Immun patologiya. Yuqori sezuvchanlik (alltrgiya)



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana29.07.2021
Hajmi0,71 Mb.
#132317
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Аллергия ва аутоиммун касалликларMicrosoft Word (4)



IMMUN  PATOLOGIYA. YUQORI  SEZUVCHANLIK 

(ALLTRGIYA). 

Immunopatologiya antigen stimulga javoban immun tizimning nosoz  yoki 

yetarli bo'lmagan reaksiyasi natijasida kelib chiqadi va  uch yo'nalishda rivojlanishi 

mumkin: 


- gipersezgirlik, ya'ni antigenga yuqori reaksiya bilan bilan javob berilishi, 

buning natijasida to'qimaning shikastlanishi va yallig'lanishlar kuzatiladi; 

- giporeaktivlik yoki immunitet tanqisligi, natijada bakterial va virusli 

antigenlarga nisbatan qarshilikni sustlashuvi kuzatiladi; 

- autoimmun holat  оrganizmning o'z hujayralari va to'qimalariga qarshi 

immunitetning" reaksiyasi " bilan bog'liq patologik jarayonlar. 

Yuqori sezgirlik  (allergiya) .Tabiiy sharoitda immun javob himoya qilish 

uchun mo'ljallangan, ayrim hollarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini o'z ichiga 

olgan patologik jarayonlarga olib keladi. Yuqori sezuvchanlik antigen   bilan qayta 

aloqa qilishda rivojlanib, jarayonda to'qimalarga o'ziga xos shaklda zarar yetkazish 

kuzatiladi. Yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining asosida оrganizmning ma'lum 

allergenga (antigen)  nisbatan sezgirligini oshishi yotadi.  

Allergenlar-to'la qimmatli antigen yoki gaptenlar bo'lib, ular оrganizmga 

tushganda allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Allergenlar bir qator o'ziga xos 

xususiyatlarga ega bo'lib, immun javob rivojlanishida  Tx2 immun javob yo'nalishi 

va IgE ishlab chiqarish xususiyatlari bilan  ifodalanadi. Allergenlar tabiatan 

proteinlardir, chunki, faqat oqsillarga nisbatan T-hujayra immun javobni keltirib 

chiqarishi mumkin. Allergenlar shilliq pardalar orqali va past kontsentratsiyada 

kirishi mumkin –  bu omillar sodda antigenspetsifik T–xelper hujayralarni T-

xelperlarning 2-tipigacha shakllantirishi mumkin. Ko'pgina hollarda allergenlar 

epiteliy hujayralarning hujayralararo aloqalarini buzadigan fermentlar bo'lib, 

allergenlarning shilliq qavatlar orqali оrganizmga kirib borishiga yordam beradi. 

Allergenlarning past  molekular og'irligi  (10-40 kDa), ularning yuqori 

eruvchanligini ifodalaydi va shilliq qavatlar orqali osongina оrganizmga kirishini 

ta'minlaydi. 



Allergenlar kelib chiqishi bo'yicha quyidagicha tasniflanadi: polenli; shartli 

patogen mikroоrganizmlar va zamburug'larning allergenlari (mog'orlar); 

epidermal; ingalatsion; oziq-ovqat; hayvon va hasharotlar allergenlari; sanoat; uy 

xo'jaligi; dorivor moddalar. 

Tanaga kirish usuliga qarab: -ekzoallergenlar (tashqaridan kiradi): kontakt 

(teri orqali); ingalyator(nafas olish yo'li orqali); alimentar (oshqozon-ichak trakti 

orqali); parenteral (qon orqali); -endoallergenlar (autoallergenlar) – оrganizm 

uchun zararli omillar ( masalan, "nur allergiyasi", kuyish, yallig'lanish) ta'siri 

ostida paydo bo'ladi. 

Allergiya sabablari-allergik kasallikning sezilarli o'sishi bilan bog'liq holda, 

so'nggi o'n  yilliklarda olimlarning e'tiborini asosan (IgE ning kelib chiqish 

sabablari va allergik  patologiyaning shakllanishidagi o'rni va boshqa  omillar bilan 

bog'liqligi) tortib kelmoqda. 

O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, rivojlanish ehtimoli allergik 

kasalliklarda 50% hollarda genetik omillar bilan belgilanadi vaatrof-muhit omillari 

esa  50% ga to'g'ri keladi. Allergiya kelib chiqish ehtimoli bolada, agar ota-

onalardan har ikkisi allergiyaga  duchor bo'lmagan  bo'lsa 10% dan oshmaydi, agar 

ota – onalardan birida allergiya bo'lsa -, 30- 40%, har ikkalasi xam  ota – ona 

allergiyaga chalingan taqdirda-50-70% allergiya kelib chiqish ehtimoli bolalarda 

kuzatilishi mumkin.Boshqa tomondan, allergik kasalliklarni kelib chiqish  

chastotasi  yuqori kuzatilgan, ayniqsa bronxial astmani,iqtisodiy jihatdan 

rivojlangan  hududlarda, uning kelib chiqish ehtimoli,atrof-muhit omillari  bilan 

bog'liqlig'i inkor etilmaydi.  

Allergiyaga moyillikni meros qilib olish ma'lum bir genga bog'liq emas, bu 

genlar majmuasini  o'z ichiga oladi. Buning uchun mas'ul bo'lgan inson genetik 

kodida bir necha o'nlab joylar  topilgan. Allergiya rivojlanishida ishtirok etish 

ba'zilarda zaif bo'lishi mumkin, boshqalari esa kuchliroqdir. Asosiy joy  beshinchi 

X xromosoma hisoblanadi. Bu xromosomalarda allergik reaksiyada ishtirok etishi 

mumkin bo'lgan tanadagi turli oqsillar va moddalarni ishlab  chiqarishni nazorat 



qiluvchi joylar mavjud. Xususan, allergiya rivojlanishida muhim rol o'ynaydigan 

antitelalarni ishlab chiqarishni boshqarilishi  misol bo'la oladi. 

Hozirgi kunda yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining ikki shakli-tipi mavjud: 

darhol yuzaga  chiquvchi sezuvchanlik (gumoral immunitet reaksiyasi 

ko'rinishida); sekin yuzaga chiquvchi  sezuvchanlik (hujayraviy  immunitet 

reaksiyasi ko'rinishida).  

Djella va Kumbs  tasnifiga ko'ra, rivojlanish mexanizmiga ko'ra barcha 

allergik reaksiyalar  to'rt tipga bo'linadi. 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish