Ilmiy tadqiqot haqida umumiy tushuncha



Download 34,17 Kb.
bet1/7
Sana16.01.2022
Hajmi34,17 Kb.
#372904
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ilmiy tadqiqot haqida umumiy tushunc



ILMIY TADQIQOT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
1.Tadqiqot va falsafa.

2.Zamonaviy tadqiqot va uning asosiy kontseptsiyasi.

3.Zamonaviy jamiyatda ilmiy tadqiqotni tutgan о‘rni.
Ilmiy ijod natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish mehnat samaradorligining oshishida, mahsulot tannarxining arzonlashishida, uning sifati va raqobatbardoshligini o’sishida, ekspluatatsiya ko’rsatkichlarining yaxshilanishida va h. k.larda aks etadi.

Ilmiy muvaffaqiyatlar bevosita oliy maktab rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Fan talabalarning bilimlariga, ularning ijodi rivojlanishiga, tegishli faoliyat sohasida oqilona yechimlarni topa bilish iqtidoriga yangi o’sib borayotgan talablarni qo’yadi. Mutaxassisdan ham eski, ham, avvalo, mutlaqo yangi vazifalarni qo’yish va ilmiy asosda hal eta bilishlikni talab qiladi.

Ijod - bu insonning sifat jihatidan yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratishga qaratilgan ruhiy va amaliy faoliyati. Inson o’z ijodi bilan mehnat qurollarini, mehnat vositalarini, mehnat predmetlarini, sanoat mahsulotlarini, qishloq mahsulotlarini, qurilish texnikasi materiallarini, o’simliklarning, hayvonlarning yangi turlarini, turar-joylarni, transport, aloqa, axborot vositalarini va boshqalarni yaratadi. U tabiiy muhit ichida «sun’iy muhitni» vujudga keltiradi. Keng ma’noda jamiyat ham insonning ijodiy mahsulidir. Hamma ijtimoiy hodisalar, munosabatlar, aloqalar, qadriyatlar inson tomonidan vujudga keltirilgan. Inson o’z ongli ijodi bilan badiiy asarlarni ham, san’atni ham, axloqiy munosabatlarni, qadriyatlarni, dinni, fanni ham yaratgan.

Ijodning ishlab chiqarish, texnik, ixtirochilik, ilmiy, siyosiy, tashkilotchilik, falsafiy, badiiy, afsonaviy, diniy, kundalik-turmush va boshqa turlari mavjud.

Ishlab chiqarish ijodi yangi moddiy boyliklarni yaratishga qaratilgan.

Ixtirochilik ijodi - bu insonning tabiat va jamiyat qonunlarini ochish, bilish va o’rganish asosida mashina, asbob-uskunalar, moslamalar, qurilmalar, inshootlar yaratishidir.

Tashkilotchilik ijod esa insonning jamiyatda kishilarni boshqarish, ularni uyushtirish, birlashtirish, ulug’ ishlarga boshlash va boshchilik qilish, xullas, bir butun jamiyat ishlarini tashkil qilish qobiliyatidir.

Badiiy ijod - insonning san’at va madaniyat sohalarida tabiat va jamiyat hodisalarini, insonning o’zini nafosat qonunlari va prinsiplari asosida badiiy ifodalash faoliyatidir.

Ilmiy ijod insonning tabiat, jamiyat va o’z tafakkurida amal qiladigan qonun va qonuniyatlarni kashf qilish, bilib olish bilan bog’liq bo’lgan yaratuvchilik faoliyatidir. Ilmiy ijodga muammoni yechish yo’lini topishdangina iborat qilib qo’yadigan qarashlar ham bor. Ammo bunda ijodiy jarayonning boshlanishi, uni avj oldirishning boshlanishi hisobga olinmagan. Ehtiyojlarni anglab yetish, muammoni qo’yish va uni ifodalash -muammoni hal qilishni izlash jarayonining boshlang’ich nuqtalari, asoslaridir. Konkret muammoli vaziyatni aniqlash, qo’yish, tadqiqotning maqsadini belgilash bilan muammo natijani olishga qaratilgan murakkab harakatning butun ijodiy jarayoniga qaratadi. Ijodiy jarayonning markaziy nuqtasi bo’lgan ideallik muammoning bevosita ta’siri natijasida paydo bo’ladi va sub’ektning muayyan ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga keladi.

Ilmiy ijodning bir necha bosqichlari bor. Xususan, D.Makkinen ilmiy ijodning quyidagi 5 ta bosqichi bor deb hisoblaydi:

1. Muammoni aniq ta’riflash uchun bilimlar to’plash, mahorat, malakalar hosil qilish;

2.. «Kuch to’plash» bosqichi, bu bosqichda ba’zan muammo hal qilinadi, ba’zan charchashga, hafsalani pir bo’lishiga olib keladi;

3. Muammo bilan shug’ullanmay qo’yiladi, boshqa narsalar bilan mashg’ul bo’la boshlanadi; bu bosqich inkubatsiya (yashirin) davri deb ataladi.


  1. Birdaniga «esiga (aqliga) kelish, fikrning ravshanlanishi yoki «insoniyat»;

  2. Verifikatsiya (ishonch bilan hal qilish).

A.M.Seleznyov fikricha, ijodiy jarayonda quyidagi bosqichlar bo’ladi:

1. Ilmiy muammoni aniqlash, tadqiqot mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilash;

2. Informatsiya (axborot) to’plash, tadqiqot metodologiyasini tanlash;

3. Ilmiy muammoni hal qilish yo’llarini qidirish, yangi ilmiy g’oyalarni ilgari surish;

4. Ilmiy kashfiyot, ilmiy g’oyaning «tug’ilishi», olim tomonidan kashf etilgan hodisaning ideal modelini vujudga keltirilishi;

5. Qo’lga kiritilgan ilmiy ma’lumotlarni mantiqan aniq, izchil tizimga solinishi.

Kanadalik olim I.Teylor fikricha ilmiy ijod jarayonining quyidagi bosqichlari bor:

1. Muammoni aniqlash;

2. Muammoni istafora (istixora, kinoya, majoz), analogiya,
«reversirovaniya» (fikrlash yo’nalishini o’zgartirishga imkon beradigan
vosita) orqali bir holatdan boshqa holatga o’zgartirish;

3. Ijodning natijalarini joriy qilish, ulardan foydalanish, ya’ni tashqi muhitning muayyan qismini o’zgartirish.

Ilmiy ijodni rag’batlantirish samarali bo’ladi. Bu haqda ham turli qarashlar bor. Masalan, A.Osborn ilmiy ijodni rag’batlantirish uchun material to’plash, ularni umumlashtirish, turlarga ajratish, nihoyat, ularni fikrga ko’chirib, fikrni prizmadan o’tkazib, qayta ishlab chiqish (yozuvchi); yoki o’nlab, yuzlab, minglab tajribalar qilish, kuzatish va tajribalar o’tkazish (tadqiqotchi); olingan va to’plangan ma’lumotlarni fikr laboratoriyasida qayta ishlab chiqish (olim) va shular talab qilinadi. Bular bir lahzalik, faqat ilhom kelgan qisqa vaqt ichida bajariladigan ishlar emas, aksincha, ular ijodkordan katta jasorat va zo’r iroda talab qiladi. Ba’zan yirik kashfiyotlar nisbatan qisqa muddatda qilinishi mumkin. Lekin, ular ijodkor miyasida uzoq vaqt davomida yetilib, "pishib" boradi. Ijod bilan shug’ullangan ko’pchilik ijodkor kishilar o’z ijodiy muvaffaqiyatlarini baholashganda, o’zlarining mehnatsevarligi va ishchanliklarini birinchi o’ringa qo’yganlar. Masalan, bir qancha kashfiyot va ixtirolar muallifi Tomas Alva Edison o’z ijodiy muvaffaqiyatlarini baholar ekan, ijodning 1 foizi geniallik bo’lsa, 99 foizi mehnat-qattiq ter to’kib ishlashdir, degan edi.

Mehnatsevarlik va ishchanlik hamma buyuk ijodkorlarga xos ahloqiy sifatlar bo’lib, ular kishilar ijodiy qobiliyatini taraqqiy ettirish uchun o’ziga nisbatan yuqori darajada talabchan bo’lishi va o’z faoliyatini doimo tanqidiy baholab borishi muhim fazilat hisoblanadi. Tom ma’noda ijodkorlar o’z iste’dodining ko’p qirraligi bilan ajralib turadilar.

Ijodiy qobiliyatni faollashtiruvchi, uning ro’yobga chiqishi uchun eng qulay sharoit yaratuvchi ijobiy emotsional holat - bu ilhomdir.

Ilhom - insonning aqliy-ijodiy faoliyatida yuz beradigai emotsional ruhiy holatdir. Ijodiy jarayonda ilhomlanishdan iborat bo’lgan emotsional ruhiy holat hamma vaqt ijodkor qobiliyati salohiyatini faol yaratuvchi kuchlarga aylanishiga yordam beradi. Ilhom deganda, ijodkor favqulodda katta ijodiy yaratuvchilik faoliyatini ro’yobga chiqarishi mumkin. Ilhom, aslida, ijodkorning barcha ma’naviy kuchlari va qobiliyatlari muayyan ijod ob’ektida batamom to’planganligi, kishining hissiy va ruhiy ko’tarinkiligini (ijod quvonchini, ijodiy tug’yonini, ijodiy ehtirosni) bildiradi. Ilhom har qanday ijodiy jarayondagi zaruriy ruhiy holatdir.

Ijod kishidagi barcha ruhiy kuchlarning zo’r berishini talab qiladi. Ijod bilan shug’ullanish, ijodiy ish bir lahzalik ish emas. Ijod bilan shug’ullanishni, biron yangilik yaratishni, odatda xalq igna bilan quduq qazishga qiyoslaydi. Ijod bilan shug’ullanishning o’ziga xos quvonchlari, tashvishlari, qiyinchiliklari va mashaqqatlari bo’ladi. Ijod ijodkordan uzoq davr muayyan tartibda biron soha yuzasidan zo’r berib mehnat qilishni, qunt bilan o’qib-o’rganib borishni, katta diqqat-e’tiborni, ulug’ jasorat va fidoiylikni, o’z ustida tinmay ishlashni, izlanishni talab qiladi. Bunda ijodkorga ijodiy faoliyatni nihoyasiga yetkazishda duch keladigan

qiyinchiliklarni yenga oladigan kuchli iroda, sabr-bardosh ham kerak bo’ladi. Har qanday sohadagi ijodiy faoliyat oldin juda ko’p xomaki ishlarni bajirishni talab qiladi.

Talant va geniallik ijodning muhim tomonlarini tashkil qiladi. Talant - bu kishining biror soha bo’yicha masalan, matematikaga, informatikaga, energetikaga, mexanikaga, rasm chizishga yoki sher yozishga, tillarni bilish va shu kabilarga nisbatan bo’lgan tabiiy iste’dodi, yuksak ijodiy qobiliyatidir. Eng yuksak iste’dodga ega bo’lgan talantli kishilar genial kishilar hisoblanadi. Geniylik yoki geniy - bu eng yuksak talant va aqlga ega, eng yuksak istedod sohibiga xos bo’lgan buyuk ijodiy qobiliyatdir. Sotsiologik tadqiqotlarga ko’ra, jamiyatdagi hamma kishilarning, taxminan, 2 foizi bir necha sohada birdaniga eng yuksak iste’dodli genial kishilar bo’lishar ekan. Talant va geniallikning muayyan jihatlari irsiy bo’lib, avloddan avlodga berilishi mumkin. Ammo ularning yuzaga chiqishi ham ijtimoiy taqozodan bo’lib, buning uchun qunt bilan o’z ustida muntazam shug’ullanishi, o’qib, o’rganishi, tinmay ishlab borishi lozim bo’ladi. Talant va geniallikning unsuri bo’lgan iste’dodning ilk kurtaklari muayyan shart-sharoit mavjud bo’lganda, kishining yoshligidayoq ko’rina boshlaydi. Bu narsa bolaning u yoki bu ishga qattiq qiziqishi, u yoki bu ishni bajarishga muayyan o’quv va qobiliyatining borligi, har xil ishlarni bajarishga mustaqil yondashishi kabilarda namoyon bo’ladi.

Ilmiy bilim tizimida ilmiy qonunlar muhim tarkibiy qism bo’lib hisoblanadi, bular tabiat, jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi ob’ektiv ichki bog’liqlikni aks ettiradi. Odatda ilmiy qonunlar umumiy tushunchalar, kategoriyalar jumlasiga kiradi. Olimlar ilmiy natijaga erishish vositasi sifatidagi faktik materiallarga yetarlicha ega bo’lmagan hollarda faraz (gipoteza)dan foydalanadilar. Faraz ilmiy taxmin bo’lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli ilmiy nazariya bo’lish uchun asoslanishi lozim.

Fan masalalarini hal qilish omili bo’lib, nazariyalar ishlab chiqish, borliq ob’ektiv qonunlarini ochish, ilmiy faktlarni aniqlash va hokazolar hisoblanadi. Bular ilmiy bilishning umumiy va maxsus usullaridir.

Umumiy usullar uch guruhga bo’linadi:


  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish