Ilmiy uslub haqida ma‟lumot. Rasmiy uslub haqida ma‟lumot. So‟lashuv uslub haqida ma‟lumot



Download 332,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana21.07.2022
Hajmi332,24 Kb.
#834447
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7.ILMIY USLUB. Sohaviy terminlarning yasalishi. (2)

MAVZU: ILMIY USLUB.
Sohaviy terminlarning yasalishi.
 
 


Odatda ilmiy uslubga mansub materiallar o„z mazmuniga ko„ra 2 turga 
bo„linadi: 1.Ilmiy tadqiqotlar. 2.Ilmiy-ommabop asarlar.
Ilmiy tadqiqotlar Biron-bir fan sohasidagi izlanishlarni qamraydi, uzoq yillar 
olib borilgan ijodiy mehnat samarasini ko„rsatdi. Masalan: Oybekning «Abdulla 
Qodiriyning ijodiy yo„li», I.Sultonning «Navoiyning qalb daftari», H.Yoqubovning 
«Adibning mahorati» kabi asarlar xudi shunday tadqiqotlardir. 
Ilmiy ommabop asarlar hamma uchun tushunilishi qiyin bo„lgan masalalarni 
sharhlaydi. Bunday asarlarda iloji boricha murakkab atamalar qo„llanmaydi. Bu 
uslubda ham shevachilikka yo„l qo„yilmaydi. Lekin bu ikki xillik ilmiy uslub 
umumiylik asosida bir-biriga bog„liq bo„ladi.
Xullas ilmiy uslub materialini o„zaro tutashtiruvchi holatlar quyidagilar: 
1.Dalillarning aniqligi, mantiiqiy asosligi, tavsifiy izchilligi ilmiy uslubning 
barchasi uchun muhim hususiyatdir.
2. Ilmiy terminlarining ko„proq qo„llanilishi bu sohaning harakteriga mosdir.
3. Ilmiy uslubda gap bo„laklarining tushib qolish alomati kam uchraydi. 
4. Adabiy meyorga rioya qilish, gaplarning grammatik shakllanganligi bu 
uslubning etakchi xususiyatidir.
 
5. Shevachilikka yo„l qo„yilmaydi
.
Ilmiy uslub ilmiy faoliyat sohasiga xizmat qiladi.U asosan fan tili.Asosiy 
vazifasi g„oyalar faktlar qonuniyatlar hodislar va tushunchalar tizimi bilan 
aloqadorlikdir. Bu axborotlar isbotlangan , dalillangan va umumlashganligi,yozma 
nutq shaklida nomoyon bo„lishi uning o„ziga xos xususiyatlaridir.Axborotning 
holisligi va umumlashganligi,mantiqiy vap izchilligi,aniq va batafsilligi bu uslubga 
xosdir.Bu uslubda avtor shaxsi ifodalanmaydi,buyoqdor so„zzlar uchramaydi. Har 
bir fan sohasiga oid shartli qisqartmalar va ramziy belgilar uchraydi. Shu fanga oid 
termnlar uchraydi. 
Albatta, ilmiy texnik bayon ilmiy matematik bayondan yoki qat‟iy ilmiy bayon 
ilmiy-ommabop bayondan ma‟lum darajada farqlanadi. Bu tafovutlar bayon qilish 
situatsiyasi va bayon qilish «materiali»dan kelib chiqadi. Binobarin, ilmiy-texnik, 
ilmiy-ommabop, ilmiy-ommabop matematik bayonlar ilmiy uslubning ko„rinishlari 
bo„lgani uchun, ular ilmiy uslubga xos umumiy, yaxlit xususiyatlarga ega bo„ladi. 
Ilmiy uslubning barcha belgi-alomatlari ularning har birida o„ziga xo sbir shaklda 
takrorlanadi. Masalan, ilmiy uslubning ilmiy-ommabop variantida yozilgan biron 
fanga oid kitob, maqola va lektsiyalar shu fan masalalari bilan tanish bo„lmagan 
kishilar uchun mo„ljallanganda material ularga tushunarli shaklda bayon etiladi, 
fikr jonli va qiziqarli tushuntiriladi, ilmiy terminlar kam qo„llaniladi, umuman 
tanish bo„lmagan termin va mavhum formulalar o„rniga aniq tasviriy materiallarga 
kengroq o„rin beriladi. Lekin ilmiy uslub bilan uning ilmiy-ommabop ko„rinishi 
o„rtasidagi bir xildagi tafovutlar ilmiy uslub tushunchasining bir butunligiga, 
yaxlitligiga putur etkazmaydi.
Monologik xarakterda o„zbek ilmiy terminologiyasida oq tuproq, sariq tuproq 
kabi obrazli terminlar ko„rinishidan obrazli tuyulsa ham, lekin ilmiy uslubda narsa 
va xodisalarni faqat nomlash uchun xizmat qiladi. Badiiy adabiyotda esa obrazli 
tafakkur ifodasi uchun xizmat qilib, kitobxonga estetik ta‟sir etish vositasiga 


aylanadi. Masalan, uchur yulduz, quyruqli yulduz kabi astronomik terminlar shular 
jumlasidandir. 
Ilmiy -ommabop uslubda badiiy nutq unsurlari va usullariga murojaat qilinishi 
xollari tez-tez uchrab turadi. 
Voqelikka munosabatni munosabatning va buning tadqiqini mantiiqan 
dalillangan, grammatik shakllangan, adabiy me‟yor asosida tuzilgan jumlalarda 
ifodalab berish ilmiy uslubning mohiyatini tashkil etadi.
Ilmiy uslub doirasi anchagina keng va xilma-xildir. Chunonchi, bir qator 
ijtimoiy fanlarga oid tadqiqotlar ko„proq ommaviyligi Bilan tavsiflansa, Aniq 
fanlarga oid tadqiqotlar mutaxassislar doirasida ko„proq anglashilarli bo„ladi.
Ilmiy uslub ilmiy faoliyat sohasiga xizmat qiladi. U asosan fan tili.Asosiy 
vazifasi g„oyalar faktlar qonuniyatlar hodislar va tushunchalar tizimi bilan 
aloqadorlikdir. Bu axborotlar isbotlangan, dalillangan va umumlashganligi,yozma 
nutq shaklida nomoyon bo„lishi uning o„ziga xos xususiyatlaridir.Axborotning 
holisligi va umumlashganligi,mantiqiy vap izchilligi,aniq va batafsilligi bu uslubga 
xosdir. Bu uslubda avtor shaxsi ifodalanmaydi,buyoqdor so„zlar uchramaydi.Xar 
bir fan sohasiga oid shartli qisqartmalar va ramziy belgilar uchraydi. Shu fanga oid 
termnlar uchraydi. 

Download 332,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish