Insonparvarlik, vatanparvarlik va tinchliksevarlik shaxs ma'naviyatining ajralmas qismi



Download 40,38 Kb.
bet3/4
Sana22.04.2022
Hajmi40,38 Kb.
#575121
1   2   3   4
Bog'liq
xulosa va kiriw

Vatanparvarlik - o'z vatanining mustaqilligini asrab-avaylash, uning yo'lida fidokorona mehnat qilish, Vatan pos-bonhgiga tayyor bo'lish, Vatan tarixi, madaniyatini bilish, faxrlanishdir. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsad-laridan biri ham O'zbekistonda yashovchi har bir fuqaroni, birinchi navbatda yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiyhk fazilatlarini chuqur singdirishdan iboratdir. Shiroqning o'z Vatanini yovlardan ozod etish uchun jonini fido qilgani, To'marisning tengsiz shijoati vatanpar-varlikning yorqin ko'rinishidir. Bunday insonlarning nomi xalq qalbida mangu yashaydi.
Bugungi O'zbekistonning eng buyuk vatanparvari Pre-zident Islom Karimovdir. Yurtboshimiz mamlakatimizni mustaqillikka boshlab, uning dunyo hamjamiyatidan munosib o'rin egallashida mislsiz xizmatlar qilmoqda, eng og'ir vaziyatlarda ham «Biz tanlagan yo'limizdan qaytmaymiz! » deb xalqni olg'a boshlamoqda.
Shuning uchun ham bugun yuksak natijalarga erishayotgan yurtdoshlarimiz Vatanimiz dovrug'ini dunyoga yoymoqda.
Vatanparvarlik - iymon-e'tiqodga aylangan yuksak ma'naviyatdir. Vatanparvarlik so'z va ish birligidir. Vatan-ga bo'lgan mehr-muhabbat havoyi va'dalar, balandparvoz so'zlarda emas, mehnatda, insonning bunyodkorlik faoliyatida namoyon bo'ladi. Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida vatanparvar insonni tarbiyalash vazifalari chuqur tahlil qihngan. Demak, xalqimiz oldida turgan eng muhim, eng dolzarb vazifa-jamiyatimiz a'zolarining qalbida milliy g'oya, milliy mafkura, o'z Vataniga mehr-sadoqat tuyg'usini uyg'otish, o'zligini anglash rahida tarbiyalashdan iboratdir.
Vatanparvarlik - bu ona zaminni sevish, e'zozlash, o'z ona-Vatani uchun jonkuyarlik qilish, o'z xalqining milliy madaniyati, san'ati, me'morchilik yodgorliklarini asrab-avaylash, Vatan oldida mas'uliyatli bo'lishdir.
Shu boisdan ham Abdulla Avloniy «Turkiy Guliston yoxud axloq» nomli asarida: «Har bir kishining tug'ilib o'sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kirn tug'ilgan, o'sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz turkis-tonhklar o'z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho'llarini, eskimoslar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarni boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yax-shi, tirikhk oson yerlarga hijrat qilurlar edi». Vatanparvarlikni tarbiyalashda awalo xalq og'zaki ijodi katta rol o'ynaydi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek: «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo'y bo'lishga, o'z yurtimizni, oilamiz qo'rg'onini qo'riqlashga, do'st-u yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o'rgatadi».
Vatanparvarlik ajdodlarimizdan avlodlarga meros bo'lib o'tayotgan buyuk tuyg'udir. To'maris, Shiroq, Spitamen, Mahmud Torobiy, Jaloliddin Manguberdi singari xalq qahramonlari, Mirzo Bobur, Qurbonjon Dodhoh, Dukchi Eshon, Namoz Pirimqulov va boshqalar jasoratlari hammamizga o'rnak bo'ladi. Istiqlol uchun kurashgan vatandoshlarimiz va ikkinchi jahon urashi yillarida jasurlik namunalarini ko'rsatgan va uzoq joylarda qurbon bo'lgan yurtdoshlarimizning jasorati qalbimizda mangu qoladi.
Inson uchun na davlat va na saltanat, na toj-u taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt mehriga teng kelolmaydi. Zero, Vatandan judolik - inson uchun katta baxtsizlik. «O'zbekiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari: Davlat gerbi, Davlat bayrog'i, Davlat madhiyasi azizdir. Ular ona-Vatan - O'zbekiston Respublikasiga iftixor va cheksiz hurmat tuyg'usini tarbiyalaydi.
Tinchliksevarlik - insonpaivaitik va vatanparvarlik kabi shaxs ma'naviyatining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Urush xavfidan xalos bo'lish, tinchlikka intilish har bir ma'rifatli mamlakatning bosh g'oyasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizda islohotlarni amalga oshirish va taraq-qiyotimizning asosiy shartlaridan biri sifatida tinchlik va barqarorlik ustuvor vazifa sifatida belgilab qo'yilgan. Al-batta, bu g'oyani amalga oshirish, uni xalqimiz qalbi va ongiga singdirishda istiqlol mafkurasining ahamiyati beni-hoya kattadir.
Bashariyat o'z taraqqiyotining barcha bosqichlarida, awalo, tinch-totuvhkka intilib kelgan. Biroq, har doim ham bu maqsadga erishilavermagan. Tarixga nazar tashlasak, inson ongli hayotining 6 ming yili davomida sodir bo'lgan 14 ming 513 ta turli darajadagi urashlarda 3 mlrd 640 mln kishi qurbon bo'lgan. Hisob-kitoblarga ko'ra, agar mana shu son-sanoqsiz urashlar natijasida barbod etilgan qiymat - qadriyat oltinga aylantirilganda, Yerning ekvator aylanasi bo'yicha uni qalinligi 10 metr, eni 8 km bo'lgan oltin kamar bilan aylantirib chiqsa bo'lar ekan.
Bu narsa urush va tinchlik, xavfsizlikni ta'minlash masalasi hanuzgacha insoniyat oldidagi eng olamshumul muammo bo'lib kelayotganidan dalolatdir. Xolbuki, bashari-yat faqat tinchlik va osoyishtalik barqaror bo'lgan taqdir-dagina o'z oliy maqsadlariga erishadi, moddiy va ma'naviy yuksaklikka ko'tariladi.
Sohibqiron Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug'bek Movarounnahrga podshohlik qilgan 40 yil mobaynida mamlakatda tinchlik-barqarorlik ustuvor bo'lgani sababli ilm-fan, madaniyat yuksak taraqqiy etgan, bunyodkorlik ishlari rivojlangan, ko'hna zaminimiz gullab-yashnagan. Aksincha, urush nizolari insonni odamiylik qiyofasidan ayiradi, jamiyatni butkul tanazzulga botiradi. 20 yildan ortiq o'zaro harbiy mojarolar tufayli sivilizatsiyadan batamom uzilib, dunyoning eng qoloq mamlakatlaridan biriga aylanib qolgan Afg'oniston buning yaqqol dalilidir.
Demak, tinch-totuv yashash ulkan siyosiy hamda ma'naviy masala bo'lib, u davlatlarning o'zaro hamkorlik, yaxshi qo'shnichihk, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, har bir davlatning milliy mustaqilligi va suverenitetini hurmat qilish, zo'ravonlik, kuch ishlatish siyosatidan voz kechish kabi qoidalarga asoslanadi.
Tinch-totuv yashash siyosati, awalo, har bir davlatning to'la teng huquqhhgini, ularning bir-biriga tazyiq o'tkaz-mashgini, o'zaro ishonch va hurmatga asoslangan muno-sabatlarni har tomonlama rivojlantirish, chegaralarning daxlsizligini e'tirof etishni nazarda tutadi.
Tinchliksevarlikning eng muhim belgilaridan biri -dunyoning bir butunhgini va yaxlitligini anglashdir. Shu sababli Respublikamiz ba'zi davlatlar o'rtasidagi o'zaro nizolarni siyosiy vositalar bilan hal etish tashabbusi bilan chiqmoqda. Hozirgi vaqtda urush va tinchlik masalasi dunyodagi eng yirik va boy mamlakatlar qo'lidadir. BMT doimo tinchlik tarafdori bo'lsa-da, dunyoning turli joylarida olovli nuqtalar tinchlikka xavf solib turibdi. O'zbekiston o'z xavfsizligini mustahkamlash maqsadida BMTning «Tinchlik uchun sherikchilik» dasturi mashqlarida qat-nashmoqda. Urush olovini yoquvchilar tuban va ma'na-viyatsiz kimsalardir. XXI asrda dunyoni ma'naviyat qutqaradi.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov mustaqil O'zbekiston davlatini jahon hamjamiyatiga tanitishda, xalqaro va tinchlik siyosatini yuritishda hamisha rahnamo bo'lib kelmoqda.
Xullas, insonparvarhk, vatanparvarlik va tinchliksevar-lik Sharq xalqlari hayotiy tajribasi va taraqqiyotida asosiy ma'naviy mezonlardan bo'lib kelgan. Bugungi demokratik huquqiy jamiyatni shakllantirishda ham bu tushunchalar e'tibordan chetda qolayotgani yo'q. Aksincha, bugungi yangi jamiyatning ham asosiy poydevori ayni shu tushunchalar zaminida qad rostlamoqda. Bu esa jamiyat a'zolaridan ma'naviy yetuklik va yuksak onglilikni talab qiladi.


Download 40,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish