II. Asosiy qism:
2.1. Imidazol va uning birikmalari molekula tuzilishi
IMIDAZOL.
Imidazol birinchi va uchinchi holatda azot atomi saqlagan besh
a’zoli geterosiklik halqa bo’lib, u turli tabiiy va sintetik moddalar molekula tuzilishining asosini tashkil qiladi:
Imidazol muhim biologik molekulalar tarkibiga kiradi. Eng ko’p uchraydigani bu gistidin amino kislotasi hisoblanadi. Imidazol bu yerda ichki zanjir hosil qilishda ishtirok etadi. Gistidin juda ko’p oqsillar va enzimlar tarkibiga kiradi va gemoglabinning biriktirish funksiyasi va strukturasida muhim rol o’ynaydi. Imidazol hujayra buferligini saqlashda muhim rol o’ynaydi. Gistidin dekarboksillanib gistaminga aylanadi, qaysiki u ham biologik muhim birikmadir. U urtisaria toksinining asosiy komponenti , uning yana bir nomi allergiya uyasi.
Gistidindan gistamin hosil bo’lishini quyidagi reaksiya yordamida ko’rish mumkin.
Sintetik imidazol fungitsid va antifungal, antiprotozal va antipertensive tibbiy dorilar olishda ishlatiladi. Tiofillin molekulasining asosiy qismi imidazoledir, u choy barglarida va koffe donachalarida bo’lib markaziy nerv sistemasini stimullaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |