13.1-rasm. Internetga provayder orqali ulanish usullari.
1. Modem orqali ulanish (Dial-up). Internetga modem orqali ulanish usuli eng dastlabki qo`llanilgan va bugungi kunda keng tarqalgan usuldir. Internet bilan bog`lanish uchun maxsus modem (MODulyator/DEModulyator) qurilmasidan foydalaniladi. Uning ishlash tamoyili ma’lumotlar uzatish uchun abonent telefon juft o’ramli kabel simlarida tovush chastotalari diapazonidan foydalanishga asoslangandir. Kompyuterga ulangan modem telefon liniyasiga ulanib (xuddi telefon singari), foydalanuvchi provayder modemiga qo`ng`iroq qiladi va ulanishni tashkil etadi. Bunday ulanish tezligi nisbatan past va 14 dan 56 Kbit/sek gacha bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |