Inqiroz ichidagi inqiroz: covid-19 va xalqaro migratsiya



Download 274,36 Kb.
bet3/4
Sana30.03.2022
Hajmi274,36 Kb.
#517002
1   2   3   4
Bog'liq
Inqiroz ichidagi inqiroz

Majburiy qaytish
Muhojirlar tomonidan chet elda ishlab topilgan pul mablag‘lari vatanga qaytganida kredit cheklovlarini yengib o‘tish va biznesni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, inson kapitaliga sarmoya kiritgan muhojirlar ichki mehnat bozori talablarini o‘zgartirishi mumkin.
Ammo, shuni unutmaslik kerakki, pandemiya tufayli aksariyat muhojirlarning rejalari o‘zgarib ketdi. Soddaroq qilib aytganda, ular rejalashtirgan mablag‘ni to‘play olmadi, ko‘zlangan kasb malakalarni o‘rgana olmadi. Umuman, muhojirlar o‘z xohishi bilan emas, majburlikdan vatanga qaytishiga to‘g‘ri kelmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida pandemiya paytida vatanga qaytgan muhojirlarning 5% ko‘zlagan jamg‘armasini yig‘ganligi tufayli vatanga qaytgani aniqlandi.
Bunday holatda, muhojirlarning vatanga qaytishidan jamiyat a’zolarining maksimal darajada naf ko‘rishi vatanda ularning mavjud malakasi va investitsiyalaridan foydalanishni rag‘batlantiruvchi institutlarga bog‘liq. Bunda, ularning investitsiya kiritishga va mehnat bozorida reintegratsiyasi qilishiga rag‘bat yaratuvchi tizimni shakllantirish juda muhim.
Pandemiya va o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari
O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi jarayoni asosan muddatli va mavsumiy xarakterga ega va muhojirlarning aksariyati bahor va yoz oylarida chet elda ishlab, qishki mavsumda vatanga qaytadi. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yil holatida 3 millionga yaqin o‘zbekistonlik chet elda mehnat faoliyatini olib bordi va ularning aksariyati Rossiya va Qozog‘iston hududida malaka talab qilinmaydigan sohalarda ish bilan band hisoblanadi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida ushbu davlatlarga asosan kam ta’minlangan oila a’zolarining borishi, daromadi yuqori uy-xo‘jaliklari vakillari esa ko‘proq Turkiya, Janubiy Koreya va AQShga yo‘l olishi aniqlangan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda mehnat muhojirlari tomonidan O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 6 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Xususan, MDH a’zo davlatlaridan 5 mlrd. jo‘natilgan bo‘lib, uning 98% Rossiya va Qozog‘istondagi muhojirlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan solishtirganda eng ko‘p pul jo‘natmalari qabul qiluvchi mamlakat bo‘lib kelmoqda.
Chegaralarning yopilishi va qattiq karantin choralari chet elda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik fuqarolarga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Xususan, turli manbalarga ko‘ra, qish mavsumi davrida uyiga qaytgan 500 mingga yaqin fuqarolar ko‘zlangan manziliga qaytib keta olmadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolarining asosiy manzili hisoblangan Rossiya Federatsiyasida har ikkinchi muhojir ishsiz qoldi[2]. Ijara va oziq-ovqat xarajatlari tufayli muhojirlar ahvoli yanada og‘irlashdi. Natijada, iyun oyidagi tiklanishga (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9%ga o‘sish) qaramay, joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalarining umumiy hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6%ga kamaydi (1-rasm).

Download 274,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish