Iqlim o`zgarishi va atrof-muhit



Download 35 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi35 Kb.
#658976
Bog'liq
12-mavzu


Iqlim o`zgarishi va atrof-muhit
Keyingi paytlarda Yer sharida odamning ko‘payib ketishi natijasida yoki 1800 yilda aholi soni 1,0 mlrd bo‘lgan bo‘lsa, 1900 yilda 1,7 mlrd, 1950 yilda 2,5 mlrd va 2000 yilda 6,0 mlrdga yetganligi odamlar o‘zlari uchun tabiatdan noto‘g‘ri foydalanayotganligi sababli biosfera ifloslanib zaharli gazlar miqdori oshib bormoqda.
Atropogen va texnogen omillar natijasida iqlimga ta’sir ko‘rsatilmoqda. Sanoatning rivojlanishi va mashina-transportining ko‘payib borishi sababli atmosferaga katta miqdorda karbonat angidrid gazlari tashlanmoqda. Bundan tashqari toshko‘mir, neft va gazning yonishi uchun atmosfera katta miqdorda suv bug‘i tashlanadi. Parlanish oqibatida atmosfera yuqorisida karbonat angidrid va suv bug‘i qatlam hosil qilib yuqoridan kelayotgan quyosh nurini to‘sadi va dimiqish paydo bo‘ladi va harorat ko‘tariladi.
Iqlimdagi ikkinchi xavf Yevropa ob-havosini belgilovchi joy Grellandiya hisoblanadi yoki Yevropada sovuq yoki issiq bo‘lishi Grellandiya muzliklari bilan belgilanadi. Iqlimni o‘rganuvchi olimlar qadimgi muzliklarni taxlil qilib havoning harorati oldingi davrlarda ma’lum muddat past, ma’lum muddat yuqori bo‘lishini, iqlim oldinlari ham o‘zgarib turganligi ma’lum bo‘ldi. Ammo iqlimning keskin o‘zgarib borishi tirik organizmlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Keyingi vaqtlar dunyoning iqlimshunos olimlari, ekologlar Yerda havoning isib borishi o‘rtacha 30Sni tashkil qilganligini ma’lum qilmoqdalar. Iqlimning bunday isishi muzliklarning erib borishini ta’minlaydi. Chuchuk suvlar dengiz va okeanlarning sho‘r suvlariga qo‘shilib ketadi. Chuchuk suvlarni okeanda paydo bo‘lishi, misol uchun, Atlantik okeanida Golfstrim oqimi harakatini o‘zgartirishi mumkin. Atlantik okeani Grelandiya hududlarida «issiqlik vali» yoki uyumi aylanib turadi va okeanning ustki oqimi juda suv ko‘p bo‘lib shu joyda aylanib sovuydi va iziga janub tomonga qaytadi. Iqlim o‘zgarishi olimlar fikriga ko‘ra, Golfstrm oqimining sirkulyatsiyasi o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin. Bunga sabab erigan muzliklardan hosil bo‘lgan chuchuk suv uyumida tuz bo‘lmagani uchun uning tarkibi yengillashib harakati to‘xtab qolishi extimoli bor.
Bugungi kunda insoniyat uchun eng og‘ir xavf global isish xavfidir.
Global isish muammosi yoki parnik effektiga asosiy sabab atmosferaga har xil gazlarining ko‘p chiqarilishi yoki antropogen oqibatlar ta’sirdir. Sivilizatsiya natijasida sanoat va texnika rivojlandi, avtomobillar soni keskin ko‘paydi, o‘rmonlar, o‘tloqlar kamayishi tufayli atmosferada SO2 gazi miqdori oshdi. Sanoat chiqindilari qayta ishlanmasligi ham atmosferaga chiqadigan SO2 gazining oshib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Demak, u yoki bu tarzda hosil bo‘lgan karbonat angidrid va boshqa zararli gazlar havoga tarqaladi, ularning ko‘zga ko‘rinmaydigan zarrachalari g‘ira-shira pardalar hosil qilib, havoda muallaq suzib yuradi.
Toshko‘mirni yoqish natijasida ham ko‘plab karbonat angidrid gazi havoga uchib chiqadi. Xitoy dunyoda o‘z sanoati uchun eng ko‘p toshko‘mir ishlatadigan mamlakatlardan biri, shunday bo‘lgach, bu mamlakatda atmosferaga zaharli gazlar ko‘p tashlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydagi General Motorts avtomobil kompaniyasi 2003-2012 yillarda avtomobil sotishni 18 foizga oshiradi. Shunday ekan bu kompaniya dunyodagi barcha mamlakatlar ishlab chiqaradigan avtomobillar soniga teng miqdordagi avtoulovlar sotadi.
Bugungi kunda iqlimning o‘zgarib borishi insoniyat oldidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi.
Parnik effekti yoki isib borish haqida 1990 yilda AQSH prezidentiga 49 ta Nobel mukofoti sovrindorlari murojaat etdi. Ular XXI asrdagi eng dahshatli xavf-xatar global isish yoki parnik effektiga to‘xtalib, antropogen ta’sirida eng kuchli, xavfli o‘zgarishlar yuz berishini ta’kidlashdi va bu borada eng katta ilmiy ishlarni boshlashdi.
Parnik effektining asosiy manbai suv bug‘i (u yer atmosferasida 0,3 foiz bo‘lsa, parnik effekti natijasida 70 foizga yetadi) va aerozol hisoblanadi. Biz har yili 6000 km3 (6·1012 t) suv sarflaymiz, shundan asosiy qismi qaytmaydi.
Har xil joyda, har xil haroratda katta miqdorda suvdan foydalanish va oqizish faqatgina atmosferada havo namligini oshirish imkonini beradi. Namlikning issiqni to‘plash, yig‘ish qobiliyati atmosferada sirkulyatsiya jarayoni buzilishiga, qo‘shimcha parlanishga, bulutlar va yog‘inlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Chunki 6·1012 t. suv dunyodagi barcha daryolarning 16 foiz oqar suvi va atmosferadagi suv bug‘ining 20 foizini tashkil etib, parnik effekti hosil bo‘lishida asosiy omil hisoblanadi.
Atmosferani ham karbonat angidrid va issiq suv bug‘lari egallab olgandan so‘ng Qo‘yoshdan keladigan ultrabinafsha nurlari miqdor kamayib boradi. Demak, biz parnik effekti nima, u qanday hosil bo‘ladi degan tushunchaga ega bo‘ldik.
Atmosferaga suv bug‘lari ko‘p tashlanishiga yana bir sabab issiqlik-energiya kompleksi bilan bog‘liqdir. Eng ekologik toza hisoblangan gaz yonishi orqali (tarkibida 98 foiz metan gazi mavjud) havoda kislorod bilan reaksiyaga kirishadi.
Demak, SN4+2O2=SO2+2N2O+ issiqlik tarzidagi kimyoviy reaksiya yuz beradi. Reaksiyada ishtirok etgan moddalarni hisoblasak, bir kg. tabiiy gaz yonishidan 2,75 kg. karbonat angidrid va 2,25 kg. suv hosil bo‘ladi.
Dunyoda gaz qazib olinadigan minglab joylarda qazib olish jarayonida va neft qazib olishda juda ko‘p suv bug‘i atmosferaga tashlanadi. Benzin yonganda quyidagi reaksiya boradi: 2S8N16+25O2q16SO2+18N2O+ issiqlik.
Bir kg. benzin yonganda 1,42 kg. suv hosil bo‘ladi.
Bir yilda dunyoda o‘rtacha 2,2 trln. m3 tabiiy gaz (2,8 mlrd. t. shartli yoqilg‘i hisobida) va 3,5 mlrd. t. neft yonib bitadi. Ularnin yonishidan atmosferaga 12 mlrd. t. suv, isigan havo bug‘i (bu bir necha ming kub kilometr balandlikda) tashlanadi.
Toshko‘mirning yonishi esa ikki bosqichda boradi: 2S+O2=2SO+ issiqlik;
2SO+O2q2SO2+issiqlik. Bunda suv hosil bo‘lmaydi.
Mana shu vaziyatlar orqali biz atmosferada parnik effektini o‘z qo‘limiz bilan hosil qilamiz. Neft mahsulotlari yonganda atmosferaga SO2 ga qaraganda 10 ming marta og‘ir zarrachalar uchib chiqadi.

Atmosfera ifloslanishi va isish


Atmosferaning tarkibida asosiy gazlardan tashqari aerozol ham bo‘ladi. Aerozol-tuproq, vulqon va kosmik changlar, o‘g‘it, tutun, dengiz tuzi hamda mikroorganizmlar, suv tomchilari va muz krisstallaridir.
Chang, tutun, yonilg‘ining qora zarrachalari soni katta shaharlarning
havosida 100 minglab bo‘ladi. O‘rmon va okeanlarda 100 marotaba kam. Atmosferada har hil gaz aralashmalari ham mavjud. Ular atmosferada vulqon chiqindilari, o‘rmon yong‘inlari sanoat faoliyati, aviatsiya, avtomobil transporti natijasida hosil bo‘ladi. Gazlarning bir nechta aralashmasi odam, hayvon va o‘simliklarga salbiy ta’sir qilib, mahsulot sifatini pasaytiradi. Zararli aralashmalar atmosferada kam, ammo katta sanoat markazlarida vaqti-vaqti bilan sanitar normasidan oshib turadi. Havoning ifloslanishi xajmiga nisbatan kam bo‘lsa ham, ammo keyingi vaqtda u sezilarlidir. Chunki atmosferani ifloslantiradigan zarralar havoda ko‘payib bormoqda. Ba’zi bir zararli aralashmalar atmosferada kam bo‘lishiga qaramay(uglerod oksidi, simob va boshqalar)o‘simliklar va inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Ifloslantiruvchi moddalar atmosferada tekis taqsimlanmaydi, ularni atmosferaga tarqatadigan manbalar yaqinida mumkin bo‘lmagan darajada ortiq bo‘ladi. Ammo atmosferani ifloslantiruvchi manbadan ancha uzoq joylarda ham ularning atmosferadagi aralashmasi kamaymasdan saqlanib turadi. Hozirgi vaqtda G‘arbiy Yevropa territoriyasida havoning ifloslanmagan joyini topish mumkin emas. Havoni ko‘pincha uglerod oksidi, oltingugurt birikmalari, uglevodorod va sanoat changlari ifloslantiradi (jadv. 2).
Nyu-york, Tokio va boshqa katta shaharlarda avtotransportdan bir sutka davomida havoga 5 ming tonnaga yaqin zararli gazlar qo‘shiladi. Ayrim shaharlarda atmosferaning ifloslanishi natijasida smog hosil bo‘ladi. Smog bu tuman, aerozol va zararli gazlarninng aralashmasi bo‘lib, odamlar o‘rtasida kasallik va o‘limlarning ko‘payishiga olib keladi.
Jadvaldan ko‘rinadiki, o‘rta hisobda Angliyada yiliga atmosferaga 24 mln tonna uglerod oksidi, 6 mln tonna oltingugurt oksidi, 2 mln tonna chang va 2 mln tonna uglevodorod. Aqshda yiliga 60-100 mln tonna uglerod oksidi 22-27 mln tonna oltingugurt oksidi, 9 mln tonna azot va uglevodorod chiqaradi. Jahon bo‘yicha 1990-yilda atmosfera havosiga chiqarilgan is gazi, qora kuya va karbonat angidridning miqdori 500 mln tonnani tashkil etadi. O‘zbekistonda 1 korxona paxtani chigitdan ajratayotganda kuniga 20-30 tonna changni atmosferaga chiqaradi. Bir yilda O‘zbekiston Respublikasi territoriyasidan atmosferaga 4,2 mln tonna zararli moddalar chiqarilmoqda, shundan 60 foizi avtotransport ulushiga to‘g‘ri keladi. Natijada Andijon, Guliston, Qo‘qon, Qarshi, Navoiy Toshkent, Farg‘ona kabi shaharlar havosi keskin o‘zgarmoqda. 1992 yilda jumhuriyatimiz bo‘yicha atmosferaga chiqarilgan zaharli chiqindilar aholi jon boshiga hisoblanganda, o‘rtacha 203 kg dan to‘g‘ri keladi.
Iqlim o‘zgarishining antropogen, texnogen va boshqa biologik omillarning mavjudligini tushuntirish talaba ongiga o‘zi yashayotgan tabiatga befarq bo‘lmaslikni, chunki o‘zi biosferada uzoq vaqt yashashi va kelajak avlod uchun asrab avvaylashi lozimligi tushunchalari singdiriladi.
Keyingi paytlarda yuz berayotgan “Parnik effekti” xodisasining asosiy sababi atmosfera tashlanayotgan turli zararli gazlar yoki katta sanoat korxonalari va avtotransportlardan chiqayotgan karbonot angidrid xisoblanadi. Atmosferaning ifloslanishi global isishni keltirib chiqishni biosferaning barcha qatlamlari tirik organizmlarning hayoti va rivojlanishi normal kechshiga to‘siqlik qila boshlaydi. Tuproq va suv, oziqlanish zanjiri reaksiyasiga asosan barcha tirik organizmlarning zararli moddalarni o‘zlashtirishiga olib keladi.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish