lom berurlar, utirgan bo’lsalar, o’rinlaridan tururlar, maktabda o’qimagan bolalar odobsiz bulurlar, har kim ila urushib, sukunib ota-onalaridan va boshqa kishilardan ham yomon so’zlar eshiturlar, hammaning ko’ziga ham yomon ko’rinurlar, kiyimlari ham yirtiq va iflos bo`lur».
Darslikning «zammalik harflar», «tashdidlik harflar», «hamza», belgi-alomatlari ham birin-ketin, asta-sekin tushuntiriladi. Bundan keyin darslikda berilgan ma’lumotlar ham birdan matn bilan boshlanmaydi. Bu yerda inson, hayvonot, tabiat, osmon va boshqa ijtimoiy hayotdagi mavjud eng kerakli narsalar nomma-nom sanalib, sarlavxa ostida beriladi. Masa­lan, «A’zolar», “Turt yokli xayvonlar” “Kanotli xayvonlar”, «Daraxtlar», «Erdagi narsalar», «Osmondagi narsalar», «Zamonlar», «Maktabdagi narsalar», «Kiyimlar», «Islom shaharlar», «Islom sinflari», «Diniy kalimalar», «Allox taologa itoat», «Ota-onaga itoat», «Ukumok», «O`qigan kishi», «O`qimagan kishi», «Xikoyalar», «Axmad ila Kodir» «Yolgonchilik jazosi», «Baxillik jazosi» kabi matn va xikoyalar keltiriladi. Avvalo muallif har bir narsani nomlar bilan atab bolalarning nutqini o`stirish uchun quyidagi inson a’zolarini sanab o’tadi: «Bosh, soch, peshona, xosh, ko’z, kiprik, burun, til, tish, tanglay, kulox, dimog, chakka, jar, puna, gardan, tamox. buyin, xultik, tirsak, xul, tirnok, bilak, kukrak, Qorin, kindik, yonbosh, son, tizza, ilik, oyoq, ko’z ko’rsa, xul tutsa, o’qimox, yozmok, bir til burun, ikki eshitib bir so’zla degani-dur».
Boshqa yuqorida keltirilgan sarlavxa ostidagi so’zlarning har biri bolalarning turli narsalardan xabardor bo’lishiga qaratilgan. Agarda «A’zolar»sarlavxasida insonga oid narsalar to’g’risida aytilsa, “Qanotlik xayvonlarsarlavxasi ostida berilgan so’zlarda xayvonlarning turlari to’g’risida fikr yuritiladi. Osmondagi narsalar nomli sarlavxa ostida berilgan so’zlarda osmon jismlari to’g’risida fikr yuritiladi. Shu tariqa o’quvchilarning bilim saviyasi va nutq doirasini oshirish maqsadida muallif inson xabtidagi muhim jihatlar to’g’risida misol­lar keltiradi. Masalan: «Islom shaharlari isarlavxasi ostida quyidagi shaharlar sanab o`tiladi:
«Makka, Malina, Jidda, Istambul, Rum, SHom, Bordod, Fors, Xindiston, Eroniston, Turon, Tabriz, Kobil, Afgoniston. Balx, Boku, Marv, Buxoro, Turkiston, Samarkand, Toshkent, XUkand, Xujand, Marrilon, Andijon, Namangan, CHuet, Ush, Koshgar, Yorkent, Jizzax, CHimkand, Avliyo ota, Marki, tukmok, Okmasjid, Xazali, Urunburr, Ufa, Kozon, Krim, Bog`chasaroy, Musulmonlarning kiblalari bo’lgan Baytullillox, Makkai Mukarrama shahridadur. Payg’ambarimiz Muhammad Alayxissalomning kabr shariflari Madinai Munavvara shahridadur. Shul sababli Makka ila Madina biz musulmonlar uchun eng muborak sanalgan shaharlardur».
Darslikda har bir berilgan sarlavxa ostida harflarning nomlanishi va matnlarga tartib sonlari quyib chiqilgan. Bu Quyilgan tartib sonlarining hammasi 105 tadan iborat. Yetmish beshinchi tartib sonidan sakson sakkizinchi tartib soni oralarida Quyilgan sarlavxalarda inson xayotiga kerak bo’lgan narsalarning faqat nomlari sanaladi. Sakson sakkizinchi tar­tib sonidan to`qson yettinchi tartib sonigacha “Diniy Kalimalar” «Allox taologa itoat, “Ota-onalarga itoat”, «O’qigan kishi», «O’qimagan kishi», «Xikoyalar», «Axmad ila Kodir», «Yolgonchilik jazosi». «Baxillik jazosi» sarlavxalari ostida matnlar berilgan. Mana shu matnlar hammasi axloqiy-tarbiyaviy tomonga qaratilgan. Agar sakson sakkizinchi tartib sonigacha bolalarning nutqini ustirish uchun narsalarning nomlari sanab o`tilgan bo’lsa, sakson sakkizinchi tartib sonidan ,boshlangan matnlarda ma’lum bir kichik matn ostida o’quvchiga tushuncha beriladi. Masalan, «Ota-onaga itoat» matnida shunday so’zlar bor: «Ota-onaga va xeshu-akrabolarga ham itoat qilib, ularni yaxshi kurmak va ularga ham o’zini yaxshi kurdurmak kerakdur, har bola ota-onasini so’zlarini va nasixatlarini ko`ngliga olib, ko’rsatgan yo’llaridan chixmasdan, o`qimok, yozmoqga kup harakat qilsa, ota-onasiga itoat kilgoni va ularni o’zidan rozi kilgoni bo`lur. Shunday bolani hamma odamlar yaxshi kurarlar».
Mana shu sarlavxa ostida berilgan matnlar kitobning ikkinchi qismini tashkil qiladi. Bunda alifboni o’rgangan va jumla tuzishni bilgan bolalar shu kichiq matnlar orkali tarbiyaviy va axloqiy ko`nikma xosil qila borganlar. Ular o’qishning ma’nosini o’zlashtirib yaxshilik va yomonlik haqida, qisqa bo’lsa ham, ma’lumot olishgan. Agar «Yolg‘onchilik jazosi», «Baxillik jazosi», matnlarida yolgonchilik va baxillikning nima ekanligi bola tarbiyasi bilan boglab tushuntirilsa,»O`qigan kishi», «O’qimagan kishi» matnlarida berilgan hikoyalarda o`qigan va o’qimagan bola qanday bo’lishi tushuntiriladi. Jumladan, «o‘qumagan kishi»sarlavxali hikoyada quyidagi fikrlar bildirilgan:
«O’qumagan kishini joxil va nodon derlar, joxil va nodon kishini xudo xoshida ham, xalq koshida ham e’tibori bulmas, so’ziga hech kim xulok solmas, bir kitob yo bir gazetani qo’liga olsa, ichidagi turli-turli so’zlar. yaxshi xabarlardan hech birini o’qiy olmas. Har kancha tiqilsa ham ko’ziga qora-qora chiziqlardan boshqa narsa ko’rinmas, oxirida dikkat bo’lib, ox yesh- ligimda o’qisam bularkan deb pushaymon qilur. Ey ug‘lonlarim, siz ham shu vaqtdan jonu-dilingiz ila o’qishga yopishmasangiz, dunyo va oxiratning izzat va sharofatidan quruk qolib, odamlar orasida joxil va nodon nom kutarursiz».
Darslikning uchunchi kismiga quyidagi jixatlarni kiritishimiz mumkin. Bunda muallif insonning yaratilishi, jamiyat va sha­riat qoidalari, kunlar, oylar ularning arabcha, ruscha. rumcha nomlanish, fasllar xakida, xijriy tarix va melodiy tarix xakida, jug’rofiya fani to’g’risida, islom dini qonun-qoidalarida shart va farzlar to’g’risida, o’quv chilar nutqi va saviyasini ustirish maqsadida savol-javob tariqasida foydali ma’lumotlar berilgan.6
Ko’rinayaptiki, muallif o’quvchilarga o’zi yashayotgan kun va oy hamda yillar to’g’risida dastlabki tushunchalarni bera boshlaydi. Keyingi har bir savol-javob ham o’quv chi o’rganishi zarur bo’lgan ma’lumotlar beriladi Bu ma’lumotlar bugungi kun o’quvchisi uchun ham voqealikni tushunishda ahamiyatga ega.
Darslikning keyingi tartib raqamli savol-javoblarida ham turli fan va amaliyotga oid ma’lumotlar berilgan,
Kitobda savol-javoblardan keyin « Kalimai shaxodat» , «Iymon», « Duo», « Ruzaning arabcha niyati'1 va boshqa sarlavxalar ostida shariatga oid kichik kalimalar keltirilgan.
Kitobning eng qimmatli tomoni yana shundan iboratki, « Sababi tarbiyat», « Tartibi ta’lim « sarlavxalari ostida kitob­ning so`nggi kismida muallif o’z maktabining tarbiyasi, tarti­bi, ta’limi to’g’risida fikr yuritadi.
Munavvarqori Abdurashidxonov «Sababi tarbiyat» sarlavxasi ostida Tur­kiston o‘lkasida bolalarga o’quv va yozuvni o‘rgatishda usuli jadidning foydali tomoni haqida fikr yuritadi. U usuli qadim va usuli savtiyani solishtiradi. Yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar yo’qligidan kuyunib so’zlaydi. Turkistondagi Istambul, Misr, Kozon va boshqa musulmon ulkalaridan muallimlar kelib, maktab ochish uchun amaliy harakatlar qilganligini alohida ta’kidlaydi.

Download 83,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish