Industrial sivilizatsiya



Download 16,02 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi16,02 Kb.
#898744
Bog'liq
10-синф 2-мавзу жахон тарихи


2-§.INDUSTRIAL SIVILIZATSIYA
19 asr G’arbiy Yevropa va AQShda industrial sivilizatsiya uzil-kesil qaror topdi. Bu sivilizatsiya - asosiy qadriyati texnika taraqqiyoti bo’lgan si-vilizatsiya edi.
«Industrial sivilizatsiya» atamasi o’rnida «industrial jamiyat» ata-masi ham ishlatiladi va ular qo’lingizdagi darslikda bir xil ma’noni anglatadi.
Industrial sivilizatsiyaning belgilaridan biri — shaharlarning juda tez o’sishi bo’ldi. Bu, birinchidan, qishloq xo’jaligida texnikani qo’llash natijasida bir qism qishloq aholisining oshiqcha kuch bo’lib, ishsiz qolishi, ulaming ish izlab shaharlarga kelishi hisobiga yuz berdi.
Ikkinchidan, kichik shaharchalarda mayda savdogarlar va hunar-mandchilik ishlab chiqarishining pasayib ketishi, shuningdek, transportdagi o’zgarishlar, temir yo’llar qurilishi, sanoat markazlari-ning yirik shaharlarga ko’chishi hisobiga bo’ldi. Odamlar ish axtarib va kun ko’rish uchun turar joylarini o’zgartirishga majbur bo’ldilar. Yuz yillar davomida o’z yerlarida yashab kelgan aholi harakatga keldi. Endi ular o’z yerlarini tashlab shaharlarga keta boshladilar. Qishloq-dan ketish emigratsiyani ham vujudga keltirdi. Endi odamlar boshqa mamlakatlarga ham keta boshladilar. Lekin ko’chishning katta qismini o’z mamlakatlari ichidagi migratsiya tashkil qilardi.
Industrial rivojlanish jarayonida shaharlar alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Sanoat ishlab chiqarishi deyarli butunlay shaharlarda joylashgan. Jamiyatning asosiy g’oyalari, muhim siyosiy voqealar ham shaharlarda yuz berdi.
Agrar sivilizatsiya davridagiga nisbatan shaharlar juda katta tezlik bilan o’sdi. Agrar sivilizatsiyaning qanday sivilizatsiya ekanligini eslang. 19 asrning o’rtalariga kelib, industrial davlatlarda aholining qariyb 50 foizi shaharlarda to’plandi. Manufaktura ishlab chiqarishi davrida shaharlar uncha katta emasdi. 18 asr o’rtalarida G’arbiy Yevropada aholisi 100 mingdan oshiq shaharlar soni 15 taga yaqin edi xolos (eng yirik London va Parijda 500 mingdan oshiq).
Shahrlarning shitob bilan rivojlanishi industrlashning asosini yarat-gan sanoat to’ntarishi, fabrika-zavod ishlab chiqarishi oqibati edi. Buyuk Britaniyada bujarayon ertaroq boshlandi. Boshqajoylarda kech-roq, masalan Germaniyada 19 asrning 70-yillarida avj oldi. AQShda jadal urbanizatsiya jarayoni ham taxminan shu davrga to’g’ri keldi.
Umuman, 19 asrning oxiri 20 asr boshida industrial mamlakatlarda shahar aholisi juda tez o’sdi. Jumladan, 1851—1901-yillar oralig’ida Buyuk Britaniyada 50,1 foizdan 70,0 foizga, Fransiyada 25,5 foizdan 40,1 foizga, Germaniyada 25 foizdan 54,3 foizga, AQShda 12,5 foizdan 40,0 foizga o’sdi.
Eski shaharlarning o’sishi, yangilarining rivojlanishi sanoatning joylashishi bilan bog’liq edi. Ko’pchilik aholi shaharlarga ish topish umidida kelardi. Ayniqsa, katta, poytaxt shaharlar tez o’sdi. Masalan, Parij aholisi 1850-yil bir million bo’lsa, 1880-yilda esa ikki million kishidan iborat bo’ldi.
19 asrning o’rtalaridan boshlab shaharlar qurilishida ham o’zgarish yuz beradi. Masalan, Parij 1853-yildan boshlab 20 yil davomida qurilish maydoniga aylandi. U zamonaviy qilib qaytadan qurildi: keng ko’chalar, katta maydonlar, xiyobonlar va bog’lar yaratildi. 19 asr oxiriga kelib, ichimlik va oqova suv tarmoqlariga, tramvay va metroga ega bo’ldi. Boshqa mamlakatlarda ham shaharlar aholisi tez o’sdi. Masalan, 1850— 1900-yillarda London aholisi 865 mingdan 4 mln. 536 mingga, Parijniki 547 mingdan 2 mln. 714 mingga, Berlin-niki 172 mingdan 1 mln. 437 mingga, Sankt-Peterburgniki 227 mingdan 2 mln. 364 mingga yetdi.
19 asrda ham aristokratiya jamiyatda o’z mavqe-yini saqlab’ ular boyUgining asosini avvalgiday yer mulklari tashkil qilardi. Aristokratlarning hayoti hali ham shaharlardan ko’ra ko’proq qishloq bilan bog’liq edi. Keng va qulay binolardagi o’nlab yotoqxonalar, kutubxonalar, shaxsiy badiiy kolleksiyalar, qabul marosimlari, ovlar—bularning bar-chasi hali ham aristokratlar hayotining ajralmas qismi edi. Nikohlar qoidaga ko’ra «o’z doirasida» tuzilganligi sababli, aristokrat oilalar o’zaro qarindoshlik rishtalari bilan bog’langan edi, Buyuk Britaniyadagi bunday oilalarda o’g’il bolalarni yoshligidanoq siyosiy faoliyatga tayyorlashar edi. Avvaliga ular imtiyozli xususiy maktablarda, keyin esa Oksford yoki Kemmbrij universitetlarida o’qirdilar. Shundan ke-yin faoliyat maydoni parlament bo’lardi.
19 asr o’rtalarida Buyuk Britaniya parlamenti jamoa palatasining 652 a’zosidan 489 tasi yer mulkdorlari edilar. 1906—1916-yillarda Buyuk Britaniya vazirlarining uchdan ikki qismi elita bilim yurtlari bitiruvchilari edi. Biroq, industrial sivilizatsiya rivojlanishi bilan aristokratiya o’zining hukmronlik holatini borgan sari yo’qota bordi. Yerning bir qismi shaharlar qurilishiga berildi, o’rmon mulklari ham qisqardi.
Yangi davr obro’ talab kishilar oldiga yangi talablar qo’ya boshladi. Ilgari yer mulkdorlari bo’lgan aristokratiya endi banklarda, sanoat kompaniyalarida, mustamlakalar ma’muriyatlarida rahbarlik lavozimlarini egallay boshladilar. Ko’pgina mulkidan ayrilgan eski aristokratlar yangi boylar bilan qarindosh tutinishi aristokratiyaning burjua-ziya bilan qo’shilib ketishiga, yangi «yuqori qatlam»ning shakllanishiga olib keldi.
19 asrda davlatning iqtisodiy va siyosiy hayotida burjuaziya tobora kattaroq rol oy’nay boshladi. Yirik sanoat korxonalari va banklar tepasida millionlab boylik to’plagan burjuaziya vakillari turardi. Burjuaziyaning eng yorqin vakillari katta siyosiy mavqega ham erisha boshladilar.
19 asrda jamiyat hayotining muhim voqealaridan biri «o’rta qatlam»ning shakllanishi bo’ladi. o’rta qatlamga «erkin kasb» egalari bo’lgan shaxslar — injenerlar, ixtirochilar, vrachlar, o’qituvchilar, ofitserlar, huquqshunoslar va shu kabilar kiradi. Bu qatlamga taalluqlilikning asosiy belgilaridan biri moddiy ahvolning har holda to’kisligi edi.
19 asrning ikkinchi yarmida o’rta qatlam vakillari orasida, ayniqsa, huquqshunoslar toifasi ajralib turardi. Huquqiy davlatning shakllanishi, fuqarolik jamiyatining barpo bo’lishi, iqtisodiy hayot-ning rivojlanishi tufayli huquqshunoslarga bo’lgan ehtiyoj ortib bordi. Ular konstitutsiyalar, qonunlar yozish, kodekslar tuzish, vaziyatlarni rasmiylashtirish, banklarga, tadbirkorlarga maslahatlar berish va sud ishlarida ishtirok etishgacha ishlarni bajarar edilar. Ko’pgina siyosiy arboblar ham ma’lumotiga ko’ra huquqshunos edilar. o’rta qatlam jamiyatga barqarorlik baxsh etdi. Chunki odatda, o’rta qatlam ijtimoiy bo’hronlarni ma’qullamaydilar, inqiloblardan islohotlarni afzal ko’radilar.
19 asrda yangi ishchilar sinfi shakllandi. Sanoat to’ntarishi yuz bergan uchta yirik mamlakat — Angliya, Fransiya va AQShda 19 asrning 70-yillarga kelib sanoat ishchilari 12-13 mln. kishini, qishloq xo’jaligidagi ishchilar bilan birgalikda esa 20 mln. kishini tashkil qilardi. Ishchilarning ahvoli bir xil emasdi. Ularning yarmidan ko’prog’i qashshoqlik bo’sag’asida yashasalar, malakali mutaxassis ishchilar esa ko’proq haq olib, «ishchi aristokratiyasini» tashkil qilardi.
20 asr boshlarida «ishchi aristokratiyasi» Angliyada umumiy ishchilar sonining uchdan birini tashkil qilib, juda yaxshi yashashardi.
20 asr boshida AQSh sanoat ishchilarining soni jihatidan birinhi o’rinni egalladi. Bu yerda 10,4 mln. sanoat ishchilari mavjud edi.
Germaniyada esa sanoat ishchilarining soni 1907-yil 8,6 mln. kishiga yetdi. Yevropa va Shimoliy Amerikadagi ishchilar soni 40 mln. kishini tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi, xizmat ko’rsatish sohasi, transport va boshqa sohalardagi ishchilar birgalikda 80 mln. kishiga yaqinlashdi.
Yollanma ishchi kuchining malakasida ham jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Sanoatning yangi sohalari malakali mehnatni talab etardi. Malakali ishchilarning salmog’i Buyuk Britaniya mashinasozligida ishchilar umumiy sonidan 70—75, kemasozlikda esa, 50—60 foizini tashkil qilardi. AQShda umumiy sanoat ishchilarining 2/3 qismi, Germaniyada 56 foizi malakali ishchilar edi.
19 asrning 70-yillarigacha ish kunining uzunligi Buyuk Britaniya va AQShda — 10 soat, Germaniya va Fransiyada — 10-12 soat, Rossiya va Yaponiyada — 10-16 soatni tashkil qilardi.
Ayollar va bolalar mehnatiga ish haqi kam to’lanardi. «Fabrika ayollari» asosan 13-14 yoshli qizlardan iborat bo’lgan.
10-12 yoshli bolalar tamaki fabrikalaridan tortib toshko’mir shaxtalarida ham mehnat qilishardi. Ular mehnati uchun ayollarnikidan ham kam haq olardi.
Bu davrda xotin-qizlar o’zlarining tengliklari uchun tinimsiz kurash olib bordi. 20 asr boshlariga kelib xotin-qizlar ozodligi va mustaqilligi g’oyalari, ularning teng huquqlilik uchun kurashlari yangi sivilizatsiya jamiyatining belgilaridan biri bo’lib qoldi.
Download 16,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish