Inflatsiya pul qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Inflatsiya



Download 159,21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.05.2022
Hajmi159,21 Kb.
#607899
Bog'liq
Inflatsiya - Vikipediya



Inflatsiya
Inflatsiya 
pul
 qadrsizlanishini bildiradi. Inflatsiya har yili rivojlangan davlatlarda oʻrtacha 7 %
tashkil etadi. Barcha iqtisodiy aloqalar inflyatsiyani hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul
muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq
darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan
ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi. I. birinchi galda
sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar narxining koʻtarilishi koʻrinishida,
shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida
yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi,
bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini
Jahon boʻylab inflatsiya darajasi (2019).


qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan
moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni
keragidan ortiq harid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib
kelishi va boshqa omillar I.ni yuzaga keltiradi. I. jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning
yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. "I." termini dastlab 1861—
1865-yillarda Shim. Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. Tovarpul
muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul miqdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra koʻpaytmasi
boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra
koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil boʻladi. Agar pul
koʻpayib ketsa M>T, yaʼni pulning bir qismi ortiqcha boʻladi. Agar pul miqdori oʻzgarmaganda
tovar miqdori qisqarib ketsa Toʻsishini keltirib chiqaradi, chunki narx tovar birligiga beriladigan pul miqdoridir. I. bu faqat pul
bilan bogʻliq hodisa emas, balki iqtisodiyot yuksalganda qisqaradigan, tushkunlik paytida
kuchayadigan iqtisodiy holat mahsuli.
Oltin va kumush muomalada boʻlgan sharoitlarda I. yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi
emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur miqdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib
turiladi. Agar tangalar harid uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlsa, ortiqcha pul xazina sifatida
toʻplanadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar koʻpayib pulga ehtiyoj boʻlganda
ular jamgʻarmadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real boylik
emas, balki uning ramzidir. Qogʻoz pullar boylik vazifasini oʻtay olmaydi va ularning
ortiqchaligi I.ga sabab boʻladi. Shu sababli pul jamgʻarmalarini koʻchmas mulk yoki
qimmatbaho buyumlar sotib olish yoʻli bilan saqlash ishonchliroq hisoblanadi. Gʻarb ilmiy
manbalarida yillik I. surʼati 10% gacha boʻlganda qisman (moʻʼtadil) hisoblanib, ijtimoiy
mushkullik deb qaralmaydi. Ak-sincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga
turtki beradi. Pekin I. surʼati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyasiyasa
narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi.
I.ning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq I. erkin narxlar amal qiluvchi
bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis oʻsishi bozor mexanizmini buzadi, lekin uni
yoʻqotmaydi. Iqtisodiyot bozor oʻzgarishlariga oʻz aks taʼsirini koʻrsataveradi va turli bozorlar
muvozanat yoʻnalishiga oʻzi moslashadi.
Yashirin I. sharoitida vaziyat boshqacha boʻlib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib,
bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada
muzlatgan holda yalpi maʼmuriy nazorat oʻrngaadi. Yashirin I. bozorning oʻz-oʻzini tartibga
solish mexanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar ishlab chiqarish xa-rajatlari yuqori
boʻlgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yoʻqqa chiqaradi. Shu sababli bu
sohadan kapitalning qrldiqlari ham chi-qib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib
keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning koʻtarilishiga sabab boʻladi.


Ochiq I.ning quyidagi shakllari mavjud: talab I.si, harajatlar I.si, tuzilmaviy I. va boshqa I.ning
bu turlari bozorning oʻzi tomonidan yaratiladi.
Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan I. yuz beradi, bunda narxlar pariteta (nisbati)
oʻzgarmaydi, harajatlar ortishiga qarab narxning oʻsishi firmalarning foyda olib ishla-shini
taʼminlaydi.
I. pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu bois davlat harajatlarini
qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx
erkinligini taʼminlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qogʻozlar bozoriga tortish va
boshqalarlardan iborat I.ga qarshi siyosat yuritiladi. I. jahondagi barcha mamlakatlarga xos
va xalqaro tus olgan. Mac, I. surʼatlari 1980-yilda AQShda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada
5,8, Fransiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990-yilda tegishlicha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni
tashkil qildi. I. shiddati narxlarning oʻsish indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks
Oʻzbekistonda 300 ga yaqin tovarlar (2000-yil) narxi oʻzgarishlarini hisobga oladi.
Shu paytgacha giperinflatsiya rekord darajaga yetgan davlat bu 
Zimbabve
boʻlib, bu hodisa
Zimbabve hukumati yer islohotini 1998-yilda olib borgach sodir boʻlgan. Giperinflatsiya shu
darajaga yetganki, 2007-yilga kelib birgina oq non narxi 200 000 000 000 zimbabve dollari
boʻlgan. Keyin Zimbabve taslim boʻlib, mamlakat pul birligini AQSH dollariga oʻzgartirgan.
Iqtisodiyotda
, inflatsiya muomalada mavjud boʻlgan 
tovar
va 
xizmatlar
 
narxining
 oʻsishi
degan maʼnoni anglatadi. Inflatsiya atamasi, koʻproq pulga talabning ortishiga taʼluqlidir,
shunga qaramay, inflatsiya haqiqiy harid qilish qiymatini kuchsizlantirib tanozzulga ham olib
keladi. Umumiy narh darajasi ortganda, har bir valyuta tovar va hizmat koʻrsatishga ega
boʻlishi kamayib boradi. Harh-navo inflyatsiysi inflatsiya sur’ati bilan oʻlchanadi, yani narh
indeksining foizi oʻzgaradi, xuddi isteʼmol narhi indeksi kabi. Inflatsiya iqtisodni shubhasiz
inqirozga olib keladi. Masalan, inflatsiya beqarorligi kelejakda investitsiya va jamgʻarmalarni
esankiratib qoʻyishi mumkin.
Inflatsiya darajasi yildan yilga farq qiladi. 1950-yildan byuon, 
AQSh dollari
 inflatsiyasi darajasi
−0.7 % (1954) dan 13.3 % (1979) ga oʻzgarib turadi. 1991-yildan buyon, bu koʻrsatkich yiliga
1.6 % va 3.3 % oʻrtasida boʻlgan. 1950-yildan buyon 18 ta davlat giperiflyatsiyaga uchradi.
Bunda inflatsiya darajasi oyiga 50 % edi. Yaqin yillarda Yaponiya negativ inflayatsiyani
boshidan kechirdi, yaʼni yiliga 1 % deflyatsiyani. Koʻpgina davlat Markaziy Banklari inflatsiya
darajasini past ammo pozitive holda ushlab turishga harakat qilmoqda. Bazilari bu
Faktlar
Batafsil


koʻrsatkichni 1-3 % da ushlab turishni rejalashtirgan. Kumush va oltinga asoslangan
iqtisodiyot bazan inflatsiyaga uchrasada, bu iqtisodiyotdagi inflayatsiya darajasi kamdam
kam yiliga 2 % dan oshadi va umumiy yani asrlar mobaynida bu koʻrsatkich 0(nol) ga yaqin
boʻladi. Qogʻoz pullarga asoslangan iqtisodiyot esa anchagina koʻproq inflatsiyaga uchraydi.
Piter Bernolz bu haqda shunday degan: „Eng yuqori inflatsiya XX asrda metall pullar hech
qanaqa kuchga ega boʻlmagan davlatlarda yuz berdi.“ 1971-yilda AQSH hukumati dollarning
oltinga bogʻliqligini tamomila uzdi, yani AQSH hukumati oʻz valkyutasini oltin bilan
taminlamadi. Oʻsh paytda koʻplab davlatlarning budjet zahiralari AQSH dollarida edi.
Dollarning inflatsiyaga uchrashini bilgan davlatlar AQSH dan pulini oltinga almashtirib
berishni talab qiladi, lekin AQSH buni rad etadi. Pul rezervi dollarda boʻlgan davlatlar
giperinflatsiyani oldini olishga harakat qilsa ham 1971-yillarda shu davlatlarda inflatsiya
darajasi juda yuqori boʻldi. Lekin 1985-yillardan keyin koʻplab davlatlarda inflatsiya darajasi
1971 −1985-yillarga qaraganda anchagina pasaydi.
1. Ahmadjon Oʻlmasov. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Iqtisodiyot
 va 
moliyaga
 oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/
w/index.php?title=Inflatsiya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 5 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
title=Inflatsiya&oldid=2402566

dan olindi 

Download 159,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish