Ingliz va o`zbek tillarida evfemizmlarning qiyosiy linguvokulturologik tasnifi



Download 23,58 Kb.
Sana31.05.2022
Hajmi23,58 Kb.
#623887
Bog'liq
evfemizm. maqola


INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA EVFEMIZMLARNING QIYOSIY LINGUVOKULTUROLOGIK TASNIFI
D.Usmonova, Farg’ona Davlat Universiteti
Ingliz tili kafedrasi mudiri:
D.Gulomova, lingvistika (ingliz tili) yo’nalishi magistranti
dilnozagulomova54@gmail.com
Annotatsiya: ushbu maqola ilmiy maqola hisoblanib bunda efemizm haqida batafsil ma’lumot berib o’tilgan.
Kalit so’zlar: til, efemizm, psixologiya, ingliz tili
Evfemizmlarni ikki tilda qiyoslab chiqishdan avval, dastlab bu atamaga to`xtalib o`tamiz. Bu atama tilimizga yunonchadan kirib kelgan bo`lib, yumshoq ifodalash, so`zni muloyimlik bilan aytish ma’nolarini beradi. Aniqroq aytganda, so`zlovchiga nutq vaziyatida aytishga noqulay yoki qo`pol tuyilayotgan so`z yoki ibora bo`lsa, uning yumshoqroq sinonimidan foydalanishga evfemizm atamasini qo`llaymiz. Evfemizm real hayotda salbiy munosabatlarning, nutqdagi axloqiy buzilishlarning, turli qo`polliklarning oldini oladi. U salbiy voqelikdan qochish uchun ishlatiladi. Biz to`g`ridan to`g`ri ayta olmaydigan hodisalarning salbiy ta’sirini kamaytirish, ularni yumshoq so`zlar ortiga berkitishga xizmat qiladi. Misol keltiradigan bo`lsak, biz kimningdir vafoti haqida xabar berayotganimizda, o`ldi emas, vafot etdi, qaytish qildi kabi iboralardan foydalanamiz. Shunga o`xshash, tug`di so`zi ham aytilishga biroz noqulay. Shu sababdan, biz u so`zni ko`zi yoridi, ko`payishdi so`zlariga almashtirib qo`llaymiz. Yoki bo`lmasa, badiiy asarlarda ko`p uchratadigan bir misolimiz: erga tegdi, turmush qurdi birikmalarining o`rniga boshi ikkita bo`ldi, yoki egasiga yetdi iboralari qo`llaniladi. Bu bilan biz evfemizmni to`g`ri va o`rnida qo`llagan bo`lamiz. Tilning taraqqiyoti bilan uning evfemizmi ham rivojlanib boradi. Evfemizmlarning zamon talablariga ko`ra o’zgarib borishi, yangilanishi, ko`payib borishi tilning yuksalishiga bog`liq. Lekin lug`ati boy tillarning emas, madaniyati yuqori bo`lgan xalqlarning evfemizmi boy bo`ladi.
Yuqoridagi tushunchalardan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, evfemizm so`zlashuvchisiga ega har bir tilda uchrashi mumkin. Nega deganda, har bir millat, har bir xalqning so`zlashuv jarayonida o`zining urf-odatlari, odob me’yorlari hamda nutq madaniyati mavjud bo`ladi. O`zining tarixiga ega har bir millat tilida evfemizmlarga minglab misollar topa olamiz. So`zimizga isbot tariqasida esa ingliz va o`zbek tillardagi evfemizmlarni o`zaro qiyosiy tahlil etib ko`ramiz.
Ma’lumotlarga qaraganda, ingliz xalqining nutq madaniyati jahonda dangalligi, sharttakiligi bilan nemis xalqining so`zlashuviga yaqinroq turar ekan. Bu bilan ularning tili qo`pol, evfemizmlardan foydalanilmaydi deb tushunmasligimiz kerak. Inglizlar madaniyatli xalq ekanini hisobga olib, evfemizmlari yetarlicha deyishimiz mumkin. Masalan, biz yuqorida o`zbek tilidagi evfemizmga o`ldi—vafot etdi iborasini misol keltirdik. Ingliz tilida ham mana shunday ibora mavjud. “Passed away”(vafot etdi), “Passed over to the other”(narigi dunyoga ketdi) kabi iboralar o`ldi so`ziga teng bo`lib, bu xabarni aytishda inglizlar ham evfemizmdan munosib foydalanishadi. Biz o`lik, marhum deb ifodalaydigan so`zlarga ingliz tilida “No longer with us”(endi biz bilan emas) iborasi qo`llaniladi.
Har bir xalq nutqida o`z madaniyatidan kelib chiqib evfemizm qo`llaydi. Aniqroq ifodalaydigan bo`lsak, bir davlat uchun oddiy tuyilgan, neytral qaralishi kerak bo`lgan holat boshqa bir davlat madaniyati uchun juda qo`pol vaziyat tuyilishi mumkin. Masalan, ko`p mamlakatlar ishsiz fuqarolarga oddiy qarashadi, voyaga yetgan shaxsning ishsiz qolishi fojea emas, aksincha neytral holat. Lekin inglizlarda unday emas, ishsizlik eng katta omadsizlikdir. Shu sababdan ham, ishsizlarga yoki umuman, shu sohaga bog`liq bo`lgan iboralarga ta’rif berishda turli evfemizmlardan foydalanishadi. “Letting someone go”—xodimni ishdan bo`shatish o`rniga uni qo`yib yuborish ma’nosidagi ibora, “Between jobs”—ishsizlar o`rniga qo`lanuvchi birikma, ya’ni kasblar o’rtasida tanlovda, yoki ikkilanishda, “Choose to resign”— ishdan bo`shatish xabarini aytish o`rniga, nafaqaga chiqdi ma’nosidagi evfemizm va h.k.
Pul va moliyaviy sharoitlar haqida gapirish har qanday muhitda ham, ko`pincha, o`rinsiz hisoblanadi. Aynan buning natijasida inglizlar nutqida kundalik suhbat uchun juda ko`p moliyaviy evfemizmlar paydo bo`lgan. Ularda ko`pincha pul jargon so`zlari bilan birga ishlatiladi. Arzon so`zi o`rnida “Economical” , “Frugal”, “Thrifty” so`zlariga duch kelamiz. Barchasining tarjimasi bir so`zga teng keladi—ya’ni bir so`z bilan ifodalaganda, tejamkor. Buni o`zbek tilida ham uchratish mumkin. Qarz so`ziga nisbatan esa ular quyidagicha evfemizm qo`llashadi—“Negative cash flow”, so`zni tilimizga to`g`ridan to`g`ri tarjima qilganimizda salbiy pul oqimi ma’nosini anglashimiz mumkin.
Evfemizm deyilganda bu so`zning ma’nosini bilganlarning xayoliga birinchi bo`lib aytishga noqulay so`zlar keladi. O`zbek tilida bularga yorqin misol qilib xojatxonaga borish, xojat chiqarish ma’nosidagi so`zlarni misol qilib keltirish mumkin. Bular yozishga qancha noqulay bo`lsa, so`zlovchining nutq jarayonida undan-da noqulay tuyiladi. Ana shu sababdan ham, bizda xojatxonaga borish o`rniga tashqariga chiqib kelay, havo almashtirib kelay kabi iboralarni qo`llaymiz. Bu an’ana aynan inglizlarda ham mavjud va ular xojatxonaga chiqishni “Go to bathroom” birikmasi bilan ifodalashadi. Bu bizda hammomga kirish bilan teng hisoblanib, inglizlar hammomga borish deganda aynan xojatxonani ham, hammomni ham tushunishadi. Yana bir evfemizm borki, u yoshga nisbatan qo`llaniladi. Qarilik o`zbek tilida keksalik, nuroniylik davri deb muloyimlashtiriladi, xuddi shunga o`xshash holatni ingliz tilida ham uchrata olamiz, ular qarilikni “golden years” ya’ni oltin yillar deb atashadi. Bunda ma’no qay darajada yumshatilganini anglash sira qiyin emas.
Inglizlar dunyoda psixalogiyani o`rganish, uni amaliyotga tatbiq etish bo`yicha yetakchi o`rinda turadi. Ularda shunday oltin qoida borki, yomonga yomonligini aytib yaxshi ta’sir etish mumkin emas. Bu gapning isbotini quyidagi evfemizmlardan bilib olishimiz mumkin. Ular tinmay savol beradigan maydagap insonlarga qiziquvchan (inquisitive) ta’rifini berishadi. Yoki bo`lmasa, semiz insonlarni figurali yoki to`la deb baholashadi. Bu inson psixalogiyasida, albatta, yuksak ahamiyatga ega. Bizda sinfdoshlariga nisbatan passiv, ikkichi bo`lgan o`quvchilarga ortda qolgan yoki o`zlashtirishi past degan baho beriladi. Inglizzabonlar bu holatda juda chiroyli evfemizm qo`llaydilar. O`zlashtirishi past o`quvchiga nisbatan ularda “Late bloomer” iborasi qo`llaniladi va bu tilimizga “kech gullash” deb tarjima qilinadi. Bu bilan o`quvchi hech qanday kamsitilmagan holda kechroq, keyinroq o`zlashtirishi, eplab ketishi nazarda tutilgan.
Umuman, evfemizmlarning kundalik hayotimizda, nutq jarayonimizda keltiradigan foydasi bisyor. Ma`lumotlarga qaraganda, evfemizm qo`l bilan emas, til bilan bo`ladigan janglarning 70% ini bartaraf etish kuchiga ega ekan. Darhaqiqat, siz kimgadir uning kamchiligi haqida so`zlamoqchisiz-u, lekin uyalibmi, iymanibmi, bor gapni ayta olmayapsiz, masalan, suhbatdoshingizning ahmoqligi yoki boshqa bir salbiy sifati sizni so`zlashga majbur etayotgan bir paytda siz uning ko`nglini og`ritgingiz kelmayapti. Mana shunday vaziyatlardan bizni efemizmlar qutqaradi.
Bugungi kunda nafaqat inglizlarda yoki, o`zbeklarda, balki butun dunyo xalqlarida nutq madaniyati, notiqlik san’ati kabi me’yorlar bor. Va bu me’yorlar nutqni tartibga solishda katta rol o`ynaydi. Hech ikkilanmay, evfemizmni ham bu me’yorlar qatoriga qo`sha olamiz. Evfemizmlarni qo`llab so`zlash uchun qandaydir til me’yorlarini bilish yoki notiqlik san`atini o`rganish talab etilmaydi. Mening nazdimda, evfemizmdan tog`ri foydalanib so`zlash uchun kishi madaniyatli bo`lsa kifoya. Zero, kerakli joyda kerakli so`zni aytmoqlik ham mahoratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


Lingvistik ensiklopediya;
"O'zbek tilida evfemizm va disfemizm" Xurshida Qodirova;
The Wordsworth Book of Euphemism (Wordsworth Collection Reference Library) Paperback;
Etnomadaniy muloqot tizimida evfemizmlar.
Download 23,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish