Ilmiy tadqiqot ishlarini metodologik asoslari



Download 26,08 Kb.
bet1/9
Sana17.07.2022
Hajmi26,08 Kb.
#817190
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ilmiy tadqiqot ishlarini metodologik (2)


ILMIY TADQIQOT ISHLARINI METODOLOGIK ASOSLARI

1.Ilmiy tadqiqot ishlarini metodologik asoslari va metodlari.


2.Ilmiy tadqiqot ishlarini umum va umum ilmiy metodlari.
3.Ilmiy tadqiqot ishlarini maxsus usullari
Ijod shakllarining xilma- xilligi
Avvalgi ma’ruzalarda insoniyatning ma’naviy madaniyatida ijodning rolini batafsil analizdan o’tkazib, biz ijodga ob’ektning mutlaqo yangi, ilgari ko’rilmagan holatini (yangi narsalar, hodisalar, jarayonlarni) vujudga keltiruvchi inson—inso­niyatning atrof olam bilan faol o’zaro ta’sirga kirishishi shakli deb ta’rif berdik.
Insonning ijodiy faolligi uning hayotiy faoliyatining rang- barang, ba’zan kutilmagan, bir qarashda jumboqli sohalarida namoyon bo’ladi.
Kundalik hayot, oddiy ong darajasida insonning ro’zg’orda, uyda, chorbog’da, dala hovlidagi ijodi haqida gapirishi o’rinli bo’ladi, zotan, inson bu yerda o’zining hayotiy faoliyati maydonini ijodiy o’zlashtiradi, o’zgartiradi, qayta tuzadi.
Ishlab chiqarishda, o’z mehnati predmetiga izchil ta’sir ko’rsatish borasidagi mehnat faoliyati jarayonida insonning ijodiy qobiliyati har -xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarishdagi ijod jarayoni xilma xildir. Masalan, sexda, zavodda yangi texnologik jarayon, yangi ishlab chiqarish siklini yaratish ijod, yangi mexanizmlar va mashinalarni loyihalash ham — ijod, yangi binolar, hatto shaharlar va posyolkalarni loyihalash, qurish bu ijodning qurilish va me’morchilikdagi ko’rinishlaridir.
Agar vrach bemorni davolashga o’ziga xos tarzda, tibbiyotning eng yangi yutuqlarini jalb etgan holda yondashgan bo’lsa, bu yerda tibbiyotdagi ijod haqida gapirish o’rinli bo’ladi. Ishchi, muhandis, konstruktor katta iqtisodiy samara beradigan, ishlab chiqarish unumdorligini oshiradigan ratsionalizatorlik taklifini kiritgan bo’lsa, bu yerda biz o’z kasbiga tom ma’noda ijo­diy yondashuvning guvohi bo’lamiz.
Qishloq xo’jalik ekinlarining yuqori hosil beradigan yangi navlarini, qoramol va parrandalarning mahsuldor zotlarini agrosanoat kompleksiga joriy etish—bu ham odamlarning qishloq xo’jaligidagi ijodidir.
Badiiy ijodning turlari juda xilma- xildir. Bastakorning ijodi— bu yangi musiqa qo’shiqlar, simfoniyalar, operalar va hokazolar yaratish demakdir. Yozuvchi, shoir, dramaturgning ijodi - bu talant bilan yozilgan qissalar, romanlar, hikoyalar, dostonlar, she’rlar, pesalardir. Rassom va hay kaltaroshning ijodi — bu ajoyib rasmlar, freskalar, ofortlar, haykallar, bareleflar va hokazolardir. Aktyorning ijodi — bu teatrda, kinoda, televideniyeda maromiga yetkazib o’ynalgan roldir.
Insonning faoliyati bir qolipga tushib qolgan, bir yoqlama xususiyat kasb etgan joyda ijodga o’rin ham bo’lmaydi. Inson o’z ishiga, o’z kasbiga butun qalbini, iste’dodini, qobiliyatini baxsh etgan, odamlarga imkon qadar ko’proq foyda keltirishga intilgan joyda esa, aksincha, ijodiy, norasmiy, ilhom bilan yonda shish hollariga duch kelamiz. Ijodkor shaxs g’ayrat shijoat, bilan ba’zan dam olish va uyquni unutib, o’zi haqida, o’zining foydasi va manfaati haqida emas, boshqalar, o’z iste’dodi va ijodini kimga baxshida etayotgan bo’lsa, usha odamlar xaqida o’ylab ijod qiladi.
Insonning tabiatni bilish jarayonida, biluvchi sub’ekt tabiatning jozibali, sirli, jumboqli, ba’zan hatto xavfli kuchlari bilan yakkama -yakka qolganida odamlarning ijodiy qobiliyatlari, ayniqsa, yorqin namoyon bo’ladi. Bilish jarayonidagi ijodda insonning barcha ma’naviy kuchlari: ong, aql idrok, tasavvur, fantaziyalar, xotira, intuitsiya, sog’lom fikr va hayotiy tajriba bevosita faol ishtirok etadi.
Borliqning sirini bilishga intilishga insonlarning mahorati, topqirligi, ustomonligi va uddaburonligi bilish jarayoni­dagi ijodning ko’rinishlarini tavsiflaydi. Odamlar ob’ektning u yoki bu jihatlari va xossalari haqida yangi bilim olib, bilish jarayonidan va uning natijalaridan behad lazzatlanadilar, ularda bilish jarayonining natijalarini ijodiy analizdan o’tkazib, tushunib yetib va ulardan o’z amaliy faoliyatida faol foydalanib, olg’a harakatlanish istagi tug’iladi. Sub’ektning bilish qobiliyatining ijodiy salohiyati cheksiz, ijodiy bilish jarayonining o’zi esa ko’pgina odamlar, ayniqsa, ijodkor, faol yoshlar uchun behad qiziqarlidir.
Bilish jarayonidagi ijodda odamlarning qobiliyati, iste’­dodi, hatto dahosi yorqin namoyon bo’ladi, yangi bilim olish jarayonining o’zi xam, bilish faoliyatining natijalarini mushohada kilish, teran va aniq tushunib yetish xam ijodiy jarayondir.
Sub’ektning ijodiy bilish bilan bog’liq faolligidan bilim olish, uni o’zlashtirish, oshirish, inson extiyojlari uchun undan foydalanish tizimiga o’tadigan bo’lsak, ijodning son jihatidan yangi bosqichiga ko’tarilamiz—bu fan emas, balki ilmiy bilimdir. Fan deganda muttasil, faol va ijodiy ravishda yangi bilimlar ishlab chiqaradigan ijtimoiy institut tushuniladi, olimlar, ilmiy xodimlar, oliy ma’lumotli mutaxassislar esa bu ilmiy bilish bilan shug’ullanuvchi odamlardir. Muttasil ijodiy izlanish, bilimga intilish, o’z ilmiy tadqiqot faoliyatida halollik va xolislik chinakam olimning zarur sifatidir. CHinakam olim, ijodkor fanda bitta maksadga ob’ektiv xaqiqatga, aniq, to’g’ri, mukammal va teran bilimga erishishga xizmat qiladi.

Download 26,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish