Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi



Download 26,42 Kb.
bet4/4
Sana07.09.2021
Hajmi26,42 Kb.
#167364
1   2   3   4
Bog'liq
sem1 Allambergenov Sanjar sem1 tarix

1991-yil avgust voqealari.

1991 yilning 19 avgustidagi GKChP matbuot anjumanida. Qisqa qilib aytganda, 8 kishidan iborat guruh mamlakatni o‘z qo‘liga olganini e'lon qiladi. Gorbachyov esa GKChP ma'lum qilganidek, salomatligi yomonlashgani sabab emas, favqulodda holat e'lon qilganlar tashqi dunyodan uzib qo‘ygani sabab prezidentlik vazifasini bajara olmay qoladi. Bu bayonotni eshitganlarning aksari ahvol chindan ham shu 8 kishi aytganidek ekaniga ishongan bo‘lishi mumkin, ammo bu ochiqchasiga davlat to‘ntarishi ekanini tushunganlar ham oz bo‘lmagan.

Ko‘p o‘tmay GKChP mamlakatda SSSRni qulatish uchun paydo bo‘lgan «g‘araz niyatli kuchlar» paydo bo‘lganidan ogohlantiradi. Mamlakat hududidagi GKChP manfaatiga xizmat qilmaydigan barcha nashrlar vaqtincha faoliyatini to‘xtatadi. Ishlayotgan boshqa nashrlar ham qattiq senzuraga olinadi, kompartiyadan boshqa qolgan barcha partiyalar faoliyati to‘xtatiladi. GKChP mamlakat nazoratini qo‘lga olishni poytaxt Moskvadan boshlaydi. Mudofaa vaziri Yazov boshchiligidagi 4 ming piyoda askar 19 avgust tongidan Moskva ko‘chalarini egallashga kirishadi. Askarlardan tashqari 279ta jangovar mashina, 148ta zirhli transport, 362ta tank shahar ko‘chalarida harakatlanishni boshlaydi.

Yelsin va tarafdorlarining 19 avgust kuni tank ustidagi chiqishini butun dunyo kuzatdi

Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti Boris Yelsin bo‘lib turgan Arxangelskdagi dala hovli KGB raisi Kryuchkovga bo‘ysunuvchi «Alfa» maxsus guruhi tomonidan egallab olinadi. GKChPning rejalaridan oldindan xabardor bo‘lgani bois tashkilot o‘z harakatlariga Rossiyada katta obro‘ga ega bo‘lib ulgurgan Yelsin xalaqit berishidan qo‘rqadi. Ammo «Alfa» qo‘mondoniga Yelsinning binodan chiqishiga qarshilik ko‘rsatmaslik buyrug‘i beriladi. Oqibatda shahar ko‘chalariga chiqqan Yelsin isyonchilarning tanklaridan biriga chiqib odamlarga murojaat qiladi.

Nutqi davomida Yelsin GKChPning harakatlarini konstitutsiyaga zid deb ataydi va sodir bo‘layotgan voqealar davlat to‘ntarishidan boshqa narsa emasligini ma'lum qiladi. U vaqtda siyosiy karerasining eng yuqori cho‘qqisiga yaqinlashgan Yelsinning qat'iy chiqishlari sabab isyonchilar orasida ham uning tarafdorlari paydo bo‘ladi. Sergey Yevdokimov qo‘mondonligidagi Taman diviziyasining tank qo‘shinlari Yelsin tomonga o‘tib o‘nlab tanklar Rossiya prezidenti bo‘lib turgan Oq uy himoyasi uchun joylashadi.

19 avgust kuni kechga borib GKChP kengashi yana televideniye orqali chiqish qiladi. Ammo bu chiqish birinchisi kabi ishonchli bo‘lmaydi. Yanayevning efir vaqtida qo‘li qaltiraydi. Kengash Gorbachyovning demokratik islohotlari davom ettirilajagini ma'lum qiladi. Ammo o‘sha kuni kechasi «Birinchi kanal»da Boris Yelsinning bayonoti efirga chiqadi. Unda Rossiya prezidenti Boris Yelsin GKChPni isyonchilar deb ataydi. Bu esa televideniye va umuman butun mamlakatdagi nazorat Yelsinning qo‘liga o‘tayotganini anglatardi. Yelsin odamlarni maydonlarga chiqib isyonchilarni to‘xtatishga chorlaydi.

Muxolifat odamlarni ko‘chalarga chiqarishi muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Bu GKChP mag‘lubiyatiga olib keldi.

Yelsinning murojaatidan keyin Moskvada 200 mingdan ortiq, Peterburgda 400 mingdan ortiq odam markaziy maydonlarga chiqib GKChPga qarshi namoyishlarda qatnashadi. 20 avgustdan 21 avgustga o‘tar kechasi Moskvada GKChPga bo‘ysunuvchi askarlar hamda Oq uy himoyasidagi ko‘ngillilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ladi. Oqibatda Oq uy himoyasidagi uch fuqaro halok bo‘ladi. GKChP e'lon qilingan vaqtda go‘yoki ko‘p qon to‘kiladigandek ko‘ringandi, ammo o‘sha uch kundagi barcha qurbon mana shu uch kishi bo‘ladi.

21 avgust tongida SSSR mudofaa vaziri Yazov Moskvadagi barcha qo‘shin va texnikalarni shahardan olib chiqishga buyruq beradi. Bu GKChP tugagani va amalda SSSRni saqlab qolish imkonsiz ekanini ko‘rsatardi. 21 avgust tongida SSSR prezidenti vazifasini bajaruvchi Yanayev topshirig‘i bilan GKChP vakillari Gorbachyov tashqi dunyodan uzilgan holda saqlanayotgan Farosdagi dala hovliga boradi.

Gorbachyov GKChP vakillari bilan muzokara o‘tkazishni xohlamaydi va ularni qabul qilmaydi. 21 avgust kuni kechki vaqtda esa Yanayev GKChP tugatilganini e'lon qiladi. O‘sha kuni tunda Gorbachyov Moskvaga qaytadi. U bilan Farosdan Moskvaga birga uchgan Yazov, Kryuchkov va Tizyakov kabi GKChP a'zolari samolyot poytaxtga qo‘nishi bilan qo‘lga olinadi. GKChPning barcha a'zolari vatanga xiyonat aybi bilan qamaladi. Faqat ichki ishlar vaziri Boris Pugo qo‘lga olinmaydi, chunki u o‘z joniga qasd qilgandi (o‘zini otib tashlaydi).

Shu tariqa, SSSRni saqlab qolish uchun tuzilgan GKChP 3 kun o‘tib barbod bo‘ladi. Bu voqealardan 4 oy o‘tgach esa SSSR tarqatilgani rasman e'lon qilinadi. Chunki 1991 yil oxiriga borib Rossiya barcha mustamlakalaridan mahrum bo‘lib ulgurgandi. GKChPgacha Latviya, Litva, Estoniya hamda Gruziya SSSRdan mustaqil bo‘lganini e'lon qilib ulgurgandi. Favqulodda holat sodir bo‘lganidan keyin 1991 yilning avgust oyida yana 6ta respublika — O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Ukraina, Armaniston va Ozarboyjon mustaqillik e'lon qiladi. Eng oxirgi bo‘lib 16 dekabr kuni Qozog‘iston SSSRni tark etadi. Shu tariqa, 14ta mamlakatni zulm bilan o‘z tasarrufida ushlab turgan imperiya qulaydi!

Zulm va zo‘ravonlik asosiga qurilgan SSSRni saqlab qolish uchun uyushtirilgan GKChP asoschilarining barchasi 1994 yilda amnistiyaga tushib, ozod qilinadi. Bu voqealardan 28 yil o‘tganidan keyin ham odamlar aslida nima bo‘lgani haqida mulohaza qilishadi. Kimdir buni muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishiga urinish desa, kimdir bu SSSR parchalanishini tezlashtirish uchun tuzilgan o‘yin deydi. Xo‘sh, aslida nima bo‘lgandi?

«Isyon muvaffaqiyatli yakunlanmaydi, aks holda uni isyon deb atashmaydi»

Angliyalik shoirlardan biri isyon haqida tagsarlavhada berilgan fikrni juda topib aytgan. Chindan agar isyon muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, uning sodir bo‘lganini hech kim bilmay qoladi. Chinakam muvaffaqiyatli isyonda hukumatdagi o‘zgarishlar mayin tabassum bilan e'lon qilinadi. Nima bo‘lganini faqat «ichkaridagilar» bilishadi. Agar isyon o‘xshamasagina, u bostirganlar tomonidan isyon deb e'lon qilinadi.

Masalan, GKChP vakillaridan biri sobiq SSSR Oliy kengashi raisi Anatoliy Lukyanov 1991 yil avgustidagi voqealar haqida shunday deydi: «GKChP nima bo‘lgani haqida hamon tortishuvlar bor. Bu isyonmi, kelishuvmi yoki davlat to‘ntarishimidi deb hamon tortishish mumkin. Agar bu kelishuv bo‘lsa, kimga qarshi kelishuv edi? Agar bu isyon deydigan bo‘lsak, davlatning barcha oliy organlari saqlanib qoldi-ku? Demak bu davlat to‘ntarishi ham emas. GKChP bu — SSSRni qutqarib qolish uchun amalga oshirilgan muvaffaqiyatsiz urinish edi, xolos».

GKChP raisi Gennadiy Yanayev bu haqda shunday deydi: «Men hech qachon davlat to‘ntarishi qilganimni tan olmayman. Bu bo‘lmagan gap. Men va sheriklarimning qilgan harakatlarini tushunishni xohlagan odam 1991 yil avgustida SSSR qanday holatga tushib qolganini tanasida his qilgan bo‘lishi kerak. U vaqtda mamlakat juda og‘ir ahvolga tushib qolgan va taxt uchun kurash avj olgandi».

SSSRning sobiq bosh vaziri Valentin Pavlovning aytishicha, o‘sha vaqtda GKChP vakillarida davlat to‘ntarishini amalga oshirish uchun barcha imkoniyat bo‘lgan, ammo ularning maqsadi to‘ntarish bo‘lmagan: «Sizningcha, bizda davlat to‘ntarishi qilish imkoni bo‘lmaganmi? Kechirasiz, lekin imkoniyat keragidan ortiq bo‘lgan. Biz har qanday rahbarni hech kim shubhalanmaydigan yerda ushlashimiz mumkin edi. Ammo biz davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi emasdik».



Xulosa

Uzoq yil 14ta mamlakatni o‘z tasarrufida ushlab turib, ularni o‘zi xohlagan yo‘lga boshlagan imperiya qanaqasiga yo‘qolib ketgani hamon muhokama qilinadi. Vaziyatga real baho beradigan bo‘lsak, o‘sha vaqtda SSSRni saqlab qolishning imkoni yo‘q edi. Chunki imperiyaning sillasi qurigan, mamlakat iqtisodiy tang ahvolga kelib qolgandi. AQSh bilan mantiqsiz musobaqalashish, to‘g‘rirog‘i musobaqalashishga urinish ittifoqni xarob qilgandi. Odamlar faqat tirikchilik uchun yashashdan, partiya uchun ishlash, o‘z orzu umidlarini partiya uchun, SSSR uchun qurbon qilishdan charchagandi. Butun dunyo katta tezlikda rivojlanayotgan, ko‘p ishlagan odam boy bo‘layotgan davrda ham SSSR o‘zini oxir-oqibat halokatga olib borgan sotsializm g‘oyasiga qaysarlarcha tirmashib olgandi. Odamlar har qancha mehnat qilsa ham, faqat tirikchilik qila olar va bu fuqarolarda mamlakatdan, uning siyosatidan zada bo‘lish kayfiyatini paydo qilgandi.
Download 26,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish