Inson huquqlari tizimida bola huquqlarining himoyalanishi



Download 83 Kb.
Sana23.09.2022
Hajmi83 Kb.
#849953
Bog'liq
Inson huquqlari tizimida bola huquqlarining himoyalanishi


Inson huquqlari tizimida bola huquqlarining himoyalanishi
Har qanday demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati­da, birinchi navbatda inson va fuqarolar huquqlarini ta`minlashga alohida e`tibor qaratiladi. Aytib o`tish kerakki, aksariyat hollarda inson huquqlari, fuqarolar huquqlari deyilganda katta yoshdagi aholi nazarda tutiladi-yu, bolalar esa e`tibordan chetda qoladi. Biz quyida bolalar huquqlari bilan bog`liq masalalar yuzasidan mulo­haza yuritmoqchimiz.
O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar huquqiy munosa­batlarning subyektlari hisoblanadilar. Bizga ma`lumki, huquqiy munosabatlar subyekti deganda, qonun bilan belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo`lgan shaxslar tushuniladi.
Davlat aholi boshqa tabaqalarining qonuniy huquq va manfaat­larini himoya qilish bilan bir qatorda, voyaga yetmaganlar huquq­larini himoyalash va ta`minlashga ham alohida e`tibor qaratadi. “Bolalar huquqlari to`g`risida”gi BMT Konvensiyasining 1-moddasi, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22, 27, 29-modda­lari, Oila kodeksining 71-moddalari mazmun-mohiyatidan kelib chiqib aytish joizki, 18 yoshga to`lmagan voyaga yetmagan shaxs bola hisoblanadi (emansipatsiya holatlari bundan mustasno).
Bola huquqlari, ularning qonuniy manfaatlari, avvalo, 1924 yilgi “Bola huquqlari Jeneva Deklaratsiyasi” va BMT Bosh Assamb­leyasi tomonidan 1959 yil
20 noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlari Deklaratsiyasi”da ko`rsatib o`tilgan va “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi”da, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida”gi, “Ijtimoiy, iqtiso­diy va madaniy huquqlar to`g`risida”gi Xalqaro paktlarda, shuning­dek, yuqoridagi xalqaro hujjatlar asosida 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlari to`g`risida”gi Konvensiyada mustah­kamlangan. Bolalar huquqlariga oid normalarning rasmiylashtiri­lishidan ko`zda tutilgan asosiy maqsad, “Bola huquqlari Deklara­siyasi”da ko`rsatib o`tilganidek, “Bola aqliy va jismoniy jihatdan yetuk bo`lmaganligi sababli maxsus qo`riqlanish va g`amxo`rlikka, shu jumladan, tug`ilishidan oldin va keyin ham yetarli darajadagi huquqiy himoyaga muhtojligi” ni e`tiborga olish hamda uni amalga oshirishdir.
“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida”gi Xalqaro paktning 24-moddasiga asosan, har bir bola irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli yoki nasl-nasabi (tug`ilishi)dan qat`i nazar, sira kamsitilmasdan ahvo­liga ko`ra go`dak bo`lgani uchun oila, jamiyat va davlat tomonidan muhofaza tadbirlari ko`rilishi huquqiga egadir. Shuningdek, har bir bola tug`ilishi bilanoq darhol ro`yxatdan o`tkazilishi va unga nom qo`yilishi kerak hamda har bir bola fuqarolik sohibi bo`lish huquqiga egadir.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlan­gan “Bola huquqlari to`g`risida”gi Konvensiyaga muvofiq, har bir bola tug`ilishi bilan ismga ega bo`lish, fuqarolikni olish, ota-ona­sini bilish hamda ular tomonidan g`amxo`rlikka olinish huquqlariga ega. Shuningdek, har bir bola erkin va daxlsiz bo`lib, oiladagi yaxshi sharoit yaratilgan taqdirda ota-onasi bilan yashashga haqli. Bola o`z dunyoqarashini kengaytirish uchun ma`lumotlar to`plashi, boshqa odamlar bilan aloqada bo`lishi, uyushmalarga a`zo bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, har bir voyaga yetmagan shaxs o`z shaxsiy, oilaviy hayotiga, yozishmalar, telefonda so`zlashuvlarga aralashishlardan hi­moyalanish huquqiga ega.
Nogiron va yetim bolalarga jamiyatda o`z o`rinlarini topib ke­tishlari, ruhan ezilmasliklari uchun alohida g`amxo`rlik ko`rsati­lishi, malakali tibbiy yordam ko`rsatilishi lozim. Bola jismoniy, aqliy, ruhiy, ma`naviy, ijtimoiy kamoloti uchun yetarli hayot dara­jasiga ega bo`lish, bilim olish huquqiga ega. Bu talablarni bajarish avvalo ota-onalarga yuklatilgan yuksak mas`uliyatdir.
Ta`lim-tarbiya bolaning jismoniy, aqliy iqtidoridan kelib chiqqan holda, uning ongi shakllanishiga, jamiyatda o`z o`rnini topib ketishiga xizmat qilishi lozim. O`zbekiston Respublikasi Konsti­tutsiyasiga muvofiq, bolaning fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi, dam olish huquqi, ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Har bir bolaning yashashi, kamol topishi uchun asosiy makon oi­la hisoblanadi. Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 2-moddasiga muvofiq, ota-ona zimmasiga bolaning fa­ravon hayot kechirishi va kamolga yetishi haqida g`amxo`rlik qilish, uning huquq va manfaatlarini himoyalash vazifasi yuklatilgan. Oi­laning ichki hayotiga, bolalarning tarbiyasiga boshqalarning o`zbo­shimchalik bilan aralashishiga, tarbiyasiga salbiy ta`sir o`tkazishiga qonun yo`l qo`ymaydi. Agar bolaning huquqlari kamsitilsa, bunday oilaga nisbatan qonun yo`li bilan ta`sir ko`rsatishga, ota-onaning huquqlarini cheklashga, xattoki, ota-onaga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilish chorasini qo`llashga ham to`g`ri keladi.
Bolalarning o`z ota-onalari tomonidan parvarish qilinishi, manfaatlarining ta`minlanishi, o`z ota-onasi bilan oilada birga yashashi, ularning har tomonlama kamol topishiga insoniy qadr-qim­matlarining hurmat qilinishiga, yaxshilik va mehr-oqibat tuyg`ulari asosida tarbiyalanishlariga imkon beradi. Bolalar huquqlarini kamsitish, ular bilan qo`pol muomalada bo`lish, ularga jismoniy azob berish va ularning manfaatlariga zid bo`lgan boshqa g`ayriqo­nuniy xatti-harakatlar qonun bilan taqiqlanadi va tegishli javob­garlikka tortishga asos bo`ladi.
Bolalar o`z ota-onalari bilan bir oilada yashashlari va tarbiya­lanishlari uchun, avvalo, o`zining ota-onasini bilishi, tanishi kerak. Bolalarning o`z ota-onasini bilishi to`g`risidagi qoida “Bola huquq­lari to`g`risida”gi BMT konvensiyasining 7-moddasida nazarda tu­tilgan. Bolaning ota-onasi deganda, qonuniy nikohda turgan erkak va ayol yoki qonun bilan belgilangan tartibda otaligi yoki onaligi aniqlanib, fuqarolik holati dalolatnomalarida ota va ona sifati­da qayd etilgan shaxslar tushuniladi. Ba`zi hollarda (masalan, bola topilgan yoki farzandlikka olingan bo`lib, bu narsa sir saqlansa) bola uchun o`z ota-onasini bilish huquqidan foydalanish imkoniyati bo`lmasligi ham mumkin.
Har bir bola oilada ota-onasi g`amxo`rligidan foydalanish huquqiga ega deganda, bolaning oziq-ovqat, davolanish, kiyim-kechak, o`quv qo`llanmalari, uning yashashi va bilim olishi uchun zarur bo`lgan boshqa narsalar bilan ta`minlanishi nazarda tutiladi.
Ota-onaning ota-onalik huquqidan mahrum etilishi yoki boshqa sabablarga ko`ra, ota-ona tarbiyasidan mahrum bo`lgan voyaga yetmagan bolalarning oilada tarbiyalanish huquqini ta`minlash vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi. O`zbekiston Respublika­si Konstitutsiyasining 64-moddasi 2-qismida “Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo`lgan bo­lalarni boqish, tarbiyalash va o`qitishni ta`minlaydi”, deyilgan. Vasiylik va homiylik organlari ota-onalari tarbiyasidan mahrum bo`lgan voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka, oilaga tarbiyaga be­rish yo`li bilan ularning oilada tarbiyalanish huquqidan foydala­nishini ta`minlaydi.
Xulosa o`rnida shuni aytish lozimki, bolalar aholi orasida himoya va g`amxo`rlikka eng muhtoj qatlam hisoblanadi. Insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan mamlakatimizda voyaga yetmaganlar qonuniy manfaatlari va huquqlarini himoya qilish va ta`minlash masalalariga e`tibor ber­maslik mumkin emas. Zero har qanday davlatning ertasi, kelajagi uning farzandlari hisoblanadi.
Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish