Ilm ziyo zakovat



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/212
Sana01.06.2023
Hajmi5,01 Kb.
#947634
TuriУчебник
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   212
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

Taklif inflyatsiyasi
 
bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar 
taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan 
paydo bo‛ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo‛lmasa ham tovarlarning 
baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish 
kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy 
sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o‛sishi hisoblanadi. Bunda 
nominal ish haqi, xomashyo va yoqilg‛i narxlarining oshishi natijasida ishlab 
chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining 
buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab 
chiqarish omillari bahosining keskin ko‛payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi 
olimlarning fikriga ko‛ra, taklif inflyatsiyasi o‛z-o‛zini cheklaydi. Ishlab 
chiqarishning pasayishi xarajatlarning qo‛shimcha o‛sishini cheklaydi, chunki 
ishsizlikning o‛sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. 
Talab inflyatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko‛rish zarur 
bo‛ladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo‛lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning 
haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi 
vaziyat sodir bo‛ladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan 
o‛sishi aholi qo‛lidagi pulning taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan 
oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini 
pasaytiradi, bir miqdordagi pulga joriy yilda o‛tgan yildagiga nisbatan aholi 
kamroq mahsulot sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Misol 
uchun, joriy yilda aholining nominal daromadlari 30% ga ko‛paygan, narxlar 
darajasi 50% ga oshgan bo‛lsa, unda aholining real daromadlari 20% ga 
kamaygan bo‛ladi. Chunki, narxlarning o‛sishi aholi pul daromadlarining 
o‛sishidan yuqori bo‛lgan (30% - 50%q- 20%).
Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki 
kutilmayotganiga ham bog‛liq. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish