Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Birlamchi jinsiy hujayralarning kelib chiqishi va rivojlanishi



Download 2,45 Mb.
bet17/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Birlamchi jinsiy hujayralarning kelib chiqishi va rivojlanishi

1880 yilda Nussbaum birinchi marta jinsiy va somatik hujayralar farqini va jinsiy hujayralaming ontogenezning embrion (murtak) davrida, hosil bo’lish yo’lini aytgan edi. Bu g’oyani A. Veysman rivojlantirdi.


Murtak yo’li g’oyasining mazmuni shundan iboratki, jinsiy va somatik hujayralar rivojlanishi, ontogenezda juda erta farqlanadi. Haqiqatdan ham jinsiy hujayralar, yoki birlamchi jinsiy hujayralar, (gonositlar) ancha erta somatik hujayralardan yirikligi, yadrosining kattaligi, sitologik xususiyatlari bilan farqlanadi. Gonositlarning sitoplazmasida topilgan xarakterli ultrastruktura, ektosoma deyiladi. Uning bo’lishi, gonositning asosiy belgisi hisoblanadi.Shu orrinda yangi gipoteza paydo bo’ldi, unga ko’ra, ektosoma jinsiy hujayralarnmg totipotent tarkibini belgilaydi. Elektron mikroskop yordamida uning tarkibida RNK, oqsil borligi aniqlandi. Ma’lum bo’lishicha, jinsiy hujayraiardagi "jinsiy determinantlar" somatik hujayralarda bo’lmaydi. Ayrim tuban hayvonlarda bunday modda somatik hujayralarda ham uchraydi va ularni jinsiy hujayralarga aylantiradi.
Olimlarning fikricha, "jinsiy determinant"ni birlamchi jinsiy hujayralani aniqlash uchun, belgi sifatida qabul qilish mumkin. Embrionnnig birlamchi jinsiy hujayralarni hosil qiluvchi blastomerini gonoblast deb ataladi. Ana shn qismni ko’chirib o’tkazish orqali, ularnnig paydo bo’lishini aniqlashga erishildi. Jumladan, hasharotlarning ikki qanotlilar lurkumi vakillarida tuxurannig orqa tomonida ektosoma (jinsiy determinant) to’planishini kuzatish mumkin (18-rasm). Ooplazma (jinsiy plazma) ning bu qismi bo’linish natijada, birlamchi jinsiy hujayraga aylanadi. Ot askaridasida birlamchi jinsiy hujayra somatik hujayralaranig to’rtlamchi bo’linishi keyin, sikloplarda birlamchi jinsiy hujayra, birmchi bo’linishdan keyin hosil bo’ladi (19-rasm).
Umurtqali hayvonlarda birlamchi gonositlar, umurtqasiz hayvonlarga nisbatan kechroq paydo bo’ladi. Ammo dumsiz amfibiyalarda jinsiy plazma, tuxum urug’lanishidan oldin paydo bo’ladi. Dumli amfibiyalarda esa "jinsiy determinat" urug’lanmagan tuxumda topilmagan. Ularda gonosit, tuxumdan lichinka chiqishi oldidan paydo bo’ladi. Chunki ularda gonosit mezodermadan hosil bo’ladi.
Yuksak umurtqalilarda (qushlar, repteliyalar, sut emizuvchilarda) gonosit embrion va embriondan tashqari organlar orasidan topilgan.
Embrionning dastlabki davrida topilgan birlamchi gonositlar jinsiy hujayralarning yagona manbaimi, yoki ular keyinchalik somatik hujaylardan ham paydo bo’ladimi? Tuban umurtqasiz hayvonlarda - bulutlar, kovakichlilar, yassi va yumaloq chuvalchanglarda jinsiy hujayralar, butun hayoti davrida paydo bo’lib boraveradi. Jumladan, halqali chuvalchanglaning jnisiy voyaga yetgan formalarida gonada olib tashlansa ham, aloxida "zaxira" hujayralar - neoblastlardan jinsiy hujayralar paydo bo’lishi aniqlangan. Shunday holat kiprikli chuvalchanglarda ham kuzatilgan-Kovakichlilarda ham zaxira hujayralar bo’lib, ular interstisial i-hujayralar deb ataladi. Bu hujayradan har xil hujayralar, jumladan, jinsiy hujayralar hosil bo’ladi.
Bulutlarda jinsiy hujayralar butun hayoti davomida hosil bo’ladi va 2 xil yo’1 bilan: harakatchan amyobasimon arxeositlardan va yoqali xivchili xoanositlardan paydo bo’ladi. Xoanositlar dastlab arxeositlarga, ular esa jinsiy hujayralarga aylanadi.
Uzoq yillar davomida yuksak hayvonlar - mollyuskalar, bo’g’imoyoqlilar, ninatanlilar, umurtqali hayvonlarda birlamchi jinsiy hujayralar jinsiy hujayralarning yagona manbaini, yoki keyinchalik somatik hujayralardan hosil bo’ladimi? degan munozarali savol turardi. Bu savolga tajriba yo’li bilan, ya’ni birlamchi gonositni yo’qotish bilan javob topildi. Jumladan, nurlantirish yo’li bilan hasharotlar tuxurn plazmasinnig va qushlar tuxuminnig gonosit qismini nobud qilish mumkin. Shundan keyin embrion rivojlanadi, ammo gonosit rivojlanmaydi. Birlamchi gonosit ko’chirib o’tkazilganda va resipierntning gonositi olib tashlanganda, resipientdadonoming gonositi rivojlangan.
Bu tajribalardan ma’lum bo’lishicha, umurtqalilarda va umurtqasizlarda (bulutlar, kovakichlilar, yassi va halqali chuvalchanglardan tashqari) birlamchi gonositlarning yagona manbai rivojlanishning dastlabki davrlarida paydo bo’ladi. Boshqacha aytganda, embrion hujayralari rivojlanishning dastlabki davrlarida, jinsiy va somatik hujayralarga ajraladi. Ammo ba’zi olimlar hozirgacha gonositlar (jumladan, baliqlarda) rivojlanishnnig keyingi bocqichlarida, gonadaning epiteliy hujayralaridan paydo bo’ladi, degan fikrlami aytmoqda.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish