“Intellectual School” o’quv markazi kimyo fani o’qituvchilari tomonidan tuzilgan. Suxrob Jumayev Shahboz Ahatov kimyo 7


KIMYO 9 XVIII asrda nechta element ma’lum bo’lgan? Javob: 30 tacha



Download 264,04 Kb.
bet2/4
Sana16.01.2020
Hajmi264,04 Kb.
#34841
1   2   3   4
Bog'liq
KIMYO savol-javob kitobcha


KIMYO 9

XVIII asrda nechta element ma’lum bo’lgan?



Javob: 30 tacha

XIX asrda nechta element ma’lum bo‘lgan?



Javob: 60 dan ortiq

Kimyoviy elementlarni sistemalashtirishga harakat qilganlar olimlarni ayting?



Javob: Nemis olimlari I.Debereyner (1829) va L.Meyer (1864), ingliz olimlari U .Odling va J.Nyulends (1863), fransuz olimlari J.Dyuma va A.Shankurtua

Erituvchilarni suvli, kislotali, yog‘li sinflarga ajratgan olim?



Javob: 1620 - yilda A.Sala

Sistemalashtirish muammosini kim muvaffaqiyatli hal qilgan?



Javob: 1869 - yilda rus olimi D.I.Mendeleyev

Davriy qonunni ayting?



Javob: Kimyoviy elementlar va ulardan hosil bo‘luvchi oddiy hamda murakkab moddalarning xossalari shu elementlar atomlarining yadro zaryadlari bilan davriy bog‘lanishda bo‘ladi

Davriylik nima?



Javob: Ma’lum intervaldan so‘ng xossalaming takrorlanishi

X-(rentgen) nurlarining kim fanga kiritgan?



Javob: Nemis olimi K.Rentgen

Radioaktivlikning kim fanga kiritgan?



Javob: Fransuz olimi A.Bekkerel

Atom yadrosi zaryadining elementning davriy sistemadagi tartib raqamiga tengligi kim aniqlagan?



Javob: Ingliz olimi D.Mozli

Yadro tuzilishi proton-neytron nazariyasining yaratilishiga kimlar asos solgan?



Javob: Rus olimlari D.D.Ivanenko va E.N.Gapon hamda nemis olimi V.Geyzenberg

Ionlanish energiyasi nima?



Javob: Elektronning atomdan ajralishi uchun zaruriy energiya miqdori

Elektronga moyillik nima?



Javob: Neytral atomga bitta elektronning birikishi natijasida ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori

Eng katta elektronga moyillik qiymatlariga ega bo‘lgan guruh va elementlar?



Javob: Yettinchi guruh bosh guruhchasi elementlari (F, Cl, Br, I)

Eng kuchli metall xossasini namoyon qiluvchi element?



Javob: Seziy

Eng kuchli metallmaslik xossasini namoyon qiluvchi element?



Javob: Ftor

Radioaktiv yemirilish nima?



Javob: Radioaktiv elementlaming o ‘z-o‘zidan radioaktiv nurlar chiqarishi natijasida yangi kimyoviy element hosil bo‘lishi

α - yemirilish nima?



Javob: Elementning yadro zaryadi 2, yadro massasi 4 birlikka kamayadi. Yangi hosil bo‘lgan elementning tartib raqami 2 birlikka kamayib, davriy sistemada ikki xona chapga siljiydi

β-yemirilish nima?



Javob: Element yadro massasi o ‘zgarmaydi, yadro zaryadi (n→p) esa bir birlikka ortadi

Pozitronli yemirilish nima?



Javob: Yadro massasi o‘zgarmaydi, yadro zaryadi esa bir birlikka kamayadi

Orbital kvant soni nima?



Javob: Energetik pog‘onachalardagi elektronlarning energiyasini yoki elektron «bulut»larning shaklini ifodalaydi.

Pog‘onachalardagi elektronlar soni qaysi formula yordamida topiladi?



Javob: 2(2l+1)

Magnit kvant soni nimani ifodalaydi?



Javob: Elektronlarning atomdagi holatini yoki elektron «bulut»larning magnit maydoniga nisbatan qanday holatda bo‘lishini ifodalaydi

Magnit kvant sonining son qiymati nechaga teng?



J: +1 dan -1 oralig‘ida bo‘ladi

Spin kvant soni nimani ifodalaydi?



Javob: Elektronning o‘z o‘qi atrofida aylanishini ifodalaydi

Spin kvant son qiymati nechaga teng?



Javob: Son qiymati bitta elektron uchun + ga, ikkita elektron uchun + va - ga teng

Pauli prinsipini ayting?



Javob: Bir atomda to‘rttala kvant sonlarining qiymati bir xil bo‘lgan ikkita elektron bo‘lishi mumkin emas

Bog‘ yo‘nalganligi nima?



Javob: Molekulaning fazoviy strukturasini, shaklini belgilaydi

Bog‘ qutbliligi nima?



Javob: Bog‘ o‘qi atrofida umumiy elektron juftining taqsimlanishi asimmetriyasi bilan belgilanadi

Bog‘ karraligi nima?



Javob: Atomlarni bog‘lab turuvchi elektron juftlar soni

Bog‘ uzunligi nima?



Javob: Atom yadrolari orasidagi masofaning muvozanat holati (nm o‘lchanadi)

Bog‘ energiyasi nima?



Javob: Bog‘ni uzish uchun bajariladigan ishga teng (kj/mol larda o‘lchanadi)

Kovalent bog‘lanish nima?



Javob: Atomlarning umumiy elektron juftlar yordamida bog‘lanishi

Elektrmanfiylik nima?



Javob: Kimyoviy element atomining umumiy elektron juftni o‘ziga tortish xususiyati

Qutbsiz kovalent bog‘ nima?



Javob: Elektrmanfiylik qiymati bir xil bo‘lgan atomlar orasidagi kovalent bog‘

Qutbli kovalent bog‘ nima?



Javob: Elektrmanfiyliklari qiymati turlicha bo‘lgan atomlar orasidagi kovalent bog‘

Ionlar nima?



Javob: Atomlar elektron biriktirishi yoki yo‘qotishidan hosil bo‘lgan zarralar

Ionlardan hosil bo‘lgan birikmalar nima deyiladi?



Javob: Ion birikmalar

Ionlar orasidagi bog‘ nima deyiladi?



Javob: Ion bog‘

Oksidlanish nima?



Javob: Elektronlar berish jarayoni

Qaytarilish nima?



Javob: Elektronlar qabul qilish jarayoni

Vodorod bog‘ nima?



Javob: Ikki elektrmanfiy atomlar orasida vodorod orqali vujudga kelgan bog‘

Valentlik nima?



Javob: Ma’lum element atomining qat’iy belgilangan sondagi boshqa element atomlari bilan birika olish imkoniyati

Bir xil atomlardan hosil bo‘lgan molekulalardagi atomlarning oksidlanish darajasi nechaga teng?



Javob: Nol

Vodorodning birikmalardagi oksidlanish darajasini ayting?



Javob: -1; +1

Kislorodning birikmalardagi oksidlanish darajasini ayting?



Javob: -2; +2; -1

Ftorning birikmalardagi oksidlanish darajasini ayting?



Javob: -1

Ishqoriy metallarning birikmalaridagi oksidlanish darajasini ayting?



Javob: +1

II guruh bosh guruhcha elementlarining birikmalaridagi oksidlanish darajasini ayting?



Javob: +2

Oddiy moddalardagi atomlarning oksidlanish darajasini ayting?



Javob: 0 (nol)

Birinchi marta D.I.Mendeleyevning gidratlar va S.Arreniusning ionlanish nazariyalarini elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi shaklida birlashtirishni kim taklif etgan?



Javob: Rus olimi I.A.Kablukov

Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nima?



Javob: Elektrolit suv yoki boshqa qutbli erituvchi ta’sirida eriganda hamda yuqori harorat ta’sirida suyuqlanganda, uning ionlarga ajralish hodisasi

Tirik tabiatning asosi qaysi element?



Javob: Uglerod

Uglerodning tabiatda uchraydigan birikmalari?



Javob: Sof holda va karbonat minerallari shaklida uchraydi

Uglerodning allotropik shakl o‘zgarishlarini ayting?



Javob: Olmos va grafit

Uglerodning sun’iy allotropik shakl o‘zgarishini ayting?



Javob: Karbin

Tabiatdagi eng qattiq modda?



Javob: Olmos

Yuqori adsorbsiyalovchi xossaga ega modda?



Javob: Pistako‘mir

Adsorbsiya nima?



Javob: Bir modda yuzasiga ikkinchi moddaning yutilishi

Adsorbent nima?



Javob: Yuzasida yutilish jarayoni yuz beradigan modda

Adsorbsiya nima?



Javob: Suyuqlik yoki qattiq jismlar sirtida boshqa moddalarning molekulalari, atomlari, ionlarining yutilishi

Sorbsiya nima?



Javob: Moddaga tashqi muhitdan boshqa moddalarning yutilishi

Adsorbtiv nima?



Javob: Adsorbent sirtiga yutilgan modda

Birinchi jahon urushi yillarida zaharli kimyoviy moddalarga qarshi aktivlashtiiilgan ko‘mirdan foydalanib, protivogazni kim ixtiro qilgan?



Javob: N.D.Zelinskiy

4% kremniy tutgan po‘latning o’ziga xos xususiyatini ayting?



Javob: Magnitlanish xususiyatiga ega

16% va undan ortiq kremniy tutgan po‘latning o’ziga xos xususiyatini ayting?



Javob: Kislotaga chidamli po‘lat hisoblanadi

Silliqlash va pardozlash toshlari tayyorlashda ishlatiladigan modda?



Javob: Karborund

Suyuq shish anima?



Javob: Natriy va kaliy silikatlari eritmalari

Oddiy oyna yoki boshqa shishalarni olinish usuli?



Javob: Kremniy (IV)-oksid (kvars, qum holida) va kalsiy karbonatni (ohaktosh, marmar holida) natriy karbonat (soda holida) bilan suyuqlantirib olinadi

Shishaga ko’k rang beruvchi modda?



Javob: Kobalt (Il)-oksid

Shishaga yashil rang beruvchi modda?



Javob: Xrom (Ill)-oksid

Shishaga to’q yashil ko’k rang beruvchi modda?



Javob: Temir (II)-oksid

Shishaga qizil rang beruvchi modda?



Javob: Mis (I)-oksid

Rubin shishani nima?



Javob: Oltin qo‘shilgan shisha

Keramika nima?



Javob: Gildan tayyorlangan buyumlar

Davriy sistemada nechta mettall bor?



Javob: 118 elementning 97 tasi metallardir

Erkin holda uchraydigan metallar nima deyiladi?



Javob: Passiv metallar

Tuzlar holida uchraydigan metallar nima deyiladi?



Javob: Faol metallar

Oksidlar va sulfatlar holida uchraydigan metallar nima deyiladi?



Javob: O‘rta faol metallar

Metallurgiya nima?



Javob: Metallami birikmalaridan qaytarish va metallami boshqa moddalardan ajratishdan iborat

Sanoatda metallarni olish usullari ayting?



Javob: 1)Pirometallurgik usullar; 2)Gidrometallurgik usullar; 3)Elektrotermik usullar

Pirometallurgik usul nima?



Javob: Metallarni olish yuqori haroratlarda metall birikmalarini bevosita termik ishlovdan o‘tkazishga (passiv metallarni olish) yoki uglerod, uglerod (II)-oksid, aluminiy, kremniy yoki vodorod yordamida metall oksidlarini qaytarishga asoslangan

Gidrometallurgik usul nima?



Javob: Metallarni olish ularning birikmalarini eritmaga o‘tkazib, yuqori haroratlarsiz, elektroliz yordamida yoki boshqa metallar ta’sir ettirib qaytarishga asoslangan. Bu usullar yordamida oltin, kumush, rux, uran va boshqa metallar olinadi

Elektrotermik usul nima?



Javob: Metallami olish oksidlar, gidroksidlar, tuzlar suyuqlanmalarini elektroliz qilishga asoslangan. Bu usullar yordamida ishqoriy va ishqoriy-yer metallar, aluminiy olinadi

Qora metallar nima?



Javob: Temir va uni qayta ishlashning asosiy mahsulotlari cho‘yan va po‘latlardir

Rangli metallar nima?



Javob: Temirdan boshqa metallar va ularni qayta ishlangan mahsulotlaridir

Rangli metallar nechaga bo’linadi?



Javob: Temir zichligiga (7874 kg/m3) nisbatan zichligining katta va kichikligiga qarab: 1)Yengil metallar (litiy, natriy, kaliy, kalsiy, aluminiy, magniy, titan, rux,surma va b.); 2)Og‘ir metallar (texnetsiy, kadmiy, nikel, simob, qalay, qo‘rg‘oshin, mis,kobalt)

Nodir metallarni ayting?



Javob: Kumush, oltin, platina, radiy, palladiy

Noyob metallarni ayting?



Javob: Aktinoidlar, lantanoidlar, molibden, volfram, vanadiy, niobiy, tantal, radiy, toriy

O‘zbekistonda hozirgi kunda nechta qimmatbaho metall konlar topilgan?



Javob: 40 ta

Qotishmalar nima?



Javob: Suyuqlantirilgan metallarda boshqa metallar, metallmaslar, murakkab moddalar erishidan hosil bo‘lgan eritmalar

Qotishmalar qanday tuzilishga ega?



Javob: Kristall tuzilishga ega

Qotishmalarning qanday turlari ma’lum?



Javob: Qattiq va yumshoq, qiyin va oson suyuqlanuvchi, ishqor va kislotalar ta’siriga chidamli turlarga bo‘linadi

99% mis va 1% berilliydan tashkil topgan qotishmaning o’ziga xos xususiyati?



Javob: Misdan 7 marta qattiq

50,1% vismut, 24,9% qo‘rg‘oshin, 14,2% qalay, 10,8% kadmiydan iborat qotishmaning o’ziga xos xususiyati?



Javob: 65,5°C da suyuqlanadi

5% rux, 50% mis, 45% aluminiydan iborat qotishmaning o’ziga xos xususiyati?



Javob: Rux, mis, aluminiy alohida bo‘lganda suvda erimaydi, lekin bu qotishma odatdagi sharoitda suv bilan ta’sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi

Gomogen qotishmalar nima?



Javob: Atom radiuslari o‘lchamlari yaqin metallar orasida hosil bo‘lgan, kristall panjara tugunlarida atomlari almashib joylasha oladigan qotishmalar (Cu-Au; Ag-Au; Na-K; Bi-Sb)

Geterogen qotishmalar nima?



Javob: Atom radiuslari o‘lchamlari keskin farqlanuvchi metallar orasida hosil bo‘lgan, kristall panjara tugunlarida atomlar almashib joylasha olmaydigan qotishmalar (Sn-Al; Zn-Al)

Intermetall qotishmalar nima?



Javob: Elektrmanfiylik qiymatlari birbiridan keskin farqlanuvchi metallardan hosil bo‘lgan qotishmalar. Ularda metallar turli ekvivalent miqdorlarda birikib, kimyoviy birikmalar hosil qiladi (CuZn, Cu3Al, Cu5Zn8)

Metall bog‘ nima?



Javob: Metallarda musbat ionlar va umumiy elektronlar orasida vujudga kelgan kimyoviy bog‘

Eng quyi suyuqlanish harorati ega metall?



Javob: Simob (-38,87°C)

Eng yuqorisi suyuqlanish harorati ega metall?



Javob: Volfram (3410°C)

Eng qattiq metallar qaysi?



Javob: Xrom va volfram

Eng yumshoq metallar qaysi?



Javob: Natriy, kaliy, indiy

Bir metallni boshqa metallar ularning birikmalaridan siqib chiqarish qobiliyatini kim batafsil o’rgangan?



Javob: Rus olimi N.N.Beketov

Metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatori yoki metallarning standart elektrod potensiallari qatorini kim yaratgan?



Javob: Rus olimi N.N.Beketov

Korroziya nima?



Javob: Metallarning atrof-muhit bilan ta’sirlashishi natijasida yemirilish jarayoni

Kimyoviy korroziya nima?



Javob: Elektr tokini o‘tkazmaydigan muhit bilan ta’sirlashish natijasida metallning yemirilishi

Elektrokimyoviy korroziya nima?



Javob: Boshqa metall yoki elektrolit, suv bilan bevosita ta’sirlashish natijasida metallning yemirilishi

Korroziyaning turlarini ayting?



Javob: Kimyoviy korroziya, biokimyoviy yoki biokorroziya, elektrokimyoviy korroziya

Kimyoviy korroziyaga misol keltiring?



Javob: Natriy va kalsiyning havoda oksidlanishi, vodorod sulfidli, galogenli, oltingugurt (IV)-oksidli va boshqa gazli muhitda, elektr tokini o‘tkazmaydigan neft, benzin, toluol kabi suyuqliklar ta’sirida metall yemirilishi misol bo‘ladi. Bunda elektronlar metalldan bevosita oksidlovchiga o‘tadi

Metallar va metall konstruksiyalami korroziyadan himoyalashda qo’llaniladigan usullarni ayting?



Javob: 1)Himoya qoplama hosil qilish; 2)Korrozion muhitning faolligini kamaytirish (ingibirlash); 3)Metallning xossalarini o‘zgartirish (qo‘shimchalarni yo‘qotish yoki qo‘shimchalar qo‘shish); 4)Elektrokimyoviy himoyalash; 5)Kimyoviy barqaror materiallardan foydalanish

Elektroliz nima?



Javob: Elektrolit eritmasidan yoki suyultirilgan elektrolitdan elektr toki o‘tkazilganda sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni

Eruvchan anod nima?



Javob: Elektroliz vaqtida yemiriladigan, ya’ni eritmaga ionlar holida o‘tadigan elektrodlardir

Erimaydigan anod nima?



Javob: Erimaydigan anod elektroliz paytida ionlar holida eritmaga o‘tmaydigan elektrodlardir. Bu elektrodlar oltin, platina yoki grafitdan tayyorlanadi

Elektroliz qonunlarini kim kashf etgan?



Javob: Ingliz olimi M.Faradey

Faradeyning 1-qonuni nima?



Javob: Elektrodda ajralib chiqadigan moddaning miqdori faqat birgina omilga - eritmadan o‘tayotgan elektr miqdoriga proporsionaldir

Faradeyning 2-qonuni nima?



Javob: Turli moddalarning eritmasidan bir xil miqdorda elektr toki o‘tganda, elektrodlarda ekvivalent og‘irliklariga proporsional miqdorda moddalar ajralib chiqishi

Faradey soni nima?



Javob: Istalgan moddadan bir gramm-ekvivalent modda ajralib chiqishi uchun zarur elektr miqdori (96500 kulon)

Galvanoplastika nima?



Javob: Elektroliz yordamida relyefli buyumlardan nusxa olish (B.S.Yakobi, 1837)

Metallar ichida eng kuchli qaytaruvchi, faol metall qaysi?



Javob: Seziy

Litiyning odam organizmida o’ziga xususiyatlari?



Javob: Stimulatorlik xossasiga ega, teratogen, antidepressant xususiyatlari ham bor

Sanoatda natriy va kaliyning olinishi?



Javob: Ularning suyuqlantirilgan tuzlarini elektroliz qilib olinadi

Suvosti kemalarining xonalarida yig‘ilib qolgan karbonat angidridni bog‘lash maqsadida foydalaniladigan modda?



Javob: Natriy peroksid (Na2O2)

«Ammiakli usul» kim taklif etgan?



Javob: E.G. Solve

II guruh bosh guruhi elementlari nima deb ataladi?



Javob: Ishqoriy-yer metallari

Sanoatda kalsiy va magniyning olinishi?



Javob: Tuzlarining suyuqlanmasini elektroliz qilib olinadi

Magniy va kalsiy tuzlari tibbiyotda qo‘llanilishi?



Javob: Magnezit, kuydirilgan magneziya, kalsiy xlorid, kalsiy glukonat, talk sifatida qo’llaniladi

O‘simliklardagi muhim hayotiy funksiyani bajaruvchi xlorofill asosida qaysi element joylashgan?



Javob: Magniy

Qonning ivishi, ba’zi fermentlar faolligi qaysi element bilan bevosita bog‘liq?



Javob: Kalsiy

Suyak, qon, xavfli o‘sma, poliomiyelit kabi kasalliklami davolashda qo‘llaniladigan modda?



Javob: “Askalsiy” birikmasi

O‘simliklarda fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi pigment xlorofill tarkibida necha foiz magniy elementi bor?



Javob: 3% magniy

Magniy tuzlari yetishmasligi natijasida o‘sim1ik1arda kelib chiqadigan o’zgarishlar?



Javob: Barglarining yashilligini yo‘qolishi, fotosintez jarayoni buziladi, hosildorlikning keskin kamayishi kuzatiladi

Oksidlovchi modda bo‘lib, xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. To‘qimachilik sanoatida oqartirgich sifatida va qog‘oz ishlab chiqarish sanoatida keng foydalaniladi. Dezinfeksiyalash maqsadida ham ishlatiladigan moddani toping?



Javob: Xlorli ohak - Ca(ClO)2

Gipsning qanday turlari mavjud?



Javob: 1)Tabiiy gips; 2)Kuydirilgan gips; 3)Suvsiz gips

Qattiq suv nima?



Javob: Tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari ko‘p bo‘lgan suv

Yumshoq suv nima?



Javob: Tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari bo‘lmagan yoki juda kam bo‘lgan suv

Vaqtinchalik qattiqlik nima?



Javob: Suvda magniy va kalsiy gidrokarbonatlar [Ca(HCO3)2; Mg(HCO3)2] mavjudligi bilan bog‘liq

Doimiy qattiqlik nima?



Javob: Suvda magniy va kalsiy sulfatlar va xloridlar [CaSO4; CaCl2; MgSO4; MgO] mavjudligi bilan bog‘liq

Kalsiy qattiqligi nima?



Javob: Suvda kalsiy tuzlari mavjudligi bilan bog‘liq

Magniy qattiqligi nima?



Javob: Suvda magniy tuzlari mavjudligi bilan bog‘liq

Umumiy qattiqlik nima?



Javob: Suvning kalsiy va magniy qattiqligi yig‘indisi

Suvning qattiqligini pasaytirish, yumshatish uchun qaysi usullardan foydalaniladi?



Javob: Distillatsiya (suvni haydash) hamda kimyoviy usullardan foydalaniladi. Kimyoviy usullarda magniy va kalsiy ionlari suvdan erimaydigan birikmalar tarzida chiqarib yuboriladi

Sanoatda suvning qattiqligini yo‘qotish qaysi usul qo’llaniladi?



Javob: Ion almashinuv usuli qo‘llaniladi

Kationitlar nima?



Javob: Suvda erimaydigan, tarkibida tashqi muhit kationlariga (Ca+2, Mg+2) almashina oluvchi, harakatchan kationlar (Na+) tutadigan qattiq moddalar

Anionitlar nima?



Javob: Suvda erimaydigan, tarkibida tashqi muhit anionlariga (SO42-, Cl-) almashina oluvchi, harakatchan anionlar tutadigan qattiq moddalar

Alumosilikatlar nima?



Javob: Anion sifatida tarkibiga aluminiy va kremniy, kationlar sifatida tarkibiga ishqoriy va ishqoriy-yer metallar kiradigan tuzlardir

Alumosilikatlarga nima misol bo’ladi?



Javob: Dala shpatlari, slyudalar

Aluminiy sanoatda qanday usulda olinadi?



Javob: Elektrotermik usulda olinadi. Bunda suyuqlantirilgan kriolitda (Na3AlF6) erigan aluminiy oksid elektrolit bo‘ladi. Bu suyuqlanmaga biroz miqdor aluminiy ftorid qo‘shiladi. Bunday elektrolit elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Elektroliz 950°C da olib boriladi. Suyuqlanmadan 5-8 volt kuchlanishdagi, 80000 ampergacha tok kuchiga ega bo‘lgan doimiy tok o‘tkaziladi. Bunda katodda aluminiy, anodda kislorod ajraladi, kislorod ugleroddan tayyorlangan anod bilan ta’sirlashadi

Odatdagi haroratda aluminiy havoda o‘zgarmasligini sababi nima?



Javob: Yupqa, mustahkam oksid pardasi mavjudligi va oksid parda suv va boshqa oksidlanish holatidan himoya qilib turadi

Aluminotermiya nima?



Javob: Metall oksidlarini aluminiy bilan qaytarib, metall olish usuli

Termit nima?



Javob: Aluminiy bilan temir kuyundisining aralashmasi

Termit nimada ishlatiladi?



Javob: Metallami payvandlashda ishlatiladi

Aluminotermiyani kim ochgan?



Javob: Rus olimi N.N.Beketov ochgan

Aluminotermiya metallurgiya sanoatida qaysi metallar olishda ishlatiladi?



Javob: Xrom, marganes, vanadiy, sirkoniy, titan kabi metallami ularning oksidlaridan olishda ishlatiladi

Aluminiy va uning qotishmalari o’ziga xos xususiyatlari?



Javob: Yengilligi va havo, namlik ta’siriga chidamli bo‘lganligi uchun xalq xo‘jaligida keng ishlatiladi

Dyuraluminiyning tarkibi va o’ziga xos xususiyatlari?



Javob: (95% Al, 4% Cu, 0,5% Mg, 0,5% Mn) , po‘lat kabi mustahkam, lekin undan uch barobar yengil qotishma

Nemis olimi F.Vyoler 1827-yilda aluminiyni qaysi usul bilan olgan?



Javob: AlCl3 + 3K = 3KCl + Al

Zang nima?



Javob: Temir (III) - gidroksiddan Fe(OH)3 iborat sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli tuzilma

Och-yashil rangli cho’kmaning vaqt o‘tishi bilan qo‘ng‘irlashishi reaksiyasimi ayting?



Javob: Och-yashil rangli cho’kma temir (II) - gidroksidning (Fe(OH)2) havodagi suv tomchilari va kislorod bilan reaksiyasi natijasida qo‘ng‘ir rangli cho’kma temir (III) – gidroksidga (Fe(OH)3) aylanadi

Gemoglobinning bir molekulasida nechta temir ioni mavjud?



Javob: To‘rtta Fe+2 ioni bo‘ladi

O‘simliklarda temir yetishmovchiligidan kelib chiqadigan kasallik?



Javob: Xloroz kasalligi

Insonlar organizmida temir yetishmovchiligidan kelib chiqadigan kasallik?



Javob: Kamqonlik kasalligi

Temirning ferrotsen birikmalari asosida o‘zbek olimlari A.G.Mahsumov, I.R.Asqarov, T.Y.Nasriddinov hamda ularning shogirdlari tomonidan sintez qilingan 10 dan ortiq biologik faol moddalar nimada ishlatiladi?



Javob: Temir yetishmasligi, kamqonlik kasalligini davolashda eng samarali dori sifatida tavsiya etilgan

Cho‘yanning tarkibi?



Javob: Tarkibida 2,14 % dan ko‘p uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasi. Shuningdek, cho‘yan tarkibida 1,5% gacha Mn, 4,5% gacha Si va oz miqdorda S hamda P bo‘ladi

Po‘latning tarkibi?



Javob: Tarkibida 2,14 % dan kam uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasi

Cho‘yanning olinishi?



Javob: Temir oksidlaridan iborat bo‘lgan temir rudalaridan domna pechlarida-domnalarda suyuqlantirib olinadi

Cho‘yanning o’ziga xos xusussiyatlari?



Javob: Temirdan qattiq, mo‘rt bo‘ladi, bolg‘alanmaydi

Legirlangan cho‘yan tarkibi?



Javob: Tarkibida Cr, Ni, Si va Mn bo‘ladi

To‘yingan cho‘yandan po‘lat olishda qanday pechlarda amalga oshiriladi?



Javob: Kislorod konvertori, marten pechi yoki elektr yoyi pechida amalga oshiriladi

Uglerodli po‘latning tarkibi?



Javob: Tarkibida 2 % gacha C, 0,1-1 % gacha Mn, 0,4 % gacha Si, S va P bo‘lgan po‘latdir

Legirlangan po‘lat nima?



Javob: Po‘latga alohida xossalar (mexanik puxtalik, korroziyaga bardoshlilik, elektr, magnit xossalari) berish uchun Cr, Ni, Mo, Al va boshqa qo‘shimchalar qo‘shib tayyorlanadi

Po’latni xossalari o‘zgartirish qanday amalga oshiriladi?



Javob: Po‘latni toblash, qizdirish, sementlash, azotlash, bolg‘alash yo‘llari bilan amalga oshiriladi

Konstruksion po‘latlar nima va nimaga ishlatiladi?



Javob: Yuqori darajada mustahkamlikka va plastiklikka ega bo‘lib, ularga bosim ostida ishlov berish, ularni kesish, payvandlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ulardan mashina qismlari, konstruksion buyumlar va binolar qurishda foydalaniladi.

Asbob-uskunabop po‘latlar nima va nimaga ishlatiladi?



Javob: Yuqori darajada mustahkamlikka va qattiqlikka ega, yemirilishga chidamli bo‘ladi. Ularning alohida guruhini tez kesuvchi po‘latlar tashkil etib, ular katta tezlikda kesish jarayonida ham (600-700° C) kesish xususiyatlarini saqlab qoladi

Zanglamaydigan, yuqori haroratga chidamli, magnit xossali po‘latlar nimaga ishlatiladi?



Javob: Yuqori haroratlarda ham atmosferada, kislotalar eritmalarida va boshqa korrozion muhitlarda korroziyaga chidamli bo‘lib, ulardan gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar, raketa qurilmalari, magnit qurilmalari tayyorlanadi

Insonga dastlab ma’lum bo‘lgan organik moddalar nimalar?



Javob: Sirka, vino, shakar, efir moylari, bo‘yoqlar

Organik birikmalar tarkibiga qaysi elementlar kiradi?



Javob: Uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, oltingugurt

Dastlab organik moddalardan - oksalat kislota va mochevinani kim sintezlangan?



Javob: Nemis olimi F.Vyoller

Birinchi marta anilinni kim sintez qilgan?



Javob: Rus olimi N.N.Zinin

Sirka kislotasini kim sintez qilgan?



Javob: Nemis olimi G.Kolbe va ingliz olimi Franklend

Sun’iy yog‘simon moddani kim sintez qilgan?



Javob: Fransuz olimi M.Bertlo

Shakarsimon moddani kim sintez qilgan?


Javob: Rus olimi A.M.Butlerov

Organik birikma va organik kimyo tushunchalarini kim fanga kiritgan?



Javob: 1827-yilda shved kimyogari I.Ya.Berselius

A.M.Butlerovning organik kimyo birikmalarining kimyoviy tuzilish nazariyasini ayting?



Javob: 1)Atom va molekulalar real mavjud. Atomlar molekulada tartibsiz holda emas, balki valentliklariga mos ravishda ma’lum izchillikda bir-biri bilan kimyoviy bog‘lar orqali birikadi; 2)Moddaning xossalari nafaqat sifat va miqdoriy tarkibga, balki molekulalarning kimyoviy tuzilishiga ham bog‘liq; 3)Molekuladagi atom yoki atomlar guruhi bir-biriga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi

Izomeriya hodisasi kim ochgan?



Javob: 1823-yilda Yu.Libix va F.Vyoller

Organik moddalarni radikallar asosida birinchi tuzilish nazariyasi kim taklif etgan?



Javob: 1876-yilda J.Dyuma va P.Buley

Elementlar valentligini kim ochgan?



Javob: E.Franklend

Organik birikmalarda uglerodning to‘rt valentliligi kim aniqlagan



Javob: A.Kekule

Uglerod atomlarining bir-biri bilan bog‘lana olish qobiliyatini kim aniqlagan?



Javob: A.Kuper, A.Kekule

Izomerlar nima?



Javob: Bir xil molekular massa sifat va miqdoriy tarkibga ega, lekin kimyoviy tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari turlicha bo‘lgan moddalar

To’yingan uglevodorodlar nima?



Javob: Uglerod atomlari o‘zaro oddiy bog‘ bilan, qolgan valentliklari vodorod bilan to‘yingan uglevodorodlar

To‘yingan uglevodorodlar guruhlarini ayting?



Javob: Atsiklik va alitsiklik uglevodorodlarga bo‘linadi

Atsiklik uglevodorodlar nima?



Javob: Halqali tuzilishga ega bo‘lmagan alifatik uglevodorodlar

Alitsiklik uglevodorodlar nima?



Javob: Halqali tuzilishga ega bo‘lgan uglevodorodlar

Alkanlar nima?



Javob: Ochiq zanjirli to‘yingan uglevodorodlar

Gomologik qator nima?



Javob: Tarkibi va kimyoviy xossalari o‘xshash va birbiridan CH2 - atomlar guruhiga farq qiluvchi moddalar qatoriga aytiladi

Gibridlanish hodisasini kim tushuntirib bergan?



Javob: 1931-yilda L.K.Poling

Gibridlanish hodisasi nima?



Javob: Bog‘ hosil bo‘lishida elektron bulutlari bir - biri bilan aralashib ketadi va orbitallar shakl va energiya bo‘yicha tenglashib qolishi

Tabiiy gazning 90-98 % qaysi gaz tashkil qiladi?



Javob: Metan

Vyurs reaksiyasi nima?



Javob: Alkanlarni natriy metalli bilan va uglevodorodlar galogenli hosilalarining o ‘zaro ta’sirida olish reaksiyasi

Laboratoriyada metanni olish usullari?



Javob: 1)Aluminiy karbidning suv bilan ta’sirlashishidan; 2)Natriy asetatning natriy gidroksid bilan aralashmasini qizdirib; 3)Alkanlarni natriy metalli bilan va uglevodorodlar galogenli hosilalarining o‘zaro ta’siridan ham olish mumkin (Vyurs reaksiyasi)

Sikloalkanlar nima?



Javob: Yopiq zanjirli to‘yingan uglevodorodlar

Bayer nazariyasi nima?



Javob: Sikloalkanlarda halqalarning barqarorligi har xil bo‘ladi. Halqalaming barqarorligi besh a’zoli halqagacha ortib boradi va undan so‘ng pasayadi

To‘yinmagan uglevodorodlar nima?



Javob: Molekulalarida uglerod atomlari qo’shbog’ yoki uchbog’ orqali bog‘langan uglevodorodlar

To‘yinmagan uglevodorodlarning eng muhim vakillarini ayting?



Javob: Alkenlar (etilen qatori); Alkadiyenlar (diyen qatori); Alkinlar (asetilen qatori)

Alkenlar nima?



Javob: Molekulasida bitta qo‘shbog‘ tutgan uglevodorodlar

Alkadiyenlar nima?



Javob: Molekulasida ikkita qo‘shbog‘ tutgan uglevodorodlar

Alkinlar nima?



Javob: Molekulasida bitta uchbog’ tutgan uglevodorodlar

Geometrik stereoizomeriya nima?



Javob: O‘rinbosarlarning qo‘shbog‘ atrofida fazoviy joylashuvining turlichaligi natijasida vujudga keladigan izomeriya

Strukturaviy izomeriya nima?



Javob: Uglerod zanjirining tarmoqlanishi va qo‘shbog‘ning joylashishi bilan bog‘liq bo‘lgan izomeriya

Markovnikov qoidasi nima?



Javob: To‘yinmagan bog‘li birikmalarga harakatchan vodorod atomiga ega bo‘lgan moddalar birikkanda, vodorod atomi ko‘proq gidrogenlangan uglerod atomiga birikadi, molekulaning qolgan qismi ozroq gidrogenlangan uglerod atomiga birikadi

Polimerlanish nima?



Javob: Bir xil molekulalarning ketma-ket yanada yirik molekulalar hosil qilib birikish reaksiyasi

Polimerlar nima?



Javob: Polimerlanish natijasida hosil bo’lgan yuqori molekular moddalar

Makromolekula nima?



Javob: Polimer molekulalari

Monomerlar nima?



Javob: Makromolekularni hosil qiladigan quyi molekular birikmalar

Qo‘shbog‘li birikmalar olish reaksiyalari?



Javob: 1)Digalogenli hosilalardan galogen ajralishi; 2)Galogenli hosilalardan vodorod galogenid ajralishi; 3)Spirtlardan suvning ajralishi (degidratlanish); 4)Alkanlardan vodorod ajralishi (degidrogenlanish)

Zaysev qoidasi nima?



Javob: Vodorod ajralishi bilan boradigan reaksiyalarda vodorod kam gidrogenlangan uglerod atomidan ajraladi

To'yinmagan alkenlarni neft mahsulotlaridan qanday olinadi?



Javob: Neft maxsulotlarini krekingi va pirolizidan olinadi (700°C)

Alkadiyenlar nima?



Javob: Tarkibida ikkita qo‘shbog‘ tutgan to‘yinmagan uglevodorodlar

Poliyenlar nima?



Javob: Tarkibida ikkitadan ortiq qo‘shbog‘ tutgan to‘yinmagan uglevodorodlar (alkatriyen va b.)

Kauchuk nimadan olinadi?



Javob: Geveya kabi tropik o‘simliklarning sutsimon shirasi lateksidan olinadi

Kauchuk nima?



Javob: Yuqori elastiklikka ega bo‘lgan material

Lateks nima?



Javob: Kauchukning suvdagi kolloid eritmasi

Kauchuk nimada eriydi?



Javob: Uglerod disulfidda, benzin, benzolda eriydi

Kauchukning muhim xususiyati nima?



Javob: Elastikligi va suv o‘tkazmasligi

Tabiiy kauchuk monomerini ayting?



Javob: Izopren

Vulkanlash nima?



Javob: Kauchukni oltingugurt bilan qo‘shib qizdirib rezinaga aylantirish jarayoni

Ebonit nima?



Javob: Kauchukni vulkanlashda tarkibida 32 % gacha oltingugurt tutgan mahsulot

Ebonit o’ziga xos xususiyati?



Javob: Qattiq, izolatorlik xususiyatiga ega modda

Kauchukning ishlatilishi?



Javob: Xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega, uni avtomobil, aviatsiya, elektrotexnika sanoatida, tibbiyotda keng qo’llanadi

Aromatik uglevodorodlarning o’ziga xos tuzilishi?



Javob: Halqali tuzilishga ega

Aromatik uglevodorodlarni galogenlash nima?



Javob: Benzol yadrosidagi vodorod atomlarining katalizator ishtirokida (AlCl3, FeCl3) galogenlarga almashinishidir

Aromatik uglevodorodlarni gidrogenlash nima?



Javob: Benzol halqasini nikel yoki platina ishtirokida vodorod bilan to‘yintirish

Aromatik uglevodorodlarni nitrolash nima?



Javob: Benzol yadrosidagi vodorod atomlarining sulfat kislota ishtirokida nitroguruh -NO2 almashinishidir

Aromatik uglevodorodlarni sulfolash nima?



Javob: Benzol yadrosidagi vodorod atomlarining sulfat kislota qoldig‘i sulfoguruh -SO2OH almashinishidir

Neft nima?



Javob: Gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlarning aralashmasidan iborat moysimon, rangi - sariq yoki och-qo‘ng‘ir rangdan qora ranggacha, yoqimsiz hidga ega, suvdan yengil, zichligi 730 dan 860 kg/m3 gacha bo‘lgan suyuqlik

Har bir neft qazib olinadigan joylarda erigan yoki erkin holda uchraydigan gazlar?



Javob: Tabiiy, yo‘ldosh gazlar uchraydi. Ularda metan kamroq, asosan, etan, propan, butan va boshqa uglevodorodlar bo‘ladi.

Spirt nima?



Javob: Tarkibidagi bir yoki bir nechta vodorodni -OH gidroksid funksional guruhiga almashtirgan uglevodorod hosilalaridir

Spirtlardagi o’ziga xos bog’ turi?



Javob: Vodorod bog‘i mavjud

Spirtlarning umumiy formulasi?



Javob: CnH2n+1OH

Tarkibida tutgan gidroksiguruhi soniga qarab, spirtlar guruhlari nechta?



Javob: Bir atomli (bitta -OH guruh tutgan), ikki va ko‘p atomli (bir nechta - OH guruh tutgan) spirtlarga bo‘linadi

Spirtlar o‘zaro bir-biri bilan reaksiyaga kirishsa nima hosil bo’ladi?



Javob: Oddiy efirlarni hosil qiladi

Spirtlar organik va noorganik kislotalar bilan reaksiyaga kirishsa nima hosil bo’ladi?



Javob: Murakkab efirlar hosil qiladi

Spirtlar kuchli oksidlovchilar ta’sirida qanday o’zgaradi?



Javob: Aldegid va kislotalarga aylanadi

Nitroglitserinning fizik xususiyatlari va ishlatilishi?



Javob: Og‘ir moysimon suyuqlik, yengil silkinish ta’sirida, qizdirilganda portlaydi. Tibbiyotda va dinamit tayyorlashda ishlatiladi

Glitserin va etilenglikolning suvli va spirtli eritmalarining o’ziga xos xususiyati va ishlatilishi?



Javob: Quyi haroratlarda muzlamaydigan eritmalar. Antifrizlar sifatida ishlatiladi

Glitserinning o’ziga xos xususiyati va ishlatilishi?



Javob: Gigroskopik modda. Tibbiyotda qo‘l terisini yumshatish uchun va turli surtmalar tayyorlashda ishlatiladi, terini qayta ishlash sanoatida qo‘lni qurib ketishdan saqlash uchun, to‘qimachilik sanoatida gazlamalarga yumshoqlik va elastiklik berish uchun qo‘llaniladi

Benzol yadrosidagi uglerod atomi bilan gidroksiguruh bevosita bog‘langan aromatik uglevodorodlar nima deyiladi?



Javob: Fenollar

Fenolning ishlatilishi?



Javob: Dorivor moddalar, fotografiyada ochiltiruvchilar va bo‘yoqlar ishlab chiqarishda hamda dezinfeksiyalovchi vosita (kuchli antiseptik) sifatida qo‘llanadi

40% chumoli aldegidi tutgan suvli eritma nima deyiladi?



Javob: Formalin

Formalinning ishlatilishi?



Javob: Tibbiyotda dezinfeksiyalovchi vosita (kuchli antiseptik) sifatida qo‘llanadi

Polikondensatsiya reaksiyasi nima?



Javob: Yuqori molekular birikma hosil bo‘lishida quyi molekular birikmalar (suv, ammiak, vodorod xlorid) ham hosil bo‘luvchi reaksiyalarga aytiladi

Sirka aldegidini sanoatda olinishi?



Javob: M.G.Kucherov ochgan reaksiya - asetilenni simob tuzlari (hozirgi vaqtda ekologik xavfsiz katalizatorlar ishlatiladi) ishtirokida gidratlash reaksiyasi orqali olinadi

Sirka aldegidning ishlatilishi?



Javob: Sirka kislota, plastmassa, fenoplastlar, dorivor vositalar ishlab chiqarishda muhim modda hisoblanadi

M.G.Kucherov reaksiyasi?



Javob: Asetilenni simob tuzlari (hozirgi vaqtda ekologik xavfsiz katalizatorlar ishlatiladi) ishtirokida gidratlash reaksiyasi

Karbon kislotalar nima?



Javob: Molekulasida uglevodorod radikali bilan (chumoli kislotada vodorod) tutashgan bir yoki bir nechta karboksil -COOH guruh tutgan murakkab organik birikmalar

Karbon kislotalaming umumiy formulasi?



Javob: CnH2n+1COOH

Karbon kislotalarning suvdagi eritmalarining ta’mi?



Javob: Nordon

Karbon kislotalarning spirtlar bilan raeksiyasi nima deyiladi?



Javob: Eterifikatsiya reaksiyasi

Eterifikatsiya reaksiyasi natijasida nima hosil bo’ladi?



Javob: Murakkab efir

Nok hidli murakkab efir?



Javob: Sirkaizoamil efiri

Ananas hidli murakkab efir?



Javob: Moyetil efir

Xrizantema hidli murakkab efir?



Javob: Chumolifeniletil efir

Olma hidli murakkab efir?



Javob: Izovalerian izoamil efiri

Ekstraksiya nima?



Javob: Tabiiy efirlarni o‘simliklardan organik erituvchilar yordamida ajratib olish

Suyuq moylarni qanday qilib qattiq yog’larga aylantiriladi?



Javob: Gidrogenlash

Glitserin va yog‘ kislotalaridan eterifikatsiya orqali yog‘ olishni kim amalga oshirgan?



Javob: Fransuz olimi M.Bertlo

Uglevodlar nima?



Javob: Uglerod, kislorod va vodoroddan tashkil topgan murakkab moddalardir

Monosaxaridlarga misol keltiring?



Javob: Glukoza, fruktoza ... (gidrolizga uchramaydigan uglevodlar)

Disaxaridlarga misol keltiring?



Javob: Saxaroza, maltoza... (gidrolizidan ikki molekula monosaxarid hosil bo‘ladigan uglevodlar)

Polisaxaridlar misol keltiring?



Javob: Kraxmal, selluloza... (gidrolizidan yuzlab-minglab molekula monosaxaridlar hosil bo‘luvchi yuqori molekular birikmalar)

Inson qonidagi glukoza miqdori (foiz)?



Javob: 0,1%

Glukozaning aldegidospirtga to‘g‘ri keladigan formulasini kim taklif etgan?



Javob: Nemis olimi E.Fisher

Poluasetal nima?



Javob: Spirt guruhi bilan birgalikda aldegid yoki keton tutgan birikmalardagi ichki о‘zaro ta’sirlashuv mahsulotlari

Kraxmalni gidrolizlab kim glukoza olgan?



Javob: 1811-yilda rus kimyogari K.S.Kirxgof

Sorbit nima?



Javob: Olti atomli spirt

Tibbiyotda siydikdagi qand miqdorini aniqlash usuli?



Javob: Siydikka mis gidroksid qo’shiladi va mis saxarat ko‘k rangli modda hosil bo’ladi

Meva qandi nima?



Javob: Fruktoza

Fruktozaning fizik xossalari va tabiatda uchrashi?



Javob: Rangsiz kristall modda, suvda yaxshi eriydi, glukozadan shirinroq, asal, sabzavot va mevalarda uchraydi

Saxarozadan 1,5 barobar, glukozadan 3 barobar shirin bo‘lgan modda?



Javob: Fruktoza

Qandli diabetda glukoza o’rniga qaysi modda beriladi?



Javob: Fruktoza

Qand lavlagi yoki shakarqamish qandi nima?



Javob: Saxaroza

Sut qandi nima?


Javob: Maltoza
Saxaroza gidrolizidan hosil bo’ladigan uglevodlar?

Javob: Glukoza va fruktoza
Maltoza gidrolizidan hosil bo’ladigan uglevodlar?

Javob: Ikki molekula glukoza
Kraxmalning o‘simliklar tarkibidagi miqdori (foiz)?

Javob: Kartoshka tugunaklarida 20% atrofida; Bug‘doy va makkajo‘xori donlarida 70% atrofida; Guruchda 80% atrofida
Kraxmal uchun sifat reaksiya?

Javob: Yod ta’sirida ko‘k rangga kirishi

Shveytser reaktivi nima?



Javob: Mis gidroksidning ammiakdagi eritmasi

Sellulozaning fizik va kimyoviy xossalari?



Javob: Oq qattiq tolasimon modda, ta’msiz va hidsiz, suvda va organik erituvchilarda erimaydi, mis gidroksidning ammiakdagi eritmasi (Shveytser reaktivi)ning to‘q zangori eritmasida eriydi

Sellulozaning o‘simliklar tarkibidagi miqdori (foiz)?



Javob: Yog‘ochda 50% atorifida; Paxta tolasida 98% gacha; Jut ildizida 75 %

Kraxmal makromolekulalarining tuzilishi?



Javob: α-glukoza molekulalaridan tuzilgan va chiziqli, tarmoqlangan tuzilmaga ega bo‘ladi

Selluloza makromolekulalarining tuzilishi?



Javob: β-glukoza molekulalaridan tuzilgan va faqat chiziqli tuzilmaga ega bo’ladi

Yog‘ochdan olinuvchi etanol nima deyiladi?



Javob: Gidroliz spirti

Selluloza nitratlari o’ziga xos xusussiyati?



Javob: Juda tez yonuvchi moddalar

Trinitratsellulozaning ishlatilishi?



Javob: Tutunsiz porox tayyorlashda ishlatiladigan portlovchi modda

Sun’iy tolalar nima?



Javob: Tabiiy tolalarni kimyoviy qayta ishlab olinadigan tolalar

Sintetik tolalar nima?



Javob: Sintetik materiallardan olinadigan tolalar

Aminlar nima?



Javob: Ammiakdagi bitta, ikkita yoki barcha vodorod atomlarining uglevodorod radikallariga almashishidan hosil bo‘lgan murakkab moddalar

Organik asoslar nima?



Javob: Aminlar

Suvda alkilammoniy ionini hosil qiluvchi moddalar?



Javob: Aminlar

Nitrobenzoldan anilinni kim olgan?



Javob: Rus olimi N.N.Zinin

Aminokislotalar nima?



Javob: Uglevodorod radikalida aminoguruh (-NH2) va karboksil (-COOH) guruh tutgan organik kislotalar

Aminokislotalarning umumiy formulasi?



Javob: NH2-CnH2n-COOH

Aminokislotalar molekulalarining o’ziga xos xususiyati?



Javob: Bir vaqtning o‘zida qarama-qarshi kimyoviy xossaga ega bo‘lgan ikkita funksional guruh (bipolyar ion) tutadi. Aminoguruh asos xossaga ega bo‘lsa, karboksiguruh kislotali xossaga ega.

Oqsil molekulalari qanday aminokislotalardan tuzilgan?



Javob: α-aminokislotalardan tuzilgan

Aminokislotalarning polikondensatsiya reaksiyasida nima hosil bo’ladi?



Javob: Polipeptid

-CO-NH- bog‘i nima deyiladi?



Javob: Peptid (Amid) bog‘i

Aminokapron kislota polikondensatsiyasidan nima hosil bo’ladi?



Javob: Kapron

Inson va hayvonlar organizmida boshqa aminokislotalardan yoki oqsil bo‘lmagan komponentlardan sintez qilinishi mumkin bo‘lgan aminokislotalar nima deyiladi?



Javob: Almashinuvchi aminokislotalar

Inson va hayvonlar organizmida sintez bo‘lmaydigan, lekin normal hayotiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan aminokislotalar nima deyiladi?



Javob: Almashinmaydigan aminokislotalar

Almashinmaydigan aminokislotalarga misol keltiring?



Javob: Lizin, izoleysin, fenilalanin... jami 8 ta aminokislota

Almashinmaydigan aminokislotalar tabiatda qanday hosil bo’ladi?



Javob: Faqat yashil o‘simliklar tomonidan sintezlanadi

Oqsilning birlamchi strukturasi nima?



Javob: Aminokislotalarning ma’lum izchillikda joylashgan polipeptid zanjiri

Oqsilning ikkilamchi strukturasi nima?



Javob: Polipeptid zanjiridagi peptid bog‘lari hosil qilgan vodorod bog‘lari ta’sirida murakkab spiralsimon fazoviy struktura

Oqsilning uchlamchi strukturasi nima?



Javob: Ikkilamchi strukturaning yig‘ilishi natijasida, polipeptid zanjiri radikallari funksional guruhlari o‘zaro ta’sirlaridan (karboksil va aminoguruhdan tuz ko‘prigi, karboksil va gidroksiguruhdan murakkab efir ko‘prigi, oltingugurtdan disulfid ko‘prigi) vujudga keladigan uch o‘lchamli fazoviy struktura

Oqsillar kimyoviy tarkibiga ko‘ra nechta guruhga bo’linadi?



Javob: Oddiy va murakkab oqsillarga bo‘linadi

Oddiy oqsillar nima?



Javob: To‘liq gidrolizlanganda faqat aminokislotalar hosil bo‘luvchi oqsillar

Protein nima?



Javob: Oddiy oqsil

Murakkab oqsillar nima?



Javob: Proteidlarga gidrolizlanganda aminokislotalardan tashqari oqsil bo‘lmagan tabiatga ega moddalar

Proteid nima?



Javob: Murakkab oqsil

Oqsillar denaturatsiyasi nima?



Javob: Oqsillar konfiguratsiyasining (ikkilamchi va uchlamchi strukturalarining) qizdirish, radiatsiya, kuchli kislota, ishqorlar, og‘ir metallar tuzlari, kuchli silkitish ta’sirida buzilishidir

Oqsillar denaturatsiyasida qanday o’zgarishlar yuz beradi?



Javob: Oqsillarning fazoviy tuzilish buzilishi (vodorod, tuz, efir, polisulfid bog‘larining buzilishi) natijasida oqsillarning biologik faolligi yo’qoladi

Biuret reaksiyasi nima?



Javob: Oqsilga ishqor va bir necha tomchi mis kuporosi eritmasidan ta’sir ettirilganda binafsharang hosil bo‘lishi

Ksantoprotein reaksiyasi nima?



Javob: Benzol halqasi tutgan oqsillarga konsentrlangan nitrat kislota ta’sir ettirilganda sariq rang, ishqor qo‘shilsa sariq rang zarg‘aldoq rangga o‘tishi

Polimerlanish nima?



Javob: Bir xil molekulalarning ketma-ket yanada yirik molekulalar hosil qilib birikish reaksiyasi

Polimerlanish natijasida hosil bo’lgan yuqori molekular moddalar nima deyiladi?



Javob: Polimer

Polimer molekulalari nima deyiladi?



Javob: Makromolekula

Makromolekulani hosil qiladigan quyi molekular birikmalar nima deyiladi?



Javob: Monomer

Polimer hosil bo‘lishidagi monomerlar soni nima deyiladi?



Javob: Polimerlanish darajasi

Materialning elastikligini oshiravchi va sinuvchanligini kamaytiruvchi moddalar nima deyiladi?



Javob: Plastifikatorlar

Yuqori haroratlarda qaynovchi murakkab efirlar nima deyiladi?



Javob: Plastifikatorlar

Plastmassalarga ishlov berish va ulardan foydalanishda xossalarini saqlashga yordam beravchi moddalar nima deyiladi?



Javob: Stabilizatorlar

Plastmassaga dekorativ ranglar berish uchun qanday moddalardan foydalaniladi?



Javob: Bo‘yoqlar

Plastmassalar haroratga chidamliligiga ko’ra nechta guruhga bo’linadi?



Javob: Termoreaktiv va termoplastik plastmassalarga bo‘linadi

Termoplastik plastmassalar nima?



Javob: Chiziqli polimerlar (polietilen, polipropilen, polivinilxlorid, polistirol) asosida olinadi, ular yuqori harorat va bosimda plastiklik va oquvchanlik xususiyatiga, sovuganda yana qattiq holatga ega bo‘lib qoluvchi modda

Termoreaktiv plastmassalar nima?



Javob: Erimaydigan materiallar (fenolformaldegid plastmassalar)

Pestitsidlar nima?



Javob: Qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan muhofaza qilish uchun, begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar

Insektitsid nima?



Javob: Zararli hasharotlarga qarshi ishlatiladigan moddalar

Akaritsid nima?



Javob: Kapalaklarga qarshi ishlatiladigan moddalar

Fungitsid nima?



Javob: Kasallik tarqatuvchi zamburug‘larga qarshi ishlatiladigan moddalar

Gerbitsid nima?



Javob: Begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan moddalar

Bakteritsid nima?



Javob: Zararli bakteriyalarga qarshi ishlatiladigan moddalar

Zootsid nima?



Javob: Zararli kemiruvchilarga qarshi ishlatiladigan moddalar

Defoliant nima?



Javob: O‘simlik bargini to‘kadigan moddalar

Desikant nima?



Javob: O‘simlik bargini quritish uchun ishlatiladigan moddalar

Dezinfeksiya nima?



Javob: Zararli hasharotlarni yo‘qotish

Download 264,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish