Ilmiy tadqiqot metodologiyasi



Download 305,59 Kb.
bet2/84
Sana03.02.2022
Hajmi305,59 Kb.
#428145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
маъруза матни

Ijtimoiy institut sifatidagi fan ilmiy tashkilotlar, ilmiy hamjamiyat a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tizimini, me’yorlar va qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Biroq o‘n minglab va hatto yuz minglab odamlar o‘z kasbini topgan institut sifatidagi fan yaqin o‘tmishdagi rivojlanish mahsulidir. Zotan, faqat XX asrga kelib olim kasbi o‘z ahamiyatiga ko‘ra ruhoniy va qonunchi kasbi bilan tenglashdi.
Ijtimoiy madaniy hodisa sifatidagi fan ikki yo‘nalishda: davlat boshqaruvi tizimi va jamoa sifatidagi fanda namoyon bo‘ladi.
Davlat boshqaruvi tizimi sifatidagi fan bu universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalarda boshqaruvning davlat boshqaruvi darajasida amalga oshishini nazarda tutadi, (xususan, davlat boshqaruvi tizimidagi ierarxiyaviylik universitetlar institutlarda ham amal qiladi: Prezident va uning boshqaruv apparati, rektor va uning boshqaruv apparati) jamoa sifatidagi fan esa bu kafedralar, bo‘limlarda ishlayotgan olimlar, xodimlar bo‘lib, ularga odamlarning tipik ko‘rinishiga xos bo‘lgan barcha fazilatlar va illatlar xosdir. SHu bois, jamoa sifatidagi fanda haqiqiy fan fidoiylari, innovatsion g‘oya tashabbuskorlari bilan bir qatorda munofiqlar, fikr o‘g‘rilari va amalparastlar ham faoliyat yuritadi. Bu insonlararo ziddiyatlarga asos bo‘ladi.
Fanning ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi chegarasi «madaniyat» chegarasigacha kengayadi. Boshqa tomondan, fan o‘zining dastlabki – faoliyat va texnologiya sifatidagi talqinida madaniyatning birdan-bir barqaror va «haqiqiy» poydevori roliga da’vogar bo‘ladi.
Ijtimoiylik munosabatlarining o‘zi odamlarning odamlar xususidagi munosabatlari va odamlarning narsalar xususidagi munosabatlari sifatida tushuniladi. Bundan fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniy munosabatlarning barcha sohalariga kirib boradi, u odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy negizlaridan ham, narsalarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq barcha faoliyat shakllaridan ham o‘rin oladi, degan xulosa kelib chiqadi. Hozirgi texnokratik asr qonuni shunday yangraydi: «Hamma narsa ilmiy, ilmiy asoslangan va ilmiy tekshirilgan bo‘lishi lozim». Fanning bunday yuksak maqomidan u inson hayotining barcha jabhalariga rasman faol kirib borishi kerak, degan xulosa kelib chiqadimi yoki, aksincha, bu fanga insoniyat hayotidagi barcha salbiy jarayonlar uchun mas’uliyat yuklaydimi? Bu savol ochiq qolmoqda. Fan, ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida, doim jamiyatda shakllangan madaniy an’nalarga, qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga tayanadi.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan jamiyat mulkiga aylangan va ijtimoiy xotirada saqlanayotgan bilimlarni o‘zlashtirmasdan rivojlana olmaydi. Fanning madaniy mohiyati uning axloqiy tamoyillar va qadriyatlar bilan boyib borishiga sabab bo‘ladi. Fan etosining yangi imkoniyatlari intellektual va ijtimoiy mas’uliyat muammosi, qarorlar qabul qilishning shaxsiy jihatlari, ilmiy hamjamiyat va jamoadagi ma’naviy muhit muammolarida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi fan o‘z erkinligidan voz kechmaydi va ijtimoiy munosabatlar kontekstiga butunlay singib ketmaydi. Fan, «kommunitar (kollektiv) korxona»dir, chunki biron-bir olim faoliyati jarayonida o‘z hamkasblarining yutuqlariga, insoniyatning umumiy xotirasiga tayanmasligi mumkin emas. Fan olimlar hamkorligi ni talab qilinganligi bois, u intersub’ektivdir.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan sivilizatsion rivojlanish tipi bilan taqqoslashni nazarda tutadi. A.Toynbi taklif qilgan tasnifga ko‘ra sivilizatsiyaning 21 tipi farqlanadi. Eng umumiy yondashuv sivilizatsiyalarning ikki xili: an’anaviy va texnogen sivilizatsiyalarni hisobga olib, umumiy sivilizatsion farqlashni taklif qiladi. Texnogen sivilizatsiyalar XV-XVII asrlarda Evropa mintaqasida texnogen jamiyatlar paydo bo‘lishi munosabati bilan yuzaga kelgan. Ayrim an’anaviy jamiyatlar texnogen jamiyatlarga qo‘shilib ketgan, ayrimlari esa, texnogen va an’anaviy mo‘ljallar o‘rtasida rivojlanib, aralash xususiyat kasb etgan.

Download 305,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish