Investitsiya fondlarnig mohiyat va ahamiyati



Download 157,77 Kb.
bet1/2
Sana25.04.2023
Hajmi157,77 Kb.
#931773
  1   2
Bog'liq
Moliyaviy bozor


Mavzu:Moliyaviy bozor
Reja:

  1. Investitsiya fondlarnig mohiyat va ahamiyati

  2. Investitsiya fondlarining faoliyati tahlili


Investitsiya fondlarnig mohiyat va ahamiyati.
Investitsiya institutlari – qimmatli qog’ozlar bilan o’z faoliyatini asosiy faoliyat sifatida amalga oshiruvchi qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari hisoblanadi. Investitsiya instituti bo’lgan yuridik shaxsning ustavida uning asosiy faoliyat turi albatta ko’rsatilishi kerak (bu – investitsiya institutlarini oddiy xo’jalik yurituvchi sub’ektlaridan ajratib turuvchi birinchi xususiyat). Boshqa mamlakatlarda investitsiya institutlari qimmatli qog’ozlar bozorida o’z faoliyatini maxsus faoliyat sifatida amalga oshiruvchi tashkilot, deb ta’riflanadi.
Investitsiya institutlari uchun maxsus yoki asosiy faoliyat turi haqidagi talab tartibga soluvchi organlarning yuqori ixtisoslashuvini ta’minlashga va shu orqali qimmatli qog’ozlar bilan doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar kasbiy mahoratining yuqori darajasiga erishishga intilishi bilan shartlangan. Bundan asosiy maqsad pirovardida investorlar manfaatlarini eng yuqori darajada himoyalashga erishishdan iborat. Biroq mamlakatimiz fond bozori endigina shakllanish bosqichida bo’lib, qimmatli qog’ozlarning likvidligi yuqori bo’lmagan hozirgi vaqtda investitsiya muassasasi maqomini olishga da’vogarlik qiluvchi tashkilotlar uchun bunday sharoitda o’z faoliyatini amalga oshirish juda qiyin bo’ladi.
Shuning uchun fond bozorida ishlashga ixtisoslashgan tashkilotlar shakllanish bosqichida o’zlarini ular faoliyatining taqiqlanmagan boshqa aniq investitsiya institutining faoliyati bilan qo’shib olib borilishidan olingan daromadlar hisobidan qo’llab–quvvatlashi havfsizdir. Shu bilan birga, qonun hujjatlarida qimmatli qog’ozlar bozoridagi ayrim faoliyat turlarining birgalikda olib borilishi ta’kidlanadi. Chunonchi, investitsiya maslahatchilari, investitsiya fondlari va boshqaruvchi kompaniyalar o’zlariga tegishli faoliyat turini qimmatli qog’ozlar bozoridagi professional faoliyatning boshqa turlari bilan birgalikda olib borish huquqiga ega emas. Reestr saqlovchilar o’zlarining qimmatli qog’ozlar egalari reestrini yuritish bo’yicha faoliyatini fond bozoridagi depozitar faoliyatdan tashqari professional faoliyatning boshqa turlari bilan birgalikda olib borishi man etiladi. U bu cheklovlar investorlar huquqlarini himoyalash, ularning qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilishdagi xatarlarni kamaytirish uchun, shuningdek, investitsiya instituti hamda mijozlar manfaatlarining qo’shilib ketishi va shu munosabat bilan nizoli vaziyatlarning sodir bo’lishi hollariga yo’l qo’ymaslik uchun zarur. O’zbekiston qimmatli qog’ozlar bozoridagi har xil faoliyat turlarining birlashtirilishi bir shaxsning o’ziga investitsiya muassasasining har xil turlari sifatida faoliyat yuritish uchun bir necha litsenziyani berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Investitsiya institutlari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin. Yuridik shaxs hisoblangan investitsiya muassasalarining faoliyati litsenziyalanishi lozim. Litsenziyalar 5 yil muddatga beriladi. Investitsiya muassasalarining litsenziyalanishi ular faoliyatining davlat tomonidan nazorat qilinishini anglatadi. Qimmatli qog’ozlar bozoridagi har bir faoliyat turiga mazkur bozorni tartibga soluvchi organning muayyan litsenziyasi to’g’ri keladi. Jismoniy shaxslar qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi va investitsiya vositachisi sifatida faoliyat ko’rsatishi mumkin.

Download 157,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish