Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini oshirish yo`llari. Reja: Kirish


-chizma. O'zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yo'nalishlari4



Download 114,47 Kb.
bet3/10
Sana20.06.2022
Hajmi114,47 Kb.
#683575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini o (1)

-chizma. O'zbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yo'nalishlari4

2. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalarning o'rni va roli
Investitsiyalarni jalb qilish barcha davlatlar uchun muhim vazifa bo'lib hisoblanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tashkil etish, rivojlanishning strategik dasturlarini amalga oshirish, yangi bozorlarni egallash qo'shimcha mablag' qo'yilmalari talab etadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jixozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish xal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalambor aholi bandligi va daromadlarini oshirish kabi muhim ijtimoiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shu boisdan ham xorijiy investitsiyalarni faol jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag'batlantirish va zarur sharoitlarni yaratib berish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, etakchi tarmoqlarda chet el investorlari ishtirokini kengaytirlmay turib iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jixozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi iqtisodiy imkoniyatlarning kengayishini jadallashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va zaxiralarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyalarni o'zlashtirish orqali baqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun xizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyotni jadal rivojlantirish keng miqyosdagi investitsiyalarni talab etadi. Investitsiyalar xar qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini ta'minlovchi omil bo'lib, barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanib milliy iqtisodiyotga jalb etiladigan investitsiyalar hajmini oshirish talab etiladi.
“Investitsiyalar” iborasi O'zbekistonda bozor islohotlari yillarida keng qo'llanila boshlandi.
O'zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to'g'risida”gi Qonunida investitsiyalarga quyidagi ta'rif berilgan: “Investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob'ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne'matlar hamda ularga doir huquqlar”dir5.
O'z mamlakatida kapital qo'yilmalari faqatgina daromad olish maqsadida emas, balki jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ham kiritiladi.
“Investitsiyalar” va “kapital qo'yilmalari” ma'nosi bo'yicha bir-biriga yaqin so'zlar bo'lib, ba'zi mualliflar ularni sinonimlar deb hsoblaydilar .
Investitsiya faoliyati – bu daromad olish va foydali samaraga erishish maqsadida maqlag'larni qo'yish (investitsiyalash) va amaliy haddi-harakatni amalga oshirishdir.
O'zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to'g'risida”gi Qonunida ta'kidlanishicha “Investitsiya faoliyati – investitsiya faoliyati sub'ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog'liq harakatlar majmui”dir6.
Investitsiya faoliyatiga investitsiyalash – qurilish jarayonlari kiradi. Ularsiz asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishni (yangi qurilish, texnik qayta jixozlash, korxonalarni kengaytirish, quvvatlarni oshirish) tasavvur qilib bo'lmaydi.
Investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud:

  • Davlat byudjeti, davlat moliyaviy mablag'lari hisobiga tashkil topadigan davlat investitsiyalari;

  • Chet el investitsiyalari, boshqa davlatlar chet el banklari, kompaniyalari, tadbirkorlari tomonidan yo'naltiriladigan xorijiy investitsiyalar;

  • Xususiy, korporativ korxonalar va tashkilotlar, fuqarolarinng o'z mablag'lari va boshqa manbalar hisobiga tashkil topadigan xususiy investitsiyalar.

Investitsiya faoliyati turli manbalar hisobiga moliyalashtiriladi va ularning amaldagi tarkibi turli iqtisodiy jarayonlarga bog'liqdir. Bugungi kunda respublikamizda investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning muhim manbalari bo'lib byudjet mablag'lari, korxonalar mablag'lari, aholining bo'sh pul mablag'lari, banklarning kreditlari, chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mablag'lari himoblanadi. Hozirgi davrda investitsiyalarni moliyalashtirishning xususiy va nobyudjet manbalariga alohida e'tibor berilmoqda.
Mamlakatimizda investorlar uchun ko'p jixatdan beqiyos, o'ta qulay investitsion muhit, imtiyoz va proferentsiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hijmi yildan yilga ortib bormoqda.
O'zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to'g'risida”gi Qonunida investitsiyalar mo'ljallangan ob'ektiga ko'ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo'lingan. Kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakillarini rivojlantirishga qo'shiladigan investitsiyalar, innovatsiya investitsiyalari jumlasiga texnik va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqarish va o'zlashtirishga qo'shiladigan investitsiyalar, ijtimoiy investitsiyalar jimlasiga esa inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne'matlarning boshqa shakillarini rivojlantirishga qo'shiladigan investitsiyalar kiritilgan7.
I
Инвестициялар
nvestitsilardan foydalanish yo'nalishlarini quyidagicha ifodalash mumkin



Ишлаб чиқаришни ташкил этиш, кенгайтириш ва модерниязациялаш.

Ишлаб чиқариш инфратузилмасини ташкил қилиш ва ривожлантириш.

Ижтимоий соҳани шакиллантириш ва ривожлантириш.

Товарлар ва хом ашёлар захираларини ташкил қилиш.

Ижтимоий инфратузилмани ташкил қилиш ва ривожлантириш

Бозор инфратузилмасини ташкил қилиш ва ривожлантириш

Кадрлар таёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш.

Фанни ривожлантириш, илмий-тадқиқот ишларини о либ бориш.



Download 114,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish