Imperiyaning arab viloyatlarida ayirmachilik tendensiyalari ularni usmonlilar istilo qilib bosib olganidan keyin ko‘p o‘tmasdan boshlanib ketgan edi



Download 28,29 Kb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi28,29 Kb.
#917006
  1   2   3
Bog'liq
Imperiyaning markazsizlantirilishi


Imperiyaning markazsizlantirilishi
Imperiyaning arab viloyatlarida ayirmachilik tendensiyalari ularni usmonlilar istilo qilib bosib olganidan keyin ko‘p o‘tmasdan boshlanib ketgan edi. 1516-yilda sulton Livanni idora qilishni o‘zini usmonlilar vassali deb tan olgan Ma’oniylar sulolasidan bo‘lmish amir Faxriddin I ga ishonib topshirgan edi. Ammo ko‘p o‘tmay amirning o‘lpon to‘lashdan bo‘yin tovlashga urinib ko‘rishi poshshoning Damashqda saroyida zaharlangan amirning 1546-yilda vafot etishi bilan yakunlangan mojaroni keltirib chiqardi. Amir Faxriddin I ning taxtini egallagan o‘g‘li Qirqmas xududi Livanning boshqa ko‘plab feodallari singari 1585-yilda usmonlilarning jazolovchi ekspedisiyasi chog‘ida halok bo‘ldi. Besh-yildan keyin esa Qirqmasning o‘g‘li Faxriddin II amir bo‘ldiki, u Makiavelli siyosiy o‘gitlariga og‘ishmay amal qilguvchi Italiya Uyg‘onishi namoyandalarini ko‘p jihatdan eslatuvchi chapdast va iste’dodli siyosatdon edi.
Diniy e’tiqodiga daroziy ya’ni, druz bo‘lgani holda amir Faxriddin II mamlakatda nufuzga ega bo‘lgan va Rim papasi bilan aloqador bo‘lgan xristian-maronitlar qo‘llab-quvvatlashiga erishish maqsadida ko‘pincha o‘zini xristian sifatida tutar edi. Sulton saroyida, usmonli poshsholari va hatto turli dinlarga e’tiqod qiluvchi o‘z vassallari orasida (Livanda 10 ta xristian va 5 ta musulmon mazhabi mavjud edi) mahorat bilan fitnalar uyushtirib turgan Faxriddin II o‘z raqiblarini muvaffaqiyat bilan boshboshdoq holga keltirar va bir-biriga gijgijlar, fitnalar uyushtirar va ayni mahalda ilk kezlarda usmonlilar saroyiga mo‘l-ko‘l o‘lpon jo‘natib sultonni ham eritar edi. Shu tufayli u Livanning nafaqat tog‘liq, balki tekislik viloyatlari (sohilbo‘yi mintaqasida), shuningdek, Suriya va Falastinning katta qismi ustidan o‘z hokimiyati Istanbul tomonidan e’tirof etilishiga muyassar bo‘ldi. Suriya sharqidagi qadimgi Palmira (Tadmur) vayronalari ustida qad rostlab turgan Ma’oniylar qal’asi amir Faxriddin II o‘zining taxtga da’vogarlik rejalari ortidan qanchalik chuqur kirib borganidan guvohlik berib turibdi.
Ammo bu rejalar sof hududiy jihatdan kengayib borishdan ham nariga o‘tgan va usmonlilar hukmronligidan ozod bo‘lishni nazarda tutgan edi. Faxriddin II 40 kishilik armiya tuzdi, qal’alar bund ettira boshladi va italyan davlatlari, ayniqsa, yordam berishni va’da qilgan holda uni turli yo‘llar bilan daldalantirgan Medichi sulolasidan bo‘lmish Toskaniyadagi Florensiya gersoglari bilan maxfiy yozishmalar olib bordi. Ana shularga umid qilgan amir Faxriddin II 1613-yilda qo‘zg‘alon ko‘tardi. Usmonlilar bilan bo‘lgan urushda Livanning barcha aholisi qatnashdi, lekin baribir amir mag‘lubiyatga uchradi, Italiyaga qochib ketdi va bu mamlakatda 5-yil yashadi. Yevropada amir Faxriddin II ning boyligi va a’yonlari qattiq taassurot uyg‘otdi. Biroq u Yevropada ko‘p narsaga erisholmadi: aksilusmonli kaolisiyaga hamma vaqt usmonlilar bilan janjallashmaslikka intilgan Farnsiyani ham jalb etolmadi, Vatikan ham bunga qo‘shilmadi, yaqin-yaqingina moriskalarni quvg‘un qilgan Ispaniya ham lom-mim demadi, hatto Malta risarlaridan ham madad olomadi. Usmonli imperiyasi bu paytda yetarli daraja qudratli edi.
1618-yilda yangi sulton Usmon II dan afv olgan amir Faxriddin II vataniga qaytib keldi, o‘z mulkini tikladi va qishloq xo‘jaligi, tashqi savdo va italyan arxitekturasi yutuqlarini inobatga olgan holda qurilishi ishlarini rag‘batlantirib (Piza minorasiga o‘xshash «qulayotgan» minoralari bo‘lgan masjidlar barpo etishgacha borgan) mulklarni rivojlantira boshladi. Bayrutda u yevropacha ko‘rinishga ega binolar barpo ettirdi, poytaxtini bulvarlar bilan bezadi, yoshlarni Yevropaga o‘qishga jo‘natdi, bu bir tomondan, maronitlar Yevropada tahsil ko‘rishiga, boshqa bir tomondan esa, Yevropa arabshunosligi rivojlanishiga imkoniyat yaratib berdi. 1633-yilda amir Faxriddin II tag‘in qo‘zg‘alon ko‘tardi, tag‘in mag‘lubiyatga uchradi, asirga tushdi va garovbandi tariqasida Istambulga olib ketildi. Tinib-tinchimas va bo‘ysunmas Livanda 1635-yilda tag‘in qo‘zg‘alon ko‘tarildi, tartibsizliklar boshlanib ketdi, shundan keyin amir Faxriddin II qatl etildi, uning amirligi esa tugatib yo‘q qilindi.
Shunday bo‘lsa-da, livanliklar kurashni davom ettirdilar. Butun XVII asr davomida zodagonlarning ikki guruhi – qaysiylar (tarixan shimoliy arablar) va yamaniylar (janubliklar) o‘rtasida kurash davom etdi. Shimolliklar o‘zlarini «qizillar» deb atadilar va Ma’oniylar urug‘i boshchiligida usmonlilarga qarshi kurashdilar. «Oqlar» deb nom olgan janubliklar esa, aksincha, usmonlilarni qo‘llab-quvvatladilar va ularga Alamiddin sulolasi boshchilik qilgan edi. Kurash beqaror muvaffaqiyatlar bilan kechsa-da, ko‘pincha ustunlik Ma’oniylar tomonida bo‘lib keldi. 1697-yilda Ma’oniylar urug‘i tugab bitganidan keyin qaysiylarga Shahobiylar xonadonidan bo‘lmish amirlar hukmdorlik qilishga kirishdi.
1710-yilda usmonlilar amir Haydar Shahobni taxtdan ag‘darib tashladilar va Livanni imperiyaning o‘rtamiyona podsholigiga aylantirdilar. Ammo o‘z atrofida tog‘liqlar va boshqa erkservar livanliklarni mazhab va diniga qarab ajratmasdan birlashtirgan qaysiylar bir guruhi Ayn-Dor yaqinidagi jangda usmonlilar va «oq» yamanliklar birlashgan lashkarini tor-mor etib tashladi. Jangda Alamiddiniylarning butun urug‘i halok bo‘ldi, bu narsa esa uzoq vaqtga Shahobiylar xonadonining Livandagi yakka hukmronligini belgilab berdi va usmonlilarni ma’lum muddat Livan ishlariga aralashmaslikka majbur qildi (bu mahalda Usmonli imperiyasi Rossiya bilan urush olib borayotgan va boshqa katta muammolar bilan mashg‘ul edi).

Usmonlilar hokimiyati Iroqda ham mustahkam bo‘lmasdan, ayniqsa mamlakatning shi’alar ko‘pchilikni tashkil qilgan markazi va janubida usmonlilarning rasmiy sunniy mazhabiga nisbatan dushmanlik munosabatlari hukm surar edi. XI asrdan boshlab adog‘i ko‘rinmasdan urushlar asoratidan holdan toygan Iroq mamlakati XVI-XVII asrlarda ham Usmonli imperiyasi va Eron shahanshohligi o‘rtasida urush-talash va nizo-nifoq maydoni bo‘lib qolaverdi. Ana shu ziddiyatdan XV asrda portugallar, keyin gollandlar, va nihoyat, 1581-yildan Bag‘dodda va Basrada o‘z savdo faktoriyalarini ochgan inglizlar foydalanib qolishga harakat qilib ko‘rdilar. Ajnabiylarning fitnalari va mashmashalari, forslarning qo‘llab-quvvatlashi, Iroqdagi ko‘p sonli qabilalar sardorlarining ambitsiyalari, etnokonfessional jamoatlar (arablar, kurdlar, turklar, forslar, assiriyaliklar, yahudiydlar, xristianlar, sunniylar, shi’alar va boshqalar) o‘rtasidagi doimiy ishqalanishlar – bularning hamma-hammasi mamlakatni beqarorlik holatida saqlab turdi va boshqa poshsholiklarga qaraganda tez-tez ro‘y berib turadigan qo‘zg‘alonlarga o‘tin qalab moy sepib o‘taverdi. Qo‘zg‘alonlar XVI-XVIII asrlarda deyarli uzluksiz ro‘y berib turdi, ana shu isyonlar qatnashchilarning milliy-diniy (mazhabiy) tarkibi va tarqalish mintaqalari bilan bir-biridan farqlanar, shuningdek, mahalliy poshsholarning soliq to‘lashdan bosh tortgan alohida qabilalar yoki feodallar bilan lokal urushlari bilan galma-gallashib ketar edi. Ana shunday o‘nlab qo‘zg‘alonlar orasida 1651-yilda Sayyab xonadoni boshchiligida qabilalarning janubda yirik isyonini alohida ajratib ko‘rsatish mumkinki, o‘shanda qo‘zg‘alonchilar Basrani egallab olgan va 1699-yilga qadar o‘z qo‘llarida saqlab turgan edilar. 1690-yilda esa o‘rta va Quyi Furotda yashab kelayotgan Muntafiq qabilasi tag‘in Basrani bosib oldi, faqat 1701-yilga kelib shaharni tark etdi, muntafiqiylar harakatini usmonlilar XVIII asr oxiriga uzil-kesil bostirib tor-mor etib tashlolmadi.


Qariyb butun asr davomida Iroq mamlakatini poshsholardan biri bo‘lmish Ibrohim poshsho asos solgan poshsholar sulolasi idora qildi. Sultonning bunday amaliyotga chek qo‘yishga barcha urinishlar barbod bo‘laverdi: u tayinlagan amaldorlar Bag‘dodda bir necha oy hokimiyat tepasida bo‘lardi, xolos. Ularni Hasan posho klanidan bo‘lmish qulomonlar – xuddi mamluklarga o‘xshab sobiq qullar orasidan tanlab olingan, islomni qabul qilgan va professional harbiylarga aylangan Bag‘dod hukmdorlarning mahalliy gvardiyasi sulton tayinlagan poshsholarni taxtdan ag‘darib tashlash, o‘ldirar va o‘rnini egallab olar edi. Qulomonlar orasida asli Kavkazdan bo‘lgan, asosan til va mushtarak taqdir, shuningdek, harbiy-siyosiy ambitsiyalar zaminida birlashgan gruzinlar ko‘pchilikni tashkil etardi. 1780-yilda ularning rahnamosi Buyuk Sulaymon (Sulaymon al-A’zam) hokimiyatni egallab oldi va 1831-yilga qadar hukmronlik qilgan qulomonlar sulolasiga asos soldi. Qulomonlar hukmronligi davrida Bag‘doddagi saroy Usmonli imperiyasi sultonining Istambuldagi saroyiga tartib, axloq-odob va hatto hashomat bobidan taqlid qilar edi.
Misrda esa, avval ta’kidlab o‘tilganidek, XVI-XVIII asrlarda siyosat maydoniga tag‘in mamluklar qaytib kirdi. o‘zining iqtisodiy va ma’muriy imkoniyatlaridan foydalangan holda ular bosqichma-bosqich va asta-sekin «yanicharlar o‘chog‘i»ni hokimiyatdan surib tashladiki, taniqli sayohatchi Volneyning so‘zlariga qaraganda, yenicharlar «daydi, sayoq va qora xalq to‘dasi»ga aylanib qolgan edi. Mamluklar tomonidan nomzod qilingan rahnamo «shayx al-balad» (mamlakat shayxi) deb nom olgan, amalda hamma narsaga qodir hukmdor edi, negaki Istambuldan jo‘natilgan poshsho amalda mamluk biylari garovbandiga aylanib qolar, mamluklar esa uni almashirish, mamlakatdan quvg‘in qilish, nari borganda, so‘zlariga quloq tutmas edi. Mamluk hukmdorlaridan eng mashhuri dastlab Ibrohimbiy bo‘lgan. o‘zi mamluklardan bo‘lmagan Ibrohim bunga qaramasdan mamluklarga tayanishga qaror qildi, mamluklardan jipslashgan drujina tuzdi va hokimiyatni egallab oldi. U hukmronlik qilgan davrda (1746-1757) Ibrohimni qo‘llab-quvvatlagan mamluklar mo‘l-ko‘l tortiqlar oldi, katta yerlar va muhim lavozimlarni qo‘lga kiritdi. Biroq Ibrohimbiyning vafotidan so‘ng 1763-yilda keyinchalik «al-Kabir» laqabini olgan abxaz Alibiyning G‘alabasi bilan yakunlagan hokimiyat uchun uzoq davom etgan kurash alangalanib ketdi. Alibiy bu laqabni 1770-yilda «Misr va har ikki dengiz sultoni» unvonini qabul qilgan holda Misrni Istambul hokimiyatidan real tarzda urinib ko‘rgani uchun olgan edi. O‘sha-yili Hijozni ham Misrga qo‘shib oldi, bunda uning nomi xuddi vatanidagidek jum’a namozida xutbaga qo‘shib aytila boshladi. Garchand bu mahallarga kelib Istambul hokimiyati ustida da’volashuvlar ketayotgan va o‘z raqbarlari nomzodlari ilgari surilayotgan bironta ham arab viloyati deyarli qolmagan bo‘lsa-da, bu voqea usmonli hukmdorlarini qattiq larzaga solgan edi.
Usmonli imperiyasining boshqa qismlarida ham shunga o‘xshash manzara ko‘zga tashlanar edi. Tarablusiya va Jazoiriyada ham yenichar harbiy boshliqlari hokimiyati qaror topdi. Ammo boshqaruv va idora shakli turlicha edi. Tarablusiyada Ahmad Qaramonli 1711-yilda sulton syuzerenitetini bor-yo‘g‘i rasman tan olgan, amalda esa undan tamomila mustaqil mamlakatni idora qilgan o‘z biylar sulolasiga asos soldi1.


Download 28,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish